134
solishtirish yo'lini topishimiz lozim. 1980-yillarning o'rtalaridan boshlab, Kanadaning
Vankuver shahridagi Freyzer Instituti bir necha hamkorlar bilan birgalikda «Dunyo
iqtisodiy erkinligi» (EFW indeksi) deb nomlanuvchi mamlakatlararo iqtisodiy erkinlik
indeksini e'lon qilib keladi. Endilikda institutlarning jahon tarmog'i tomonidan nashr
etiladigan ushbu indeks mamlakatdagi iqtisodiy institutlar va siyosatning iqtisodiy
erkinlik bilan muvofiqlik darajasini o'lchaydi. U davlat organlari ko'lamini, huquq
tizimi va mulk huquqini, pul barqarorligini, savdo erkinligini va normativ-huquqiy
muhitni hisobga oladi. Indeks 42 ta alohida qismlardan iborat bo'lib, u taxminan 160
mamlakat uchun reytingni taqdim etadi. Reyting ba'zi mamlakatlar bo'yicha 1980-
yilgacha mavjud, qolgan mamlakatlar esa reytingga ma'lumotlar mavjudligiga qarab
qo'shib boriladi.
Ko'p jihatdan EFW indeksi ushbu kitobning oldingi bo'limlarida keltirilgan
elementlarni aks ettiradi. Yuqori EFW reytingiga erishish ichun mamlakatda xususiy
mulk mustahkam himoya ostida bo'lishi, shartnomalarning xolis ijrosi va barqaror
monetar muhit ta'minlanishi zarur. Shuningdek, u soliqlarni past darajada ushlab
turishi, ichki va tashqi savdoga cheklovlar joriy qilishdan saqlanishi, tovar va
resurslarni taqsimlashda davlat xarajatlari va normativ-huquqiy tartiblarga emas, balki
asosan bozorlarga tayanishi lozim. Agar bu institutsional va siyosiy omillar iqtisodiy
ko'rsatkichlarga haqiqatan ham ta'sir ko'rsatsa, unda EWF reytingi doimo yuqori
bo'lgan mamlakatlardagi iqtisodiy holat hamisha reytingi past bolgan
mamlakatlardagiga qaraganda ancha yaxshi bo'lishi kerak.
12-chizmada 2016-yilda EFW reytingi eng yuqori va eng past bo'lgan 10
mamlakatda 2017-yil uchun jon boshiga daromad va uning so'nggi yillardagi o'sish
sur'atlari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Yaqinda iqtisodiy islohotlarning ta'siri aniq
sezila boshlagan Gruziya va Mavrikiydan tashqari, reytingning eng yuqorisida
joylashgan mamlakatlar ro'yxati ajablanarli emas. Reytingning eng quyisida Venesuela
joylashgan. Bir vaqtlar Janubiy Amerikadagi eng farovon bo'lgan mamlakat,
Chaves/Maduro hokimiyati ostida kommunistik/sotsialistik iqtisodiy rejalashtirishning
halokatli oqibatlariga yaqqol misolga aylandi. Iqtisodiy erkinlk eng yuqori
mamlakatlarda 2017-yilda jon boshiga o'rtacha daromad 56 740 AQSH dollarini tashkil
135
qilib, bu iqtisodiy erkinlik eng past bo'lgan mamlakatlardagi o'rtacha ko'rsatkichdan
qariyb yetti barobarga ko'p demakdir.
12-chizmada ko'rinib turganidek, iqtisodiy erkin mamlakatlarda izchil ijobiy
o'sish darajasi kuzatilmoqda. Iqtisodiy erkinlik darajasi eng past bo'lgan mamlakatlar
turlicha o'sish darajasini namoyish etadilar. Ba'zilari barqarorlik davrida sekin o'sish
darajasidan boshlab tez o'ssa, noto'g'ri siyosat yuritgan boshqa mamlakatlarda vaqt
o'tishi bilan hattoki iqtisodiy qisqarish kuzatiladi. O'rtacha yillik o'sish darajasi
reytingda eng yuqori joylashgan guruh uchun 3,7 foizni tashkil qilgan bo'lsa, reytingda
eng pastda joylashgan guruh uchun -0,4 foizni tashkil etadi.
136
12-chizma: Iqtisodiy erkinlik, daromad va iqtisodiy o'sish
Iqtisodiy erkinlik
Mamlakat
2017-yil
uchun jon
boshiga YIM
2013-2017-yillarda yillik
o'sish sur'atlari
Do'stlaringiz bilan baham: