Mantiqiy Iqtisodiyot



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

ELEMENT 1.9

Faqat ish o'rinlari emas, balki odamlar qadrlaydigan tovar va xizmatlarni yaratish

yuqori hayot standartlarining manbai hisoblanadi.



47

Kartoshka yetishtiruvchi dehqonlarga kartoshkani bo'yoq sepish orqali iste'molga

yaroqsiz holatga keltirish uchun haq to'langan. Sog'lom chorva mollari, qo'y va

cho'chqalar bozorga keltirilishining oldini olish uchun ular so'yilib, ommaviy ko'mib

yuborilgan. 1933-yilning o'zida AAA qonuni doirasida olti million cho'chqa bolalari

o'ldirilgan. 1936-yilda Oliy Sud bu qonunni konstitutsiyaga zid deb topdi, lekin

bungacha qonun Amerika iste'molchilarini millionlab qimmatli qishloq xo'jaligi

mahsulotlaridan mahrum qilishga ulgurdi. Undan tashqari, qonunning o'zgartirilgan

shakllari doirasida Qo'shma Shtatlari hukumati hozirgi davrda ham turli dehqonlarga

ishlab chiqarishni cheklash uchun kompensatsiya to'lab kelmoqda. Garchi ushbu

dasturlardan manfaatdorlarning siyosiy talablari tushunarli bo'lsada, bunday dasturlar

qimmatli resurslarni yo'q qilib, mamlakatni kambag'allashtiradi.

Qo'shma Shtatlari siyosiy bosim ostida soliq to'lovchilar va iste'molchilar

hisobiga dehqonlarni «qo'llab-quvvatlovchi» yagona mamlakat emas. Evropa

Ittifoqining (YI) «Yagona qishloq xo'jalik siyosati» YI buydjetining eng katta va eng

munozarali qismlaridan biridir.

Qishloq xo'jaligi bunga misol boladigan yagona sanoat emas. Qo'shma

Shtatlarining 2009-yildagi «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi

siyosatchilarning ishlab chiqarish aktivlarini (usbu misolda, eski avtomobillarni)

vayron qilish evaziga farovonlik darajasini oshirishga urinishlariga yana bir misol

bo'ladi. «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi doirasida avtodilerlarga yangi

avtomobil hisobiga almashtirilgan eski avtomobillarni yo'q qilishlari uchun 3500 dan

4500 dollargacha miqdorda mablag' to'langan. Avtomobil qismlaridan kelajakda qayta

foydalanilishga yo'l qo'ymaslik uchun avtodilerlardan avtomobil motorini natriy silikat

eritmasi bilan barbod qilish, keyin pachaqlash, undan keyin tashlandiq buyumlar

poligoniga jo'natish talab qilingan. Dastur tarafdorlari bu odamlarni yangi avtomobillar

sotib olishga undash orqali iqtisodiy tiklanishga ko'maklashadi degan fikrni bildirishdi.

Yangi avtomobillar eskilariga nisbatan qimmatroq turadi. Biroq, eski avtomobillarning

taklifi kamaygani sababli ularning ham narxi ko'tarildi. Natijada, iste'molchilarning

(eski yoki yangi) avtomobil olish uchun xarajatlari oshib, boshqa mahsulotlar olish

uchun mavjud mablag'lari miqdori kamaydi. Shunday qilib, jami talab miqdorini



48

oshirishga qaratilgan «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi muvaffaqiyatsiz

yakunlandi. Amalda, soliq to'lovchilar hisobidan yangi avtomobil xaridini ko'paytirish

uchun 3 milliard dollar subsidiya ajratilgan. Ayni damda, jami qiymati 2 milliard

dollarga yaqin 700 ming eski avtomobillar yo'q qilingan. Yangi mashina sotib olish

imkoniyatiga ega bo'lgan shaxslar xarid uchun subsidiya oldilar, faqat eski mashina

sotib olishga qurbi yetadigan kambag'alroq aholi esa zarar ko'rdi. Dasturning amal

qilish muddati tugashi bilan yangi mashinalar savdosi keskin kamaydi. Germaniya eski

avtomobillarni yo'q qilish bo'yicha o'z dasturini ishlab chiqdi va u soliq to'lovchilarga

kamida 7 milliard dollarga tushgan. Bu miqdor Qo'shma Shtatlari dasturiga nisbatan

kamida ikki barovarga ko'pdir.

Ko'pgina Sharqiy Evropa mamlakatlarida ham, jumladan Rossiya va Slovakiyada,

shunga o'xshash dasturlar amal qilgan. Ruminiyada «Rabla» (talofot ko'rgan mashina)

dasturi doirasida kamida sakkiz yil avval chiqarilgan 525 mingdan ortiq avtomobillar

1500 yevrogacha miqdordagi vaucherlarga almashtirilib, foydalanishdan olingan.

Dastur 2005–2015-yillarda amal qilgan bo'lib, bunda har bir kishi yangi avtomobil

vaucheri uchun uchtagacha eski avtomobil topshirishi mumkin edi.

Agar eski avtomobillarni vayron qilish yaxshi fikr bo'lsa, balki avtomobil

egalaridan o'z avtomobillarini har yili vayron qilishni talab qilish kerakdir. Bu yangi

avtomobillar savdosini qanchaga oshirishini bir o'ylab ko'ring. Bularning barchasi

iqtisodiy jihatdan nooqilona dasturlardir. Ehtimol, ayrim ishlab chiqaruvchilarning

mahsulotlari taqchilligini oshirish orqali ularga yordam berish mumkindir, lekin

iste'mol qiymatiga ega bozori chaqqon tovarlarni yo'q qilish orqali aholi farovonligini

oshirib bo'lmaydi.

Turli tovarlarning muqobil qiymatini oshirishga qaratilgan davlat tadbirlari

mahsulotlarni vayron qilishning takomillashgan shaklidir. Jahon bo'lylab mamlakatlar

baliqchilik sohasiga yiliga 30 milliard dollar subsidiya ajratadilar. Ushbu

subsidiyalarning 60 foizi barqaror bo'lmagan, zararli yoki noqonuniy faoliyatga

bevosita ko'maklashadi. Buning oqibatida bozor muvozanatining buzilishi dunyo

baliqchiligi sohasida xo'jasizlik surunkali tus olishiga asosiy sabab bo'ldi. Natijada,

Jahon bankining hisobi bo'yicha 2012-yilda dunyo iqtisodiyoti 83 milliard dollar zarar



49

ko'rdi. Undan tashqari, dunyo bo'yicha baliqchilik uchun ajratiladigan subsidiyalarning

70 foizi rivojlangan mamlakatlar (xususan, Yaponiya, Qo'shma Shtatlari, Frantsiya va

Ispaniya) hamda Xitoy va Janubiy Koreya hissasiga to'g'ri keladi. Bunday transfert

to'lovlari baliqchilikka qaram minglab aholi jamoalarini subsidiya berilgan

raqobatchilar bilan raqobat qilishlarini qiyinlashtiradi. Boshqa chekka mamlakatlardan

kelgan sanoat kemalari ularning okean zaxiralarini kamaytirishi natijasida millionlab

odamlarning oziq-ovqat havfsizligi tahdid ostida qoladi. Bu, ayniqsa, baliqchilik hayotiy

muhim hisoblangan G'arbiy Afrikadagi mahalliy aholiga katta salbiy ta'sir

ko'rsatmoqda. 1990-yillardan boshlab, asosan YI va Xitoyga tegishli chet el kemalari

Afrika qirg'oqlarida sanoat miqyosida baliq ovlashi natijasida mahalliy baliqchilarning

tirikchilik qilishi yoki oilalarini boqishi uchun imkoniyat qolmadi.

Siyosatchilar va davlat xarajatlarini oshirish tarafdorlari davlat dasturlari yangi

ish o'rinlari yaratganligi bilan maqtanadilar va bunday dasturlarning manfaatlarini

bo'rttirib ko'rsatadilar. Shu sababli iqtisodiy savodxonlikni oshirish o'ta muhimdir.

Garchi bandlikdan tez-tez boylik yaratish vositasi sifatida foydalanilsada, iqtisodiy

farovonlikni shunchaki ish o'rinlari emas, balki odamlar uchun qimmatli tovar va

xizmatlarni yaratuvchi ish o'rinlari oshirishini yodda tutishimiz lozim. Agar shu oddiy

haqiqat unutilsa, odamlar boylikni yaratuvchi emas, balki uni kamaytiruvchi

loyihalarni qo'llab-quvvatlashga tez-tez chalg'itilishlari mumkin.

Video:

Ish o'rinlari qanday yaratiladi?



Ish o'rinlarini sun'iy ravishda yaratilishiga diqqatni jamlash juda noto'g'ri. Bu

xatolikni buyuk frantsuz iqtisodchisi Frederik Bastia o'zining «Ce qu'on voit et ce qu'on

ne voit pas» («Nima ko'rinadi yoki ko'rinmaydi», 1850) maqolasida keltirilgan singan

deraza masalida aniq ko'rsatib bergan:




50

«Siz beparvo o'g'li deraza oynasini sindirib qo'yganda mehribon do'konchi

Jeyms Gudfellou g'azabga kelganini hech ko'rganmisiz? Agar bunga duch kelgan

bo'lsangiz, unda tomoshabinlarning har biri, ularning soni o'ttizta bo'lgan

taqdirda ham, xuddi oldindan kelishib olgandek bechora do'konchini quyidagi

so'zlar bilan yupatganiga guvoh bo'lgandirsiz: «Falokatning sharofati bor.

Hamma kun ko'rishi kerak. Agar hech kim oyna sindirmasa, oyna

soluvchilarning ahvoli nima kechadi?»

Bunday hamdardlik butun bir nazariyani o'z ichiga oladi. Ushbu nazariyani

oddiy misolimiz orqali tushuntirish qulay, chunki u iqtisodiy institutlarning,

afsuski, asosiy qismini tartibga solib turuvchi nazariyaga juda yaqin.

Aytaylik, zararni qoplash olti frankka tushadi. Siz falokat oyna soluvchiga olti

frank daromad keltiradi va bu, o'z navbatida, yana olti frankka savdoni

ko'paytiradi deb aytishngiz mumkin. To'g'ri, gapingizda jon bor, unga hech

qanday e'tirozim yo'q. Oynachi kelib, vazafasini bajaradi va olti frankini oladi.

Qo'lini ishqalab, ko'nglida beparvo bola haqqiga duo qiladi. Bular vaziyatning

aniq, ko'rinib turgan tomoni.

Biroq, agar siz ham deraza oynasini sindirish bu yaxshi, chunki u pulning

aylanishiga va sanoatning rivojlanishiga ko'maklashadi degan tez-tez uchrab

turadigan fikrga qo'shilsangiz, unda men sizga: «To'xtang! Sizning

nazariyangiz faqat ko'rinadigan narsalar bilan cheklangan; u vaziyatning

ko'rinmagan tomonini hisobga olmaydi», deb keskin javob berishga majbur

bo'laman. Chunki do'konchi olti frankni bir narsaga sarflagandan keyin bu

mablag'ni boshqa maqsadlarga sarflay olmasligi bizga ravshan emas.

Agar deraza oynasini almashtirmaganda, balki u yangi poyabzal olishi yoki

kutubxonasiga yana bitta kitob qo'shishi mumkinligi bizga ko'rinmaydi.




51

Qisqasi, agar falokat sodir bo'lmaganda, u olti frankni boshqa maqsadga

ishlatgan bo'lar edi»

(7)


.

Bastia diqqat-e'tiborimizni haqli ravishda ishlab chiqarishdan boylikka qaratadi.

Avvaldan mavjud qimmatli resurslarni yo'q qilish orqali yangi ishlab chiqarishga

talabni yaratish jamiyat farovonligini oshirishning samarali yo'li emas.

O'qish uchun:

Duayt Li. «Ish o'rinlari yoki boylik yaratish»




52


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish