Kim haq?
Ikki dehqon dalada ishlab endi tushlikka o’tirishgan ediki,bir yo’lovchi o’tib qoldi. Yo’lovchini ham tushlikka taklif qilishdi. 1-dehqon 7 ta,2-si esa4 ta kulchaniolib dasturxonga qo’yishdi.11 ta kulchani teng taqsimlab tushlik qilishdi. Yo’lovchi tushlik uchun rahmatlar aytib,qo’yarda-qo’ymay cho’ntagidan bor puli 1 so’m 10 tiyinni dehqonlarga berib,yo’lida davom etdi.dehqonlar bu pulni qanday qilib bo’lib olishni bilmay qolishdi. Ulardan biri:
Kel, teng bo’lib ola qolaylik! – desa,ikkinchisi:
Nega endi? Axir 11 ta kulchaga 1 so’m 10 tiyin berildi. Demak,1 ta kulcha 10 tiyinga to’g’ri keladi. Mening 7 ta kulcham bor edi,shuning uchun menga 70 tiyin, senga esa 40 tiyin tegishi kerak, - deydi.
Ayting-chi,ularning qaysi biri haq?
J:1-100tiyin,2-10 tiyin olishi kerak
***
Do'stlaringiz bilan baham: |