MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI KIMYO YO’NALISHI
3-BOSQICH TALABASI
MANSUROV ISROILNING
NEFT VA GAZ KIMYOSI FANIDAN
tayyorlagan
KURS ISHI
MAVZU: PAST OKTANLI BENZINNI RIFORMING QILISH JARAYONI
BAJARDI: Mansurov I.
TEKSHIRDI: Abdugafurov I.A.
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Bet.
KIRISH…………………………………………………….....................................................3
I BOB. Destriuktiv jarayonlarning umumiy tavsifi
1.1.Katalitik riforming xomashyosi va mahsulotlari………….......................5
1.2.Katalitik riforming jarayonida qo’llaniladigan katalizatorlar..............
1.3.Katalitik riforming jarayonining kimyosi…………………………
II BOB. KATALITIK JARAYON TEXNOLOGIYASI
2.1. Katalitik riforming jarayoni qurilmasini tuzilishi……………….
2.2. Katalitik riforming jarayonini amalga oshirish usullari…………..
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzu dolzarbligi: "Yoqilgʻi samaradorligiga erishish" - bu borada soʻngi yillarda koʻplab olimlar izlanishlar olib bormoqda. Buning eng asosiy sabablaridan biri neft narxidagi keskin oʻsishdir.Xususan Oʻzbekistonda ham 2019-2020 yildagi epidemiologik holat tufayli ishlab chiqarish, texnologik transport oqim pasayishi hisobiga neftni tan narxida keskin oʻsish kuzatilmadi, ammo 2020- yil oxiriga kelib keskin oʻzgarish kuzatila boshladi. Neftning bugungi kunda tan narxining oshishi sababi ishlab chiqarish, sanoat zonalarining kengayayotgani, avto transport vositalari soni ortayotgani qisqacha qilib aytganda unga boʻlgan talab oshayotgani bilan bogʻliq.
Oʻzbekiston bozorida soʻnggi 5 yil ichida neft narxining oshishi
1-diagramma 2017-2020 yillar mobaynida Oʻzbekiston neft barrel narxining
oʻsish surʼatlari va kutilayotgan 2022- yil prognozi.
Shu bilan birga Respublikamizda yildan yilga neftni qazib olish va qayta ishlash massasi ortib bormoqda xususan 2020- yil sarhisobi boʻyicha 733,6 ming tonnani tashkil qilgan. Respublikamizda ham bugun neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni takomillashtirish avvalo neftni ichki tan narxini tushirish, resurslarni tejash,sifat koʻrsatkichlari oshirish va ekologik zararni kamaytirishga qaratilgan. Bugun nafaqat neft mahsulotlariga balki ularga qoʻyiladigan talablar ham oshgan. Yevropa mamlakatlarida avtomobil yoqilgʻilariga qatʼiy talablar ishlab chiqilgan boʻlib avtomobil yoqilgʻisi avvalo yonganda havoni ifloslantirish darajasi, mashina mexanizmlariga xavfsizlik darajasi, yonganda qoldiqsiz yonishi kabi talablarga javob bera oladigan yoqilgʻilarni transport vositalarida foydalanish talab etiladi. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan neft kimyosi sanoatini qaytadan tatbiq qilish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi koʻrsatmasiga asosan, endilikda yurtimizda ham neft mahsulotlarini sifatiga boʻlgan talab ancha dolzarb masalaga aylandi. 2021-yil statistikasiga koʻra Oʻzbekiston havosi ifloslanish darajasi boʻyicha 14-oʻrinni egallagan, bunday koʻrsatkich bizning oldimizda turgan jiddiy chora tadbirlar zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Ichki yonish dvigatellari tomonidan ishlab chiqariluvchi chiqindi gazlar miqdorini kamaytirish ancha jiddiy muammodir. Hozirda Respublikamizda ham foydalanilayotgan zamonaviy avtomobillar yuqori oktanli yoqilgʻilarni qoʻllashni talab qiladi va ular yoʻriqnomasida qatʼiyan 92, 95 va 98 motor oktan sifatidan past yoqilgʻidan foydalanish taqiqlangan. Bunday yoqilgʻi sifatiga esa alkillanish jarayonlari yordamida benzinni chuqur modifikatsiya qilish, izomerizatsiya va katalitik yorilish yoki yoqilgʻiga maxsus yuqori oktanli qoʻshimchalarni kiritish orqali erishish mumkin. Yoqilgʻi Ishlab chiqaruvchilar tomonidan yoqilgʻi sifatiga qoʻyiladigan talablarni (umumiy oltingugurt miqdori, yonishning toʻliqligi, yoqilgʻining moylash xususiyatlari va aromatik birikmalarning tarkibi) mavjud boʻlib bugun ularga talab yanada qatʼiylashmoqda.
Ushbu kurs ishimda avvalo oliy navli benzin narxi kun sayin oshayotgani sabab avtomobillar uchun oʻz talablaridan bir pogʻona past sifatli benzin xarid qilgan xolda unga qoʻshimcha kiritib avtomobil talab darajasidagi yoʻqilgʻi sifatini hosil qilish imkoniyatini beradigan qoʻshimchalar sintezi haqida va arzon xom ashyo materiallaridan samarali qoʻshimchalar olish istiqbollari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtaman.
1.1.KATALITIK RIFORMING XOM ASHYOSI VA MAHSULOTLARI
Katalitik riforming - benzinlarning detanatsiyaga barqarorligini oshirish va arenlarni, asosan benzol, toluol va aromatik kislotalarni olish uchun moʻljallangan jarayon hisoblanadi. Jarayonni yuqori haroratda (5000 C atrofida), vodorodning bosimi (1,5 - 4 MPa) boʻlganda va kislotali hamda gidrogenlovchi-degidrogenlovchi funksiyalarni oʻzida mujassam qilgan bifunksional katalizator orqali amalga oshadi. Kislotali funksiyani asosan alyuminiy oksidi, gidrogenlovchi-degidrogenlovchi funksiyani esa VIII guruh metallari, asosan platina bajaradi.
Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yaxshilash imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho monomerlar olish jarayonlaridan biri katalitik riforming hisoblanadi va bu jarayon keng tarqalgan bo’lib, ayni vaqtda katalitik riforming qurilmalari asosan platinali katalizatorda ishlaydi.
Katalitik riforming bu avtomobil benzinining yuqori oktanli komponentlarning fraksiyalarini yoki individual aromatic uglevodorodlar benzol, toluol, ksilollarni past oktanli benzindan olishning aosiy jarayonlaridan bo’lib hisoblanadi. Jarayonning asosiy afzalligi bu gidrogenizatsion jarayonlar uchun zarur bo;lgan arzon vodorod saqlagan gazning hosil bo’lishidadir.
Sanoatda hozirgi vaqtda riformingni ikki hil variantini qo’llaydilar. Birinchi variant (yoqilg’ili) benzinning yuqori oktanli komponentnini ishlab chiqarish ikkinchi variant esa (neft kimyoviy) aromatic uglevodorodlarni olish. Bu sxemalarning asosiy farqi turli past oktanli benzinli fraksiyalarni riforminglash. Ikkinchi variant hamda 62-1400C dan benzinli fraksiyani riformingga uchratiladi chunki bu fraksiyaning reformatida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy aromatic uglevodorodlar benzol toluol va ksilollarning eng ko’p miqdori mujassamlashgan. Bu aromatic uglevodorodlarni riformatdan ekstraksiyalsh bilan ajralib boriladi.
Hozirgi vaqtda tovarli benzinning ekologik xossalariga kata e’tibor qaratilyapti: birinchi navbatda benzolning miqdori 1% gacha aromatic uglevodorodlarniki 25% gacha chegaralanadi. Rossiyada tovarli benzinga qattiq talablar qo’yadigan texnologik reglament kiritilgan katalitik riforming qurilmalarida olinadigan benzinga benzol va aromatik uglevodorodlarning standartlariga to`g`ri kelmaydi. Shu sababli riforming qurilmalarini aromatik uglevodorod va texnik uglevodorodni ishlab chiqarishga o`tqazadilar va umumiky benzin fondida benzin riforminglarining miqdorini qisqartiradilar. Boshqa yo`nalish bu reformatni dearomatlash va izomerlash bo`lib, u muvaffaqqiyatli amalga oshirilyapti. Riforming benzinning yirik ishlab chiqaruvchi usuli bo`lib qoladi.
Katalitik riforming jarayonidan maqsad - yuqori oktanli avtomobil benzin komponentini ishlab chiqarish shuningdek, aromatik uglevodorodlar benzol, toluol va ksilollar olishdir. Jarayon natijasida vodorod saqlovchi gaz ham olinadi va keyinchalik yoqilgʻi, moy va boshqa fraksiyalarni gidrotozalashda hamda girdokreking qurilmalarida foydalaniladi.
Katalitik riforming xom ashyosi boʻlib toʻgʻri haydashdan olingan benzin fraksiyalari xizmat qiladi. Yuqori oktanli benzinni olish uchun katta benzin
fraksiyalari (85-1800 C) xizmat qilsa, benzol, toluol va ksilol olish uchun 62-850 C , 85-1150 C va 115-1500 C fraksiyalaridan foydalaniladi, baʼzida keng benzin fraksiyalariga termik kreking jarayonidan olingan past oktanli benzinlar ham qoʻshiladi. Bunda xomashyo oltingugurtli boʻlsa katalizator zaharlanishi mumkin, shuning uchun doim riformingga gidrotozalangan xomashyo kiritiladi.Xomashyo tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,01% boʻlishi kerak.
Riformingning asosiy mahsulotlaridan biri vodorod saqlagan gaz va suyuq fraksiya hisoblanadi. Vodorodning qisman aylanib turadigan vodorod saqlagan gazning yoʻqotishini qoplash uchun ishlatadilar. Vodorodning koʻp qismini neft mahsulotlarini gidrokreking va gidrotozalash qurilmalariga yuboradilar. Miqdori 90 % boʻlgan texnik vodorodning hajmiy chiqishi platina reneyli katalizatordagi riforming jarayonida 1.3 - 2.5% ni tashkil etadi. Vodorod saqlagan gazdan barqarorlashtirishda va suyuq gazlar ajratib olishda ishlatiladi.
Katalitik riforming benzinni 50 -70% aren, 30% ga yaqin n- va izoalkan, 10-15% sikloalkan va 2% toʻyinmagan uglevodorodlarni saqlaydi.Katalitik riforming benzini juda koʻp qurum hosil boʻlishiga olib keladigan arenlarning koʻpligi tufayli avtomobillarning yoqilgʻisi sifatida ishlatishga yaramaydi va ularni kompaudirlashga ishlatiladi. Katalitik riforming benzinlaridan individual arenlarni ajratib olish mumkin. Katalizatlarning dearomatlangan qismi va piroliz xomashyosi sifatida hamda yengil parafinli erituvchilarni olish uchun ham qoʻllaniladi.
Neft kimyoviy mahsulotlari hamda arenlar sifatida eng koʻp ahamiyatga ega boʻlganlari benzol, o – va n – ksilollar olinadigan xom ashyodir. Arenlarni ajratish uchun hamda riformatlarni qimmatbaho mahsulotlarga aylantirish uchun ishlab chiqarishning komplekslari yaratilgan. Bunday komplekslardan birining varianti 14.2– rasmda keltirilgan.
Bunday kompleksdagi bosh jarayon odatda katalitik riformingdir. Jarayonni qattiy rejimda oʻtkazganda 70 %ga yaqin arenlarni saqlagan riformat olinadi. ulardan benzol – 3,0 %, toluol – 22,0 %, ksilollar – 35,0 %, C9 – C10 arenlar – 9,5 % tashkil qiladi. Riformatni ikkita fraksiyaga: yengil va ogʻirga boʻladilar. Yengili C5 – C8 alkan va arenlar (benzol va toluol)ni, ogʻiri esa – asosan C8 – C9 arenlarni saqlaydi. Yengil fraksiya sulfolan bilan ekstraksiyalanadi. Olingan ekstrakt dealkillash va transalkillash mahsulotlari bilan birga faolligida 170–1800C da 0,7–1,0 MPa bosimda alkenlardan tozalanadi. Tozalangan mahsulotni rektifikatsiyalab tovar holidagi benzol, toluol, ksilollarga ajratiladi. Toluolning bir qismi termik gidrodealkillash boʻlimiga kelib tushadi, u yerda 670– 7600C da vodorodning bosimi 3 MPa boʻlganda benzol olanadi:
C6H5CH3 —> C6H6 + CH4
C7 va C9 arenlarni benzol va ksilollarga aylantirish uchun kompleks tarkibiga transalkillash boʼlimi kiritilgan. Reaktsiyani kislotali katalizatorlarda 5000C da 3 MPa bosimda oʼtkaziladi:
C6H5CH3 + C6H3(CH3)3 →2C6H4(CH3)2
Transalkillash bilan birga bu sharoitda toluolning disportsiyalanishi sodir boʼladi:
2 C6H5CH3 → C6H6 + C6H4(CH3)2
Do'stlaringiz bilan baham: |