O'zi alohida bo'g'in hosil qilgan morfemalar nechta?
A) 3 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 6 ta
27. "Daryo ko'rmagan qul" (Sa'diy) hikoyatiga o'xshash
sujet qaysi asarda uchraydi?
A) "Kecha va kunduz"
B) "Yovvoyi yo'rg'a"
C) "Me'mor"
D) "Qutlug' qon"
28. Ichingizdagi issiqlik chiqib ketishi uchun mana bu
damlamadan kuniga ikki ho'plamdan ichmog'ingiz lozim.
Ushbu gapda to'rt morfemali nechta so'z qo'llangan?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 1 ta
29. "O'tkan kunlar" romanining "Ota-ona orzusi"
bo'limida Yusufbek hojining ko'zi nega yoshlanadi?
A) o'zi istamagan holda Otabekni yana uylantirish fikrini
qo'llab-quvvatlayotgani uchun
B) Otabekning: "Aqllik kishilarning o'g'ullari ustidan
qilg'an ishlari, albatta, noma'qul bo'lmas", - degan gapiga
javob topa olmaganligidan
C) Otabekning ota-ona orzusi yo'lida yana uylanishga
ortiqcha qarshiliklarsiz ko'ngani uchun
D) O'zbek oyimning andi haqida g'o'ldirashlari ta'sirida
Do'stlaringiz bilan baham: |