Ma’naviyatshunoslik


Ma’naviyatshunoslik fanining kategoriyalari



Download 214,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana27.03.2022
Hajmi214,93 Kb.
#513448
1   2
Bog'liq
1-mavzu

Ma’naviyatshunoslik fanining kategoriyalari.
Har 
bir 
fanning 
kategoriyalari 
bо‘lganidek, 
Ma’naviyatshunoslik fanining ham maxsus 
kategoriyalari 
mavjud. 
Ma’naviyatshunoslik 
fanining 
kategoriyalarini 
substansional, funksional va aksiologik kategoriyalarga ajratib о‘rganish maqsadga 


muvofiqdir. Substansional kategoriyalarga ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, adolat, 
iymon, e’tiqod, diyonat kabi tushunchalar kirib, ular Ma’naviyatshunoslik fanining 
mohiyatini ochib beradi. Funksional kategoriyalarga insonparvarlik (gumanizm), 
ma’rifatparvarlik, haqgо‘ylik, adolatparvarlik, fidoyilik, vatanparvarlik, jasurlik 
kabi tushunchalar kiradi.
Aksiologik kategoriyalarga esa komil inson, orif inson, fozil inson kabi 
sinonim tushunchalar, shuningdek insonparvar, ma’rifatparvar, fidoyi, iymonli 
tushunchalari kiradi. Ma’naviyatshunoslik fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirganligi 
bois boshqa ijtimoiy fanlardan farqini anglash lozim.
Bizning fikrimizcha, Ma’naviyatshunoslik fani boshqa ijtimoiy fanlardan 
quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: 1. Ma’naviyat – inson ruhiy olamini yaxlit 
tizim sifatida ifoda etuvchi ijtimoiy kategoriya. Ma’naviyatshunoslik fani ana shu 
tizimni, ya’ni ma’naviyat haqida yaxlit, umumiy tasavvurni shakllantiradi. Barcha 
ijtimoiy fanlar u yoki bu tarzda ma’naviyatni tadqiq etadi, boyitadi, rivojlantirishga 
о‘z hissasini qо‘shadi, biroq Ma’naviyatshunoslik fanidan farqli о‘laroq, 
ma’naviyatni butun, yaxlit bir tizim sifatida о‘rganmaydi.
Demak, Ma’naviyatshunoslik fani butunni о‘rgansa, boshqa ijtimoiy fanlar 
butunning qismlarini tadqiq etuvchi fanlardir. Fikrimizni yanada aniqroq ifoda 
etish uchun quyidagi mantiqiy sxemani keltirib о‘tamiz: Madaniyat moddiy va 
ma’naviy madaniyat (yoki ma’naviyat)ga bо‘linadi. Ma’naviyat, о‘z navbatida 
quyidagi tarkibiy qismlarga bо‘linadi: ma’naviyat, ma’rifat, g‘oya, mafkura.
Ma’rifat bilan deyarli barcha fanlar shug‘ullanadi. Albatta, kо‘proq 
pedagogika fani, jurnalistlar, shoirlar, yozuvchilar hamda kasbiy yо‘nalishidan 
qat’i nazar barcha toifadagi olimlar, hattoki jamoat va davlat organlarining 
rahbarlarini ham ma’rifatchilar deyish mumkin. G‘oya, g‘oyashunoslik ham 
ma’naviyatning tarkibiy qismi. Bunyodkorlik g‘oyalari ma’naviy yetuklik 
mahsulidir.
Ma’naviyat bо‘lmagan joyda g‘oyaviy bо‘shliq paydo bо‘ladi. G‘oyaviy 
bо‘shliqni esa faqat ilm, ma’rifat, ma’naviyat bilan tо‘ldirish mumkin. Shu bois 
Islom Karimovning 2001-yil 18 yanvardagi farmoyishi bilan respublika ta’lim 


tizimiga yangi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» о‘quv fani 
kiritildi. Bundan kо‘zlangan maqsad «g‘oyaviy immunitet»ni shakllantirish, ya’ni 
Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, «G‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi 
ma’rifat bilan kurashishdir». Mafkura ham milliy ma’naviyatning ajralmas qismi. 
Mafkura yо‘q joyda jamiyat yashay olmaydi.
Bizning milliy istiqlol mafkuramiz xalqni xalq, millatni-millat qilishga 
xizmat qilsin, – degan edi Islom Karimov. Jamiyatni birlashtiradigan, kuchiga-
kuch qо‘shadigan, oliy maqsadlar sari eltadigan, jamiyat hayotini inson manfaat va 
ehtiyojlari asosida о‘zgartiradigan kuch – bu mafkuradir. Ma’naviyat mafkura 
orqali amaliyotga tatbiq etilgandagina moddiy kuchga aylanadi. Chunki 
ma’naviyat amaliyotda moddiylashadi.
Haqiqatga, ma’naviy yuksaklikka intilishdan, komil insonni tarbiyalashdan 
asosiy maqsad ham oxir-oqibat olamni gо‘zallikka burkash, ozod va obod Vatan, 
erkin va farovon hayot qurishdir. Ma’naviyat asoslari fani mustaqillik yillarida 
paydo bо‘lgan «О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» 
fani (1998-y.) bilan chambarchas bog‘liqdir. Qadimgi grek faylasufi «Siyosat» 
(«Politika») asarining muallifi Aristotel aytganidek, «demokratiya yuksak 
ma’naviyat, tartib va intizom, о‘zaro burch va mas’uliyatga asoslangan boshqaruv 
tizimidir, ularsiz demokratiyadan xavfliroq narsa yо‘qdir». 
Bundan kо‘rinadiki, demokratiya bо‘lishi, uni insonlarga xizmat qilishi 
uchun eng avvalo jamiyatda yuksak ma’naviyat bо‘lishi zarur. Yuksak ma’naviyat 
– demokratiya poydevoridir. Boshboshdoqlik, sо‘z mas’uliyatining yо‘qligi, 
haqiqatni har xillashtirish, istalgan narsani qilish, umumiy mas’uliyatsizlik – 
antidemokratiyadir. Shunday ekan ma’naviyatsiz jamiyatni demokratlashtirib, 
liberallashtirib (erkinlashtirib) bо‘lmaydi.
Ma’naviyatshunoslik fani huquqshunoslik fani bilan ham bevosita 
bog‘liqdir. «Huquq – bu mustaqillikdir», – degan edi Islom Karimov taniqli 
huquqshunos olimlar bilan bо‘lgan uchrashuvda. Darhaqiqat, mustaqillik – о‘zlikni 
anglash, о‘z yurtiga egalik qilish, о‘zini-о‘zi boshqarish, himoya qilish, asrash, 
mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borish, qolaversa, yuksak ma’naviyat 


belgisidir. Shu bois mustaqillikni mustahkamlash, uni siyosiy-huquqiy qadriyat 
sifatida baholash har bir О‘zbekiston fuqarosining ma’naviy burchi hisoblanadi. 
Har 
qanday 
huquq 
ma’naviyatga 
asoslanadi. 
Ma’naviyat 
huquqiy 
munosabatlarning mezonidir. Jamiyatdagi qonunlarning sifati, xalqchilligi, 
adolatliligi ham oxiroqibat ma’naviyatning (insonlarga foydalilik koeffitsiyenti) 
inson kamolotiga qо‘shgan hissasi bilan о‘lchanadi. Qisqa qilib aytganda, huquq 
ma’naviyatdan oziqlanadi, ma’naviyat esa huquqda о‘z himoyasini topadi. 

Download 214,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish