Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi



Download 344,5 Kb.
bet10/24
Sana10.07.2021
Hajmi344,5 Kb.
#114276
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
4. Boshqa ijtmoiy omillar. Ijtimoiy omillar faqat siyosiy, huquqiy va davlat boshqaruvi bilan cheklanmaydi. Ular nihoyatda xilma-xil va jamiyatning ko’plab institutlarini qamrab oladi. Ulardan har birining o’z o’rni va vazifasi bor. O’zbekistonda ular orasida oila, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, fuqarolik jamiyati institutlari – mahalla, urf-odatlar, turli ijodiy uyushmalar, kasaba uyushmalari, “Nuroniy”, xotin-qizlar qo’mitalari, “Kamolot” YoIH kabilarning ma’naviyatga, unig turli tuzilmalariga va odamlarning ongiga ta’siri ancha sezilarli.

Biz ularning har biri haqida to’xtalib o’tirmaymiz. Faqat bir-ikki misol bilan cheklanamiz. Xalqning aksariyat qismi savodsiz bo’lsa, uning dunyoqarashini tor, madaniyati, ma’naviyati qoloq bo’ladi. Bunday xalq xurofot va bid’atga, soxta, buzg’unchi g’oyalarga nisbatan o’zida mafkuraviy immunitetni shakllantirolmaydi, mutaassiblikka (fanatizmga) moyilroq bo’ladi. U o’g’rilikka, harom-xarishga, yolg’on aytishga, firibgarlikka ham kamroq moyillik ko’rsatishi mumkin. Aslini olganda axloqsizlik va jinoyatchilik rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy va madaniy qoloq mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada ko’p yoyilgan. Lekin savodi, bilimi past xalqni har xil uydurmalarga, yolg’onga, fol va bashoratlarga ishontirish qiyin emas. U qoloq qarashlarga, urf-odat va xurofotga qarshi chiqqan kishini rejim, reaksion dindorlar jazolasa befarq qarab turaveradi, hatto ba’zan o’zi ham “savob uchun” jazolashda qatnashishi mumkin. Yevropada o’rta asrlarda inkvizitsiya gunohkorlarni gulxanda yondirayotganda, ayrim “savobtalab” tomoshabinlar gulxanga o’tin keltirib tashlaganlar. Yoki bizda tosh bo’ronga hukm qilingan kishiga o’tib ketayotgan yo’lovchi “savob uchun” tosh otgan.

Ta’lim tizimi yoshlarga ona tilini, adabiyotini, mamlakati va jahon tarixini, turli fanlarning asoslarini o’qitib, o’rgatib ularning dunyoqarashini, bilimlarini, ko’ngil va aql olamini, madaniy saviyasini shakllantiradi, ijodiy, bunyodkorlik qobiliyatini tarbiyalaydi, kengaytiradi, teranlashtiradi, o’stiradi. Bu bilan har bir inson va butun jamiyat ma’naviyati rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shadi.

Sog’liqni saqlash tizimi ham fataq odamlarning salomatligini ta’minlash, har xil kasalliklarning, epidemiyalarning odini olish, bemorlarni davolash bilangina chegaralanmaydi. U odamlarning tibbiy ongi, bilimlari va madaniyati o’sishiga, ular har xil folbinlar, romchilar, soxta tabiblar, qushnochlar, duogo’ylar, ekstrasenslar, parapsixologlar tuzog’iga tushushdan ham asraydi. Agar sog’liqni saqlash tizimi yetarli darajada rivojlanmasa, odamlarda xurofot va bid’atga moyillik ortadi. Demak, sog’liqni saqlash bevosita va bilvosita ma’naviyat rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Oila, mahalla, ijodiy uyushmalar, ustoz-shogird, kasaba uyushmalari, fuqarolik institutlarining ma’naviyatga, odamlar munosabatlari va ongiga ta’siri haqida mulohaza yuritishni talabalarning o’ziga qoldiramiz. Ular haqida adabiyotlarda ko’plab yozilgan.




Download 344,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish