Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi


Mavzu: Ma'naviyatning rivojlanish qonuniyatlari



Download 344,5 Kb.
bet12/24
Sana10.07.2021
Hajmi344,5 Kb.
#114276
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
5. Mavzu: Ma'naviyatning rivojlanish qonuniyatlari
Reja

1. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari va ma'naviyatning rivojlanish qonunlari, ular o‘rtasidagi aloqadorliklar mohiyati.

2. Ma'naviyat qonunlari – ma'naviy sohaga xos narsa va hodisalar, voqyea va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy va takrorlanib turuvchi uzviy aloqadorliklar.

3. Ma'naviy va moddiy hayot mushtarakligi qonunining umumijtimoiy xarakteri. Ma'naviyat qonunlarining inson va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.

Ma'naviy yuksalishga jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari ta'sir ko‘rsatadi, ma'naviyatda ular o‘ziga xos tarzda voqye bo‘ladi. Jamiyat rivojlanishidan avvalo universal, dialektik qonunlar asosida kechadi. Bular qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va inkorni inkor qonunlaridir. Ular jamiyat hayotida, jumladan ma'naviy hayotda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatda savodli, o‘qimishli kishilarning ko‘payishi, aholi tarkibida sezilarli miqdorni tashkil etish ijtimoiy ishlab chiqarishni, yangi texnologiyalar bilan boyitib, xalq turmush tarzi, dunyoqarashi va ma'naviy madaniyati, ilm-fani, adabiyoti va san'ati rivojlanishini yangi sifat bosqichiga ko‘taradi. Aholining yoppa savodxon bo‘lishi yana yangi sifatga olib keladi. XIX asr boshlariga nisbatan XX asr boshlarida o‘zbeklar orasida savodli va o‘qimishli kishilar soni sezilarli ko‘paydi. Natijada jadid ma'rifatparvarligi shakllandi, milliy matbuot, teatr adabiyotda dramaturgiya, roman, qissa janrlari va h.k. shakllandi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab mustamlakachilikdan qutilishga urinish bo‘lsa, uning ma'naviy-intellektual negizi va harakatlantiruvchi kuchi xalqning o‘zligini anglashi, savodxonligining yuqoriligi edi. Milliy ma'naviyatimiz XX asr boshlarida yangi sifat kasb etdi. XXI boshlarida mustaqillik va xalqimizning yalpi savodxonligi sharoitida milliy o‘zlikni anglash darajasi milliy va ma'naviyatimiz yana yangi sifatlarga ko‘tarildi.

Dialektikaning boshqa qonunlari bo‘yicha ham tarli-tuman misollar keltirish mumkin. Masalan, sovet davrida milliy ma'naviyatlardan diniy qarashlar va diniy madaniyatni siqib chiqarishga ko‘p urinildi. Diniy qadriyalar inkor qilindi. Sovet davrigacha milliy ma'naviyatda diniy qadriyatlar katta o‘rin tutgan edi. Mustaqillik tufayli endi sovet davri ma'naviyati inkor inkorni inkor qilindi. Lekin sovet davrigacha va sovet davridagi milliy ma'naviyatimizning yaxshi jihatlari sintez qilindi. Bu diniy bag‘rikenglida ham o‘z ifodasini topdi. Taraqqitning dialektik qonunlaridan tashqari boshqa universal qonunlari ham bor. Narsa, predmet, hodisa va jarayonlarning oddiylikdan (soddalikdan) murakkablikka qarab rivoojlanishi, vorisiylik qonuni va h.k. ular ham o‘ziga xos tarzda jamiyat va ma'naviyat rivojlanishida yuzaga chiqadi. Masalan, ibtidoiy jamiyat va uning ma'naviyati quldorlik jamiyati va uning ma'naviyatiga nisbatan tuzilmasi va mazmuniga ko‘ra ancha qashshoq, oddiy, sodda va jo‘n. O‘z navbatida quldorlik jamiyati va ma'naviyati feodal jamiyat va uning ma'naviyatiga nisbatan xuddi shunday. Jamiyat rivojlangani sayin uning tuzilmalari, institutlari, madaniyati, ma'naviyati rang-baranglashib, murakkablashib boyib borgan.

Vorisiylik qonuni umumtaraqqiyot qonunidir. Aslida uni yuqorida qayd etilgan dialektika qonunlarining o‘ziga xos tarzdagi ko‘rinishlaridir, deya talqin qilish mumkin. Jonli organizmlarda irsiyat belgilarining saqlanishi, materiya va energiyaning yo‘q bo‘lib ketmasdan, bir turdan (shakldan) ikkinchi turga aylanishi tabiatdagi vorisiylik bo‘lsa, avlodlarning bir biridan o‘rganishi, har bir avlodning insoniyat shu paytgacha erishgan barcha yutuqlarni tayyor holda qabul qilib olishi, qaytadan g‘ildirakni kashf etmasligi, mavjud yutuqlarni boyitishga o‘z hissasini qo‘shishi vorisiylik qonunniing jamiyat hayotida va ma'naviyatida yuzaga chiqishidir.

Yuqoridagilardan tashqari, jamiyatning faqat o‘ziga xos iqtisoiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa qonunlari bor. Ular ham ma'naviyatda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masan, iqtisodiy raqobat odamlarning ongiga tafakkuriga, kayfiyatiga, jamiyatga munosabatida , o‘zaro aloqalarga kuchli ta'sir ko‘rsatadi, turli g‘oyalarni, ular o‘rtasida bahs va kurashlarni, o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi me'yorlarni shakllantiradi. Jamiyat a'zolari iqtisodiy, siyosiy, boshqa ijtimoiy manfaatlaridan kelib chiqib turli partiyalar, uyushmalar, tashkilotlar tuzadi va h.k.

Albatta, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonunlaridan tashqari, ma'naviyatning faqat o‘ziga xos bo‘lgan qonunlar ham bor. Biz ma'naviy yuksalishning xususiyatlarini hisobga olib uning quyidagi qonunlarini alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

1.Jamiyat taraqqiyoti jarayonida ma'naviy ehtiyojlarning muttasil o‘sib borish qonuni;

2.Ma'naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni;

3.Ma'naviyat rivojlanishining ilmiy-falsafiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, estetik, axloqiy ong va munosabatlar rivojlanish darajasiga bog‘liqlik qonuni.

Insonning birlamchi moddiy ehtiyojlarining qondirilishi unda ruhoniy, ma'naviy ehtiyojlarni o‘yg‘otadi. Qorni to‘q, xavf-xatardan xoli inson qo‘shiq aytgisi, raqsga tushgisi, xursandchilik qilgisi, biror narsa o‘ylab topgisi, yaratgisi keladi. O‘z navbatida mazkur ehtiyojlarning qondirilishi, ularning yanada sifatliroq, yanada mukammalroq, yanada mazmunliroq bo‘lishiga nisbatan yangi ehtiyoj tug‘diradi. Inson ehtiyojlari, jumladan ma'naviy ehtiyojlari uzluksiz yuksaladigan mavjudotdir. Bu ijtimoiy taraqqiyot, jumladan ma'naviyat rivojlanishi qonunidir. Hayvonot olamida biologik ehtiyojlardan tashqari ehtiyojlar deyarli yo‘q. Ayrim qushlar va hayvonlarning «ishqiy» o‘yinlari, juft bo‘lib yashashini biologik ehtiyoj doirasidan chiqadi, deyishga asos yo‘q. Hayvonot olamida ehtiyojlar yuksalmaydi, faqat o‘zgaradi, natijada biologik organizm tabiatga moslashadi, xolos. Birinchi mavzuda ta'kidlanganidek, insonda esa ehtiyojlar muttasil yuksaladi: moddiylari ham, ma'naviylari ham. Insonda bir ehtiyojning qondirilishi undan yuksakroq bo‘lgan yangi ehtiyojlarni tug‘diradi,

Yanada mukammalroq, yaxshiroq, go‘zalroq buyumni yoki san'at asarini yaratishga intilish, yanada chuqurroq va kengroq, aniqroq bilimni egallashga, yanada mukammalroq texnik asbob-uskunalarni, kompyuterlarni, mashinalar, mexanizmlar va texnologiyalarni ixtiro etishga harakat, turmush darajasini yanada ko‘tarish va farovon qilishga urinish insonning asl insoniy xususiyatidir, ob'ektiv ravishda tug‘iladigan ijtimoiy ehtiyojdir. Inson hyech bir vaqt o‘zining holati bilan qoniqmaydi (gap alohida shaxsning maishiy ahvoli, mansabi va sh.k. haqida emas, insoniyatning tarixiy jarayondagi ahvoli haqida ketmoqda), u doimo o‘z mavjudlik holatini takomillashtirishga harakat qiladi. Hayvonda takomillashish mo‘ljali yo‘q. U o‘z mavjudlik holatini anglay olmaydi, uni takomillashtirishga harakat qilmaydi.

Ijtimoiy taraqqiyot asosida mavjud holat bilan qoniqmaslik yotadi. Vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish, yangi kuch, g‘ayrat to‘plash uchun, rivojlanish zaminini tayyorlash uchun insonga iroda - ongli tanlash, chidam, sabr-toqat kerak. Sabru toqatni o‘z ijtimoiy holatidan qoniqish bilan chalkashtirmaslik kerak. Sabru toqat rivojlanish jarayonining diskret va vaqtinchalik shakli, mukammallikka intilish, ehtiyojlar yuksalishi esa doimiy holatidir.

O‘z ijtimoiy holati, erishgan darajasi bilan qoniqmaslik tufayli yangi ehtiyojlarning tug‘ilishi ijtimoiy taraqqiyotning, shu jumladan ma'naviy rivojlanishning asosida yotadi. O‘z holati va erishgan darajasi bilan qoniqish yangi, yanada yuksakroq ehtiyojlarni vujudga keltirmaydi, natijada ma'naviyatda turg‘unlikni keltirib chiqaradi. Sog‘lom moddiy ehtiyojlar yuksalmas ekan, oqibatda ma'naviy ehtiyojlar ham yuksalmaydi. Insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi, o‘z qobiliyatlarini voqye qilishga, ijod qilishga urinishlari uning ma'naviy ehtiyojlaridir.

Lekin ehtiyojlarni mavhum baholash yaramaydi. Ehtiyojlar sog‘lom yoki nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Insonning erkin kamolotiga xizmat qiladigan, undagi ijobiy qobiliyatlarni, fazilatlarni boyitadigan, rivojlantiradigan ehtiyojlar sog‘lom ehtiyojlardir. Aksincha, nafsning kuchayishiga, molparastlikka, shahvatparastlikka, mansabparastlikka, insondagi salbiy qobiliyatlarning kuchayishiga xizmat qiladigan ehtiyojlar nosog‘lom ehtiyojlardir. Ular inson ma'naviyatining qashshoqlanishiga, uning o‘z nafsi va hirsining quliga aylanib, shaxsning yemirilishiga olib keladi. Insonda sog‘lom ehtiyojlarning shakllanishiga, o‘z shaxsi bilan ixtilofga bordirmasdan, uning asl insoniy mavjudligini ta'minlashga xizmat qiladigan aqliy va hissiy muhit, falsafiy, axloqiy, ilmiy, diniy, badiiy va boshqa madaniy qadriyatlar, me'yorlar, ideallar hamda ijodiy faoliyatning o‘zaro mushtarakligi – shaxs ma'naviyatidir.




Download 344,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish