“Mа’nаviyat” tushunchаsi, mаzmuni vа mоhiyati hаqidа bildirilgаn fiкrlаr. Prеzidеnt Islоm Каrimоvning mа’nаviyat vа mа’nаviy каmоlоt hаqidа bildirgаn fiкrlаri: “ Mа’nаviyat – insоnni ruhаn pокlаsh, qаlbаn ulg`аyishgа chоrlаydigаn, оdаmning ichкi dunyosi, irоdаsini bаquvvаt iymоn-e’tiqоdini butun qilаdigаn vijdоni uyg`оtаdigаn bеqiyos kuch, uning bаrchа qаrаshlаrining mеzоnidir. Mа’nаviyatning nеgizi vа mа’nо-mаzmunini bеlgilаydigаn аsоsiy хususiyatlаr; insоnning ruhiy pокlаnishi, qаlbаn ulg`аyishi. Insоniyat tаriхi mа’nаviyat-insоnning, хаlqning, jаmiyat vа dаvlаtning buyuк bоyligi vа кuch - qudrаti mаnbаi.Mа’nаviyatni tushunish, аnglаsh uchun аvvаlо insоnni tushunish, аnglаsh кеrак Prezidentimiz Islom Karimovning yaqinda nashrdan chiqqan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi mamlakatimiz jamoatchiligi, keng kitobxonlar o‘rtasida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni va u bilan bog‘liq hayotiy masalalar har tomonlama keng tahlil etib berilgan ushbu asar o‘rtaga qo‘yilgan mavzularning dolzarbligi, nazariy va amaliy tomondan g‘oyatda muhim konseptual fikr va xulosalarga boyligi, mushohada qamrovi bilan ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 9 iyul kuni ushbu kitobni o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi va mazkur akademiya tomonidan tashkil etilgan tadbirda taniqli olimlar, faylasuf va siyosatshunoslar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bevosita muloqot va samimiy fikr almashish ruhida o‘tgan anjumanda bugungi shiddatli globallashuv davrida bu kitob beqiyos ahamiyatga ega ekani, uning sahifalarida milliy o‘zligimizni asrash, qo‘hna qadriyat va an’analarimizni, xalqimiz, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizning qalbi va ongini turli zararli ta’sirlardan saqlash, ma’naviyat sohasidagi turli tahdidlarga har tomonlama tayyor turish kabi nihoyatda o‘tkir masalalarning mohiyati chuqur ochib berilgani ta’kidlandi. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonida bu kitobdan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar belgilab olindi. Joylarda ushbu asarni o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha amaliy ishlar rejasi, zarur uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.“Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.Odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lgan ma’naviyat haqidagi bu fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning yaqinda “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan o‘rin olgan.Shu yil 14 may kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashining majlislar zalida ushbu kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari va faollari, atoqli olimlar, faylasuflar, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va madaniyat namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taqdimot marosimini Prezidentning davlat maslahatchisi X.Sultonov qisqacha kirish so‘zi bilan ochdi. Samimiy muloqot va fikr almashish ruhida o‘tgan marosimda kitobning ma’no-mazmuni, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlarning bugungi va ertangi hayotimiz uchun beqiyos ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Muallifning ma’naviyat haqidagi, uning inson, jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va ta’siri to‘g‘risidagi ko‘p yillik kuzatishlari, fikr-mulohazalarining mahsuli bo‘lgan bu asar har tomonlama teran ilmiy va hayotiy qarashlarga asoslangani bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortishi e’tirof etildi.Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Q.Nazarov, taniqli adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi A.Rasulov, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent N.Umarova, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari M.Quronov, kinorejissor J.Qosimov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, filologiya fanlari doktori SH.Sirojiddinov, telejurnalist O.Toshboyev va boshqalar so‘zga chiqib, kitobda o‘rtaga qo‘yilgan muhim ijtimoiy-ma’naviy masalalarning mohiyati xususida atroflicha fikr bildirdilar.Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’naviyat tushunchasining ilmiy-nazariy, tarixiy va zamonaviy tamoyillari kitobda o‘zining har tomonlama chuqur ifodasini topgani, shu bilan birga, bugungi murakkab davrda ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning kuchayib borayotgani va bunday xatarlarning tub ildizlari ko‘rsatib berilgani ham qayd etildi.Ma’lumki, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Bu haqiqat davlatimiz rahbarining oldingi asarlarida ham keng sharhlab berilgan edi. Mazkur kitobda bu masala yanada chuqurroq tahlil etiladi. Jamiyat hayotida, insonlar ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan taqdirda uni begona mafkura va qadriyatlar bilan to‘ldirishga urinadiganlar albatta topilishi hayotiy misollar orqali isbotlab beriladi.Bu kitob bugun ostonamizga yopirilib kelayotgan ana shunday xavf-xatarlardan ogoh etib, barchamizni yana bir bor sezgirlik va hushyorlikka da’vat qilishi, el-yurtimiz, yoshlarimizni turli xil mafkuraviy xurujlardan asrash borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan belgilab berishi taqdimot marosimida alohida ta’kidlab o‘tildi.Muallif o‘z kitobida insonni yuksaltiradigan ezgu fazilatlardan biri bo‘lmish ma’naviy jasorat haqida to‘xtalib, “Bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘lamiz”, deb yozadi.
Referat
MAVZU : YUKSAK MA’NAVIYAT YENGILMAS KUCH
Bajardi: Bekchonov Bekzod
Do'stlaringiz bilan baham: |