Chingiz Aytmatov
1. Chingiz Aytmatovning 1957- yilda e’lon qilib, adabiyot ixlosmandlarining jiddiy e’tiboriga sazovr bo’lgan asarini belgilang?
A) “Jamila” B) “Sarviqomat dilbarim” C) “Yuzma-yuz” D) “Momo yer”
2. Chingiz Aytmatovning adabiyot olamida jiddiy yangilik bo’lgan va sho’ro davlatining ayanchli tarixi yaxlid holda ochib berilgan asarini belgilang?
A) “Dengiz yoqalab chopayotgan olapar” B) “Momo yer” C) “Somon yo’li” D) B va C
3. Chingiz Aytmatovning 1970- yilda yozilgan va achchiq insoniy taqdirlar talqiniga bag’ishlangan asarni belgilang?
A) “Jamila” B) “Alvido-ey Gulsari” C) “Oq kema” D) “Asrga tatigulik kun”
4. Ch.Aytmatovning qaysi asarida sho’ro davlatining ayanchli tarixi yaxlit holda ochib berilgan?
A) “Somon yo’li” B) “Alvido, ey Gulsari” C) “Qiyomat” D) “Dengiz yoqalab chopayotgan olapar”
5. Guram Jo’zadze, Sandro qaysi asar qahramonlari sanaladi?
A) “Qiyomat” B) “Oq kema” C) “Asrga tatigulik kun” D) “Sariq devni minib”
6. “Sarviqomat dilbarim”, “Momo yer”, “Samon yo’li” qissalari muallifi kim?
A) O’.Hoshimov B) Ch.Aytmatov C) G’afur G’ulom D) T.Murod
7. Ch.Aytmatovning “Qiyomat” romanini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Jamol Kamol B) Erkin Vohidov C) Ibrohim G’afurov D) Borot Boyqobilov
8. Ch.Aytmatovning qaysi qissasida sho’ro davlatining ayanchli tarixi yaxlit holda ochib berilgan?
A) “Jamila” B) “Dengiz bo’ylab chopayotgan olapar” C) “Somon yo’li” D) “Alvido, ey Gulsari”
Odil Yoqubov
1. Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari qanday nomlangan?
A) “Chin muhabbat” B) “Bahor sog’inchlari” C) “Tong nafasi” D) “Tengdoshlar”
2. Uning asarlari buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ulug’beklar hayoti, ularning ulug’vor ishlari haqida hikoya qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamalr o’rtasidagi mehr-oqibatni ulug’laydi. Ushbu so’zlar kimga nisbatan aytilgan?
A) P.Qodirov B) O.Yoqubov C) Ch.Aytmatov D) Xurshid Davron
3. “Yurak yonmog’i kerak”, “Olma gullaganda”, “Izlayman” qissalarining muallifi kim?
A) O.Yoqubov B) P.Qodirov C) Ch.Aytmatov D) O’.Hoshimov
4. Odil Yoqubov qaysi asarida o’z otasi misolida qatog’on davrlarining dahshatlari aks etgan bolalik xotiralari qalamga olinadi?
A) “Qanot juft bo’ladi” B) “Muqaddas” C) “Adolat manzili” D) “Muzqaymoq”
5. Odil Yoqubovning 1951- yilda nashr etilgan dastlabki yirik asari qanday nomlangan edi?
A) “Chin muhabbat” B) “Aytsam tilim kuyar, aytmasam dilim kuyadi” C) “Tengdoshlar” D) “Izlayman”
Do'stlaringiz bilan baham: |