Rabg’uziy
1. “Qisasi Rabg’uziyda” kimlar Muso payg’ambarning safdoshlari deyiladi?
A) Horun, Jasha, Kellub B) Nusrat, Xodim, Horun C) Jasha, Kellub, Nusrat D) barchasi to’g’ri
2. Arab tilda yaratilgan “Qisas ul-anbiyo” asarining muallifini aniqlang.
A) Rabg’uziy B) Abu Is’hoq Nishopuriy C) Vahhob binni Munabbih al-Yamaniy D) Ya’qub Sufyon
3. “Qisasi Rabg’uziy”da Nuh kemasining nechta temir halqasi borligi aytiladi?
A) 125 ta B) 124 ta C) 123 ta D) 122
4. “Silsilat uz-zahob” asari muallifi kim?
A) Hofiz Sheroziy B) Xusrov Dehlaviy C) Gulxaniy D) Jomiy
Gulxaniy
1. Gulxaniyning bizgacha qancha g’azali yetib kelgan?
A) 15 ta B) 30 ta C) 12 ta D) 10 ta
2. Qaysi asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyatdan iborat asar berilgan qatorni aniqlang.
A) “Zarbulmasal” B) “Silsilat uz-zahab” C) “Yapaloqqush hikoyasi” D) A va B
Zohir A’lam
1. “To’siq”, “O’lchamlar” kabi qissalarini o’zbek tiliga o’girgan adib kim?
A) T.Murod B) Sh.Xolmirzayev C) Zohir A’lam D) Nazar Eshonqul
2. Zohir A’lamning ilk hikoya kitobi qanday nomlangan?
A) “Ota o’gitlari” B) “Baxtli bilet” C) “Kiyik ko’zlari” D) “BAM manzaralari”
Abay
1. “Abay” taxallusi bilan ijod qilgan buyuk qozoq shoirining asl ismi kim?
A) Muhammad B) Umar C) Chingiz D) Ibrohim
2. Qozoq milliy og’zaki ijodi kuylab kelingan o’lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan shoir kim?
A) Nizomiy B) Abay C) Fuzuliy D) to’g’ri javob yo’q
3. Abay kuy bastalagan qancha o’lan hozirgacha oqinlar tamonidan sevib ijro etilmoqda?
A) 15 ta B) 18 ta C) 17 ta D) 20 ta
4. Abay qalamiga mansub she’rlar berilgan qatorni toping.
A) “O’lan”, “Ko’klam”, “Nido” B) “Ilm o’rgan”, “Tun” C) “Shurlik qozog’im”, “Ko’klam” D) A va B
5. Abayning “O’lan” va “Ko’klam” she’rlarini qaysi shoir o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A) G’afur G’ulom B) H.Olimjon C) Mirtemir D) Rauf Parfi
6. Olamga bezak bergan qodir mavlon,
Yer – ona, quyosh – ota, nuri jahon
Onaday emizdirar ko’ksidan yer,
Otaday mehr to’kar yorug’ osmon. Ushbu misralar muallifini aniqlang.
A) Rauf Parfi B) Uyg’un C) Abay D) Mirtemir
4-DARS: TUYG'ULARNING KAMALAK RANGI. (273-347-betlar)
Reja:
1. Zulfiya.
2. Tog'ay Murod.
3. Pirimqul Qodirov.
4. Maqsud Shayxzoda.
Zulfiya
1. Xalqaro “Nilufar” Javoharlal Neru nomidagi mukofotlari sohibasi bo’lgan o’zbek shoirasini aniqlang.
A) Oydin Hojiyeva B) Zulfiya Isroilova C) Halima Xudoyberdiyeva D) Saida Zunnunova
2. Zulfiya Hamid Olimjonning qaysi dostonlari asosida pyesa va opera lebrettolar yaratgan?
A) “Zaynab va Omon” B) “Oygul va Baxtiyor” C) “Semurg’” D) A va C
3. Zulfiya qalamiga mansub poemalar berilgan qatorni aniqlang.
A) “Quyoshli qalam”, “Mushoira”, “Xotira siniqlari” B) “Qizlar qo’shig’i”, “O’ylar” C) “Shalola”, “Mushoira” D) “Xotira siniqlari”, “O’ylar”
4. Zulfiyaning Hamod Olijon xotirasiga bag’ishlab yozgan she’rlari berilgan qatorni aniqlang.
A) “Oydinda”, “Tun” B) “Tong qo’shig’i” C) “Bahor keldi seni so’roqlab”, “Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh” D) “Shalola”
5. Ritorik so’roq gaplar asosan qaysi turdagi she’rlarda ko’p uchraydi?
A) lirik she’rlarda B) satirik she’rlarda C) yumor she’rlarda D) barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |