*E. Umarov, R.Karimov va b. “Estetika asoslari” - T.; 2010 y.27-b.
17
asta-sekinlik bilan davom etadigan jarayon hisoblanadi. Estetik ko‘nikmalar inson vujudiga singib, uning e’tiqodiga aylana borishi zarurdir. E’tiqodga aylanmagan ko‘nikmalar beqaror bo‘lib turadi, arzimas turtki bilan keskin o‘zgarib ketadi. Agarda bu borada kerakli tadbiriy ishlar ko‘rilmas ekan, estetik tarbiya sohasidagi barcha harakatlar yetarli natija bermasligi aniq. Estetik tarbiya sohasidagi qolaversa estetik didni shakllantirish sohasidagi eng qiyin ishlardan biri ham aslida, ana shundadir.
Yoshlarning o‘zini tutishi strategiyalarini tahlil qilish hayotiy istiqbollarni, jamoatchilik hayotida va bir vaqtning o‘zida o‘zini ifoda etish uchun jiddiy munosabatlarni yaratuvchi va muayyan hayotiy makon shakllantiruvchi u yoki bu ijtimoiy tendensiyalarda ishtirok etishini o‘rganishni nazarda tutadi. Bunga quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar kiradi:
vatanparvarlik va Vatanga sodiqlik darajasi;
ko‘proq yoshlarni xavotirga soluvchi muammolar;
o‘zini ijtimoiy his etish;
ustuvor hayotiy qadriyatlar va rejalar;
ijtimoiy yetuklik darajasi .
Insonning voqelikni bilish doirasi uzluksiz kengayib borishi inson uchun hali noma’lum bo‘lgan yangidan-yangi xususiyatlarni yuzaga chiqarib boradi. Voqelikka estetik munosabat doirasi kengaygan sari uning estetik faoliyati turlari ham shunchalik kengayib boraveradi. Natijada, insonning estetik faoliyati uning voqelikka nisbatan bo‘lgan boshqa faoliyat turlari bilan zaruriy xolda bog‘lanib, turli aloqalarni yuzaga keltirib boradi.
Fan va texnikaning to‘xtovsiz rivojlanishi insonning voqelikka bo‘lgan estetik munosabatlarini yangidan-yangi tomonlarini ochib bermoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda hayotimizga dizayn yoki badiiy loyihalash kabi amaliy san’atning yangi turlarining keng miqyosda kirib kelishi va bularning utilitar (foydali) va estetik xususiyatlarini ilmiy asoslashda ba’zi texnikaviy fanlarga va ularning texnik vositalariga murojaat qilinmoqda. Boshqacha aytganda, estetik tarbiyaning yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi.
Kino, televideniye, radio, badiiy fotografiya, ommaviy bayramlar tashkil etish kabi yangi san’at turlarini paydo bo‘lishi va ularning keng ko‘lamda intensiv uzluksiz va tez sur’atlarda rivojlanishi ham fan va texnikaning ta’siri natijasidir. Shuni alohida qayd qilish kerakki, bu yangi san’at turlarini paydo bo‘lishi va ularning texnikaviy xususiyatlari ba’zi an’anaviy san’at turlarining ijtimoiy xususiyatlarini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Sirk, teatr, arxitektura, haykaltaroshlik, rangtasvir va boshqa san’at turlari istemolchi tomoshabinlarning davrasi cheksiz kengayib ketdi. Keng xalq ommasi san’atga bevosita yaqinlashdi. Har bir xonadonga san’at kirib kelmoqda. Bu hodisa, o‘z navbatida, foto va kinoapparat, televizorlar, kompyuter, magnitofon, video- magnitofon, kinokamera singari axborot vositalarining kun sayin takomillashishi badiiy fotografiya, musiqa va shunga o‘xshagan san’at turlari uchun originallik (shedevr) muammosini ham keltirib chiqarmoqda. Chunki bu vositalar san’at asarlarini kerakli hajmda va miqdorda ko‘paytirish mumkin. Ularning originaldan ko‘paytirilgan nusxalari tomoshabin yoki eshituvchida bir xil estetik hissiyot uyg‘otaveradi. Ularning texnik imkoniyatlari ijodkor bilan san’at muxlislari, ijrochi va tomoshabin o‘rtasida mavjud bo‘lgan oraliq-masofani deyarli yo‘qotib yubormoqda.
Estetikaning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u axloqiy, siyosiy, mehnat, jismoniy, huquqiy va boshqa tarbiya turlari singari kishilarni go‘zallik qonuniyatlariga odatlantirish, voqelikka go‘zallik qonuniyatlari asosida munosabatda bo‘lishni o‘rgatishdir. Har bir kishida go‘zallikni izchillik bilan idrok etish, uni kundalik turmushga keng ko‘lamda tadbiq etish qobiliyatlarini shakllantirish zarur. Go‘zallikni to‘g‘ri idrok etish va unga sodiq bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lgan shaxslargina ma’naviy boy va axloqiy pokiza bo‘la olishi mumkin. Bunday shaxslar voqelikni estetik idrok etibgina qolmasdan, balki, uni faol va ijodiy ravishda estetik o‘zgartirishi mumkin.
Demak, asosiy maqsad, estetik tarbiyani nihoyatda zarur ekanligini va yoshlarda estetik didni shakllantirish, ayniqsa, bizning davrimizda juda zarur ekanligini ta’kidlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |