Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. M. ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. M. tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. M. maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. M.li kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. M. — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. M.ni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.
Tasavvufda M. sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.[1]
Haq yo’liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so’ng qo’lga kiritgan ma’naviy ma’rifatini Sari Saqatiy «tavhid» (birlashish – Alloh birligini idrok etish), Ma’ruf Karxiy va Abusaid Xarroz «fano» (yo’qolish) deb atadilar. Zerokim, solik o’zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud to’siqlari (moado, mosivo, parda)ni yengib o’tib, shaxsiy «Men»dan qutuladi va to’laligicha Mutlaqiyatga qo’shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So’fiylar buni qatraning dengizga qo’shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra – dengizdan nishona, dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Iloh sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, vaqtincha g’ariblikda, musofirlik (safar)da bo’lgan inson ruhi hijron dog’ida qiynalib azob chekadi.Haq yo’liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan so’ng qo’lga kiritgan ma’naviy ma’rifatini Sari Saqatiy «tavhid» (birlashish – Alloh birligini idrok etish), Ma’ruf Karxiy va Abusaid Xarroz «fano» (yo’qolish) deb atadilar. Zerokim, solik o’zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud to’siqlari (moado, mosivo, parda)ni yengib o’tib, shaxsiy «Men»dan qutuladi va to’laligicha Mutlaqiyatga qo’shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. So’fiylar buni qatraning dengizga qo’shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra – dengizdan nishona, dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Iloh sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, vaqtincha g’ariblikda, musofirlik (safar)da bo’lgan inson ruhi hijron dog’ida qiynalib azob chekadi. Ammo ruhmoddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday bo’lib, Dengizga – o’z asliga borib qo’shilishi mumkin. Bu vasl faqat ilohiy ma’rifat orqali, ya’ni o’z-o’zini anglash, tanish va shu asosda o’z Rabbini tanish oraqli qo’lga kiritiladi.
Shunday qilib, ilohshunolsik ilmi teosofiya bo’lgan irfon yoki ma’rifat («ma’rifat» so’zi
arabcha «arafa» – bilmoq so’zidan yasalgan) tariqatning hosilasi va bevosita davomidir. Xo’sh, ma’rifatning nishonasi nima, qanday kishi ma’rifatga noil bo’la oladi? Bu savollarga yuqorida qisman javob berilganday bo’ldi. Ammo shunga qaramay, buni kengroq sharhlashga majburmiz, chunki tasavvufda ma’rifat tushunchasi maxsus o’rin egallaydi va uning o’z ta’rifi, haqiqatlari bor. So’fiylar nazarida ma’rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma’rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo’shib, «zohiriy ilmlar» deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo’lsa-da, lekin dunyoni bilish Ollohni bilishning birinchi bosqichi, ya’ni Ollohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo – kasrat ko’plik olami, Ollohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko’zgu. Tasavvuf nazariyotchilaridan biri Abdurazzoq Koshoniy Ibn Arabiy qarashlariga suyanib, ma’rifatga bunday ta’rif bergan: «Ma’rifat muxtasar ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma’rifat ilohiy zot va sifatlarni ahvol va hodisalar tafsili va nuzul amrlar suratida tanish demak». Buning ma’nosi shuki, Muxtasar mavjudlik va mutlaq foil (ish egasi) Ollohning o’zi bo’lib, Uning ilmi kasrat olamida tafsillik topadi, muayyanlashadi. Bundan yana quyidagi fikr kelib chiqadi: moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning to’plagan hikmat-donishlari, hali ochilmagan barcha siru asrorlar Ollohga tegishli, Olloh – hikmatlarning jamuljami, bizning bilimlar esa – Uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Rabbimizni bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak.
Ma’naviyat tushunchasi ma’rifat tushunchasini ham o`z ichiga olishini ta’kidlamoq lozim. «Ma’rifat» (ko‘pligi «maorif») so‘zi ham arabcha bo‘lib, «arafa» so‘zidan olingan. U bilish, bilim, ma’lumot, tanish, tanishish ma’nolarini bildiradi.
Kishining qalbi boqqa o'xshaydi; uning nodir ma'rifati, tarovati va latif ahvollari top-toza va ko'kalamzorga o'xshaydi. Bas, qalb bog'iga qaragin, ma'rifat g'unchalari ma'rifat gullari, adolat sarvlari va pok yosumanlari bilan to'lgandir.
Jaloliddin Rumiy
Odamzot nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi?
Undan ko'ra sholg'om eksa, qozoniga tushadi-ku.
Odamzot nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi?
Undan ko'ra bulbulni sho'rvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku.
Odamzot nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko'rib, ko'ngli zavqqa to'ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku.
Odamzot nima uchun kitob o'qiyotib, suyukli qahramoni o'lib qolsa yig'laydi?
Uni yozuvchi «ichidan to'qib chiqargani»ni biladi-ku.
Odamzot nima uchun o'zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsayu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig'lab chiqadi?
Axir u shohona qasrda yashaydi-ku.
Odamzot nima uchun bolasining boshida alla aytadi?
Go'dak alla eshitmasa uxlamaydimi?
Odamzot nima uchun nevarasini etaklab necha zamon avval o'tib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi?
Marhum ularni ko'rmaydi-ku!
Gap shundaki, Odamzotni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma'naviyat deb ataladi!
«Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobidan
Go'zalim, ma'naviyat dengizida suvdan o'zga narsa bilan hayot kechirolmaydigan balig'dek bo'l!
Baliq suvdan bezor bo'lmaydi, dengiz bo'lmaguncha rohatlanmaydi, zavqlana olmaydi.
Dunyo yashirin dengizdir, u dengizda Odam bolalaridan boshqasi rohatlanib yasholmaydi.
Hayvoniylikdan insoniylikga parvoz qilmaguncha, obihayotga erisholmaydi, obihayotning ichida suzolmaydi.
Ma‘rifat - bu toshga boqqan ko‘zning, chechakni ko‘rishidur! Rumiy
qalbning tirikligi ilm, ma'rifat bilan. Zero, inson qalbi ilmu ma'rifat bilan uzluksiz ravishda oziqlantirib turilmasa, u qattiqlashadi. Qalbi qattiq inson zulmga, yomonliklarga, muomalada shafqatsizlikka moyil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |