3. Insonning ijtimoiylashuvi deganda nima tushuniladi?
A)Insonning o‘z biologik tabiatiga egalik qila boshlashi tushuniladi.
B)Yashash uchun kurashning boshlanishi tushuniladi.
C)Uning jamoa va boshqa odamlar bilan aloqalari shaklan xilma-xillashib, mazmunan boyib, chuqurlashib borishi, odamlar o‘rtasida o‘zaro va alohida individning jamoaga muhtojligi o‘sishi tushuniladi.
D)Insonning o‘z majburiyatlarga rioya qila boshlashi tushuniladi.
4. Ma’naviyatning ijtimoiy funksiyalari qaysi zaruratdan kelib chiqadi?
A)Tiriklik zaruratidan
B)Jamiyat qonunlariga amal qilish zaruratidan
C)Jamiyatni anglay borish zaruratidan
D)Jamiyat va insonning taraqqiy etish zaruratidan
5. Qanday sharoitda ilm-fanda, adabiyot va san’atda, texnologiyalar va ishlab chiqarishida turg‘unlik va inqiroz boshlanadi?
A)Ma’naviyatga ratsionalizm nuqtai nazaridan yondashilsa.
B)Ma’naviyatga nisbatan irratsional qarashlar ustunlik qilsa.
C) Ilm-fan, adabiyot va san’atga e’tibor qaratilmasa.
D)Ilm-fan, adabiyot va san’at ma’naviyatdan uzoqlashsa.
6. Qanday yondashuvda ma’naviyatning nisbatan mustaqilligi va murakkabligi hisobga olinmaydi?
A)Ratsional yondashuvda.
B)Irratsional yondashuvda.
C)Vulgar antropotsentrizm va abstrakt (mavhum) inson huquqlari nuqtai nazaridan yondashuvda
D)Vulgar materialistik yondashuvda.
Do'stlaringiz bilan baham: |