Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi



Download 21,68 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi21,68 Kb.
#428547
Bog'liq
Курс иши


2.2. Ma’naviyatni rivojlantirish – davlat siyosatida ustivor soha. 
Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi 
muhim omil sanaladi. CHunki qaerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak 
darajada bo’lsa, o’sha joyda, o’sha mamlakatda johillik, hasadgo’ylik, beparvolik, 
xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo’rlik, g’iybat qilishlik, ko’rolmaslik, 
yovuzlik, tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik ko’rinishlariga o’rin 
qolmaydi. 
Ma’naviyat har doim ma’rifat bilan uyg’un holatda rivojlanib boradi. Ma’rifat - 
bilish, bilim, tanish va ma’lumot, - degan ma’noni anglatadi. 
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir 
yangi tarixiy davrga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning, 
millatning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, 
uzoqni ko’zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug’ullanganlar. 
CHunki, ma’rifat - ma’naviy qaramlik, qo’rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga 
beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. Mamlakat, millatning ozodligi 
- uning ma’rifiy uyg’oqligidadir. Odamzod naslining ulug’ligi esa bilimdan. 
Bilingki, bilim va ma’naviyat o’ylab ko’rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni 
barcha yomon, yaramas ishlardan, ya’niki ma’naviyatsizliklardan tiyib turadi. SHu 
tufayli ota-bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz doimo ma’rifat va ma’naviyatga intilib 
yashaganlar. Ular ma’naviyat va ma’rifat chiroqlarini mash’ala singari yoqqanlar. 
Yuksak ma’naviyat va ma’rifat tufayli Turon zamin yer yuzida shuhrat qozongan. 
Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifatga 
katta e’tibor berayotganliklarining asosiy sababi ham ana shu ma’naviy zaminlarni 
qayta tiklash orqali taraqqiyotga erishish mumkinligini ko’rsatishidir. Oliy 
Majlisning XIV sessiyasida qilgan ma’ruzalarida ta’kidlaganlaridek, 2005 yilga 
qadar respublikamizda 1611 ta kasb-hunar kolleji va 181 akademik litseydan iborat 
bo’lgan o’rta maxsus va kasb-hunar o’quv yurtlarining zamonaviy tarmoqlarini 
bunyod etish rejalashtirilgan
29

O’qituvchi ma’rifat va ma’naviyatlilik, uning inson, jamiyat hayotidagi 


ahamiyati ustida fikr yuritish jarayonida, yana bir narsaga, chunonchi ma’rifat va 


ma’naviyat, ma’naviyatlilikning nisbati masalasiga ham e’tibor berishi lozim. 
Ma’naviyatli odamlarning hammasi ham doimo ma’rifatli, shu bilan birga 
ma’rifatli, ilmli kishilarning ham hammasi yuksak ma’naviyatli bo’lavermaganlar. 
SHunday kishilarga qarata haqli ravishda olim bo’libti-yu, ammo odam bo’lmapti 
iborasi ishlatiladi. Boshqacha aytganda insonlar borki, olim emas. Bo’lmasa 
bo’lmas, ammo ma’naviyati yuksak. Olimlar borki, inson zotiga loyiq emas. Bunisi 
og’ir. Ulardan elga, yurtga foyda yo’q. SHuning uchun xalqimiz: «Olim bo’lma - 
odam bo’l», - iborasini ishlatib kelgan. Bu ma’naviyat va ma’rifat bir-birini inkor 
etadi degani emas. Aksincha, ma’naviyat va ma’rifat bir-biriga chambarchas 
29
Qarang. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. 38-bet.

bog’liqdir. Ular bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib rivojlanib boradi. 


Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar 
o’zlarida ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalar 
bo’lganlar. SHundan kelib chiqib, aytish mumkinki, hozirgi davrda milliy kamolot 
yo’li, komil insonni, sog’lom avlodni voyaga yetkazish yo’li mana shu yo’l, 
bundan boshqa yo’l yo’q. 
Ma’naviyat va ma’rifat xalqimizning, millatimizning kelajagi uchun suvday va 
havoday zarur. 
Ma’naviy va ma’rifiy tarbiyani birga olib borish taraqqiyot taqozosi. Ularni 
boshqa-boshqa olib borib bo’lmaydi... 
Ma’naviyat ham o’zining bir qator kategoriyalariga – tushunchalariga va 
rivojlanish qonuniyatlariga egadir. Uning tushunchalariga shaxsning o’z-o’zini 
anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, hayrihohlik, iymonlilik, 
halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo’ylik, 
adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to’g’rilik va 
boshqalar; millatning vakili sifatida: milliy o’z-o’zini anglash, milliy g’urur, 
millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan mas’uliyatni, milliy 
manfaat ustivorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, 
an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, 
vazminlik, o’z kasbining mohir ustasi bo’lish, mamlakat ichki va tashqi 
faoliyatidan habardor bo’lish va uni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, 
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida faollik va boshqalar kiradi. 
Ma’naviyatning yuqorida keltirilgan tushunchalaridan ko’rinib turibdiki, 
ma’naviyat har bir insonning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo bo’ladigan 
va ijtimoiy hayotga nisbatan bo’ladigan munosabatlarini o’z ichiga oladi. 
Yuqoridagilardan tashqari, ma’naviyatning boshqa bir qator tushunchalari ham 
bor. Bu yerda gap ularning hammasi ustida to’xtash haqida emas, balki 
ma’naviyatning ko’p qirrali, keng qamrovli ekanligi, u inson ongi, ruhiyati, ichki 
dunyosining salohiyati, xatti-harakatlari kabi bir qator masalalarni o’z ichiga 
olishini tushunib yetish haqida bormoqda. Ma’naviyatni chuqur tahlil qilishda ana 
shu ko’rsatilgan tushunchalarni uyg’un holda tahlil qilish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Ma’naviyat rivojlanishi ham ma’lum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday 
qonuniyatlar bir necha yo’nalish va jarayonlarni o’z ichiga olsa ham, ularni yirik 
guruhlarga ajratish mumkin. 
Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog’liq 
bo’lgan qonuniyatlar kiradi. Ya’ni shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati 
mustahkam, zaminlari chuqur bo’lishi ma’naviyat rivojlanishining asosini tashkil 
qiladi. Agar ichki salohiyat nochor bo’lsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning 
o’z bir butunligini saqlashga va ayni paytda jamiyatning yuksak taraqqiyot 
pog’onasiga erishishiga salbiy ta’sir kiladi. Yana ham aniqroq qilib aytiladigan 
bo’lsa, ichki salohiyat asosiy tayanch va ob’ektiv zaruriyatdir. Ichki salohiyatning 
darajalari esa ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan bog’liq bo’ladi. Uning 
rivojlanishi ularning uyg’un holatda bo’lishini taqazo etadi. 
Ichki salohiyatning mustahkam bo’lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs 

shakllanish jarayoni qanday murakkab bo’lmasin, baribir zaruriy sharoitlar yuzaga 


kelgan paytda shaxs ma’naviy kamolotini va millatning yuksalishini ta’minlashga 
xizmat qilaveradi. 
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o’zaro munosabatlari 
jarayonida sodir bo’ladigan «o’zaro ta’sir» va «o’zaro boyitish» orqali namoyon 
bo’ladigan jarayonlar kiradi. Ya’ni shaxs ma’naviy kamoloti onadan tug’ilishi 
bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning 
ma’lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida yuzaga 
keladi. Hech qachon shaxs, inson o’zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham 
boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa qilmasdan taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga 
bugungi kunda dunyoda «sof» millat borligiga hech kim guvohlik yoki kafolat bera 
olmaydi. Jamiyat ham xuddi ana shu qonuniyat asosida rivojlanadi. 
Ma’naviyat ana shu o’zaro munosabatlar va «ta’sirlar» asosida rivojlanib boradi. 
Bu jarayonda bir tomon ikkinchisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» 
qiladi. SHunday qilib, ma’naviyat rivojlanishidagi «ta’sir» va «aks ta’sir» 
qonuniyati mavjud bo’lib, u ma’naviyatning rivojlanib borishini ta’minlashga 
xizmat qiladi. 
Ma’naviyat tushunchalari va uning rivojlanish qonuniyatlari ushbu kursning 
boshqa mavzularida ham o’rganilishini e’tiborga olib, bu o’rinda qisqa to’xtab 
o’tishni lozim topdik. 
3-masalaning bayoni. Yuqorida ma’naviyatning jamiyat, shaxs va millat 
hayotidagi muhim o’rni haqida fikr yuritildi. Ammo uni real hayotga qanchalik 
tadbiq qilish yo qilmaslik davlat olib borayotgan siyosat bilan bog’liq. To’g’ri, 
shaxs va millat shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida 
ma’naviyatning roli va ahamiyatiga e’tibor berib kelingan. 
Bugunga kelib ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga nisbatan 
munosabat tobora kuchayib bormoqda. Sobiq ittifoqdosh, bugungi mustaqil 
davlatlarning ko’pchiligida birida oldinroq, ikkinchisida keyinroq ma’naviyat 
omilining roli va ahamiyatini oshirishga imkoniyat darajasida e’tibor berilmoqda. 
Bu borada O’zbekistonning tarixan qisqa vaqt ichida Prezident Islom 
Karimovning bevosita tashabbusi asosida ma’lum tajribalarni to’plashga 
erishganligini ta’kidlash lozim bo’ladi. Ma’naviyatni ko’tarish davlat siyosatida 
ustivor sohaga ko’tarildi va u o’zining ijobiy natijalarini ko’rsata boshladi. 
Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi 
sessiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo’sag’asida 
ikkinchi ustivor yo’nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod 
shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd 
etildi. Boshqacha aytganda, biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va 
imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga 
mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini 
mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan 
barkamol, sog’lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqdiriladi. 
Aslini olganda, hozirgi kunda ma’naviyatning ustivor sohaga ko’tarilishining bir 
qator sabablari bor. Biz bu o’rinda ana shu sabablarning ba’zilarinigina ko’rsatib 
o’tishni lozim topdik. 

Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda 


yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o’sishi bilan bog’liqdir. 
Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo’lgan vazifalar mohiyati va 
manfaati yo’nalishidan kelib chiqqan holda o’zgartirmasdan turib ko’zlangan 
maqsadga erishib bo’lmaydi. 
Ana shu ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o’zgartirishning muhim 
mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o’z maqsadlari va manfaatlaridan 
kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi. 
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz 
kechish bayrog’i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. 
Bu o’z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham 
o’zining salbiy ta’sirini o’tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, 
birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu 
iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. 
Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida yetakchi 
o’rinni egallay boshladi. Bu o’z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik 
haqida qanchalik gapirmaylik, u o’zining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, 
balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik berishga xizmat qila boshladi. 
Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli. 
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy 
muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko’pchilik 
hollarda yoshlarning ta’lim olish, kasb o’rganish, san’at va badiiy asarlarga 
qiziqishdan ko’ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. 
To’g’ri, pul topish, o’z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir 
inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo bu ehtiyoj shaxs va 
millat kamoloti manfaatlariga zid bo’lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib 
ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning 
oldini olish zarur. 
To’rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir qator 
sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko’pgina yutuqlar qo’lga 
kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa «katta og’a» manfaatlariga xizmat 
qilgan. Ana shu potentsial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan 
rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus 
turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus 
millati ma’naviyati ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush 
tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo’ravonlik 
siyosati oqibatida millatlarning o’zligini anglashga bo’lgan intilishiga katta zarba 
berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi. 
Bu inqiroz millatning «yo’q» bo’lib ketishi xavfini vujudga keltirdi. Bunday 
salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo’lmaydi. 
Uni bartaraf etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga 
oshirilishi mumkin. 
Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor bo’lishiga yana bir 
sabab, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat’iy nazar, uning real 
sub’ekt, ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, 

boshqalarda uchramaydigan, o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o’zining 


mustaqil o’rniga ega bo’lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi 
maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko’tarilgan edi. Uni hal etish millat va 
davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir. 
Oltinchidan, o’zbeklar jahon tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan xalqdir. 
Uning ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga 
asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho’rolar tuzumi davrida ajdodlari 
tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o’zbek xalqining ongi va qalbidan 
«chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida 
esa uni qayta tiklash, jahon tsivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o’rnini tiklash 
zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin. 
Ettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar 
sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka 
ishontiruvchi, inson zotini ulug’lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan 
«mexanizm» hamdir. Xuddi ana shu muhim «mexanizm»dan mustaqillikni 
mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizning qaddini ko’tarishda 
foydalanishga bo’lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan o’z vaqtida anglab olindi. 
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan keyin 
ma’naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida 
ustivor siyosat darajasiga ko’tarilishiga olib keldi. SHu sababli Respublika 
Prezidenti 1994 yil 23 aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini 
tashkil qilish to’g’risida»; 1996 yil 9 sentyabrda «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi 
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»; 
1999 yil 3 sentyabrьda «Respubltka ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo’llab-
qo’vatlash to’g’risidap» farmonlarini chikardi. 1996 yil 9 sentyabrьdagi farmonda, 
«...ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor yunalishi, deb 
hisoblansin»
30
, deb belgilandi. 

1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni 


yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida» qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning 
ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma’naviyatini yanada 
yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustivor yunalishi 
ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan 
muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e’tibori qaratildi. 
Ana shu muhim hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga 
qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo’ldi. 
Ma’naviyatni rivojlantirishdagi davlat siyosati Prezidentimizning «Fidokor» 
gazetasi muxbiri savollariga javoblarida «Donishmand xalqimizning mustahkam 
irodasiga ishonaman» va «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bilan bo’lgan 
muloqotida «Kuch – bilim va tafakkurda»
31
, degan kontseptual ahamiyatga ega 

bo’lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirilmoqda. 



 
30
Xalq so’zi. 1996, 10 sentyabr.
Download 21,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish