Abdulla Avloniy –
ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist,
olim, davlat va jamoat arbobi.
XX asr boshlarida Abdulla Avloniy jadidchilik harakatiga
qo‘shilib, uning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib tanildi. U yangi
usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
Abdulla Avloniy asos solgan yangi usul maktabi gumanistik va erkin
tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy ilm-fanni bolalarga o‘rgatishni o‘z
oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-
siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishni
ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo‘ldi.
Adibning 1909-1917-yillar davomida maxsus maktab bolalari
uchun yozilgan o‘ndan ortiq kitoblari maydonga keldi. Uning
«Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yoxud
axloq», «Maktab gulistoni» singari darsliklari; «Adabiyot yoxud
milliy she’rlar» to‘plami inqilobga qadar bir necha bor qayta bosilib
chiqdi va Turkistonning juda ko‘p yangi usul maktablari uchun
qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.
«Muallim afandilar va adabiyot muhiblari banim bu asari nochi-
zonalarimni iltifotsiz qoldurmadilar. Turkistonning eng mashhur
muallimlari dars jadvalini kiritub, maydoni ta’lima qo‘ydilar»
2
, deb
yozgan edi Avloniy mamnuniyat bilan.
1913-yilda Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq»
asari bosilib chiqdi. 1917-yilda ikkinchi marta nashr etildi. Kitob
maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga darslik sifatida yozilgan.
Lekin asrimiz boshlaridagi o‘zbek jadid ma’rifatchiligining noyob
hodisalaridan bo‘lgan bu asarning ahamiyati faqat maktab doirasi
bilan cheklanmadi. U adabiyot va axloq havaskorlari uchun ham
qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Asarda insonlarni yaxshilikka
chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm – axloq haqida fikr
yuritiladi.
Axloq, bu xulqlar majmuyi. Xulq esa, ezgulik yoxud razillikning
muayyan bir insonda namoyon bo‘lish shakli. Binobarin, har bir xulq
ezgulik va oliyjanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli.
Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo‘linadilar. Lekin, bular
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият
–
енгилмас
куч
».
Т
.: «
Маънавият
» 2008. 94-95-
бетлар
.
2
А
.
Бобохонов
,
М
.
Махсумов
,
Абдулла
Авлоний
.
Педагогик
фаолият
.
Т
.: «
Ўқитувчи
» 1996. 43-
бет
.
222
kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun
ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishidan yomon bo‘lib
tug‘ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon kuyga soldi. Demak,
hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. Tarbiya «yo hayot, yo mamot, yo
najot yo halokat, yo sadoqat, yo falokat» masalasidur. Tarbiya
tug‘ilgan kundan boshlab, umrning oxiriga qadar davom etadi. U ikki
bosqichdan – uy va maktab tarbiyasidan iborat. Abdulla Avloniy
tarbiyaning doirasini keng tushunadi. Uni birgina axloq bilan chega-
ralab qo‘ymaydi. Gapni, birinchi navbatda, bolaning sog‘ligi haqida
qayg‘urish lozimligidan boshlaydi.
Abdulla Avloniy masalaning falsafiy asosiga ko‘chdi. Jism
bilan ruhning uzviy birligi haqida gap ochadi: badan tarbiyasining
fikr tarbiyasiga ham ta’siri bordir. Agar jism tozalik ila ziynat-
lanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil qilish, fikr tarbiyasi benihoya
zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqat-
lariga suyangan, vijdonlariga yuklangan» bo‘lib, ularning yordamiga
muhtoj. Negaki, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi» muallimga ko‘p
jihatdan bog‘liq. Bolalarning fikrlashi tarbiyachining o‘zini fikrlash
va intilish doirasi, saviyasi bilan ham aloqador.
«Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Ruh
ishlovchi, aql boshlovchidir..» Muallif o‘z fikrini yanada aniqroq va
ravshanroq anglashi uchun shunday misol keltiradi: «Hayvonlar
o‘zlariga bo‘laklar tarafidan keladurg‘on zulm va jabrlarni shox, tish,
tumshuq va tirnoqlar ila qaytarurlar. Lekin inson aql va idroki
saviyasida o‘ziga keladurgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer
yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo‘ynidan boylab, iplarining uchini
qo‘llariga bergan insonlarning aqlidur». Hukamolardan biri, «Har
narsa ko‘paysa, arzon bo‘lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha
ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur»demish.
1
Vatan tuyg‘usi eng insoniy, eng mo‘tabar tuyg‘ulardan biri.
Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dardi bilan yasha-
moq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Abdulla
Avloniy Vatan Onadek muqaddas. Uni qadrlash, e’zozlash, uning
shodlik va quvonchiga sherik bo‘lish, g‘am-hasratini baham ko‘rish
farzandning burchi. Vatan va uning oldidagi burchni shunday tushu-
nadi. Farzandlar ham har xil bo‘ladi. Onaning baxtiga sherik bo‘lib,
1
Б
.
Қосимов
«
Миллий
уйғониш
»
Т
., «
Маънавият
» 2002. 255
бет
.
223
baxtsizligida yolg‘iz tashlab ketuvchi farzandlar ham topiladi.
Vatanning ham fusunkor tabiatini, bog‘-rog‘larini xush ko‘radigan,
biroq tashvish va g‘amlarini o‘ylamaydigan farzandlar yo‘q emas.
Vatanni, u qanday bo‘lmasin, sevish kerak.
«Biz, turkistonliklar, o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suy-
dig‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumliq, issiq cho‘llarini, eski-
mo‘lar Shimol taraflarini, eng sovuq, qor va muzlik yerlarini boshqa
erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasilar edi, havosi yaxshi, tiriklik
oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab, hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz
«kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l»,
demishlar.
1
Muallif o‘z fikrini xilma-xil misollar bilan asoslashga harakat
qiladi. Masalan, u shunday tamsilni keltiradi. Ayrim kishilar o‘z
hovli-joylarini, mol-mulklarini sotib, Makkaga ziyoratga borishadi.
Hatto shularning ham aksari yana o‘z vatanlariga qaytib keladilar.
«Buning sababi, ya’ni bularni tortib keturgon quvvat o‘z vatanlari
tuproqlarining mehru muhabbatidur» deydi.
Shoirning «Maktab gulistoni»ga kirgan she’rlarida bu fikrlar
davom ettirilgan.
«Sening isming bu dunyoda muqaddasdir.
Har kim sening qadring bilmas –aqli pastdir»
2
deb boshlanar edi
uning «Vatan» she’ri.
«Hijron so‘zi»da esa ona-yurtning ko‘rkam boy va ulug‘vor
manzarasi chiziladi. Bas shunday ekan, uning uchun jonlarni fido
etmoq kerakdir.
Jadidchilar umummilliy ma’rifatni ko‘tarish, milliy ongni
rivojlantirish, milliy birlikka erishish, jahon madaniyatini egallash
kabi g‘oyalar bilan milliy ma’naviyatimiz rivojiga o‘zlarining
munosib hissalarini qo‘shdilar.
Jadidlarning qismati chor hukumati, muvaqqat hokimiyat va
ayniqsa, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning
ko‘pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi
«panturkist», «panislomist», degan tamg‘a bosilib, qatag‘on qilindi.
Jadidlar g‘oyalari va harakatlariga qora chiziq tortildi. Jadidchilik turkiy
millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi.
1
Б
.
Қосимов
«
Миллий
уйғониш
»
Т
., «
Маънавият
» 2002. 256
бет
.
2
Ўша
асар
, 257
бет
.
224
Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik g‘oyaning tazyiqida,
keyinchalik esa iskanjasida bo‘lib, o‘zini to‘la namoyon etolmadi. Uning
shakllanish tarzini o‘rganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi.
Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi,
milliy davlatchilik g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvar-
larning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |