Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Eng a’lo zavq – tahsil, ilmu ma’rifatdadur



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Eng a’lo zavq – tahsil, ilmu ma’rifatdadur. 
 
Mahmudxo‘ja Behbudiy 
 
 
9-mavzu.
Jadidchilarning ma’rifatparvarlik harakatlari va 
ularning xalq ma’naviyatini yuksaltirishdagi roli 
 
9
.
1. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning ijtimoiy, 
siyosiy, ma’rifiy mohiyati
Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. 
Boshqacha aytganda, ma’rifat bilmoq, kishilarning ongi, bilimini, 
madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonlaridir. 
Ma’rifat so‘zining ko‘plikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama 
sifatida tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman 
bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani bilimli, 
muayyan sohada ma’lumoti bor demakdir. 
Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga 
oshiriladi. Demak, ma’rifat – bilim va madaniyatning qo‘shma maz-
muni bo‘lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir. 
Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo‘lib, bilim va
madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va 
sohalarini o‘z ichiga oladi. 
Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. 
Ma’rifatparvar – ma’rifat uchun kurashuvchi ilm, bilim chirog‘ini 
yoquvchi, ma’rifat homiysi va tarafdori demakdir. 
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy 
davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan bosh-
lanadi. Zamonning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, 
yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli kishilari 
ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. 
Ma’rifatparvarlar odatda, davr uchun, jamiyatning, mamlakat-
ning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g‘oyalarni ilgari 
suradilar, shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar. 
Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf etadi. 
Insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. Shuning 


211
uchun ozodlik kurashchilari mamlakat, millat mustaqilligini xalqning 
ma’rifiy uyg‘oqligida deb bildilar va ma’rifat uchun kurashdilar. 
Turkiston ma’rifatchiligi maktabi boy o‘tmish va ulkan 
merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashid-
xonov, Abdulqodir Shakuriy, Ashur Zohidiy, Saidrasul Saidaziziy, 
Isoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat 
boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos 
etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar 
mustabid tuzum va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka 
qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar 
bobolarimiz dunyo kezib, jahon xalqlarining ilmu ma’rifati, 
madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm 
chirog‘i bilangina parchalamoq, ozodlik sari boshlamoq mumkin 
ekanligini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda 
maktab-maorif ishlarini rivojlanishida ham nazariy ham amaliy 
jihatdan azmu shijoat namunasini ko‘rsatdilar.
Ko‘rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni ma’rifatli 
qilish, ma’naviyatni yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kelgan buyuk 
tarixiy harakatdir. 
«Jadid» so‘zining ma’nosi «yangi» demakdir, u shunchaki 
«yangi» yo bo‘lmasa «yangilik tarafdori» degani emas. Balki «yangi» 
tafakkur», «yangi inson», «yangi avlod» singari keng ma’nolarni 
o‘zida mujassam etgan. 
Jadidchilik mohiyatini Millat va Vatanni anglashdan ular
manfaati uchun kurashgacha bo‘lgan qizg‘in va hayojonli jarayon 
tashkil qiladi. Bu harakat millatni ham tarbiyalab bordi. Jadidchi-
larimiz millatning yashamog‘i, taraqqiy topmog‘i uchun birinchi 
navbatda, ozod, mustaqil bo‘lmog‘i lozimligini anglab yetdilar va 
tinch xalqni uyg‘otishga alohida e’tibor berdilar. Xalq esa, Po‘latxon 
va Dukchi eshon voqealaridan «Turkiston muxtoriyati» mohiyatini 
anglash va qo‘llashgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. Jadidchila-
rimiz siyosiy ishlar, haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari 
bilan muntazam shug‘ullandilar. Ayni paytda, maorif isloh qilina 
boshlandi. Milliy matbuot yo‘lga qo‘yildi. Teatr paydo bo‘ldi. Yangi 
adabiyot shakllandi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi tafakkur 
maydonga keldi. Bu milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik mafkurasi 
edi.


212
«Jadid» atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton Salim III 
hukmronligi (1739-1802) davrida paydo bo‘ldi. Avstriyaga elchi qilib 
yuborilgan Abubakr Ratib afandi shohga yozgan bildirishnomalarida 
u yerda ko‘rgan idora tizimini «Nizomi jadid» deb tushuntiradi.
1789-yilgi Fransuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni esa 
«Fransiya nizomi jadidi» deyila boshlandi. Shu yillari «Nizomi jadid» 
tor ma’noda askariy tizimni yevropalashtirishni, keng ma’noda ilm-
fan, maorif, sanoat va qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirishni
ko‘zda tutadi.
Jadid va qadim iborasi keyingi asrlarda maydonga kelgan 
bo‘lsada, u mohiyatan eskilik va yangilik, taraqqiyot va turg‘unlik
o‘rtasidagi eski kurashdir. «Yunon qadimchilari bir necha ming yil 
muqaddam Suqrotni jadidchilik qabohati bilan ayblab, qatl ettirdilar», 
deb yozadi Ismoilbek «Qadimchilik-jadidchilik» («Tarjimon», 1909-
yil 19-son) maqolasida. «Shundan hozirgacha, masalan, hatto 
zamonamizning eng madaniy, eng mutaraqqiy insonlari bo‘lgan 
inglizlar orasida ham qadimchilar g‘oyat ko‘pdir»,
1
deb davom etadi 
muallif va bularning tepasida hatto olamga mashhur olimlar, 
siyosatchilar, iqtisodchilar turganini aytadi. 
Abdulla Avloniy «Bu kunda madaniy millatlar urushlarni sanoat 
va tijoratga aylantirdilar va bu sohada bir-birlariga g‘alaba va raqobat 
qila boshladilar», deb yozadi. Fitrat va Cho‘lpon bularni «madaniyat 
vahshiylari» deb ataydilar. Mohiyat o‘sha-o‘sha, o‘zgargan emas. 
Faqat shakllar har xil.
Samovar suvining ichida o‘t yonadi, bu yerda sehr bor, 
binobarin nosha’riy, jome’larning shamlarini elektr bilan 
almashtirishga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqishi, «usuli jadid» 
maktabini, zamonaviy fan-texnikani rad etish, gazeta, teatrga 
«shaytoniy ish», «shakkoklik» deb qarash va ularning hammasidan 
kofirlik izlash jadidqadim kurashining bir ko‘rinishi sifatida namoyon 
bo‘lgan edi.
Jadidlik oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat 
yaqingacha ham u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Bu 
ataylab qilingan edi. Maqsad jadidchilik doirasini toraytirish, 
sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini 
qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning 
asorati edi. Aslida esa jadidchilik: 
1
Б
.
Қосимов
«
Миллий
уйғониш
» 
Т
., «
Маънавият
» 2002, 9 
бет



213
1.
Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg‘onish 
mafkurasi bo‘lib xizmat qildi. 
2.
Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g‘ayrat va tashab-
busi bilan dunyo yuzini ko‘rgan «Turkiston muxtoriyati» bu yo‘ldagi 
amaliy harakatlarning dastlabki natijasi edi. 
3.
Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsad-
larga moslab chiqardi. 
Jadidlarning poydevori, tamal toshi – «usuli jadid» maktabi
edi. Bu tabiiy, hamonki maqsad jamiyatni yangilamoq ekan, uni yangi 
avlodgina qilishi mumkin edi. Yangi avlodni esa, yetishtirmoq lozim. 
Eski an’anaviy usulda bu ishni amalga oshirish qiyin. Chunki zamon 
o‘zgargan. U tezkorlikni talab qiladi. Ikkinchidan, bugungi o‘quvchi 
tarix, jug‘rofiya, iqtisod, fizika, kimyo, matematika kabi zamonaviy 
fanlarni bilishi kerak. Ilmiy fanlar, fan-texnika yutuqlari so‘nggi uch-
to‘rt asr dunyo taqdirini boshqa o‘zanga solib yubordi. Yevropani 
oldinga olib chiqdi. Endi Yevropa ilm-fanini egallamasdan dunyo 
bilan barobar yashab bo‘lmaydi. 
Bu ilm-fanni o‘zlashtirmoq uchun Yevropa tillarini bilmoq 
kerak. Ayni paytda o‘zlikni ham saqlamoq lozim. Din-diyonat ham 
zarur. Xullas, yashamoq uchun uchala jihatni ham ushlamoq kerak 
bo‘ladi. Aks holda muvozanat buziladi. Muvozanat buzilishi esa, 
yomon oqibatlarga olib keladi. Masalan, yolg‘izgina din ushlansa, 
dunyo qo‘ldan ketadi. Faqat o‘zlik, millat desak, yana dunyodan 
ajralib qolamiz. Birovning biz bilan ishi bo‘lmaydi. Yevropalashsak, 
o‘zlik yo‘qoladi. Bu ham fojia. 
Bugun biz yuzma-yuz bo‘lib turgan milliy g‘oya, milliy mafkura 
masalalari bundan yuz-yil oldin jadidchilarimiz tomonidan ham kun 
tartibiga qo‘yilgan va qizg‘in muhokama qilingan edi. 
Ma’rifatga ehtiyoj, ilm-fanni egallash g‘oyasi millatning 
ko‘pchiligi tomonidan anglanishi kerak. Darhaqiqat, jadidchilarimiz 
olib borgan barcha ishlar matbuotning yo‘lga qo‘yilishi, «usuli jadid» 
maktabi nazariyasi va amaliyoti, teatrchilik kabilar shunga xizmat 
qildirildi. Shu tariqa har bir g‘oyaning milliy g‘oyaga aylanishi, 
jadidchilarimiz fikricha, ikki shartni taqozo etadi. 
1. G‘oya millatning tub, asl ehtiyojlaridan, turish-turmushidan, 
asosiy an’analaridan, o‘zligidan va tabiiyki, imkoniyatidan kelib chiq-
mog‘i lozim. 


214
2.
Mazkur g‘oya millat tomonidan anglanishi, his qilinishi, 
boshqacha aytganda, ongiga joylashib, yuragidagi o‘tga aylanmog‘i, 
so‘ngsiz ishtiyoq hosil qilmog‘i kerak. 
Tabiiyki, har bir millat taraqqiy topmog‘i uchun jahon ilm-fani 
yangiliklaridan, umuminsoniy g‘oyalardan foydalanmog‘i shart. 
Lekin bu fikr-g‘oyalar millatning qalbi va ongidan o‘tmog‘i, 
«milliylashmog‘i» kerak. Shundagina u millat yo‘lida xizmat qila 
oladi. 
Millat tushunchasi birlikni talab qiladi. Birlik deyilganda, asosan 
insoniy, irqiy, diniy mushtaraklik ko‘zda tutiladi. Shular asosida 
millatning uyg‘onishi, o‘z-o‘zini anglashida muhim rol o‘ynagan, 
lekin so‘ngroq asossiz ravishda ayblov vositasiga aylantirilgan panis-
lomizm, panturkizm, panturonizm, mahalliy millatchilik kabi 
tushuncha va atamalar paydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari o‘z davrida 
milliy g‘oya darajasiga ko‘tarildi, lekin siyosiy jihatdan amalga 
oshirish imkoniyati bo‘lmagani uchun zamon qatlarida qolib ketdi. 
Dunyoda yashab turgan har bir millatning o‘z fe’li – tabiatidan, 
hayot sharoiti va turmush tarzidan, maslak-e’tiqodidan kelib chiqqan, 
asosiy tarixiy tajribalari bilan mustahkamlanib, takomillashib borgan 
va boradigan fikr-qarashlari tizimi bor. Bu tizim millatning borliq va 
tabiatga munosabatidan tortib, jamiyat, axloq, siyosatigacha bo‘lgan 
qarashlarini qamrab oladi. Davlatchiligi, uning kamoli va zavoli, 
idora tuzumi, askar tutumi, zehniyati, zavqi–didi, iymon-e’tiqodi kabi 
millatning tarixi, turmushi bilan bog‘liq o‘nlab masalalarni
oydinlashtirmasdan u haqda aniq fikr bildirish qiyin. Lekin shunisi 
aniqki, milliy mafkura jamiyat hayotining jon tomiri. U qurisa, millat 
o‘sishdan to‘xtaydi, jamiyat buziladi. 
Uning asoslari tarixda, urf-udum, an’analarimizda. Uni 
tiklashning zarurligini birinchi bo‘lib jadidchilar sezdilar. 
Bugun hayotimizga tatbiq qilinayotgan milliy istiqlol mafkurasi 
– «Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, 
an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan 
oziqlanadi».
1
Jadidchilar g‘oyalari ana shu merosimizning uzviy 
qismi sifatida milliy ma’naviyatimiz rivojlanishida muhim manba 
bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish