Targ‘ibot-tashviqotdan maqsad - bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Milliy g‘oyani halq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi.
1. Milliy g’oyaning millatlararo totuvlik, Milliy diniy bag’rikenglik bilan mushtarakligi.
Milliy g’oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniy bag’rikenglik g’oyalari bilan o`zaro mushtarak. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g’oya, bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo`lida baholi qudrat hissa qo`shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e`tiqoddan qat`iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu jamiyatimizdagi milliy o`ziga xoslikni ifodalaydi.
Millatlararo totuvlik g’oyasi – umumbashariy qadriyat bo`lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir. Bu g’oya – bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o`rtasida o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma`naviy asosidir.
Milliy g’oya – har bir millat vakilining iste`dodi va salohiyatini to`la ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu tajovvuzkor millatchilik va shovinizmdir.
Bunday zararli g’oyalar ta`siriga tushgan jamiyat barqarorlik holatiga yuz tushishi muqarrar. XX asrda Evropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo`lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g’oyasiga asoslangan kommunizm g’oyasi bunga yaqqol misol bo`ladi.
O`zbekiston hududida qadim-qadimdan ko`plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o`rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo`lmagani xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko`rsatadi.
Darhaqiqat har bir millat o`zining betakror madaniy-ma`naviy qadriyatlarga ega. Bunday millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari. Birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o`zaro ta`sirda bo`lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini tezlashtiradi.
Mamlakatimizda statistik ma`lumotlarga ko`ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o`z milliy madaniy urf-odatlari, an`analari, tiliga konstitutciyaviy huquqiy tenglikka ega. O`zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliy-madaniy markaz faoliyat ko`rsatmoqda. Shu yo`nalishda markazlar tuzish bo`yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O`zbekistonda birga millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijoboti maktablarimizda 9 ta milliy tilda o`qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko`rsatayotganligida ko`rinmoqda:
2. Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikning asoslari.
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko`p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O`zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkashinsonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo`lmoqda. Bunday ahillik, do`stlik va hamkorlik o`zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstituciyasida mustahkamlab qo`yilgan. “Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar qonuni oldida tengdir degan qoida mustahkamlab qo`yilgan”.
e`tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg’ulariga daxldor muhim ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo`yilganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat`iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan:
Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e`tiqodidan qat`iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta`kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma`naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo`lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.
Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan, irqchilikdan g’ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatla 36 harbiy nizo sodir bo`lgan. Ularning 27 tasi, ya`ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e`tiborga oladigan bo`lsak, ularning milliy diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.
Respublika baynalminal madaniyat markazi (RBMM va) milliy madaniyat markazi (MMM)ning faoliyati bu erda yashovchi xalqlarning milliy an`analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma`naviyat va madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan.
3. O`zbekistonda milliy – diniy bag’rikenglik va dunyoviylik.
Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo`lib, ular aslida bir-birlariga zid emas.
Diniy bag’rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko`plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudoizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilib kelingan. O`sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar bir-biridan o`rganganlar, ustoz-shogird bo`lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.
Aytish mumkinki, diniy ong rivojlanib, dinning mohiyatini chuqurroq anglash bilan diniy bag’rikenglik ham rivojlana bordi. Bu hozirgi davrda diniy bag’rikenglikni yanada kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistondagi turli konfessiya mansub diniy tashkilotlar o`z faoliyatini o`zaro teng huquqlilik, hamdo`stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda.
Diniy bag’rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo`stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e`tiqodidan qat`iy nazar barcha kishilarning tengligi umumiy ezgu maqsad yo`lida ham hamkorlikni ham qamrab oladi.
Diniy qarashga ko`ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko`ra ham inson eng oliy mavjudotdir.
Prezident Karimov I.A. shunday yozadi “Afsuski insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo`lgan odamlardagi e`tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanonizm sifatida foydalanilganligini ko`rsatuvchi misollar ko`p. Fonetizmning o`ziga xos xususiyati va ko`rinishlari avvalambor o`z dining haqiqiyligiga o`ta qattiq ishonish, boshqa diniy e`tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishidan iboratdir. “Aynan fonatizm yo`liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda barqarorlik to`lqini keltirib chiqarishga qodir bo`ladilar”.1
Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo`yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan O`zbekiston musulmonlari iddrosi rus provaslav cherkovi, Toshkent va O`rta Osiyo eporxiyasi, Evongel` xristian bantotlar cherkovlari ittifoqi, rim katolik cherkovi to`liq injil xristianlar markazi, O`zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yaxudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta krishkani anglash jamiyati va 13 ta diniy o`quv yurti davlat ro`yxatidan o`tgan.
Diniy bag’rikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo`nalishlar va mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, bir-birlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.
Bu milliy g’oya amal qiladigan ustuvor g’oyalar sifatida milliy bag’rikenglik va dinlararo bag’rikenglikka asoslanish turli xalqlar va millatlar o`rtasida o`zaro hamjihatlik, totuvlikni ta`minlash orqali erkin va farovon hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan mushtarakdir.
4.Milliy diniy bag’rikenglik g’oyasi. Uning tarixiy va huquqiy asoslari.
“Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi – xilma – xil diniy e`tiqodga ega bo`lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo`lida hamkor va hamjihat bo`lib yashashini anglatadi”2. Din qadim-qadimdan aksariyat ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ulrni bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do`stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da`vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo`lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a`zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda turli diniy ta`limotlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo`lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o`z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir.
Tariximizning eng murakkab, og’ir davrlarida ham ular o`rtasida diniy asosda mojarolar bo`lmagani xalqimizning dinlararo bag’rikenglik g’oyasiga amal qilib yashab kelganlaridan dalolat beradi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning o`z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g’risida”gi qonunda o`z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo`lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo`lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchini orttirishning ilmiy-nazariy yo‘nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga, uning shart-sharoitlari, jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning xilma-xil ekanligini hisobga olish mumkin. Ayni paytda, bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishiga nisbatan o‘z munosabatini aniqlab olishi zarur. Insonning mohiyatini uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimi, narsa va hodisalarga ongli munosabati tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ichki botiniy e’tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma’no-mazmunini belgilaydigan sifat ko‘rsatgichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo‘nalishlarga ajratish an’anasi mavjud. Xususan, ularni milliy g‘oyalarda namoyon bo‘lishi tarzida olib qarasak, bu sifatlar insoniyat mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, dunyoviy hamda ilohiy e’tiqodga aylanishi, faoliyat motivi, harakatlantiruvchi mexanizmi ham shu ma’no-mazmunning xarakterini belgilaydi. Bu dunyo tuzilishining sir-sinoatlari, odamlarning ongi va tafakkurida diniy e’tiqod bilan birga aql, tajriba asosiga qo‘yilgan dunyoviy bilimlar mujassamligi o‘zining ifodasini topib kelgan.
Insonning individual g‘oyasi, bir tomondan, ijtimoiy borliqning shaxs hayoti darajasida namoyon bo‘lishi, ikkinchi tomondan, uning zaruriy sharti, kompanenti, atributi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning individual g‘oyalari ijtimoiy birliklarining maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e’tiqodi doirasida konkretlashib, umuminsoniy g‘oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Ya’ni, shaxs e’tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi.
Turli ijtimoiy birliklarning o‘ziga xos individual ishonchi, e’tiqodiga aylangan g‘oyalar-millat manfaatlari, ehtiyojlari «chorrahasi»da tutashib, milliy g‘oyani va ularni amalga oshirish usullari hamda vositalari bo‘lgan mafkuralarni vujudga keltiradi.
Milliy g‘oya-muayyan hududda yashayotgan turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning, millat va elatlarning, xilma-xil diniy e’tiqodli kishilarning manfaatlariga mosligida, ularning dunyoviy va ilohiylik xususiyatlari mutlaqo shartli hamda nisbiydir. Aniqroq qilib aytganda, milliy g‘oya xalqning ishonchi va e’tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan, milliy g‘oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e’tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat’iy nazar, ularning manfaatlarini integrasiyalashtiruvchi hamda universallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili hisoblanadi. Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo‘nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy-ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integrasiyalashgan komplaks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi.
Bu vazifaning murakkabligi:
Birinchidan, uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo‘ygan edi.
Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institusional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko‘nikish effektini» vujudga keltirib: bo‘ysunuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib ay tganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo‘rlab bo‘ysundirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo‘rlik yo‘li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi».
Uchinchidan, yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g‘oyaviy emansipasiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqiyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning bir-biri bilan bog‘liq ikki vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Ularni, shartli ravishda, ijtimoiy-siyosiy makon, tarixiy zamon nuqtai nazaridan ichki va tashqi yo‘nalishlarga ajratish maqsadga muvofiq.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotini erkinlashtirmoqda. Ma’lumki, jamiyatni tashkil qilgan ijtimoiy-siyosiy qatlamlarning manfaatlaridagi xilma-xillik qonuniy tarzda ular o‘rtasidagi manfaatlar xilma-xilligini namoyon etish bilan birga erkin va mushtarak maqsadlarni ham keltirib chiqaradi. Johondagi rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribalari shu manfaatlar mushtarakligini o‘z vaqtida, oqilona hal qilishning yo‘llarini, vositalarini topish jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi ekanligini va aksincha, mamlakatlarning g‘oyaviy ojizligi, noshudligi milliy parokandalikka olib keldi, xalqni qullikka mahkum qilishini qayta-qayta isbotlab bergan. Ana shu holatni oldini olishda mamlakat ichida xalqning milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodi ularni umummilliy maqsad yo‘lida jipslashtiradi.
Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy qatlamlarni, tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi-osoyishtaligi, xalq farovonligi g‘oyasi atrofida jipslashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu milliy rivojlanishning istiqbollarini kafolatlaydi. Buning asosiy omili, umumiy nuqtasi-mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarni: millatidan, irqidan, diniy e’tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy mavqyeidan, qaysi partiyalarga mansubligidan qat’iy nazar, umummillat manfaatlarini ifodalaydigan istiqlol g‘oyalari ularning ishonch va e’tiqodidan joy olishi hamda shu g‘oya asosida birlashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish, mamlakatimizda demokratik, adolatli-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda.
Bu vazifalarni bajarilishida o‘tmish jamiyatning g‘oyaviy stereotiplaridan voz kechish, mustobid tizimning soxta tenglikka asoslangan, «qaychilab tekislash» siyosati oqibatlarini bartaraf qilish, amalda mafkurasizlashtirishdan iborat bo‘lgan hukmron siyosiy mafkura tazyiqining kishilar ongida hadik, shubha tarzida saqlanib qolishini siqib chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kishilarning boqimandalik kayfiyatini batamom yo‘qotish-g‘oyaviy-mafkuraviy faoliyatning tarkibiy qismidir. Ana shu asoratlardan qutilish milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan ichki omillardan hisoblanadi. Totalitarizm tuzumining: «Davlat seni boqyapti, sen davlatga qul bo‘lishing darkor», degan tamoyili g‘oyaviy qaramlik va mafkuraviy mahdudlikka olib kelgan. Boqimanda odamning fikr erkinligi, siyosiy faoliyati chegaralangan bo‘lib, xukmron mafkura nimani aytsa, shuni qiladigan passiv, loqayd, g‘oyaviy kaltabin kishilar qilib tarbiyalashga asoslangan edi.
Milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirishning muhim ichki vazifalaridan biri-qurilayotgan jamiyatning munosib g‘oyaviy-mafkuraviy zaminini yaratishdir. Xalqimizda: «Suv bo‘lmagan joyda qamish o‘smaydi», degan hikmatli so‘zlar mavjud. Ma’lumki, qamishni o‘rib tashlasangiz ham, yoqib yuborsangiz ham, biri bir o‘sib chiqaveradi. Uni yo‘q qilishning yagona chorasi-suvni quritishdir. Shunga ko‘ra, milliy taraqqiyotimiz jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarning mamlakatimiz hududiga o‘tishi va ildiz otishiga imkoniyat bermaslik uchun milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqod alohida ahamiyatga ega. Buning uchun milliy istiqlolimizga yot bo‘lgan g‘oyalarning yurtimizga kirib kelishi, Vatanga e’tiqodi sust, imoni, irodasi bo‘sh kishilarning ongini tezroq zabt etadi. Chunki, g‘oyaviy tarbiya chora-tadbirlari-g‘oyaviy-mafkuraviy «infeksiya»ga nisbatan immunitetni vujudga keltirish, uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga ko‘ra samaraliroqdir. Buning uchun har biri nisbatan mustaqil, lekin bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotni milliy-ma’naviy negizlarimizga tayangan holda, unga mos tarzda qurilishi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davridagi ijtimoiy vaziyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, bir tomondan, etnografik, demografik struturasi, diniy e’tiqodlar xilma-xilligi uning xalqining hayot tarzi negizlarning rang-barangligi yagona milliy istiqlol g‘oyalari doirasida birlashtirishga xalaqit qilmasligi lozim. O‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy Vatan tuyg‘usi, xalq farovonligi, erkin va farovon hayot qurish, millatlararo totuvlik bilan uzviy bog‘liq milliy g‘oya birlashtiradi. Ikkinchi tomondan, agar shunday e’tiqod va ishonch bo‘lmasa, aynan shunday ijtimoiy muhit xususiyati g‘ayriinsoniy, g‘ayrimilliy g‘oyalarning mamlakatimizga kirib kelishiga, ma’lum ma’noda qulay imkoniyatlar yaratish ehtimolini qoldiradi.
Mamlakatning bosqichma-bosqich yangi jamiyatga, bozor munosabatlariga o‘tishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari, agrar sohadagi islohatlarda erishilayotgan yutuqlar nisbatan sust kechayotganligi, aytish mumkinki, yot g‘oyalarga nisbatan kishilarning ruhiy barqarorligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasini kishilar ongiga, hayot tarziga singdirishda iqtisodiy hayotdagi ijobiy o‘zgarishlarning salmog‘ini oshirish zarur.
Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning qonuniy-huquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini yaratish bir tomondan milliy istiqlol g‘oyasining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ifodasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, shu asos-milliy g‘oyalarni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki, mamlakatdagi siyosiy partiya-lar, turli diniy konfessiyalar milliy istiqlol g‘oyasi asosida kishilarni umumxalq manfaatlari yo‘lida mushtarak maqsadlarda safarbar etishlari uchun imkoniyatlari mavjud.
Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma’naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlaramizning ma’naviy merosi g‘oyaviy barkamollik uchun oziq bo‘lmoqda, lekin shuni ham aytish kerakki, bizning tariximizga mahliyo bo‘lib, kelajakni unitishimizga haqqimiz yo‘q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiqarish milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish uchun zarur. Shuning uchun ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz-poydevordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |