Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy muno-
sabatlar majmuasi iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik
mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy
tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini
ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi bilan bog‘lab tur-
kumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivoj langan mam-
lakatlar iqtisodiy tizimning uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodi
yot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.
9. Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, hamma bosqichlariga xos bo’lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o’zgarib turishini ko’rib chiqdik. Lekin, ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo’lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko’’gina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.
Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o’rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko’’ jihatdan turlicha bo’ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni ijtimoiy xo’jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Keyin tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo’lgan yondoshuvlar, ‘ulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari yoritiladi.
10. Tadbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mеhnat tomonidan harakatga kеltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali dеb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo’ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo’lib, uning qiymati – ko’pchilikka ma’lum bo’lganidеk, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mеhnat sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko’plab turdagi va miqdordagi nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta’minlashda; v) qisman qiymatning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida; g) eng muhimi, qo’shimcha mahsulotni yaratishda va o’zlashtirishda to’liq ishtirok etishi orqali namoyon bo’ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy qismlardan iborat bo’lishidan qat’iy nazar, u barcha ko’rinishlarda ikki tomonlama xususiyatga ega bo’ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi. Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni kеltirib chiqaruvchi sabab – tovarda gavdalangan mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo’lib, tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |