Psixostimulatorlar haqida tushuncha bering
Bosh miyada ruhiy jarayonlarni faollashtiruvchi dorivor vositalarga psixostim ulyatorlar deb ataladi. U lar nafaqat ruhiy, balki jism oniy faoliyatni ham kuchaytiradi. Bu dorilarning aksariyati tarkibida kofein moddasini saqlaydi. Psixostim ulyatorlar asab tizimini tetiklashtiradi, uyquchanlik va kam harakatlilikni yo'qotadi. Shuning uchun ham bu d o rila r ap a tiy a, gipo to n iy a va ad inam iya bilan kechuvchi psixasteniyalarda tavsiya qilinadi. Ushbu kasalliklarda kuzatiladigan bosh og'riqlarni pasaytiradi. Psixostimulyatorlar giperstenik nevrasteniya va qo'zg'aluvchi psixozlarda berilmaydi, shuningdek, uyqudan oldin tavsiya qilinmaydi. Bu dorilarni kunning birinchi yarmida tavsiya qilgan m a’qul.
232… Epilepsiya va tutqanoq sindromlarda bemorlar psixologiyasi
Epilepsiya asab sistemasining eng ko'p tarqalgan kasalliklaridan biri bo'lib, katta tibbiy-ijtimoiy muammoga aylangan. Epilepsiya - bosh miyaning xurujlar bilan kechuvchi surunkali kasalligi bo'lib, harakat, sezgi, vegetativ va ruhiy-hissiy buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Epilepsiyaning aholi orasida tarqalishi 1000 kishiga 7-10 ta. Kasallik ko'p etiologiyali bo'lganligi sababli turli yoshda uchrashi mumkin, biroq epilepsiyaning 75 foizi 20 yoshgacha bo'lgan davrda boshlanadi. Kasallanish darajasi erkak va ayollarda deyarli bir xil tarqalgan. Mutaxassislar ma’lumotlariga qaraganda, epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning kamida 30 foizida ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Tarixdan ma’lumki, Suqrot, Platon, Yuliy Sezar, Janna D 'Ark, Van Gog, Napoleon, F. Dostoyevskiy kabi buyuk shaxslar epilepsiya kasali bilan og'rigan. Shuning uchun ham ba’zi mutaxassislar faqat kuchli tafakkur egalari epilepsiya bilan og'rishadi deyishsa, boshqa birlari esa tutqanoq xurujlari odamda talant kurtaklarini qo'zg'ab yuboradi, deb hisoblashadi. Bu fikrlarga to'liq qo'shilish qiyin, biroq epilepsiya bilan og'riydigan ba’zi bemorlarda kuchli talant belgilarini uchratish mumkin. Masalan, biz ham o'z amaliyotimizda «Qur’on» va «Hadis» kitoblarini yoddan biladigan yosh yigitni, kuchli rassom, shoir va matematiklarni uchratganmiz. Bunday bemorlar ichida inson hayratda qoladigan hikmatli iboralar o'ylab topuvchilar, hikm atlarga boy bo'lgan to'rtlik lar bituvchilarni kuzatganmiz. Ularni vrachlar yon daftarlariga yozib yurishsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Doimo xuruj kuzatiladigan bir bemor qizda sezgi va idrok qobiliyatining kuchayganini kuzatganmiz. Biroq epilepsiya kasali bor aksariyat bemorlarda tutqanoq xurujlari vaqtida to'xtatilmasa, og'ir ruhiy buzilishlarga olib keladi, ularning aqli zaiflashib boiadi. Tutqanoq xurujlari qanchalik erta yoshda boshlansa, ruhiy buzilishlar 284 shuncha erta rivojlanishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, og‘ir ruhiy buzilishlar epilepsiyaning barcha turida ham kuzatilavermaydi. Xuddi boshqa asab kasalliklaridagi kabi epilepsiya ham nasliy omilga bog'liq. 0 ‘tgan asrning 50-yillarigacha aksariyat davlatlarda bu bog'liqlik juda bo'rttirib ko‘rsatilgan, keyinchalik ilm-fanning yutuqlari bunday gumonni yo‘qqa chiqardi. Hozirgi davrning statistik m a’lumotlariga qaraganda, ota-onaning biri epilepsiya bilan og‘risa, ulardan kasal bola tug‘ilishi xavfi 10 foizdan oshmaydi. Epilepsiya sabablari umumlashtirilib 5 jadvalda keltirilgan. Epilepsiyaning etiologiyasi, klinik ko'rinishlari aksariyat hollarda bemorning yoshiga bog‘liq. Masalan, erta bolalik davrida kuzatiladigan tutqanoq xurujlarining sababi homila va bola tug'ilishi davrlarida yuzaga keladigan gipoksiya holatlari, virusli infeksiyalar, anemiyalar va h.k. Epilepsiyaning tasnifi ko‘p bo'lib, tibbiy amaliyotda ko'proq 3 turga ajratib o'rganiladi. Agar epilepsiya bosh miyaning biror-bir kasalligi sababli rivojlansa - simptomatik epilepsiya, nasliy omil aniqlangan va bosh miya kasalliklari aniqlanmagan holatlarda - idiopatik epilepsiya va nihoyat, hech qanday sabab aniqlanmagan holatlarda - kriptogen epilepsiya, shuningdek, o'choqli (partsial, fokal, lokal) xurujlar farq qilinadi. O'choqli xurujlar bosh miya tuzilmalari, ayniqsa, po'stloq markazlarining qo'zg'alishlari natijasida kelib chiqadi. Ular qaysi markazlar qo'zg'alishiga qarab, yuz, qo'l va oyoqda harakat va sezgi xurujlari bilan namoyon bo'ladi. Shuningdek, o'choqli xurujlar ko'ruv, eshituv, hid va ta ’m bilish gallyutsinatsiyalari ham da «avval ko'rgan» yoki «hech qachon ko'rm agan» fenomeni to 'satd an keladigan qo'rquv va qorinda kuzatiladigan og'riq xurujlari ko'rinishida ham kuzatiladi. Ularning davomiyligi 30 sekunddan oshmaydi. O'choqli xurujlarda bemor hushini yo'qotmaydi va bular oddiy partsial xurujlar, agar hushdan ketish bilan namoyon bo'lsa, murakkab partsial xurujlar deb ataladi. Murakkab partsial xurujlarda hushsiz yotgan bemorda yutinish, chaynash, biror joyini silash, chapak chalish kabi avtomatik harakatlar kuzatiladi. Murakkab partsial xurujlarning davomiyligi ham 30 sekunddan atrofida bo'ladi va bemor o'ziga kelgandan so'ng biroz karaxt bo'lib turadi. Epilepsiyaning tonik va klonik xurujlar bilan kechishi biroz og'ir turi bo'lib, bemorning yaqinlarini ko'proq vahimaga soladi. Chunki bu xurujlar kechayotganda bemor hushsiz bo'lib, bunda ruhiy buzilishlar ham ko'p kuzatiladi. Tonik va klonik xurujlarda epilepsiya auralar bilan boshlanishi mumkin. Auralami epilepsiyaning xabarchilai i deb ham atashadi. Xurujlar boshlanishiga bir necha soat qolganda. ba'zan esa bir-ikki kun oldin 285 bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘ladi, jahldor boMib qoladi, yuzi yoki tanasining ba’zi joylari uyushadi hamda lab burchaklari titray boshlaydi. Odatda, mana shu belgilardan so‘ng katta tutqanoq xurujlari boshlanadi. Tutqanoq xurujlaridan oldin auralarning kelishi yaxshi. Chunki bunday paytlarda bemor o‘zini xavfsiz joyga oladi, ota-onasi yoki o‘zi uydan chiqib ketmaydi, xavfli joylarda yurgan bo’lsa, xavfsiz joylarga o'tadi va h.k. Aurasiz uchraydigan katta tutqanoq xurujlari hayot uchun xavflidir va bunda bosh miya va tana jarohatlari ko‘p kuzatiladi. Chunki xurujlar bo'lish paytini bemor bilmaydi va o‘zini xavfsiz joyga ola olmaydi.
235…Epilepsiyada bemor xulq-atvorining turli darajada ruhiy buzilishlari
Epilepsiyada bemor xulq-atvorining turli darajada o'zgarishi bilan kechuvchi ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Boshqa ruhiy buzilishlardan farqli o‘laroq, epilepsiyada bemor shaxsining o'zgarishi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadiki, buning natijasida, tibbiy amaliyotida «epileptik xulqatvor» degan ibora paydo bo'ldi. Bunday bemorlar juda ezma, qaysar, besabr, tez xafa bo'ladigan, kayfiyati tez o'zgarib turadigan, arzimagan mayda ishlarga o'ralashib yuradigan, tez janjal ko'taradigan, mayda gap va jahldor bo'lishadi. Albatta, bemorda bu belgilar turli ko'rinishda bo'lishi mumkin va ularning qanchalik yaqqol namoyon bo'lishi tutqanoq xurujlarining naqadar ko'p kuzatilishi, epilepsiya turi va bemorning davolanish tarziga bog'liq. Yaxshi kayfiyatda yurgan bemor birdan o'zgarib qolishi va qo'pol so'zlar bilan yaqinlarini haqorat qila boshlashi mumkin. Bunday holat u biror narsasini topa olmasa, uning qilayotgan ishiga chetdan kimdir aralashib xatosini ko'rsatsa, uning fikriga zid fikr bildirsa va h.k. ro'y beradi. Shunda bemor tezda janjal ko'tarib urishib ketadi, ba’zan arzimagan janjal affekt darajasigacha ko'tarilishi va bemor o'ziga yoki atrofdagilarga tan jarohati yetkazib qo'yishi mumkin. Shuning uchun ham bunday bemorlarni davolayotgan vrachlar ularni psixiatr nazoratiga yuborishi kerak. Demak, xulqatvorning keskin o'zgarishi bilan kechadigan epilepsiya kuzatilgan bemor psixiatr nazorati ostida davolanib turishi lozim. Epilepsiyada bemorlarning xulq-atvoridagi o'zgarishlar, ba’zan «ijobiy» tus olishi ham mumkin. Masalan, ular birovlarga keragidan ortiqcha mehribon, yaqin yordamchi, kulib turadigan, muloyim, har qanday ishga bel bog'lab kirishib ketadigan shaxslardir. Bu mehribonlik ba’zi hollarda oila a ’zolariga emas, begonalarga ko'rsatiladi. Shunday bo'lsa-da, ularning jahlini chiqarish oson, qilayotgan ishlariga mos e’tiborni sezmasa yoki tanbeh olsa, ular yana o'zgarib, qaysar va o'jar bo'lib qoladi. Bemor birorta odamdan qattiq ranjisa, u bilan boshqa muloqotda bo'lmasligi mumkin. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning tafakkur doirasida ham patologik o'zgarishlar paydo bo'ladi, ya’ni fikrlar inertligi kuzatiladi, fikrlar teranligi susayadi, diqqatni bir joyga qo'ya olishmaydi, diqqate’tibor talab qiluvchi aqliy mashqlami bajarishda qiynalishadi yoki uddasidan chiqa olishmaydi. Bir ishga kirishib ketib, oxiriga yetkaza olmay tashlab qo'yishadi. Ishlarning eng asosiysi va ikkinchi darajalisini ajrata olishmaydi, mayda, keraksiz ishlarga o'ralashib qolib ketishadi.
236.. Posttravmatik amneziyaning qanday turlarini bilasiz?
Ibodullayev kitobida 297 bet 4- nazorat savolida javobi berilgan yaxshilab o’qinglar.
237.. Korsakov sindromi haqida nimalami bilasiz?
Korsakov sindromi bosh miyaning og'ir jarohatlaridan so'ng rivojlanadigan o'tkir psixoz bo'lib, uning klinik belgilari, odatda, bemor hushiga kelgach, namoyon bo'la boshlaydi. Bu sindromning asosiy belgisi eslab qolishning buzilishidir. Bemor bo'lib o'tayotgan voqealarni kun, hafta, oy kunlarini, uni davolayotgan shifokorlar (tibbiyot xodimlari)ning ismi va o'zining yotgan joyini eslab qola olmaydi. Bemorning hushi joyida, atrofdagilar bilan muloqoti saqlangan bo'ladi, biroq o'z ahvoliga nisbatan tanqidiy qarashi keskin pasayadi. Korsakov sindromi bir necha kundan bir necha oygacha davom etadi. Bu sindrom, ayniqsa, spirtli ichimliklami iste’mol qiluvchilarda og'ir kechadi. Korsakov sindromida xotiraning barcha turlari, ayniqsa, eslab qolish bosqichi buzilganligi uchun ham uni xotiraning birlamchi buzilishi deb atashadi. Bosh miya jarohatlaridan so'ng xotira yo'qolishining davomiyligi turlicha bo'lishi mumkin va bu davr ba’zi hollarda bemor umrining oxirigacha davom etadi. Hattoki, xotira tiklanishi kuzatilsada, u to'la bo'lmasligi mumkin.
240.. Aura nima?
Auralami epilepsiyaning xabarchilai i deb ham atashadi. Xurujlar boshlanishiga bir necha soat qolganda. ba'zan esa bir-ikki kun oldin 285 bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘ladi, jahldor boMib qoladi, yuzi yoki tanasining ba’zi joylari uyushadi hamda lab burchaklari titray boshlaydi. Odatda, mana shu belgilardan so‘ng katta tutqanoq xurujlari boshlanadi. Tutqanoq xurujlaridan oldin auralarning kelishi yaxshi. Chunki bunday paytlarda bemor o‘zini xavfsiz joyga oladi, ota-onasi yoki o‘zi uydan chiqib ketmaydi, xavfli joylarda yurgan bo’lsa, xavfsiz joylarga o'tadi va h.k. Aurasiz uchraydigan katta tutqanoq xurujlari hayot uchun xavflidir va bunda bosh miya va tana jarohatlari ko‘p kuzatiladi. Chunki xurujlar bo'lish paytini bemor bilmaydi va o‘zini xavfsiz joyga ola olmaydi.
280.. Deontologiya so’zi nimani anglatadi?
T ibbiyot deontologiyasi vrach burchi, qiyofasi, obro‘si, nomusi va vijdoni haqidagi fandir. Deontologiya - yunonchadan burch degan ma’noni bersa, etika - grekcha axloq degan m a’noni anglatadi. Gippokrat qasamyodida tibbiyot deontologiyasi va etikasiga oid ko‘p iboralar keltirilgan. U «Axloqsiz vrachning bemomi davolashga haqqi yo‘q», deb xitob qilgan. G ippokrat qasam yodi tibbiyot etikasining rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatdi. Hozirgi kunda shifokor (vrach va hamshira) bilan bemor orasidagi munosabatlar chuqur falsafly mushohada yuritishni talab qiladi. «Agar vrach bemor bilan til topishmasa, kuchli va foydali dorilar buyurilishidan q at’i nazar, bemorning tuzalib ketishi mushkullashadi», deb aytgan edi atoqli o ‘zbek deontologi va terapevti E.Y. Qosimov (2001). «Davoning boshi ishonchdan b oshlanadi, y a ’ni bem or shifokorga va uning berayotgan dori-darmonlariga ixlos qo‘yishi kerak. Bu ishonchni paydo qiladigan inson, albatta, shifokorning o'zidir, uning go‘zal nutqidir. Shifokor o‘zining xatti-harakatlari, shirin so‘zi va tashqi ko‘rinishi bilan bemorlarning hurmatim qozonishi zarur» (E.Y.Qosimovning bo'lajcik shifokorlarga atab aytgan nutqidan).
288.. E.Krechmer va Sheldonning gavda tuzilishi va xarakter to’g’risidagi qarashlari
Xarakter tana tuzilishiga bogMiqmi? Bu savol qadimdan ko'pchilikni qiziqtirib kelgan. 1921-yili Ernst Krechmer shu masalaga oid «Gavda tuzilishi va xarakter» nomli asarini chop qildiradi. Ushbu m onografiyada olim turli somatik konstitutsiyalarni bayon qilgan. Uning asarida pikniklar o 'rta bo'yli, boshi, ko'kragi va qorni nisbatan katta va semizlikka moyil bo'lgan kishilar deb ta ’riflanadi. Leptosomlar esa uzun gavdali, chayir bo'lishadi. Bu gavda tuzilishi atletik tuzilishdan kam farq qiladi. Diplastik gavdali kishilarda tana nomutanosib tuzilishi bilan ajralib turadi. Bunday holat yevnuxoidizm va boshqa nuqsonlari bo'lgan endokrinopatiyalarda kuzatiladi. E. Krechmerning fikricha, leptosom, astenik, atletik va shuningdek, displastik gavda tuzilishiga ega bo'lgan kishilar shizofreniya kabi kasalliklarga moyil bo'lishadi. Keyinroq E. Krechmer shizoid va sikloidlarga quyidagicha ta ’rif bergan: shizoidlar uchun auiizm (yolg'izlikka moyillik), injiqlik, sovuqqonlik xosdir. Sikloid-pikniklarda kayfiyat o'zgarib turadi, ya'ni tushkunlik va gipom aniakal elem entlar bir-biri bilan alm ashinib turadi. Xulqatvorning xuddi shu xususiyatlari shizotimik va siklotim iklarda ham kuzatiladi. Uning fikricha, sog'lom shizotimiklar shizofreniyaga uchragan bem orlarning q arin d o sh lari orasida u ch rab tu ra d i, ayni p aytda, shizofreniyaga chalinganlar kasal bo'lm asidan avval shizoidlar va shizotimiklar hisoblangan. Sog'lom siklotimiklar, psixopatik sikloidlar va maniakal depressiv psixozga uchragan bemorlar o'rtasida ham xuddi shunday bogManish bor. E. Krechmerning bu nazariyasiga qarshi e ’tirozlar ko'p bo'lgan va psixologlar sog'lom odam xarakterini tana tuzilishiga bog'lab o'rganish noto'g'ri deb hisoblashgan. Sheldon gavda tuzilishini normal va patologik xulq bilan bog'lab o'rgangan. Sheldonning tipologiyasi u yoki bu embriologik tuzilxnalarning ustun kelishiga asoslangan. U quyidagi uch tipni ajratadi: 158 1. Endodermadan taraqqiy etuvchi ovqat hazm qilish sistemasining ustun turishi (endomorfizm). Bu tipga ishtahaning zo‘r bo'lishi, quvnoqlik, shirinsuxanlik xos bo'ladi. Bu temperamentni Sheldon vitsserotoniya deb atadi. 2. M ezom orfizm da m ezoderm adan yo‘l oladigan suyak-m ushak sistem asining ta ra q q iy etishi u stu n keladi. Bu tem peram ent (samototoniya) faollik, hukmronlik bilan tavsiflanadi. 3. Ektomorfizmda ektodermadan rivojlanuvchi asab sistemasi taraqqiy etishi ustun turadi.
295.. Temperament va uning tiplari
Temperament odamning tevarak-atrofdagi voqealarga munosabati va hissiyotining ayrim xususiyatlarini belgilab beradi. Temperament ong, xotira, aql-zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham barcha tem peram ent vakillari orasida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish mumkin. Temperamentning to'rtta tipi m a’lum: sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik. Quyida ularning har biriga alohida-alohida ta ’rif berib o'tamiz. Sangviniklar - chaqqon, tirishqoq, mehribon, ta ’sirchan kishilardir. Ular tevarak-atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha kuchli yoki oTtam iyona b o iad i. U lar bilimni tez va osongina o'zlashtirsalar-da, ham m avaqt ham puxta egallam aydilar. M uom alada ular k o 'p ro q shirinsuxan, gapdon odam lardir. Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo'lishadi, lekin muntazam ravishda mehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga ular tirishqoq va faol boiadilar, boshqalar bilan osongina muloqotga kirishadilar. Sangvinik temperament, ayniqsa, bolalarda yaqqol namoyon boiadi. Flegmatiklar sangviniklarga qaraganda birmuncha vazmin kishilardir. Ularda shoshmaslik, vazminlik ancha barqaror boiadi, murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatlilik kuzatilsa-da, qo'yilgan maqsadga erishishda 155 birmuncha barqaror, bir so‘zli va dadil bo'lishadi. Bilimlarni sekinroq o ‘zlashtirsalar ham, lekin puxta egallaydilar. Agar sangvinik alangaga o ‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so'nadi), flegmatikka sekin va uzoq yonadigan alanga xos bo'ladi. Biror narsaga tez javob qilish kerak bo'lsa, flegmatiklar, ko'pincha, vaqtni boy beradilar. Bunda sangviniklar ulardan ustun keladi. Q at’iylik, iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatiklar ustun keladi. Xoleriklar kuchli, chaqqon, vazmin bo'lmagan odamlardir. Ularning o'ziga xos xususiyati jizzakilik va beqarorlikdir. Xoleriklar faol, ishchan va to'xtovsiz reaksiyali odamlardir. Ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g ‘ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin. Melanxoliklar g'amgin, jur’atsiz va m a’yus kishilardir. Saiga charchash, biror ishga yetarlicha ju r’at etmaslik, o'z fikrlari va istaklarini qondira olm aslik ular uchun xosdir. M elanxoliklar, ko'pincha, arzim agan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va flegm atiklar esa qiyinchiliklarni oson yengishadi, xoleriklar ulami hatto yo‘q qilib yuboradi. Melanxoliklarda ijobiy his-tuyg‘ulardan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Baxtli voqealarga qaraganda, ularga noxush voqealar ko‘proq ta’sir qiladi. Shuning uchun ham ular doimo tushkun kayfiyatda yurishadi. Ular zaif va sust kishilardir
Do'stlaringiz bilan baham: |