Ko’rinib turibdiki, fuqaro avval boshdan tuman hokimiga emas, sudga murojaat qilishi lozim edi. Chunki tuman hokimining bunday vakolati mavjud emasligini yuqorida ko’rdik. Fuqaro ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida murojaat qilishi mumkin.
Shikoyatni ko’rib chiqish tartibi va muddati esa quyidagi normalarda aksini topgan.
184-modda. Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar, agar ularni ko‘rib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqiladi.
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qo‘zg‘atiladi.
186-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish muddatlari
Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida sudga berilishi mumkin.
Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Ushbu holat ma’muriy tartib taomillarning qonuniylik prinsipi buzilganligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |