Estetik ong ijtimoiy borliqni baddiiy obrazlar asosida aks ettirib,
kishilar fikri, his-tuyg‗ulari, ideallarini go‗zallik, nafosat v a ulug―v orlik
tushunchalari bilan barkamollashtiradi. Bunda dunyoni badiiy-estetik
o‗zlashtirish v ositasi bo‗lmish san‘at beqiyos o‗rin tutadi. Masalan,
o‗zbek xalq amaliy san‘ati, musiqa v a raqs, «Alpomish» v a
«Go‗ro‗g‗li» kabi epik dostonlar, ertaklar, riv oyatlar, badiiy adabiyot
hayotni estetik bilish v a baholashga, uning ziddiyatlarini anglashga,
turmushni go‗zallik qonunlari yordamida yanada jozibali, mazmunli
qilishga ko‗maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |