Ijtimoiy dunyoqarash individlar dunyoqarashlarining oddiy yig‘indisi
bo‘lib qolmasdan, kishilarning o‘z ijtimoiy mavqe’laridan kelib chiqib,
dunyoni nazariy jihatdan o‘zlashtirilishlari natijasidir. U bir butun
jamiyat, davlat, ijtimoiy guruhlarning moddiy va ma’naviy faoliyatida
o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy dunyoqarash nazariy tafakkurda
mantiqan qayta ishlanib, muayan tizim holida tartibga solingan
mifologik, diniy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, badiiy, ilmiy
g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar, mafkuralarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy
dunyoqarashda jamiyat hayoti, rivojlanishi va istiqboliga daxldor
ma’naviy qadiryatlar mujassamlashadi. Dunyoqarash ichdan
uyushgan,
tartibga
solingan
murakkab
to‘zilma.
Shaxs
dunyoqarashining o‘zagini nisbatan barqaror g‘oyalar, hayotiy
maqsadlar va bilimlardan iborat