Ma‘mun-universiteti



Download 0,61 Mb.
bet54/91
Sana06.05.2023
Hajmi0,61 Mb.
#935781
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Xayolan tasavvur qilish va voqyelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining yuksak shakllarida usiz mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga ega ekan-ligi.
Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqyea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.
Inson ongining to’rtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. Shu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir bo’ladi.
Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni o’ziga bo’ysundirishga intiladi. Shu asnoda inson turmush tarzi ham o’zgarib boradi. Atrofdagi tabiatni o’zgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir ko’rsatishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan, faqat inson uchun xos maxsus faoliyat turi. Shunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik bo’lgan xossasidir.
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi ko’rinishidagi atrof-olamda o’z yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega24.
2. Inson ongi voqyelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega bo’lgan aloqalarini aks ettiradi. Ong – bu insonning olamga uning obyektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari o’rtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish imkonini beradi.
3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan ko’ra oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. Ijtimoiy ongning to’rt xil shakli mavjud: fan – ilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yo’nalishlari tizimi; ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi – ma’lum jamiyatning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi; san’at – voqyelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish; din, e’tiqod – o’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan g’ayritabiiy kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.
Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning voqyelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.
5. Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
Voqyeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.
Shunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, obyektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi obyektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat.
Amaliy nuqtai nazar bo’yicha ong subyekt ichki olamining bevosita ko’z oldidagi sezgi va aqliy obrazlarining uzluksiz o’zgaruvchi yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ong qator protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U faollik, ya’ni, individning voqyelik bilan hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi dinamika, intentsionallik – jismga yo’nalganlik; ko’p tomonlama mustaqillilik – insonning asosan ichki o’lchov va modellarga yo’nalishi; refleksivlik – nomutanosib aks ettirishdan himoyalash, o’zini baholash layoqati; yaqqolik va tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.
Ong muayyan tuzilishga ega bo’lib, unga: birinchidan, atrof-olam haqidagi bilimlar yig’indisi; subyekt va obyektni, ya’ni, insonning «Men»i va «Men emas»iga tegishli bo’lganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati; muayyan munosabat tarkibi – «mening o’z muhitimga munosabatim mening ongimdir».
Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, so’z bilan ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’ladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida va uning mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, o’zi, hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, o’zlarida yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. Shuning uchun ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali o’zini anglash va ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.
Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish obyektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo bo’ladi. Ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. Ong rivojlanishidagi Ong rivojlanishidagi ushbu birinchi yo’nalishni refleksiv yo’nalish sifatida belgilash mumkin. Ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-sekin birlashishi bilan bog’liq. Inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga kirib boradi. Bu bilan birgalikda orttiriladigan bilimlarni belgilash uchun qo’llaniladigan til ham rivojlanadi. Til so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. So’z-tushuncha ong birligi, hosil bo’ladigan oqim esa tushunchali yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda aks etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari o’zgarishi bilan ularning ongi ham o’zgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish mumkin. Lekin xuddi shuning o’zi inson ontogenezining rivojlanishi davomida inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan yaratilgan san’at, madaniyat asarlari orqali ungacha yashab o’tgan xalqlarning psixologiyasiga kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yo’nalish tarixiy yo’nalish sifatida belgilanadi.25
Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi yordamida jadallik bilan bormoqda.
Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi bo’lib hisoblanadi. Bu o’z navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy inqilob bilan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq.
Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu – turli xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular mafkurasi va siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama-qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar ahamiyatining oshishida ko’rinadi. Shu bilan birga insonning hayot, makro- va mikrodunyolar tilsimotlariga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Fan yutuqlari natijasida insonni bilish va boshqarish, o’zi va dunyo ustidan hukmronligi sohasi kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda.
Individual va jamoaviy ong
Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo’lib hisoblanadi. Jamoaviy ong faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. Shuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontyev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.Ya. Galperin va boshqa ko’pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.
Jamoaviy ong – bu subyektning olam bilan o’zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o’zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning obyektda ifodalanishi, shuningdek, subyektning voqyelik bilan o’z munosabatlarini ro’yobga chiqarishi sodir bo’ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti subyekt faolligining ifodalanish shakli bo’lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo’lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo’naltirilishini bildiradi. Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo’lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o’zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin. Jamoaviy ongpredmetlilik va subyektlilik xususiyatlariga ega. Jamoaviy ong predmeti deb, u bevosita shug’ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo’lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o’quv faoliyatining pred-meti – bilim, malaka va ko’nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat subyekti bo’lib odam, individ hisoblanadi. Faoliyatning predmeti va subyektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog’liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo’lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo’lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi. Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi: - faollikning ichki motivga ega shaklidir; - inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama yetuk mahsulotning yaratilishi; - insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o’zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo’ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o’zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi. Faoliyat nazariyasi to’laligicha A.N. Leontyevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. Shaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan. Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to’liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. Yuqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. Shunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri. Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko’ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin. Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo’yish va uni ushlab qolish ko’rinishidagi ong aktini o’z ichiga oladi. Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o’zida hulqatvor akti ham bo’lib hisoblanadi . Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi kontseptsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko’rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat. Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo’ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelibchiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang’ich nuqtasi tashqi muhitga yoki subyekt organizmiga joylashtirilishi lozim. To’rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi». Harakat doimo maqsad bilan bog’liq bo’ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin. Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo’linadi, ular ham o’z o’rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo’linishi mumkin va h.k. Shunga mos ravishda har bir yetarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o’tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog’lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so’zlashuv telefon tarmog’iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so’ng, abonent bilan bog’lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to’g’ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo’ladi va h.k. Muolaja – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko’paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda yechish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo’ladi. Qo’llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog’liq bo’ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog’liq. Agar harakat maqsadning o’ziga javob bersa, muolaja maqsad qo’yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko’rsatayotgan subyektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish