Ma‘mun-universiteti


Psixologik fanlarda o’ziga xoslik va qonuniyatlarni shakllanishi



Download 0,61 Mb.
bet68/91
Sana06.05.2023
Hajmi0,61 Mb.
#935781
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Bog'liq
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Psixologik fanlarda o’ziga xoslik va qonuniyatlarni shakllanishi Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, gallyusinasiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli o’laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yo’nalish vakillari tomonidan quyidagi ko’rinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni subyekt kechinmalari darajasida aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;
- subyekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.
Ongsizlikda subyekt voqyelikni o’zini boshqa odamlar va hodisalar bilan tenglashtirgan holda, obyektlar o’rtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va farqlarni u yoki bu muayyan belgilar bo’yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosta emosional his etish, identifikasiya, emosional ta’sirlanish, turli hodisalarning aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi o’xshatish shakllari orqali boshidan kechiradi. Ongsizlikda ko’pincha o’tmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu psixik aktga, masalan, tushda qo’shilgan holda birgalikda mavjud bo’ladi.
Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, ozuqaga bo’lgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklarni siqib chiqarish (kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin hafagarchilik); tushda sodir bo’ladigan psixik hodisalar (tush ko’rish); sezilmaydigan, lekin real ta’sir ko’rsatadigan seskantiruvchilarga nisbatan javob reaksiyalari («subsensor» ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo’lib qolgan hara-katlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kira-di. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahlash, gallyusinasiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.
Ongsizlik ko’rinishlari to’rt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
- shaxsning kelajakdagi tilak mohiyatiga ega bo’lgan faoliyatning anglanmagan qo’zg’atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli mayllar). Bu sinf hodisalari subyektning gipnotik holatdan chiqqandan so’ng hulq-atvorini tadqiq qilishda aniqlangan edi;
- faoliyat kechishining yo’nalishli va barqaror bo’lishini ta’minlaydigan, uning bajarilish usullarining anlanmaydigan boshqaruvchilari (operasional mayllar va avtomatlashtirilgan hulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni asosida yotadi va anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va bo’lib o’tgan o’xshash vaziyatlardagi hulq-atvorning o’tmish tajribasiga tayanadigan harakat usullari obrazlariga bog’liq bo’ladi;
- quyi sensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi bo’lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar subyekt ongida mavjud bo’lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yig’indisi sifatida 18 asrda G.V. Leybnis tomonidan ifodalangan edi. 19 asrda ongsizlik psixologik tadqiqotlarning predmetiga aylandi (I.F. Gerbert, G.T. Fexner, V. Vundt). Uni o’rganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z. Freyd ishlari turtki berdi. Uning fikriga ko’ra ongda mavjud bo’lmagan ongsizlik psixik mazmun sifatida unga katta ta’sir ko’rsatadi.
Z. Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan anglanadigan va nazorat qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent bilimlarni kiritgan edi. Bu insonga tegishli bo’lgan, lekin ayni vaqtda ongda mavjud bo’lmagan bilimlardir. Bilimlar muayyan rag’batning yuzaga kelishida dolzarblashtiriladi, masalan, Yer - sayyora. Shunday qilib, ong – bu muztog’ning ko’zga ko’rinayotgan qismi, uning katta qismi esa inson tomonidan anglangan nazoratdan yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd bo’yicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin hulq-atvorimizga katta ta’sir ko’rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan o’tishidan iborat. Bu ikki mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko’rsatishlarning faoliyati bilan tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z. Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivasion energiya manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar, Freydga ko’ra, ong «nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo’ladigan ong osti mayllar energiyasini susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos bo’lishga intilib, himoya mexanizmlari – siqib chiqarish, sublimasiya (o’rin olish), omilkorlik va regressiyaga murojaat qiladi.
Shunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va onglilikda faoliyat ko’rsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tug’ma instinktiv-refleksga asoslangan faoliyat hisoblanadi; ong osti darajasi – ma’lum individ tajribasidagi hulq-atvorining umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalari – malakalari, ko’nikmalari, odatlari, ichki tuyg’ulari.
Tush ko’rish, affekt, vahima, gipnoz, ishonch, umid, sevgi, turli ko’rinishdagi parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya, ekstrasensor hodisalar), fobiyalar, qo’rquvlar, asabiy xayollar, o’z-o’zidan paydo bo’ladigan xavotirlanish va oldindan quvonchni sezish – sanab o’tilgan bu hodisalar anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish