“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил
www.iqtisodiyot.uz
banklar korxonaning negizida ustav jamg‟armasi 100 % gacha bo‟lgan yangi
korxona tashkil etish;
bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan,
qoplanmagan kreditini, shu jumladan, Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini
bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqrish;
bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish;
bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab,
qaytadan bozor bahosida sotish va h.k. [8].
2008-2012-yillar 01.01.2013 holatga ko‟ra “Davlat mulki mavjud bo‟lgan bankrot
korxonalarni tugatish” to‟g‟risidagi hududlar bo‟yicha jadvaldan tahlilar natijasini
ko‟rishimiz mumkin (1- jadval):
1- jadval
Hududlar bo’yicha 2008-20012 yillarda mulki mavjud bo’lgan bankrot
korxonalarni tugatishda yangi yo’nalishlarni bergan samarasi
Manba: Davlat Mulk Qumitasining ma‟lymotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил
www.iqtisodiyot.uz
Jadvaldan tahlili bo‟yicha sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta
tuzish natijasida faoliyatini yangilagan korxonalar ko‟rsatkichlari sezilarli darajada
o‟zgarishlar ro‟y bergan. Bu ko‟rsatkichlarni 2008-yil bilan 2012-yilni
solishtirganimizda: jumladan 2008-yilda jami tugatish jarayonida bo‟lgan korxonalar
soni 327 tani tashkil etgan bo‟lsa bu ko‟rsatgich 2012-yilga kelib 133 tani tashkil
etmoqda. Jadval asosida 2008 yilda Qoraqolpog‟iston Respublikasida 42 ta,
Qashqadaryo 36 ta, Jizzax 28, Surxondaryo 29, Xorazm viloyatida 63 ta bo‟lgan bankrot
korxonalar soni olib borilgan sog‟lomlashtirish jarayoni natijasida 2012-yilga kelib
sezilarli darajada kamayganligini ko‟rishimiz mumkin.
“Hozirgi paytda banklarga berilgan 164 ta bankrot korxonadan 156 tasida ishlab
chiqarish faoliyati to‟liq tiklandi, 110 ta korxona yangi investorlarga sotildi. Bunday
korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish ishlariga tijorat banklari
tomonidan 275 milliard so‟m miqdorida investitsiya kiritildi, natijada 22 mingdan ziyod
ish o‟rni yaratildi”.
Hozirgi kunda bank balansiga o„tkazilgan barcha korxonalarni moliyaviy
sog„lomlashtirish, texnik va texnologik modernizatsiyalash hamda ushbu korxonalarda
raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish bo„yicha biznes-rejalar
ishlab chiqildi. Ayni damda 47 korxonada ishlab chiqarish jarayoni qayta tiklandi, ular
tomonidan 276,8 milliard so„mlik maxsulot ishlab chiqarildi. Korxonalarning eksport
ko„rsatkichlari 69,5 million AQSH dollarini, jumladan, 2011 yilning o„zida 139,4
milliard so„m va 27,5 million AQSH dollarini tashkil etdi. Korxonalarda 6 ming ish
o„rni yaratildi. [9]
Bank sarmoyadorlarni jalb qilish maqsadida “NBU Invest Gryp” va “NBU
Investment” investitsiya kompaniyalari orqali bankrot korxonalar mulki negizida tashkil
etilgan shuba korxonalar aktivlarini faol boshqarish tizimini yo„lga qo„ydi. Investitsiya
kompaniyalari boshqaruviga ishonchli asosda bankrot korxonalar negizida tashkil
etilgan 40 ta shuba korxona topshirildi. Bugungi kunda, ana shu korxonalarda
modеrnizatsiya va ishlab chiqarish faoliyatini tiklash jarayonlarini amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |