Reja: 1.Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish 2.Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 3.Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish 1.Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Resnublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi. Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish kuzda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyoxdarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |