4.Комплекс таҳлилни амалга оширишда қайси босқичлар ажратилиб кўрсатилади?
Korxona faoliyatidagi yo‘nalishlarga ko‘ra bugungi kundaoperatsion tahlil, investitsiya tahlili, innovatsiya tahlili, moliyaviytahlil kabi tahlil turlari yuzaga chiqib, tabora rivojlanib bormoqda.Bu esa, har bir alohida ko‘rsatib o ‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha
tahlilni batafsil o ‘tkazishni talab qiladi. Shu bilan birgalikdakorxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari, obyektlari va mablag‘aylanish bosqichlami bir-birlari bilan uzviy bog‘likda o ‘rganishboshqaruv ehtiyojlari uchun zarur. Korxona faoliyatini batafsil va har tomonlama о‘rganish bilan taktika va strategiyani olib borishdaeng muhim hamda asosiy bo‘lgan ko‘rsatkichlar (omillar) tizimiishlab chiqiladi.Boshqaruv maqsadidagi x o ‘jalik faoliyatini komplek iqtisodiytahlil etishning metodik jihatdan fashkiliy bosqichlari quyidagilardan iborat;
- kompleks iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarini aniqlash;
- qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkichlar
yig‘indisini asosliligini har tomonlama tahlil etish;
- kompleks iqtisodiy tahlil o ‘tkazish bosqichlarini belgilash;
- kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish muddatlarini belgilash;
- tahlilni tashkil etish bosqichlarini ishlab chiqish va xizmat bo‘limlari bo‘yicha vazifalarai taqsimlanishi;
- tahlil natijalarini rasmiylashtirish va ulami baholash;
- analitik ishning mehnat sig‘imini baholash, tahlil natijasining samarasini jamlash.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning maqsadva vazifasi avvalo korxonani ichki x o ‘jalik muammolariniyechishga ya’ni faoliyat natijaviyligi, hamda uning iqtisodiypotensialini tashkil etuvchi resurslar, kapitaldan foydalanishga daromad, foyda kompaniya qiymatini, aksionerlaming aksiyadanoladigan daromadlarini oshirishga qaratilgan. Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning ayrimо ‘ ziga xos xususiyatlari:
- tahlil natijalari korxonanig o ‘z maqsadlari va manfaatlarigaxizmat qiladi;
- tahlil o'tkazishda barcha turdagi manbalardan, shu jumladan ishlab chiqarish hisobi ma’lumotlaridan ham keng foydalaniladi;
- tahlil o ‘tkazishni davlat boshqaruv organlari tomonidancheklanmaganligi;
- tahlil kompleks tarzda korxona faoliyatining barchatomonlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi;
- tahlil natijalari sir saqlanadi.
Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari:
1) ko‘rsatkichlami bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillami o‘rganish;
2) xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash;
3) biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish;
4) mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan sinov natijalarini atroflicha o'rganish va ulami umumlashtirish.Chuqur va aniq, obyektiv tahliliy xulosalarga bir qancha turdagi axborot manbalariga ishlov berish orqali erishiladi.Iqtisodiy tahlil uchun ichki axborot manbalari muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi;
- ta’sis hujjatlari;
- asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar tarkibi, ular mqiymati, xo‘jalik operatsiyalari hamda korxonaning daromad va xarajatlarini o ‘zida ifoda etuvchi dastlabki hujjatlar;
- texnik - loyihalarga oid hujjatlar
- investorlar, mol etkazib beruvchilar, haridorlar, qarzdorlar, emitentlar o ‘rtasida bo‘ladigan munosabatlami ifodalovchi yuridik xujjatlar;
- buxgalteriya hisobining analitik ma’lumotlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |