Мамлакатлари сирасига киради. Мазкур давлатда бутунжаҳон университетлар



Download 375,63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2022
Hajmi375,63 Kb.
#411418
Bog'liq
1. Кайман ЖСТни-WPS Office



 

:  1.  Кайман  ЖСТнинг  1999  йилдан  буѐн  аъзоси  бўлиб,  у  ўзининг  технология, 



инновация,  фан  ва  таълим  ривожланганлиги  даражаси  бўйича  дунѐнинг  етакчи 

мамлакатлари  сирасига  киради.  Мазкур  давлатда  бутунжаҳон  университетлар 

рейтинги, яъни QS ҳамда Times Higher Education рўйхатида топ 50 дан жой олган 

турли  йўналишлар  бўйича  юқори  малакали  мутахассисларни  тайѐрловчи 

олийгоҳлар  мавжуд.  Статистик  маълумотларга  кўра  ушбу  ОТМ  битирган 

талабалар  кейинчалик  нуфузли  ишларда  ишлаш  эҳтимоли  89.7  %  ташкил  этади. 

Белгравия  ҳамда  Карпатия  давлатлари  эса  собиқ  социалистик  тизимидан 

замонавий бозор иқтисодиѐтига ўтаѐтган давлатлар бўлганлиги учун улар ЖСТга 

2006  ҳамда  2008  йилларда  қабул  қилинган.  Ушбу  давлатлар  ўзларининг 

ривожланиш бўйича устувор йўналишларидан бири сифатида илм ва фанга катта 

урғу  бериш,  шу  жумладан,  иқтидорли  ѐшларни  дунѐнинг  нуфузли  ОТМларида 

ўқишлари  учун  кўмаклашиш  вазифаси  қўйилган.  2016  йилда  ушбу  мамлакат 

битирувчилари  Каймандаги  нуфузли  ОТМларидан  бири  эътироф  этилган 

Роксфорд  ҳамда  Теймбриджга  ҳужжатлар  топширишган.  Аммо,  уларнинг 

орасидан  фақатгина  5.6  %  талабаликка  тавсия  этилган.  Таҳлилларга  кўра, 

Каймандаги  битирувчиларда  эса  мазкур  кўрсаткич  94.4  %  ташкил  этган.  Бунинг 

сабаби  Кайман  ўзининг  талабалари  учун  кириш  имтиҳонлари  талабларини  анча 

енгиллаштирилган ҳолатда ўтказилган (IELTS 6.5-7.0; GPA 3.5-4.0). Белгравия ва 

Карпатия  талабалари  эса ўта  мураккаблаштирилган  имтиҳонларни  топширишган 

(IELTS  8.0-8.5;  GPA  4.5-5.0).  Ўқишга  кира  олмаган  талабаларнинг  аксарияти 

мазкур  ҳолат  юзасидан  Белгравия  ҳамда  Карпатия  Таълим  вазирликларига 

аризалар  билан  мурожаат  қилишди.  Сиз  Кайманнинг  нуфузли  олийгоҳи 

битирувчиси ҳамда ҳозирда ЖСТ масалалари бўйича йирик мутахассис сифатида 

мазкур  ҳолат  бўйича  юридик  позициянгизни  оммага  билдириш  мақсадида 




 

журналда мақола чиқармоқчисиз. ЖСТнинг қайси қоидалари бузилганлиги ҳақида 



тўхталиб ўтасиз?  

MANTIQIY SAVOLLAR: 

 1.  Oʼzbekiston  Respublikasini  Jahon  savdo  tashkilotiga  qoʼshilishi  uchun  milliy 

qonunchilikka qanday oʼzgartirishlar kiritilishini muhokama qiling.  

2.  GATTning  20-moddasi  o‘ziga  xos  tuzilishga  ega.  Ushbu  moddaning  barcha 

bandlarining o‘zaro aloqador ekanini amaliy misollar yordamida tushuntiring. 

Nazariy savollar. 

1.2017–2021-yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va 

texnologiyalarni  qo‗llab-quvvatlash  yili‖da  amalga  oshirishga  oid  davlat  dasturida 

belgilangan  yangi  vazifalardan  biri  bu  O‗zbekistonning  Jahon  savdo  tashkilotiga  a‘zo 

bo‗lishi yuzasidan muzokaralarni faollashtirishdir.Hozirda mamlakatimiz hukumati oliy 

darajada  Jahon  savdo  tashkilotiga  kirish  jarayonini  davom  ettirishga  tayyorligi  haqida 

xabar berdi. Shu munosabat bilan Tashqi savdo vazirligi huzurida JSTga kirish bo‗yicha 

mas‘ul ishchi guruh va 7 ixtisoslashgan kichik guruh tashkil etildi. Ayni chog‗da JSTga 

kirish bo‗yicha ―yo‗l xaritasi‖ ishlab chiqilmoqda. 

Avvalo  qayd  etish  lozimki,  JSTning  asosiy  maqsadlaridan  biri  oʻzini  oʻzi  himoya 

qilishni  kuchaytirish  va  proteksionizm  qoʻllanishini  bekor  qilishdan  iborat.  Mazkur 

tashkilot  xalqaro  tijorat  uchun  qulay  huquqiy  tizimni  taqdim  eta  oladigan  cheksiz 

imkoniyat  eshigi.  Oʻzaro  qabul  qilingan  muhim  hujjatlar  davlatlarning  oʻz  savdo 

siyosatlarini  kelishilgan  mezonlarda  olib  borishlarida  masʼuliyat  yuklaydi.  Bundan 

koʻzlangan  maqsad  —  jahon  bozorida  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishda  tovarlar  va 

xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir. 

Xalqaro  savdoni  liberallashtirish, savdo  bitimlarining  odilligini  taʼminlash,  iqtisodiy 

oʻsish  va  xalq  farovonligini  oshirish  JSTning  asosiy  funksiyalari  sirasiga  kiradi.  JST 



 

unga  aʼzo  boʻlgan  mamlakatlardan  ichki  bozorni  erkinlashtirishni  qatʼiy  talab  qiladi. 



Ushbu  vazifani  bajarish  esa  unchalik  oson  kechmaydi.  Sababi  arzon  va  sifatli 

mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  chet  el  korxonalariga  raqobat  qila  olmagan  milliy 

korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir. 

Shunday  ekan,  Oʻzbekiston  uchun  kutiladigan  natija  nima  boʻladi?  Albatta,  har  bir 

ishning  samaradorligi  oʻsha  -davlat,  muhitdagi  yaratilgan  sharoitlar  va  tayyorgarlik 

darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi.Buning uchun: 

1.

 

iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga 



solish; 

2.

 



narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish; 

3.

 



alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash; 

4.

 



tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish; 

5.

 



xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish; 

— import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi. 

Shuni  ham  taʼkidlash  lozimki,  dunyoning  eng  katta  iqtisodiyot  egalari  —  AQSH, 

Gʻarbiy  Yevropa  davlatlari,  -Xitoy,  Yaponiya  kabi  mamlakatlar  JSTdan  unumli 

foydalana  oladi

1

.  Kichik  davlatlar,  jumladan,  Oʻzbekiston  ham  bu  imkoniyatlardan 



toʻliq  foydalana  olmasligi  ularning  umumiy  resurslariga  borib  taqaladi. 

Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib 

qolmaslikning  oldini  oladi,  deb  hisoblaymiz.  Ichki  monopolistlardan  qutulish 

muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi. 

2.  GATT  shartnomasi  20-modasi  kirish  qismida  shunday  deyilgan  "  Quyidagilardan 

biri  mavjud  boʻlsa,  bu  bir  xil  sharoitdagi  davlatlar  tomonidan  JST  qoidalarining 

buzilmaganligini  anglatadi  degan  qoida  oʻrnatadi.  Lekin  bu  choralar  oʻzboshimchalik, 

                                                           

1

 1 Andrew Guzman, Joost Pauwelyn, Jennifer Hillman, International Trade Law, Wolters Kluwer Law & Business, 



2016 


 

kamsitish  vositasi  yoki  savdoni  cheklovchi  soxta  cheklov  sifatida  qoʻllanilmasligi 



kerakligi aytiladi". 

Ushbu cheklov turlariga quyidagilar kiradi: 

1.Ommaviy ahloqni saqlash uchun zarur choralar. 

 

2. Inson, hayvon va oʻsimliklar hayoti va sogʻligini saqlash uchun zarur choralar. 



3. Oltin yoki kumush eksporti yoki importi bilan bogʻliq hollarda. 

4. Ushbu kelishuv qoidalariga zid boʻlmagan qonun yoki qoidalariga rioya etilishini 

taʼminlash uchun zaruriyat mavjud boʻlganda  

5. Qamoqxona mehnati mahsulotlari bilan bogʻliq hollarda. 

6. Badiiy, tarixiy yoki arxeologik ahamiyatga ega boʻlgan milliy boyliklarni himoya 

qilish uchun oʻrnatilgan choralar. 

7. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni saqlash bilan bogʻliq hollarda koʻriladigan 

choralar  agar  yashirin  ravishda  boshqa  maqsadni  koʻzlab  kiritilmagan  boʻlsa 

qoʻllaniladi. 

A  davlati  D  va  C  davlatlaridan  avtomobil  shinalarini  import  qiladi.  C  davlatida 

import  qilinadigan  shinalarda  allergik  kasallik  keltirib  chiqaradigan  pashshalar  ham 

kirib kelayotgani oʻz isbotini topdi. Shunda A davlati C davlatidan keltiriladigan import 

shinalarga  taqiq  chorasini  koʻrishi  Gatt  shartnomasining  20-  moddasi  b  bandiga 

muvofiq  oʻrinli  cheklov  hisoblanib,  eng  koʻp  qulaylik  rejimini  buzmaydigan  cheklov 

hisoblanadi. Masalan: Qoʻshni Turkmaniston Respublikasidan Alabay iti yoki Ahaltekin 

otini  eksport  qilishga  cheklov  oʻrnatib  qoʻyilgan.  Sababi  ushbu  hayvonlar  milliy 

boyliklar roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu cheklov ham Gatt shartnomasining 20- moddasi f 

bandiga  muvofiq  asosli  cheklov  hisoblanadi.  Gatt  shartnomasining  20-  moddasidagi 

cheklov  choralari  haqiqatdan  ham  cheklov  kiritish  uchun  asos  yetarli  boʻlgan 

taqdirdagina  amal  qiladi.  Misol  uchun:  pandemiya  davrida  A  davlatda  sunʼiy  nafas 




 

oldirish  uskunalari  oʻz  aholisi  uchun  keragidan  ortiq  miqdorda    ishlab  chiqariladi.    B 



davlati  sunʼiy  nafas  oldirish  uskunalriga  muhtoj  hisoblanadi.  Pandemiya 

boshlanganidan  soʻng  asosiy  savdo  sheriklaridan  biri  boʻlgan  B  davlati  bilan  tuzilgan 

sunʼiy  nafas  oldirish  aparatlari  yetkazib  berishni  A  davlati  Gatt  shartnomasi  20- 

moddasi  b  bandini  vaj  qilib  cheklov  oʻrnata  olmaydi.  Chunki  A  davlati  uchun  ushbu 

cheklovni oʻrnatish uchun yetarli darajada muhtoj emas hisoblamadi. 

 

Kazus. 



1947-yilda  tashkil  etilgan  GATT  faqatgina  tovarlar  savdosini  o‗z  ichiga  olib,  uning 

asosiy  qoidalari  hisoblanmish  savdoni  erkinlashtirish  va  diskriminatsiyaga  yo‗l 

qo‗ymaslik majburiyatlari xizmat ko‗rsatish sohasiga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmagan. 

Shu  sababli,  har  bir  davlat  xizmatlar  ko‗rsatish  savdosini  qanday  qlib  tartibga  solish 

borasida  mustaqil  ravishda  qoidalarni  belgilab  keganlar

2

.  Albatta,  buning  ortida  o‗sha 



vaqtlarda  xizmatlar  ko‗rsatish  savdosining  ko‗p  bo‗lmaganligi  va  xalqaro  darajada 

qoidalarni  belgilashga  ehtiyojning  mavjud  bo‗lmaganligi  kabi  faktorlar  turgan

3

.  Shu 


bilan birgalikda xizmatlar ko‗rsatish savdosi ham kengayib, 1995-yilda qabul qilingan 

JST  kelishuvlarida  xizmatlar  ko‗rsatish  savdosi  bo‗yicha  asosiy  xalqaro qoida  sifatida 

―Xizmatlar ko‗rsatish savdosi bo‗yicha bosh kelishuv‖ (GATS) qabul qilndi

4



JST kelishuvlarining bir qismini tashkil etuvchi GATS dunyo bo‗ylab iqtisodiy o‗sish 

suratlarini yanada rivojlantirish uchun xizmatlar savdosini o‗zining eng asosiy maqsadi 

qilib  qo‗ygan.  Albatta,  xizmatlar  savdosining  kengayib  borishi  xizmatlar  ko‗rsatish 

sanoati anchagina taraqqiy topgan rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari kattagina 

foyda ko‗rishi aniq. Shu sababli rivojlanayotgan davlatlarni markaziy o‗ringa qo‗ygan 

                                                           

2

 Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU 



nashriyoti, 2019. 

3

  Qarang: Understanding the WTO: The Organization Members and Observers 



4

 Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU 

nashriyoti, 2019. 



 

holda davlatlarga xizmatlar savdosi bo‗yicha qoidalarni belgilash huquqini taqdim etish 



masalasi  ham  haligacha  diqqat  markazida  turibdi

5

.  Shunday  qilib,  JSTga  a‘zo 



mamlakatlar o‗rtasidagi iqtisodiy tavofutlar GATS tizimida ham o‗z aksini topadi. 

Albatta, ma‘lum bir holatlarda hattoki ―Eng ko‗p qulaylik tug‗diruvchi rejim‖ hamda 

―Shaffoflik‖  tamoyillariga  ham  amal  qilishning  imkoni  mavjud  bo‗lmay  qoladi. 

Masalan, ba‘zi bir mintaqaviy savdo shartnomalarda o‗zgacha qoidalar belgilash bilan 

(5-modda)  hamda  GATTning  20-21  moddalardagi  kabi  ―Umumiy  istisnolar‖  va 

―Xavfsizlikni  ta‘minlash  bo‗yicha  istisnolar‖ga  amal  qilgan  holda  yuqoridagi  ikki 

tamoyilga  amal  qilinmasligi  ham  mumkin  (14-modda).  Ushbu  muammoli  vaziyatni 

tahlil  qilib  va  keltirib  o‘tgan  faktlarimizni  umumlashtirib  yuqoridagi  kabi  tovarlar 

savdosiga  nisbatan  qo‗llanilgan  asosiy  qoidalar  xizmatlar  savdosiga  ham  qo‗llanilishi 

kabi  holatlar  mavjud  bo‗lsada,  tovarlar  savdosiga  nisbatan  tatbiq  etiladigan  boshqa 

qoidalar xizmatlar savdosiga nisbatan taqdim etilmaydi. Masalan, ―Milliy rejim‖ qoidasi 

tovarlar savdosida asosiy tamoyil bo‗lishiga qaramay xizmatlar savdosida barcha JSTga 

a‘zo  mamlakatlar  mazkur  tamoyilga  amal  qilishi  shart  emas.  Boshqacha  so‗z  bilan 

aytganda,  xizmatlar  ko‗rsatish  sohasida  a‘zo  mamlakatlar  o‗zlarining  tadbirkorlariga 

xorijlik  tadbirkorlardan  ko‗ra  ko‗proq  imkoniyat  taqdim  etishi  va  ular  uchun  qulayroq 

sharoitlar yaratib berishi mumkinligi tan olingan. 

 

 

 



 

 

 



 

                                                           

 



 

 



 

 

 



 

Foydalanilagan adbiyotlar 

1.

 

Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas‘ul muharrir y.f.n., prof. 



G.Yuldasheva // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2019. 

2.

 



Qarang: Understanding the WTO: The Organization Members and 

Observers 

3.

 

Andrew  Guzman,  Joost  Pauwelyn,  Jennifer  Hillman,  International  Trade 



Law, Wolters Kluwer Law & Business, 2016 

4.

 



Van  den  Bossche  P.,  Prévost  D.  Essentials  of  WTO  law.  –  Cambridge 

University Press, 2016 



Download 375,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish