Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar tahlili


-rasm. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim samaradorligini takomillashtirish jarayonining modeli



Download 0,88 Mb.
bet4/4
Sana06.12.2019
Hajmi0,88 Mb.
#28637
1   2   3   4
Bog'liq
китоб


2-rasm. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim samaradorligini takomillashtirish jarayonining modeli

Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlar jadvali. Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlar ertalab 9.30 dan boshlanib, davomiyligi kichik guruhlarda 10-15 daqiqagacha, katta va tayyorlov guruhlarida 25-30 daqiqadan oshmasligi darkor. Mashg'ulotlar oralig'ida bolalar bilan tetiklashtiruvchi, charchoqni oluvchi o'yinlar o'tkaziladi. Har bir yo'nalish bo'yicha oy oxirida bolalar bilan mujassam - nazorat mashg'ulotlari o'tkaziladi va bolalarning dastur vazifalarini qay darajada egallaganliklari tahlil qilinadi. 1-kichik guruh mashg'ulotlar jadvaliga kiritilgan "Ta'limiy o'yin-mashqlari"da (sensor tarbiya) zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan biri - Mariya Montessori metodikasini keng qo'llash tavsiya etiladi.

    1. kichik guruhda 0,5 dan taqsimlangan atrof olam bilan tanishtirish mashg'uloti - tabiat bilan tanishtirish mashg'uloti bilan, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg'uloti - loy mashg'uloti bilan, qurish-yasash mashg'uloti esa bir xafta yirik qurilish jihozlari, bir safar mayda qurilish jihozlari bilan almashtirilib o'tiladi.

    2. kichik guruhdan boshlab jadvalda 0,5 dan taqsimlangan tabiat bilan tanishtirish mashg'uloti - badiiy adabiyot bilan, qurish- yasash mashg'uloti esa applikatsiya mashg'uloti bilan almashtirilib o'tiladi.

Katta-tayyorlov guruhlarda qurish-yasash mashg'uloti qo'l mehnati bilan almashlashtirilib o'tiladi. O'qish va savodga tayyorgarlik vazifalari o'z ichiga kichik guruhda asosan tovushlarni to'g'ri talaffuz etish mashqlarini oladi.

O'rta, katta guruhlarda esa o'qish va savodga tayyorgarlik vazifalari nutq o'stirish mashg'uloti vazifalariga qo'shib olib boriladi.

Tayyorlov guruhda esa alohida savodga tayyorgarlik mashg'uloti kiritiladi.

Tarbiyachining ta'lim-tarbiyaviy ish rejasining shakli

Tarbiyachi oylik ta'lim-tarbiya ish rejasini tuzadi va metodistga tasdiqlash uchun beradi.

Oylik ish reja daftari quyidagicha to'ldiriladi:



  • ish rej ailing titul varag'i;

  • tasdiqlangan xaftalik mashg'ulotlar jadvah;

  • bir oylik mashg'ulotlarning istiqbol rejasi;

  • har 15 kunga mo'ljallangan 2 ta ertalabki badantarbiya mashqlari kompleksi;

  • ota-onalar bilan ishlash rejasi;

rejaning asosiy qismida - kundalik faoliyat bayoni yoritiladi. Kundalik ish reja. Kundalik faoliyatning yuritilishi. Kundalik reja quyidagicha bay on etiladi:

  • ertalabki so at;

  • Mashg'ulotlar;

  • Sayr;

  • Running 2-yarmi;

  • Kechki sayr. Kundalik reja. Ertalabki soat.

    1. Suhbat (mavzu);

    2. O'yinlar (mavzu);

    3. Mustaqil faoliyat;

    4. Mehnat;

    5. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash.

    6. Badantarbiya Mashg'ulotlar

      1. Mashg'ulot yo'nalishi, mavzu va maqsadi.

      2. Zaruriy jihoz va ko'rgazmali qurollar.

      3. Mashg'ulotning borishi (tarkibiy qismlari) Mashg'ulotning tarkibiy qismlari (misol tariqasida berilgan)

        1. Kirish;

        2. Savol-javob;

        3. Surat ko'rish;

        4. Hikoya tuzish;

        5. O'yin;

        6. Umumlashtirish;

        7. Yakunlash.

Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o'zgarishi mumkin Sayr

          1. Kuzatish.

          2. Harakatli o'yin.

          3. Ixtiyoriy o'yinlar.

          4. Mehnat.

          5. Tinch o'yin(agar guruhda 20 tadan kam bola bo'lsa yakka tartibda ishlashni rejalashtirish mumkin)

Running ikkinchi yarmi

            1. Yakka tartibda ishlash.

            2. lfodali o'qish va suhbat.

            3. O'yinlar (ta'limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan).

            4. Ko'ngilochar soatlar (har oyda 1-2 marta).) Kechki sayr

              1. Ixtiyoriy kuzatish;

              2. Ixtiyoriy o'yinlar;

              3. Ota-onalar bilan ishlash.

Kundalik reja bayonining yozilishiga qisqacha sharh

  • ertalabki soatda qilinadigan pedagogik ishning asosiy vazifasi bolalarda tetik, quvnoq kayfiyat uyg'otishdir. Bunda bola 1'aoliyati erkin bo'ladi, bolaning istagi va qiziqishiga tayaniladi, faoliyatlarning shakli va mazmuni qiziqarli bo'lishi ta'minlanadi. Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda bolalarning birlamchi tibbiy ko'rik asosida qabul qiladi, ota-onalar bilan suhbat olib boradi, badantarbiya mashqlarini o'tkazadi.

  • Kundalik faoliyat bayonida ertalabki soatda tarbiyachi bolalar bilan belgilangan mavzu yuzasidan qisqa suhbat uyushtirishi ko'rsatiladi, asosiy o'rinni bolalarning o'yin faoliyati uchun ajratiladi. Ijodiy o'yinlarni, tinch o'yinlarni (qurish-yasash, rasmli kitoblarni tomosha qilish) tashkil etish rejalashtiriladi.

  • Rejada bolalarning mehnat faoliyati keng yoritiladi. Mehnat tarbiyasining to'rtta vazifalari besh kunga bo'linib yoziladi. Navbatchilik har bir kun uchun alohida rejalashtirilmaydi. Rejada navbatchilikka yangilik kiritilsa, navbatchilik vazifasi murakkablashtirilsa yoki sharoitlar o'zgarsa, yangi mazmuni alohida yoritiladi.

  • Bolalarning mustaqil faoliyati rejalashtirilmaydi, u bolaning qiziqishiga va kayfiyatiga bog'liq. Har bir bola erkin holda o'zi istagan faollik markazini tanlashi va u yerda ishlashi mumkin. Tarbiyachi bolalarni kuzatishi va zarur holda unga yordam ko'rsatishi lozim.

  • Tarbiyachi unutmasligi kerak: faollik markazida bolani majburlamaslik; bolaning erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratib berish. Eng asosiysi faollik markazida hamma narsa bola uchun qiziqarli bo'lishi lozim.

  • Mashg'ulotning maqsadida tarbiyachi bolalarga beriladigan ta'lim va tarbiya vazifalarni ko'rsatadi, bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini hajmini aniq belgilaydi. Mashg'ulotning borishi to'Uq yozilmay, manbaning muallifi, ishlanmaning betini ko'rsatib o'tish kifoya. So'ngra zaruriy jihoz va ko'rgazmalarni ko'rsatadi. Mashg'ulot ishlanmasi yozilgan metodik qo'llanma yo'q bo'lsa, tarbiyachi mashg'ulot ishlanmasini yozishi lozim.

Kundalik reja hisobotini yozilishiga qisqacha sharh:

  • Tarbiyachi kundalik hisobot yozmaydi. Mashg'ulot davomida o'tilgan mavzuni o'zlashtirolmay qolgan bolalarni yakka ishlash daftariga shu kunning o'zida bu bolalar bilan qachon, qaysi mavzuda yakka ish olib borilishi belgilab qo'yiladi. Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda, sayrda, kunning 2-yarmida o'zlashtirmagan bolalar bilan yakka ish olib borishi lozim.

  • Tarbiyachi har oyning oxirida nazorat mashg'ulotini tayyorlab o'tkazadi. Nazorat mashg'ulotining tahlili joriy oyning oxirgi kunlarida o'tkaziladi. Mashg'ulot tahlili bo'yicha bayonnoma yozilib, mashg'ulot natijasiga ko'ra har bir tarbiyachiga vazifalar beriladi.

  • O'quv yili davomida ikki marta (1-yarim yillik, 2- yarim yillik)Davlat talablari asosida bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlari tahlil qilinadi.

Tarbiyachining ta'lim-tarbiya ishini to'g'ri rejalashtirishi awalo faoliyat turlari bo'yicha pedagogik jarayonni tashkil etish va takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.

Bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlarini tahlil qilish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari asosida: maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik, hamda bilish jarayoni, atrof olam to'g'risidagi bilimga ega bo'lish va uni anglash yo'nalishlari bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash o'quv yili bo'yicha 1-yarim yillik (sentabr, oktabr, noyabr, dekabr), 2-yarim yillik (yanvar, fevral, mart, aprel, may) bo'yicha olib boriladi.


  • Tarbiyachi har oyning oxirida nazorat mashg'ulotini tayyorlab o'tkazadi. Nazorat mashg'ulotining tahlili joriy oyning oxirgi kunlarida o'tkaziladi. Mashg'ulot tahlili bo'yicha bayonnoma yozilib, mashg'ulot natijasiga ko'ra har bir tarbiyachiga vazifalar beriladi.

  • O'quv yili davomida ikki marta (1-yarim yillik, 2- yarim yillik) Davlat talablari asosida bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlari tahlil qilinadi.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"Ida qayd etilganidek, maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo'lishi, fikrlashi, vaziyatga ko'ra o'z kasbiga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirishi, shuningdek, boshqalarda ham innovatik g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko'rsatishi zarur.

Maktabgacha ta'lim muassasalari (MTM) tarbiyachilari bunday faoliyatga alohida tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'lib, bu o'z navbatida tarbiyachilarning kasbiy qiziqishlari ko'lamini kengaytirishga, ya'ni ularning adabiyotlar o'qib o'rganishdan to nazariy psixologik- pedagogik va fundamental tadqiqotlar olib borishiga ham imkoniyatlar yaratadi. Yaxshi ilmiy-pedagogik tayyorgarlik innovatsion faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi. Innovatsion jarayonlarda faol ishtirok etuvchi tarbiyachi pedagog muntazam ravishda o'zini-o'zi rivojlantirishi va maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishning katalizatoriga aylanadi, ya'ni mazkur jarayonlarning tezlashishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Umumiy holda, MTMda tarbiyachilarning innovatsion faoliyatini tashkil etishga obyektiv va subyektiv omillar sabab bo'ladi. Obyektiv omillarga davlatning yangi ta'lim siyosati, ta'lim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ta'lim muassasasining innovatsion faoliyat yo'nalishidagi tajribalarini keltirishimiz mumkin. Subyektiv omillarga esa ijtimoiy-hududiy ehtiyoj, MTM faoliyatining rivojlanish jarayoni, tarbiyachilarning bilim, ko'nikma va malakalari, ilmiy salohiyatining rivojlanishi, ta'lim muassasasi salohiyatining o'sishi, boshqaruv xususiyatlarining o'zgarishi misol bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni talab etadi. Chunki MTM tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahloqiy samaradorligi va obro'si uning tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Bu jarayon kasbiy faoliyatga egalik qilishning pedagogik qonun-qoidalariga amal qilishga bog'liq.

MTM tarbiyachilari kasbiy faoliyati jarayonida O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim Konsepsiyasi "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"da qo'yilgan vazifalarni bajarishda innovatsion yondashuv ijobiy va samarali natija bera oladi:


    1. Tarbiyachilarni ta'limiy vazifalari:

  • bolalarda savodxonlikni shakllantirish;

  • o'qish, yozish, sanash, oddiy matematik amallardan xabardor qilish, murakkab bo'lmagan mashqlarni bajartirish jarayonida ma'naviy-ahloqiy, odob sifatlarini shakllantirish.

    1. Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonini to'g'ri tashkil etish.

    2. Bolalarni hulqida, xatti- harakatlarida namoyon bo'ladigan salbiy odatlar va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish.

    3. Bolalarni jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etishda ota-ona va tibbiy xodimlar bilan hamkorlikni o'rnata bilishi lozim,

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida tarbiyachi innovatsion faoliyatiga zarurat tug'ildi. Tarbiyachining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart- sharoitlarga bog'liq. Unga tarbiyachining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi.

Chunki, ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o'zgarishlar yuz bermoqda. Ushbu o'zgarishlar MTM tarbiyachisi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tarbiyachi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir.

Muloqotning yangi vaziyati - bu tarbiyachining o'z mustaqillik mavqeini mustahkamlashga, dunyoga, pedagogika faniga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir.

Tarbiyachi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmasdan, u pedagogik tajribasining boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu tarbiyachining madaniyat va muloqotga shayligi. O'qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.

Tarbiyachi, rahbar va tarbiyalanuvchi hamda ota-onalar o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Shu o'rinda innovatsion faoliyatning quyidagi asosiy funksiyalarni izohlab o'tishimiz lozim:


  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

  • me'yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;

  • o'z imkomyatlarim ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Demak, tarbiyachi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida tarbiyachi innovatsion faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:



  • ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o'quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o'qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;

  • ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

- pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabat harakteri o'zgarishi.

Psixologik nuqtai nazardan MTM tarbiyachisi doimiy ravishda o'z bilimlarini oshirish bilan shug'ullanishi zarurdir. Chunki tarbiyachilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog hamma vaqt odamlar orasida bo'larkan, u birinchidan, odamlarni ko'pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o'z qarashlari bo'yicha to'g'ri tushuntirib berishi lozim. Masalan, ayrim ota-onalar bolalar bog'chasida bo'lish borasida o'z .salbiy tajribalariga ega bo lib, tarbiyachilar davrasida ba'zan o'zlarini noqulay his qilishadi. Boshqalar esa tarbiyachilar "qanday bo'lishi kerak"ligini hamisha biladilar, deb hisoblaydilar va ular bilan muzokara olib borishga ehtiyoj yo'q, deb o'ylaydi. Shuningdek, tarbiyachilarda ham ba'zan bolalarni qanday tarbiyalash to'g'risida maslahat beradigan ota- onalar bilan aloqada bo'lishga nisbatan salbiy tajriba bo'ladi. Bunday holatlar mo'tadil aloqa o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Oiladan olinadigan ma'lumot qanchalik muhimligi haqida awal boshdan ota-onalar bilan gaplashib olish va buni ularga tushuntirish zarur. Diqqat bilan eshita bilish - ochiqcha muloqotning muhim sharti. "Sardor uyda nima bilan shug'ullanishni yaxshi ko'radi?" yoki "Madina bolalar bog'chasi haqida sizga nimalarni hikoya qiladi?" kabi ochiq savollarni berish bilan tarbiyachi ota-onalarga o'z bolalari to'g'risida hikoya qilishlari uchun imkon yaratishi, hamda muloqotga kirishar ekan, tarbiyachilar ota-onalar uchun tushunarli, ravshan bo'lgan tildan foydalanishlari va ularga savol berish imkoniyatini berishlari kerak.

MTM tarbiyachisining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o'z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to'ldirib, o'zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi. Odatda aksariyat MTM tarbiyachilari mustaqil bilim egallash zarurhgini tushungan holda, undan yuqoridagi kabi holatlarda muvaffaqiyatli foydalanadilar.

Buning motivlari odatda pedagogik faoliyatdagi muloqot jarayonida tarbiyachi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko'p hollarda bunday motivlar MTM tarbiyachilarini qanday o'qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug'ilishi munosabati bilan shakllana boradi.

Shu bilan birga yaqqol ko'zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko'z yuma olmaymiz. Masalan, pedagoglar ommasining ma'lum qismi mustaqil izlanishda bo'lib, o'z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug'ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba'zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday tarbiyachilar o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.

Muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda MTM xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan. Bular maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o'quv-metodika markazi va viloyatlardagi xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir.

Xalq ta'limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda pedagog kadrlarning malakasini oshirish, pedagog kadrlarni o'zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko'nikma, malakalarini, ma'naviyat va ma'rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma'lumotni oshirishga da'vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.

MTM tarbiyachisining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirishi pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.

Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar u o'qishni to'xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb juda haqqoniy aytganlar.

Bu haqiqatni yoshi qancha bo'lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday mashg'ulot o'tkazishidan qat'iy nazar barcha MTM tarbiyachilari yaxshilab bilib olishlari lozim. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Ta'lim- tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maktabgacha ta'lim muassasalardagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq.

Maktabgacha ta'lim tizimini isloh etish pedagogik kadrlarni tayyorlash va gayta tayyorlashni talab etadi. Chunki MTM tarbiyachisi mehnatining ijtimoiy ahloqiy samaradorligi va obro'si uning tayyorgarlik darajasiga bog'liq. Bu jarayon kasbiy faoliyatga egalik qilishning pedagogik qonun-qoidalariga amal qilishga bog'liq.

Maktabgacha ta'lim muassasasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan oilalar bilan samimiy aloqada bo'lishi nihoyatda muhim. MTM va oila bir-biri bilan mustahkam bog'liq hamda ular o'rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilsa, bola shuncha ko'p yordam oladi hamda uning dastlabki ta'lim tajribasi muvaffaqiyatli bo'lishi extimoli ortadi. Tig'iz ish sharoitida oila bilan doimiy aloqa uchun vaqt topish hamisha ham oson emas, lekin tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik ishning bir qismiga aylanadi.

Har bir bola alohida holda o'sadi va rivojlanadi, biroq shunga qaramay barcha bolalar rivojlanishning malum ketma-ketlikdagi bosqichlaridan o'tadilar. Ushbu bosqichlarning har birida bir xil yoshdagi bolalar uchun umumiy bo'lgan xususiyatlar kuzatiladi. Bola qaysi yosh davridagi psixologik va fiziologik xususiyatlarini boshdan kechirmasin, ular haddan tashqari o'z oilasiga bog'liq bo'ladi, chunki oila:


  • yashashi, ovqatlanishi, kiyinishi, sog'ligi haqida qayg'urish orqali ularning jismoniy sog'-salomatligini;

  • mehr-muhabbat, qo'llab-quwatlash, nima yaxshiyu nima yomonligi to'g'risida doimiy ravishda eslatib turish vositasida his- tuyg'ularining jo'shqinligini;

  • muloqot qilish, emaklash, yurish, yugurish, tirmashish, o'ynash, shuningdek, yangi taassurotlar olish imkoniyatlari bilan ularning kamol topishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi.

MTM tarbiyachilari oilaning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi ustivor mavqeini e'tirof etishlari juda muhim. Zamonaviy MTM tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.

Bola maktabgacha ta'lim muassasalariga qatnay boshlaguniga qadar oila unga elementar harakatlardan tortib, to'p uloqtirishgacha bo'lgan ko'pgina narsalarni o'rgatgan xolda ertak eshitishdan zavq olish ko'nikmasini hosil qilgan bo'ladi. Bolaning ilk rivojlanishida oilaning ahamiyatini etarli baholash juda qiyin. Bolalar oilada tarbiyalanadi, unda sodir bo'ladigan voqealar ularga katta ta'sir ko'rsatadi. Oila, bu - o'z bolalar! hayotida doimiy ravishda ishtirok etadigan, ular to'g'risida qayg'uradigan, ularni o'qitadigan, qarorlar qabul qiladigan odamlar.

Oilalar turlicha bo'ladi. Ular kichik, uncha katta bo'lmagan yoki katta, keng bo'lishi mumkin. Ularda ko'plab aka-uka va opa-singillar yoki birgina bola bo'lishi ham mumkin. Ayrim oilalarda bola asrab olingan bo'ladi yoki qarindoshlari bilan yashaydi. Bola ota-onasidan tashqari, amma-xola, amaki-tog'a, bobo va buvi, oilaning yaqin do'stlari kabi ko'plab o'zi uchun hurmatli bo'lgan katta yoshdagi kishilar bilan mustahkam aloqada bo'lishi mumkinligi sababli ota- onalar bilan aloqa o'rnatishni yetarli hisoblamay, bola hayotiga real ta'sir ko'rsatadigan barcha kishilar bilan hamkorlik qilishi kerak.

Bola vositasida oila bilan muloqot qilish - murabbiylar jamoasi majburiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Barcha oilalar o'z bolalarining baxt-saodatidan manfaatdor va ularning yaxshi va mamnuniyat bilan o'qishlarini istaydilar. Shuning uchun oila a'zolari uning yutuqlaridan xabardor bo'lishni xohlaydilar. Pedagoglar ota- onalar bilan bola haqidagi tasawurlarini chuqurlashtirish va imkon qadar samarali ishlash uchun bolaning uydagi va MTMdagi holati, uning kuchli va zaif tomonlarini, tashvish tug'diradigan barcha jihatlarni mamnuniyat bilan muhokama qilishlari kerak.

Muloqotlar ochiqcha va ishonchli bo'lishi uchun albatta vaqt talab qilinadi. Ayrim ota-onalar MTMda bo'lish borasida o'z salbiy tajribalariga ega bo'lib, tarbiyachilar davrasida ba'zan o'zlarini noqulay his qilishadi. Boshqalar esa tarbiyachilar "qanday bo'lishi kerak"ligini hamisha biladilar, deb hisoblaydilar va ular bilan muzokara olib borishga ehtiyoj yo'q, deb o'ylaydi. Shuningdek, tarbiyachilarda ham ba'zan bolalarni qanday tarbiyalash to'g'risida maslahat beradigan ota-onalar bilan aloqada bo'lishga nisbatan salbiy tajriba bo'ladi. Bunday holatlar mo'tadil aloqa o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Oiladan olinadigan ma'lumot qanchalik muhimligi haqida awal boshdan ota-onalar bilan gaplashib olish va buni ularga tushuntirish zarur.

Mahoratli MTM tarbiyachisi oilalar bilan aloqa qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qiladi:



  • Vaqt topadi, imkoniyat yaratadi hamda ota-onalarning o'z fikr-mulohazalari, quvonchlari, tashvislilari va niyatlarini gapirib berishlarini qo'llab-quwatlaydi.

  • Ko'z-ko'zga tushib suhbat qilish mumkin bo'lgan joyni tanlaydi va ma'lumotlarga hamisha maxfiy sir sifatida munosabatda bo'ladi.

  • Oilalar tarbiyachilar bilan eng shaxsiy ma'lumotlarni o'rtoqlashadilar, binobarin, ularni sir saqlash muhim.

Ishlaydigan ota-onalarda ko'pincha bo'sh vaqt juda kam bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachilar oilalar bilan suhbatlashishi mumkin bo'lgan tabiiy norasmiy vaziyatlar bog'cha va uy o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rivojlantirish uchun juda muhim.

Yetakchi psixologlarning e'tirof etishlaricha, ko'pgina tarbiyachilar ota-onalar bilan aloqa qilish uchun ular bolalarini bog'chaga olib kelgan yoki bog'chadan olib ketayotgan vaqtdan foydalanishga harakat qiladilar. Bu vaqtda ular ota-onalarga kun mobaynidagi voqealar, bolaning muvaffaqiyatlari to'g'risida xabar berishlari, o'tkazilishi rejalashtirilgan majlis va boshqa narsalar haqida eslatishlari mumkin (lekin bunda bolaning qandaydir muammolari (agar ular bo'lsa) to'g'risida so'z ochmagan ma'qul). Running awali va oxirida ota-onalar bir-birlari bilan muloqot qilishlari, tarbiyachilarga savollar berishlari, uchrashuv haqida so'rashlari, bolalar bilan o'ynashlari, ularga kitob o'qib berishlari mumkin.

Ota-onalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, muloqot uchun norasmiy vaqt belgilanganda uchrashuv jadvali o'zgaruvchan qilib tuzilishi hamda kun awali va oxiridagi erkin suxbatlashish sharoitiga muvofiqlashtirilishi kerak. Ota-onalarning bog'cha ostonasini hatlab o'tar-o'tmas bolalarini shosha-pisha tashlab ketishlaridan iborat holatlarni kamaytirish uchun shunday tartib o'rnatish kerakki, unga muvofiq ota-onalar bolani guruh turgan yergacha kuzatib kelishlari va uning boshlanayotgan kunni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishiga ko'maklashishlari kerak bo'ladi.

Yana shuni ham e'tirof etish kerakki, tarbiyachilar va bolalar o'rtasida o'zaro hurmat bo'lishi kerak. Bolalar bog'chasida guruh deb ataluvchi uyushmada hurmat zarur tarkibiy element hisoblanadi. Tarbiyachilar ular bolalardan kutadigan o'zaro bir-birini tushunish, hurmat qilish va bir-biriga g'amxo'rlik ko'rsatishda namuna bo'ladilar. Bolalar boshqa bolalar bilan ijodiy o'zaro munosabatlarning mustahkam poydevorini qo'yadi.

Pedagoglar guruhdagi har bir bolaga hurmat ko'rsatsalar, bolalar qolgan barcha bolalarni - sekin yuguruvchilarni ham, a'lo darajada rasm chizuvchilarni ham va xatto kam uchraydigan yoki ziddiyatli fe'1-atvorli bolalarni ham qabul qilishni o'rganadilar. Bolalar boshqalar ularning har birini qabul qilishlari va hurmat qilishlarini ko'rganlarida hamda sezganlarida o'zlarini qulay his qiladilar va erkin tutadilar, shu bilan birga o'zlarining shaxsiy qiziqishlarini amalga oshiradilar.

Tarbiyachilar shuni tushunib yetishlari kerakki, bolalar ham kattalardek o'zlariga bildirilgan samimiyatni his etadilar va sezadilar. Bolalarni ular bajargan ish natijalari uchun maqtash samimiyatni talab etadi, o'zaro ta'sir tabiiy holda va majbur etmaslik tarzida bo'lishi lozim.

O'z ustida ishlaydigan va mahoratini uzluksiz oshirib boradigan tarbiyachi maktub va kundaliklardan foydalanishi ham mumkin. Shuningdek, bola orqali ota-onalarga maktub jo'natish yo'li oilalar va pedagoglar jamoasi o'rtasidagi yaqinlikni ta'minlashga yordam beradi. Bu bolaning yangi muvaffaqiyatlari to'g'risidagi qisqagina xabar yoki raxmatnoma bo'lishi ham mumkin. Odatda ota-onalar bunday maktublarni qiziqish bilan o'qiydilar va javob yo'llashga harakat qiladilar.

Bundan tashqari aloqalar rivojida tarbiyachilardan ota-onalarga yuboriladigan, ulardan yana tarbiyachilarga qaytariladigan kundaliklar (yoki aloqa daftari) katta rol o'ynaydi. Xususan, ota- onalarning vaqti juda cheklangan yoki oilada telefon bo'lmaganda bu o'zaro aloqaning juda yaxshi usuli hisoblanadi. Agar bolada qandaydir shikoyat yoki muammolar bo'lsa, kundalik doimiy aloqani ta'minlaydi hamda ota-onalar yoki pedagoglar jamoasini u yoki bu o'zgarishlardan xabardor qiladi. Bu usul ayniqsa, ota-onalar uchun qo'l keladi. Chunki ular o'z fikrlarini yozma shaklda oson ifodalaydilar.

Umuman olganda, oila bu - qudratli kuch, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida kafolatlangan ijtimoiy institutdir. Tahlillarimiz asosida bola tarbiyasi borasida MTM va oilaning samarali hamkorligiga erishish tarbiyachining qay darajada pedagogik mahoratni egallaganligiga bog'liqdir. Demak, oila bilan hamkorlik shaxsni ilk tarbiyalash tizimi sifatida bolaning dunyoqarashi, ma'naviy olamining rivojlanishida muhim o'rin tutadi.

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR TA'LIM- TARBIYASIDA QO'LLANILADIGAN O'YINLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o'yindir. Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyatlari masalasi asrlar davomidajuda ko'p olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda.

Bog'cha yoshidagi bolalar o'zlarining o'yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg'a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.

Ma'lumki, bolaning yoshi ulg'ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va xodisalar bo'yicha dunyoqarashi kengayib boradi.

Bog'cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining xaddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan, o'zining kuchi ham etmaydigan, haddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o'zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib, samolyotda uchgisi va rostakam harbiy bo'lgisi keladi. Tabiiyki, bola o'zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo'l bilan qondira olmaydi. Bu o'rinda savol tug'iladi: bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo'l bilan xal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya'ni, bolaning o'yin faoliya,ti orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkinI:

- birinchidan, bolalarning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o'yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o'yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog'liqdir;

- ikkinchidan esa, bolalar o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni, o'zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo'ladilar.

Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir. O'yin bolalar hayotida shunday ko'p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo'lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qihsh, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o'yin faoliyatida aniq bo'ladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, o'yin faqat tashqi muhitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir, ijodiy va syujetli o'yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari ham shakllanadi.

Demak, bog'chadagi ta'lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko'p jihatdan bolalarning o'yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog'liqdir. Shunday qilib, o'yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o'zi, o'yin jarayonida yuzaga kelib, rivojlanadigan narsadir.

Shuni ham ta'kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan bizning xozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go'yo, bir mo'jizadek ko'rinadi. Natijada ular ham o'zlarining turli o'yinlari jarayonida o'xshatma qilib (ya'ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni o'ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o'ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o'zlarining har turli o'yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog'da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.

Bolalarning o'yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirishi passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi,

Bolalar o'yin faoliyatlarining yana bir xususiyati, o'yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko'pincha umumiylik xarakteriga ega bo'lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o'zining turli-tuman o'yinlarida faqat o'ziga tanish bo'lgan yolg'iz bir shofyorning, shifokorning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarnigina emas, balki umuman shofyorlarning, shifokorlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba'zan kichik guruh bolalari ham) o'zlarining o'yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni. O'rta yoki katta bog'cha yoshidagi bolalarning o'yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo'la boshlaydi.

Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo'lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. O'zgacha qilib aytganda, o'yin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o'yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya'ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bolalarning o'yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o'yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga ko'proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol namoyon bo'lishini ko'ramiz. Shuning uchun bolalarning o'yin faoliyatlari, ularning individual ravishda o'rganish uchun juda qulay vositadir.

Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o'zlari yolg'iz o'ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o'yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o'zlarining idrok, xotira, tasawur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli-rolli o'yinlarda bolalar, asosan, o'zlari har kuni ko'rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o'yini asta- sekinlik bilan jamoa shaklidan xislatlarga ega bo'lib boradi.

Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan, ularning jamoa o'yinlari orqali kuzatish qulaydir Bu o'yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko'proq o'zaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, jamoa o'yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, "poyezd" o'yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko'mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, kassir, stantsiya xodimlari va yo'lovchilar bo'ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o'yinlari artistlarning faoliyatiga o'xshaydi. Chunki, jamoa o'yinidagi har bir bola o'z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o'yinni umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o'zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma'lum rollarga bo'lingan jamoa o'yin, bolalardan qat'iy qoidalarga bo'ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o'yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o'yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o'yin qoidalariga, tartib-intizomga bo'ysunish va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Katta bog'cha yoshida syujetli-rolli o'yinlar esa endi o'z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o'yinlar jarayonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda tashkilotchilik ko'nikma va malakalari rivojlana boshlaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar shug'ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san'atning ham ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasawur etish xarakteriga ko'ra, uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasawur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog'cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruxiy holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi,

Bu yoshdagi bolalar rasm chizishga nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o'yin faoliyatining o'ziga xos bir shakli bo'lib hisoblanadi. Bola awalo ko'rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o'zi biladigan, xotirasidagi va o'zi o'ylab topgan narsalarni chizadi.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahamiyatga ega bo'lib, aynan shunday o'yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yoqimli vaqt - yutish va muvaffaqiyat bo'lgan musobaqa o'yinlarining ham ahamiyati juda katta.

Katta bog'cha yoshida qurish o'yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O'yinda bola sodda mehnat ko'nikma va malakalarini egallay boshlaydi. Predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur namunalari rivojlana boradi.

3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo'lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos - ritmik harakatlar qilishga o'rganadilar. 3-7 yosh davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:



  • predmetlarni o'rganishi;

  • individual predmetli o'yinlar, jamoa syujetli-rolli o'yinlar;

  • individual va guruhiy ijod;

  • musobaqa o'yinlari;

  • muloqot o'yinlari;

  • uy mehnati.

Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyatlari haqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o'yinchog'i masalasiga ham to'xtab o'tish kerak.

Bolalarga o'yinchoqlarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko'proq nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.

Ma'lumki, 1-3 yoshdagi bolalar hali tashqi muhitni juda oz o'zlashtirgan bo'ladilar. Ular hali ko'p narsalarning rangini, hajmini ham yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ularga qo'g'irchoq bilan birga har xil rangli kiyim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniqsa, qiz bolalar o'z qo'g'irchoqlarini har xil rangli matolarga o'rab, ro'mol qilib o'ratib mashq qiladilar. O'g'il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig'adigan quticha o'yinchoqlarni berish foydalidir.

O'yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo'lgan ta'lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o'zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun odam, awalo, yetarli darajada nutqni egallagan bo'lishi, ma'lum malakalar, uquvlar va sodda tushunchalarga ega bo'lishi kerak bo'ladi. Bularga bola yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, o'yin faoliyati orqali erishadi.

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHDAGI BOLALAR BILAN O'TKAZILADIGAN KORREKSION-RIVOJLANTIRUVCHI O'YIN-MASHG'ULOTLAR

"Uchinchisi ortiqcha" (3-5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun)



    1. Kattalar uchta so'z aytishlari kerak. Masalan, "burgut", "chumchuq", "yo'lbars". Bola aytilgan so'zlarning barchasi jonli ekanligini, lekin burgut va chumchuq - qush, yo'lbars esa hayvon ekanini aytishi kerak.

    2. Bolaga "sut", "sharbat" va "kulcha" so'zini aytishingiz, bola esa bularning barchasi yegulik ekanini, lekin sut va sharbat ichilishini, kulcha yeyilishini aytishi lozim. Boshida bola bu o'yinga uncha tushunmasligi mumkin, lekin siz unga yordamlashib nima jonli, nima jonsiz, yeyiladigan, ichiladigan va hokazolar to'g'risida ma'lumot berib o'tishingiz kerak. Birinchi o'yinda u bir narsani, ikkinchisida esa ikkita narsani bilib oladi. Natijada bolalar nafaqat aytilgan predmetlarning qanday va nima maqsadda ishlatilishinigina emas, balki mantiqiy fikrlashni ham o'rganadi.

Bu yoshdagi bolalarni harakatli o'yinlar bilan ham o'zingizga jalb etishingiz mumkin. Masalan, samolyot qanday qanot yozib uchishini, qanday tovush chiqarishini, ayiq polvon qanday yurishini, ovozining yo'g'onligini ko'rsatib, bolalar bilan xona bo'ylab yuring.

"Xotira o'yini" (3-5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun)



      1. Stol ustiga bir necha predmetni qo'yib qo'ying. Ular olti- yettitadan oshmasligi kerak. Bolalar bu predmetlarni ko'rib olishiga bir necha daqiqa vaqt beringda, predmetlarni ustini yopib qo'ying. Bolalar stol ustida qanday predmetlarning borligini bir necha soniyadan keyin aytishi kerak.

      2. Bolalar predmetlarni bir necha daqiqa ko'rib bo'lgach, ko'zini yumib turing va bir predmetni olib, qolganlarining joyini almashtirib qo'ying. Bolalar olib tashlangan predmetning nomini aytib berishi lozim bo'ladi.

3. Stol ustidagi predmetlarning birini olib tashlamasdan, aksincha, yana bir predmetni qo'shib qo'ying. Bu o'yin bolalarning nafaqat diqqatini oshirishga, balki xotirasini ham rivojlantirishga yordam beradi. Qiziqarli tomoni shundaki, bu o'yin usuli bilan nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham diqqat-e'tibori, xotirasini tekshirish mumkin.

Kechqurun barcha oila a'zolari bir joyga to'planganida kattalar diqqatini, xotirasini ularning kichkintoylari ham tekshirishlari ular uchun juda maroqli bo'ladi.

"O'rningni top!"

(3-5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun)



        1. Bu o'yin bolalarni prdemetlarni qayerga tegishli ekanini aniqlashlariga yordam beradi. Buning uchun siz qoshiq, kitob, daraxt, likopcha, doska, qalam, sumka, javon, lampa va hokazolarning kichikroq rangli suratlari va kattaroq qilib chizilgan oshxona, tabiat va maktab suratlarini yonma-yon qo'yib chiqishingiz kerak. Shundan so'ng bolalar kichikroq hajmdagi predmetlar qayerga tegishli ekanligini topishi kerak.

        2. Bolalarga bundan ham qiziqarliroq bo'lishi uchun o'rmon va hovlili uy-joy hamda uy va yowoyi hayvonlar tasvirlangan suratlarni chizing. Barcha rasmlarni aralashtirib chiqing. Bolalar hayvonlar uyda boqiladimi yoki o'rmonda yuradimi, shuni topib o'rniga qo'yishlari kerak. Bu o'yin o'ynalayotganda o'rmonda va uyda yana qanday hayvonlar bo'lishi mumkinligi haqida aytib о'ting va iloji boricha ularning rasmlarini chizib ko'rsating. Keyingi safar yana shu o'yinni o'ynayotganingizda uy hayvonlari va yowoyi hayvonlarning qanday ovoz chiqarishi, qanday yurishi haqida ham gapirib bering. Bu o'yin-mashg'ulot bolalarning hayvonot dunyosi haqidagi tasawurlarini oshiradi.

"Bu nima?"

(3-5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun)

5 yoshli bolalarga unchalik murakkab bo'lmagan shakllarni nuqtalar yordamida chizib chiqing. Bolaga esa bu nuqtalarni birlashtirish kerakligini tushuntiring. Bola nuqtalarni birlashtirih bo'lgandan so'ng uning nima ekanligini aytadi va ichini bo'yab chiqadi. Rasmni bo'yashdan oldin uning rangi qanday bo'lishi kerakligi haqida ham ma'lumot berib о'ting. Chizilgan shaklni u o'zi istagan ranglarda bo'yashiga ham imkoniyat bering. Muhimi, u turli ranglardan foydalanishi kerak.

"Doira" o'yini

Bolalar doira bo'lib o'tirib oladilar. Bunda har bir bola doiradagi qolgan bolalarni ko'rib turishi lozim. Tarbiyachi: "Ana endi hech kim chekkada qolib ketmaganligini bilish uchun, bir-birimiz bilan ko'zlarimiz yordamida salomlashib chiqamiz. Men birinchi bo'lib boshlayman. Men hamma bilan salomlashib bo'ganimdan so'ng mening qo'shnim salomlashishini boshlaydi". Tarbiyachi har bir bola bilan salomlashib bo'lgach, yonidagi bolaning yelkasini qoqib qo'yadi. Shundan so'ng keyingi ishtirokchi salomlashishini boshlaydi. O'yin shu tariqa oxirgi bolagacha davom etadi.

"Ko'zgu" o'yini

Tarbiyachi: "Menimcha, har biringizning uyingizda ko'zgu bo'lsa kerak, shundaymi? Ko'zgusiz ko'rinishimiz qandayligini bilish qiyin kechadi. Xo'sh agar qo'l ostingizda ko'zgu bo'lmasa nima qilish kerak? Kelinglar, bugun sizlar bilan ko'zgular o'yinini o'ynaymiz. Hozir har biringiz o'zingizning juftingizni topib, bir-biringizga qarab turib olasiz. Kim odam, kim ko'zgu rolini bajarishini aniqlab oling. Keyin esa rollaringiz bilan almashasiz. Ko'zgu odamning har bir harakatini aniq takrorlasin. Chunki noaniq harakat qiluvchi ko'zgular bo'lmaydi. Tayyormisiz? Qani bir harakat qilib ko'raylikchi!



n

Tarbiyachi o'ziga sherik topib o'yinni qanday o'ynash kerakligini bolalarga ko'rsatadi. Shundan so'ng bolalar mustaqil harakat qila boshlaydilar. Tarbiyachi esa bolalarning harakatlarini kuzatib boradi. Qiynalayotgan juftliklarga yordam beradi.

"Shamol esmoqda" o'yini

Bolalar doira bo'lib stullarga o'tirib oladilar. Boshlovchi: "Kiyimida qizil rang bo'lganlarga shamol esmoqda"- deydi. Shunda kiyimida qizil rangi bo'lgan bolalar o'rinlaridan turib, joylarini almashtirishlari kerak. Aynan shu paytda boshlovchi o'ziga bo'sh stul topib o'tirib oladi. Stulsiz qolgan bola boshlovchilik qiladi. Barcha bolalarni turg'azib yuborish uchun "Bo'ron boshlandi" deyish mumkin.



"Sovg'a" o'yini

O'yin awalida tarbiyachi: "Bolalar, kim sovg'a olishni yaxshi ko'radi? Siz nimani yaxshi ko'rasiz? Bugun siz bilan o'ylab topilgan sovg'alar berish va olish o'yinini o'ynaymiz. Tasawur qiling, siz xohlagan sovg'angizni do'stingizga taqdim etishingiz mumkin. Do'stingizga qarang, unga nima sovg'a qilgan bo'lar edingiz? Keling, doira bo'ylab bir-birimizga xatti-harakatlar orqali sovg'alar taqdim etamiz. Sovg'a olgan kishi minnatdorchilik bildirishni unutmasin". Bolalar bir-birlariga sovg'a berib bo'lganlaridan keyin, qaysi sovg'a eng yoqimlisi bo'ldi, sovg'a berish yoqimlimi yoki olishmi savollari bilan bolalarga murojaat qilish mumkin.

"Nima dumalaydi?"

Bu o'yin bolalarni narsalarning shakli bilan tanishtiradi. Bolalar bilan quvnoq o'yin-musobaqa uyushtiring, kim, o'z shaklini pol yoki stolga o'rnatilgan o'yinchoq darvozadan tezroq dumalatib o'tkazadi. Dumalatish uchun sharcha va kubni taklif eting. Awaliga bolalar uchun darvozaga nimani dumalatib kiritishning farqi bo'lmas, lekin bir necha urinishdan so'ng u sharchani tanlagan odam yutayotganini tushunib qoladi. Xuddi shu paytda - nega aynan sen shu shaklni, sharni dumalatmoqchisan? - deb so'rang. Unga o'z xatti-harakatini asoslash, xulosa chiqarishiga yordamlashing. "Sharcha dumalaydi, kubik dumalamay to'xtab qoladi". Bola e'tiborini kubdagi o'tkir qirralarga qarating. Shaming tekisligini, qirralari yo'qligini ko'rsating. Shar va kub tasvirini chizib ko'rsating. Rasmda ular oddiygina doira va to'rtburchak shaklida namoyon bo'ladi. Bolaga shar va kub rasmini chizishni taklif qiling.

"Qo'g'irchoqni kiyintiramiz"

Bolalar narsalar kattaligi bilan tanishishda turli o'lchamdagi bir xil predmetlarni taqqoslashdan foydalanadilar. Ularga 2 ta qo'g'irchoq (katta va kichik) va ikkita kiyim-kechak to'plamini tavsiya eting. Qaysi kiyim qaysi qo'g'irchoqqa tegishli ekanligini aniqlash bolalarga havola etiladi. Qo'g'irchoqlar sovuq yeyotgani, ularni kiyintirish lozimligini ayting. Agar bolalar kiyimlarni taqsimlashda xato qilsa, hechqisi yo'q. Kiyimlar qo'g'irchoqqa katta yoki kichik kelganini bolaga ko'rsating. Topshiriq to'g'ri bajarilgach, bolalarni rag'batlantirib: - katta qo'g'irchoqqa katta ko'ylak, kichik qo'g'irchoqqa kichik ko'ylak kiydirdik - deb ayting.

Agar sizda kerakli o'lchamda qo'g'irchoq va kiyim bo'lmasa, uni boshqa narsalar bilan almashtirish mumkin. Karton qog'ozdan yasalgan qo'g'irchoqqa qog'ozdan qirqilgan kiyim-kechak tayyorlab berish mumkin. Topshiriqni bir oz murakkablashtirish uchun 3 ta qo'g'irchoq va ular uchun kiyim-kechak tayyorlash kifoya.

"Sichqonchani yashir"

Bolalar narsalarnig rangiga e'tibor qilishni o'rganishlari uchun turli rangdagi qog'ozlardan katta to'g'ri to'rtburchaklar tayyorlang, har bir shakl o'rtasidan darcha qirqing. Tagiga sichqon rasmi chizilgan oq qog'ozni yopishtiring. Sichqon derazadan qarab turgan bo'ladi. Derazadan- kattaroq o'lchamda to'rtburchakli eshik tayyorlang. Bolaga o'yinchoq mushukni ko'rsatib u sichqon ovlagani ketayotganini ayting. Har bir sichqonchani yashirish uchun derazani shu rangdagi eshik bilan yopish kerak. Shunda mushuk derazani payqamay qoladi. Mushuk uxlayotganda bolaga sichqonchalarni yashirish imkonini bering. Keyin mushukni ovga chiqaring. Agar bola topshiriqni noto'g'ri bajargan bo'lsa mushuk sichqonchani olib ketadi. Agar bu hoi bolani xafa qilsa, xatosini to'g'rilashga imkon bering.

"Xuddi menday bajar"

Bolalar ketma-ket turishadi. Har bir orqadagi bolaning qo'li oldidagisining yelkasida turadi. Olib boruvchining birinchi ishorasida birinchi bola o'ng qo'lini yuqoriga ko'taradi, ikkinchi ishorada ikkinchi bola qo'lini ko'taradi va hokazo.

Hamma bolalar o'ng qo'llarini ko'targanlaridan so'ng, xuddi o'sha tartibda chap qo'llarini ko'tarish taklif etiladi. Keyingi ishora bilan bolalar awal o'ng qo'llarini, so'ngra chap qo'llarini pastga tushiradilar. O'yin ikki marta takrorlanadi, ikkinchi martasida tezlik oshiriladi, xatolikka yo'l qo'ygan bola o'yindan chiqadi.

Mashq ixtiyorsiz diqqatni oshiradi.

"Yer, suv, havo, olov"

Bolalar davra qurib o'tiradilar. Olib boruvchi o'yin sharti bilan tanishtiradi: agar u "yer" desa, hamma qo'lini pastga tushirishi kerak, agar "suv" desa qo'llarini oldinga cho'zadi, "havo" deganda qo'llarini tepaga ko'taradi, "olov" so'zida har ikki qo'l kaft va bilaklarini tashqaridan ichkariga aylantiriladi. O'yin ikki marta takrorlanadi, ikkinchi marta adashgan o'yindan chiqadi.

Mashq eshitish va harakat sezgilarini, diqqatni rivojlantirishga qaratilgan.

"Nimadan nima bo'ladi?"

Bolalar davra qurib o'tiradilar. Olib boruvchi navbat bilan bolalarga murojaat etib savol beradi: "Nimadan nima bo'ladi?" Tuxum, jo'ja boshqalar. Agar bolalardan javob chiqmasa, olib boruvchi har bir so'zga bir necha variantlarni aytib berishi mumkin. Masalan tuxumdan jo'ja... Qaysi bola eng ko'p variantlarni aytsa, uni g'olib deb topiladi.

Mashq diqqat, tasawur, fikrlash, nutqni rivojlantiradi.

"Nima bo'ladi, agar ..."

Har bir bolaga biron tirik jonzot to'g'risida (odam, xayvon) ertak, hikoya o'ylab topish taklif etiladi. Har bir bola o'ylab topgan hikoyasini qolganlarga aytib beradi. O'ylab topish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

Mashq tasawur va nutqning rivojlanishiga yordam beradi.

"Oila" rasmining tahlili (ota-onalar uchun)

Sizning oldingizda bolangiz chizgan rasm turibdi. Rasm orqali nimalarni anglash mumkin? Esda tuting, bolangiz chizgan rasmdan o'z aksingizni topishingiz mumkin. Ular orqali oilangizda yuz berayotgan voqea va xodisalardan ogoh bo'la olasiz. Rasm orqali oiladagi kelishmovchilik, bolaning ruhiy kechinmalari to'g'risida ma'lumotlar olishingiz mumkin.

Ular: 5


  • Oila a'zolarining ba'zi birlari rasmda aks etmasa, demak u shaxs bola uchun ahamiyatsiz, demak rasmda esdan chiqarilgan shaxs bolani hafa qilgan. Aka- ukalarning rasmlari chizilmagan bo'lsa yoki sxemali, yuzsiz, kichik hajmda chizilsa, ota-ona mehriga nisbatan qizg'anchiqlik, raqobatdan dalolat beradi. Ko'pincha aka- ukalar hayvonlar rasmi orqali tasvirlanadi.

  • Ba'zi-bir rasmlarda bola o'zini va o'ziga yaqin odamlarning rasmini chizadi. Ota-onalarini tasvirlashmaydi. Demak, ota-onasi bolaga kam e'tibor berishadi. Bolaning yuz tuzilishlari qalam bilan qattiq yurgizilgan, qo'llari katta-katta chizilgan, demak bola atrofdagilarning muhabbati va diqqatiga sazovor bo'lish uchun intilayapti. Agar bola faqat o'zinigina ifodalasa, demak bola faqat o'zini o'ylashidan, atrofdagilar bilan muloqotda bo'lmasligidan darak beradi. Aks ettirilgan oila a'zolarning joylashishi va hajmi oilaviy o'zaro muhabbatning psixologik xususiyatlarini ifodalaydi va bola buni qanday sezishini tasawur etishni ko'rsatadi.

Masalan, rasmda kimning bo'yi eng baland bo'lsa, o'sha oilada bosh bo'ladi, kimning rasmini o'z yonida ifodalasa, o'sha bilan yaxshi muloqotga killshadi. Agar bola o'zini alohida chizgan bo'lsa, demak bola yolg'izlanib qolgan bo'ladi. Oila a'zolari bir-biriga yaqin joylashtirgan bo'lsa, bola ularni birlashtirishga harakat qilayotganini ko'rsatadi.

Rasm orqali bola o'z fikrini, xohishini, nimadan xavotir olishlarini, nimadan qo'rqishlarini rasmda ifodalab berishlari mumkin. Oila a'zolaridan kim bilan ko'proq birga bo'lsa, o'shaning rasmini chizadi. Odamlarning oyoqlari qalin qilib chizilgan bo'lsa, bu oiladagi kelishmovchilikdan dalolat beradi. Ba'zi bir bolalar otalarini qo'lsiz, og'izsiz chizishadi, demak bu ota og'lini ko'p jazolaganidan, u bilan kam gaplashishidan dalolat beradi. Agar oilada yaxshi munosabat bo'lsa, aks ettirilgan shaxslar yuzida quvnoqlik aks etgan, yaxshi munosabat bo'lmasa, rasmlar sxema usulida berilgan bo'ladi.

Jismoniy tomondan jazolangan bola o'zini juda kichik hajmda aks ettiradi, ota-onasining tishlari va qo'llarini uzun qilib tasvirlashadi. Agar bola qo'llarini qo'lini tepaga qaratib chizsa, bu bolaning vajohatidan dalolat beradi. Agar rasmda oyoqlar proportsional chizilmasa, demak o'sha odamning o'ziga nisbatan ishonchi yo'q. Oyoqlar uzun-uzun qilib chizilsa, bu bolaning mustaqil bo'lishga ehtiyoj borligidan dalolat beradi.

Quyidagi holatlarni rasm orqali izohlasa bo'ladi:



Bola uyini yaxshi ko'radi: hamma oila a'zolarining umumiy faoliyati tasvirlanadi. Hech kirn esdan chiqmaydi, qalamda oddiy chiziq bilan rasm solingan, kontur bo'yalmagan, shtrixlanmagan bo'ladi.

Uy sharoiti bolani qoniqtirmaydi: Figura pozalari- vajohatli, ba'zi -bir figuralar o'chirilgan. Ayrim figuralarda ba'zi tana-a'zolari ifodalanmagan. Oila a'zolarining ayrimlari alohida-alohida aks ettirilgan. Ayrim figuralar bir xil hajmda emas, ayrim oila a'zolari umuman aks ettirilmagan. Kimdir orqasi bilan aks ettirilgan.

Bolaga kam ahamiyat berishadi: Rasm avtori juda kichik hajmda va orqasi bilan aks ettirilgan. Avtor boshqa oila a'zolaridan ajratilgan yoki umuman aks ettirilmagan. Avtor harakatda emas, boshqa oila a'zolari harakatda ifodalangan.

Bolaning holati havotirli. Rasm ichidan shtrixlangan, bo'yalgan, o'chirilgan izi ko'rinib turibdi. Qattiq bosib chizilgan, bir necha chiziq ustma-ust tushgan. Rasm past va tepa tomondan chegaralangan.

Kimni birinchi bo'lib chizsa - u bola uchun aziz inson.

O'zini yirik qilib chizsa - demak, uyda unga ko'proq ahamiyat berishadi.

Yopiq yuz - bola oilada bo'lishni xohlamaydi.

Og'zi, labi katta bo'lsa, vajohat belgisi;

Yoritgich uskunalari, quyosh rasmi chizilsa, oilada iliqlik bor.

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH

O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta'lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha ta'lim muassasalarida, shuningdek MTMlariga jalb qilinmagan bolalar uchun MTMlarda, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftada 2-3 marta shug'ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta'lim shaklini tanlash huquqi beriladi.

6-7 yoshli bolaning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko'prik vazifasini o'tashini, oila yoki MTMdagi ta'lim- tarbiya sharoitlarida maktab ta'limiga ozorsiz o'tkazishni ta'minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta'limiga o'tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o'zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta'limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo'lmagan bilim, tushuncha, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'ladi.

Ye take hi mutaxassislarning fikriga ko'ra "Maktabga tayyorgarlik" tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi:



  • jismoniy,

  • shaxsiy (ruxiy),

  • aqliy

  • mahsus tayyorgarlik.

Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog'lomligi, harakat ko'nikmalari va sifati, qo'l mushaklari va ko'rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligiiii nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasawurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, o'zini-o'zi nazorat qilishga, hamda uquv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o'z ichiga oladi.

Bolaning maktabda ta'lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko'proq bog'liq bo'ladi. Chunki butun o'quv faoliyati shularga, ya'ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya qilish, muloxaza yuritish, o'z tasawurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta'lim olishi uchun amaliy intellekt rivoji ya'ni, uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. Va nihoyat, mahsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o'rgatish va uning maktabning 1-sinf o'quv dastur materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.

Bolalarni maktabda o'qitishning samaradorligini ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktabda o'qishga tayyorgarlik - MTM va oilada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolaga qo'yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni bolaning yangi ijtimoiy psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bo'lishi lozim yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi.

Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat sistemasining o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o'rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo'lgan erkin o'yin faoliyatidan farqli o'laroq, endi ta'lim majburiy bo'ladi va birinchi sinf o'quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab qilinadi. Ta'lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi o'zgaradi, erkin o'yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan o'quvchining o'z xatti- harakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma'suliyati ancha- muncha ortadi.

Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan bolalar bog'chasida tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta'minlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari lozim bo'lgan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta'minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko'ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotlarda tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita o'zaro bog'langan jihatlarda: "Maktabga o'qishga umumiy psixologik tayyorgarlik" va "Maxsus tayyorgarlik" tarzida ko'rib chiqiladi.

Maktabga umumiy tayyorgarlik MTMning maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta'lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo'ladi.

Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharaoitlariga va o'quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.

Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi.

Psixologik tayyorgarlik tushunchasi maktab ta'limi nuqtai- nazaridan 1-sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarini muvoffaqiyatli jamlaydi.

Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi o'quvchi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o'quv faoliyati elementlarini egallashi iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'lishda asoslangan tayyorlikni o'z ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o'quv materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.

Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o'qishga umumiy psixologik tayyorligiga qo'shimchadir, u bolada matematika va on a tili kabi o'quv fanlarini o'rganish uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. MTMda bolalarda eng oddiy matematika tasawurlarini tarkib toptirish, nutqni o'stirish hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta'minlaydi.

Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o'zaro munosabatning yangi sistemasiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo'lishi darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo'lishi kerak.

Bolaning maktabda (o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha o'zaro bog'langan jihatlar mayjud bo'lib, ulardan muhimlari ma'naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir.

Maktabda o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy xissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o'zining o'qituvchi va sinfdoshlari bilan o'zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi.

Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta'lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo'ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha ta'lim yoshi davomida rivojlanadigan o'z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish, daf'atan asabiylashib ketishiga erk bermaslik, qo'yilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o'ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg'itadiganiga qarshi o'laroq bajarish ko'nikmasi va shu kabilar e'tiborga loyiqdir. Bo'lajak o'quvchi xulq-atvordagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini maktabgacha ta'lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o'zaro bo'ysunuvchilari tashkil qiladi.

Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning harf topishida, shuningdek katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.

Mustaqillik bilan uzviy bog'langan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to'g'ri odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulq-atvordagi uyushganlik va intizomlilik bilan xulq-atvordagi maqsadga yo'nalganlikda, o'z faoliyatini MTMda qabul qilingan qoidalarga muvofiq ongli tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o'z xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o'z xatti-harakatlari uchun shaxsiy ma'suliyatni xis qilishda o'z ifodasini topadi.

Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o'zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishdir. Tajribaning ko'rsatishicha maktabdagi o'qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda "jamoatchilik" sifatlari: do'stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat bilan munosabatda bo'lish, tashkilotchilik ko'nikmalari, hushmuomalalik, g'amxo'rlik bildirish, o'zaro yordamga tayyorlikning qanchalik muvaffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog'liqligini ko'rsatadi. Bola xulq- atvorida jamoachilik hislarida bunday majmuining mavjudligi uni maktabga axloqiy tayyorgarligining ko'rsatkichi bo'la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilan muomalada ko'tarinki ijobiy ruxni yuzaga keltiradi.

Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlik, shuningdek, axloqiy xissiyot va bola ongi rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Bu o'rinda eng ibratlisi bolalarning axloqiy xulq atvorining ijtimoiy ahamiyatini tushunarli, ularda o'z xatti harakatlarini mustaqil baholash qobiliyatini rivojlantirish, ma'suliyat, haqgo'ylik, insoniylik va fuqarolik xissiyotlari elementlarini shakllantirishdir. Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning mehnatga munosabatini ifodalovchi sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, atrofdagilar mehnatiga hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir.

Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o'qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo'lishidir. Bilimlarning bu fondi o'qituvchi o'z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi.

Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir. Bilimlar sifatining ko'rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasawurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchalar mazmuni va xajmining to'liqligi; o'zlariga tushunarli o'quv va amaliy vazifalarni xal etishda bilimlarni mustaqil qo'liana olish qobiliyatlari; muntazamlilik, ya'ni maktabgacha tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar o'rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.

Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo'lishidir. Bu o'rinda:



Birinchidan, bilish jarayonining o'sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma'no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va xodisalarni rejali idrok etish, qo'yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq xal etish qobiliyati va shu kabilar,-

Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarnmg aniqligi, idrokning to'liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;

Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o'qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda bo'lajak o'quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar bog'chasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko'p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda xodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va xodisalardagi asosiy aloqa, bog'liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o'xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko'nikmasi tarkib toptiriladi. Bo'lajak o'quvchilarda aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: o'z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko'nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo'yish va uni xal etish ko'nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi.

Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan o'quv faoliyati elementlarini egallab olinishini ham o'z ichiga oladi.

Bolalar muntazam ta'lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o'quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o'quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko'rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan ko'rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o'z faoliyati, xulq-atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko'nikmasini, o'zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini egallab olishlari kerak.

Nutqni qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo'lishi bolani maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug'atning boyligi, o'z fikrini mantiqiy grammatik to'g'ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi - bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o'qishning zaruriy sharti hisoblanadi.

Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang'ich asoslari oddiy matematik tasawurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, ko'nikma va malakalar doirasi ham kiradi.

Shunday qilib, maktabdagi o'qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o'zaro bog'langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan sistemalashtirilgan tasawurlar hamda elementlar tasawurlar, nutq va elementar o'quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o'quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi.

Bolani maktabda o'qishga jismoniy tayyorligi o'qishning muvaffaqiyatli bo'lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chiqish munosabati bilan bola turmush tarzining qayta qurilishi, kun tartibining o'zgarishi, jiddiy o'quv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo'r berishni talab qiladi. Maktabga jismoniy tayyorlik ko'pgina tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bu birinchi navbatda bola salomatligining yaxshi bo'lishi, organizimning chiniqqanligi, ma'lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko'rsata olishidir. Bolalarni maktabga tayyorlashda barmoq mayda muskullarining rivojlanishi alohida o'rin egallaydiki, bu yozuvni muvaffaqiyatli egallashning zaruriy sharti.

Maktabga jismoniy tayyorlik shuningdek bola tomonidan madaniy gigiyenik malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi.

Jismoniy tayyorlik bola maktabga yetuklikni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.

Maktabga yetuklikni aniqlashda bola sog'ligining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko'rsatkichlar suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir sistemasining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko'p omilli tahlildan, maktabga funksional tayyorlikni "Maktabga yetuklik"ni asosiy ko'rsatkichi va eng awalo bir qator fiziologik funksiyalarining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi. Bularga: partada anchagina uzoq muddat o'tirish uchun zarur bo'ladigan tormozlanish qobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni yaxshi boshqarish, jumladan yozish va rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo'ladigan barmoqlarning mayda harakatlari; ijobiy va tormozlanishiga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning yetarlicha rivojlanganligi taa'luqlidir.

Bolalarni tekshirish ularni maktabda olti yoshdan o'qishlari mumkinligini aniqlash imkonini beradi.

Bolalarni maktabga jismoniy tayyorliklarmi tekshirish natijasi ko'pchilik bolalarda uning asosiy ko'rsatkichlari norma atrofida ekanligini va xatto undan ilgarilashini ko'rsatdi

Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg'ulotlari., xilma-xil harakatli o'yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat rejimi bolalarni maktabda о'qishiga jismoniy tayyorligini ta'minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan MTMda va oilada maktabga tayyorlanadi. MTMlarda bolalarni rivojlanishi va maktabga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshadi:



  1. Bolalar nutqini rivojlantirish

  2. Jismonan rivojlantirish

  3. Ma'nan rivojlantirish

Bolalarni maktabga tayyorlashdan maqsad bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq sog'lom va yetuk, maktabga o'qishga tayyorlangan tarzi shakllanishdan iboratdir.

1. Jismoniy rivojlanganlik darajasi



  • Mustaqil tarzda jismoniy mashqlarni bajara olish;

  • Buyruqqa (start, stop) asoslanib yugura olish;

  • Narvon yordamida tepalikka chiqa olish va pastga tusha olish;

  • 5 sekund davomida arqonda osilib turish;

  • Arg'imchoq ucha olish;

  • Cheklangan saf va chiziq bo'ylab yura olish;

  • Qiya qo'yilgan taxta ustidan yurib o'ta olish;

  • Bir oyoqda qaldirg'och bo'lib tura olish;

  • Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko'tarish, pastga surish va bir joydan ikkinchi joyga ko'chira olish;

  • Joyidan turib 15-20 marta sakray olish, 70-80 sm uzunlikka sakray olish, 30 sm balandlikdagi to'siqdan sakrab o'tish;

  • To'xtamasdan 2-3 minut davomida yugura olish; 100 metr masofani to'xtamasdan yugurib o'tish;

  • 10 metr masofani emaklab o'tish;

  • Safda to'g'ri turish va safhi uzunasiga yurish;

  • Saflanish va qayta saflanishni bilish;

  • Musiqa ohangiga mos holda harakat qila bilish;

  • Koptokni irg'itish va ilib olish;

  • Hon izi shaklida yurish;

  • To'p-to'p bo'lib aylana bo'ylab yura olish;

  • Xalq o'yinlari "Kim chaqqon", "Oq terakmi - ko'k terak?", "Quyonim quyonim ne bo'ldi?", "Chitti gul", "Bog'lam-bog'lam", "Kim oladi shuginani".

2. Nutq va tafakkurni rivojlanganligi

  • Tovush, so'zlarni aniq va to'g'ri talaffuz etishi; 3000 tadan ortiq so'zni tushunish va bilish;

  • Rasmga qarab gap tuzish;

  • Ertak va hikoyani tinglash, mazmunini tushunish;

  • Eshitgan kichik ertak va hikoyalarni qayta so'zlab berish;

  • Ifodali nutqqa ega bo'lish;

  • Tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so'zlab berish;

  • Ifodali nutqqa ega bo'lish;

  • Turli mavzudagi 6 ta she'rni yoddan aytish;

  • Ota-ona, tarbiyachi tavsiyasi bilan hayotiy mavzular bo'yicha qisqacha hikoya tuzish;

  • Kattalar va o'rtoqlari bilan suhbatda faol ishtirok etish;

. - Kattalar va o'rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo'lish; va h.k.

Bolaning tafakkurini rivojlanishiga oid.



  • O'z fikrini mustaqil, erkin bay on etish va xulosa chiqara olish;

  • Mantiqiy tafakkur qilish malakalariga ega bo'lish;

  • Tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash, analogiya va boshqalarni) yoshiga mos rivojlanishi;

  • Fikriy mushohada yuritish;

  • Tevarak atrofni to'g'ri idrok etish;

  • Ta'limiy o'yinlar vositasida tafakkurni peshlash.

  • Gul, daraxt turlarini rangiga, bargiga, mevasiga qarab farqlay olish.

  • O'z fikrini talab ehtiyojlarini so'z bilan ifodalash;

  • Qirqib bo'laklarga ajratgan voqeaband rasmlarni terish, yaxlitlash;

  • Turli tasvirlardan yaxlit obraz yarata olish;

  • Geometrik shakllardan ma'lum mazmunga ega bo'lgan tasvirlar tuzish;

  • So'zlardan gap tuza olish;

  • O'z fikrini bayon etganda taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qila olish;

  • Birinchi o'nlikdan son tarkibi (alohida birlikdan) va 2 3 4 5 6 7 8 9 10 sonlarini o'zidan kichik bo'lgan ikki kichik sondan tarkib topganligini bilish;

  • Birinchi o'nlikdagi har bir sonni qanday hosil bo'lishini bilish, buning uchun son qatoridagi awalgi songa 1 ni qo'shish va keyingi sondan 1 ni ayirish.

  • 0123456789 raqamlarini hamda + - = ishoralarini bilishi;

  • 200, 500, 1000, 5000 so'mli pullarni bilish;

  • O'tayotgan xafta kunlarini ketma-ketligini, kun qismlarini bilish;

  • 10 tagacha bo'lgan birikmalardan sanash, sanab ajrata olish;

  • Narsalarni sonini raqam bilan muvofiqlashtira olish;

  • To'g'ri va egri chiziqlarni uchburchak to'rtburchaklarni bir- biridan farqlash hamda tasvirlash.

  • Hozirgi zamon texnikasi komp'yuter haqida tasawurga ega bo'lish;

  • Ekologiyani bilish;

  • Mevali daraxtlarni olma, uzum, shaftoli, nok, olcha, gilos, olxo'ri, o'rik nomlarini bilish va hamda tasawurga ega bo'lish;

  • Manzarali daraxtlarni tol, terak, archa, chinor haqida tasawurga ega bo'ladi;

  • Gullar, atirgul, boychechak, qoqigul, chinni gul, lolaqizg'aldoq haqida tasawurga ega bo'lish;

  • Sabzavot va poliz ekinlarini nomlarini bilish;

  • Xona o'simliklarini boshqa o'simliklardan farqi.

  • Uy hayvonlari qo'y, sigir, ot, bo'ri, eshak, it, mushuk, echki, yowoyi hayvonlardan bo'ri, tulki, ayiq, parrandalardan tovuq xo'roz, o'rdak, g'oz, xashoratlardan chumoli, ninachi, ari, qo'ng'iz, kapalak nomlarini bilish va ular haqida tasawurlarga ega bo'lish.

  • Qushlarni qaldirg'och, chumchuq, musicha, kabutar, bulbul, qarg'a, to'ti nomlarini bilish va u haqida tasawurlarga ega bo'lishlari kerak;

  • Uy ro'zg'or, stol, stul, xontaxta, javon haqida tasawurlarga ega bo'lish;

  • Uydagi elektr jixozlaridan elektr chiroq, televizor, radio, magnitafon, dazmol haqida tasawurlarga ega bo'lish;

  • Transport vositalari velosiped, avtobus, avtomobil, trolleybus, tramvay, metro, poezd, samolyot haqida tasawurlarga ega bo'lish;

  • Tog', daryo, ko'l, bog', gulzor, paxtazor, ekin maydonlari, yaylov haqida tasawurlarga ega bo'lish;

  • Xavo, suv, quyosh, shamol, bulut, yomg'ir, qor haqida yoshiga mos ravishda tasawurlarga ega bo'lish;

  • Yil fasllari nomini ketma-ketligini tabiat o'zgarishlari haqida ilk tasawurlarga ega bo'lish;

  • Kun va tunni farqini anglash;

  • Ertalab, kechqurun, peshinni farqlashi;

3. Ma'naviy madaniy yetuklik

  • Ona Vatani O'zbekiston haqida qisqacha so'zlab berish;

  • O'zbekiston bayrog'i, gerbi haqida fikr;

  • Vatan tuyg'usi, vatanparvarlik xislari va milliy g'ururni yoshiga mos ravishda bilishi;

  • Xalqiga Vataniga mehr va sadoqat xislarini shakllantirish;

  • Beruniy, Ibn Sino, A.Temur, Navoiy, Ulug'bek, Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasawurga ega bo'lish;

  • Milliy bayramlar haqida qisqa so'zlab berishi;

  • To'g'ri salomlashish va xayrlashishni bilishi;

  • O'zidan kattalarga sizlab murojaat qilishi;

  • Qo'lini ko'ksiga qo'yib iltifot ko'rsatishi;

  • Uyda ko'chada mexmon borligida kiyadigan kiyimlarni farqlanishini va ularni o'z o'rnida kiyishi;

  • Shirin so'zli bo'lish va mehribonlik qila bilish;

  • O'tirish va yurish qoidalarini bilish ularga rioya qilish;

  • Uyda bog'chada mehmonda ko'chada o'zini qanday tutish kerakligini bilish va unga rioya qilish;

  • Yaxshilik va yomonlikni farqlash;

  • O'rtoqlari bilan birgalikda o'ynay olish;

  • O'yin maydonida muloqot qila olishi va o'rtoqlarini ranjitmaslik zarurligini bilish;

  • Xol-ahvol so'rashni bilish;

  • Kattalar mehnatini qadrini bilish;

  • O'ziga ishonish;

  • Ojiz va kuchsizlarni himoya qilishni;

  • O'z-o'ziga xizmat qila olishi;

  • Uyda yoki bog'cha hovlisida yengil mehnatlarni bajara olishi;

  • Oshxona anjomlarini choynak, piyola, qoshiq, likopcha, pichoq kabilarni vazifasini bilish;

  • Mehnatsevar bo'lish, yaxshi odat ekanligini bilish;

  • Mehnat qurollarini tesha, bolg'acha, boltacha, qaychi, o'roq kabilarni vazifasini bilish;

  • Tejamkorlik zarurligi bilishi;

  • O'zini ozoda tuta olish;

  • To'g'ri yuvinishi;

  • Sochiq, sovun, tish yuvish pastalari va cho'tkasidan to'g'ri foydalanishi;

  • Mustaqil sochni tarash, turmaklashi;

  • Mustaqil tartibli kiyinish va yechinishni;

  • Kiyim, o'yinchoq va xona anjomlarini o'z joyiga qo'ya bilishi;

  • Ovqatlanish qoidalarini bilishi va unga rioya qilishi;

  • Tasviriy san'at asarlaridan zavqlana olishi kerak;

Maktabning bola shaxsiga qo'yadigan asosiy talablaridan bin

psixologik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini o'zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o'quv faoliyatining o'ziga xosligi bilan uzviy bog'liq.

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, maktabda psixologik aniq bir mazmun doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o'zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), ma'naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir.

Aksariyat xollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi haqida gapirliganda uning so'z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko'proq e'tibor beriladi. Ota-ona, xatto ayrim o'qituvchilar ham bola qanchalik ko'p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo'ladi, deb o'ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan- texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go'yo ma'lumotlar ummonida suzib yurgandek bo'lmoqdalar. Bu esa ulardagi so'z boyliklarning keskin o'sishiga asos bo'lmoqda, lekin bu ularning tafakkuri ham shunday jadallikda rvojlanayapti, degan gap emas.

Maktabda amal qilinayotgan o'quv dasturlarini o'zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, taxlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rvojlangan bo'lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham xozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, so'rovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib o'tilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga mo'ljallangan metodikalardan iboratdir.

5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim ko'rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa-xodisalar o'rtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu o'rinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki ulardan muvaffaqiyatli foydalana oladigan bo'ladilar.

Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bo'la borsada, predmetlar va ularning (tafakkuri) о'mini bosuvchilar bilan aniq xatti-harakati obrazliligicha qolaveradi.

Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida yetakchi faoliyat turi bo'ladigan - o'quv faoliyatiga tayyorlangan bo'lishi lozim. Bunda bolada ma'lum bir tegishli masalalarning shakllangan bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o'quv topshirig'ini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar birinchi sinf o'quvchilaridan topshiriqda o'zi belgilagan o'zgarish, yangilik alomatlarini qidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki o'yin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi va bola o'zlashtiradi.

Yuqorida to'xtalib o'tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishi uchun yagona zamin emas.

Agar bola zarur malaka va ko'nikmalar zaxirasiga ega bo'lsa, unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham yuqori bo'lsa-yu o'quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan tayyor bo'lmasa, maktabda o'qib ketishi qiyin kechadi. Agar o'qituvchi yoki ota-ona uni o'qishga qiziqtira olmasalar, o'quv vazifalarini zo'rma-zo'raki, sifatsiz, qo'l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bo'ladi.

Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni xohlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yo'l qo'yilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota- onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qo'rqitish xollari ham kuzatiladi.

Turli ta'na-dashnomlar bolada maktabdan qo'rqish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bo'lishi mumkin. Shunday qo'rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo'lgan munosabatini o'zgartirish, ularda o'ziga nisbatan ishonch uyg'otish uchun xaddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e'tibor zarur bo'ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda shubhasiz, murakkab jarayondir.

Bolani birinchi sinfda o'qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan bo'ladigan muloqotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog'liq bo'lmagan xolda, shaxsiy ahamiyatga ega bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday muloqot bolaning kattalar e'tiboriga va hamdardligiga bo'lgan ehtiyoj va ehtiyojlarni kattalar tomonidan qondirilishi bilan xarakterlanadi. Muloqotning bu shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga e'tibor, ular murojaatini tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan ham ularga nisbatan shunday e'tibor ko'rsatilishiga bo'lgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (ko'chada, uyda, mehmonda, ishxonada) o'zlarini qanday tutishlarini farqlay oladilar. Kattalarning bunday xulqini anglash evaziga bolalar ham kattalarga, o'qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon qiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bo'lsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan ham tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib boriladigan ta'lim jarayonini murakkablashtiradi.

Ota-onalar har bir bola ruxiy rivojlanishida o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bo'lishini yodda tutishlari lozim. Ba'zi bolalar endigina birinchi so'zlarni o'zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqachon ma'lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bo'ladilar.

Ta'lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo'lishi ma'lum darajada nasliy omillar bilan ham bog'liqdir.

Bolalar o'z temperament xususiyatlariga ko'ra ham bir- birlaridan ajralib turadilar:


  • Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o'zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar - sangvinik temperamentga mansub bo'ladilar.

  • Ko'pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta'sirchan, kamgap, sust bolalar - melanxolik temperamentga kiradilar.

  • Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar - flegmatiklardiT.

  • Jaxldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar - xolerik hisoblanadilar.

Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bo'lishiga qarab ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ba'zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha marta ko'rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba ko'rsatilsa yetarli bo'ladi. Shunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar.

Bolalar o'zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba'zi bolalar ko'p savol beradilar va harakatchan bo'ladilar, ba'zi bolalarni esa hech narsa qiziqtirmaydi. Bu borada bolada ma'lum bir ko'nikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda muhimdir.



MAKTABGACHA TA'LIMGA OID ASOSIY TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG'ATI

Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasawurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, o'zini-o'zi nazorat qilishga, hamda o'quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o'z ichiga oladi.

Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma'lumotlari, voqeliknining inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasawurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi

Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi. Maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida "Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi" tuzilgan. O'zbekiston xalq ta'limi Vazirligi bu dasturni respublikamizning o'ziga xos tomonlarini: iqlimi, jug'rofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug'ilgandan to yetti yoshgacha bo'lgan bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim va malakalar hajmini o'z ichiga oladi. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi.

Bolalarni bilimlarini sinovchi mashg'ulotlar - ushbu mashg'uloti ami o'tkazishdan maqsad, tarbiyachi dasturda belgilangan bilim va-malakalarini egallash darajasini bilib oladi va keyingi ishlari davomida ularni inobatga oladi.

Bolalarni maktabga tayyorlashning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq sog'lom va yetuk, maktabga, o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib borishdan iboratdir.

Bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy vazifalari esa: bolalarni jismoniy, aqliy, ma'naviy jihatdan kamol toptirish ularning sog'lomligini muhofaza qilish; bolalarning ijodkorlik, mustaqillik, erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun, shart-sharoitlar yaratish vazifalarini qo'yadi.

Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish "Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash" tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi.

Bolani maktabga tayyorlashning yo'nalishlari. Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra "Maktabga tayyorgarlik" tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi:

  • jismoniy,

  • shaxsiy (ruxiy),

  • aqliy

  • maxsus tayyorgarlik.

Direktiv hujjat bu - yo'l-yo'riq, ko'rsatma, ya'ni yuqori bo'limlar tomonidan quyi bo'limlarga yoki rahbarning o'z xodimlariga bergan ko'rsatma, yo'1-yo'riqlariga aytiladi.

Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog'lomligi, harakat ko'nikmalari va sifati, qo'l mushaklari va ko'rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi.

Joriy rejalashtirish. Bu har yili amalga oshiriladigan moliyaviy xo'jalik ishlaridir. Maktabgacha ta'lim muassasalari va yuqori bo'limlarning munosabati, reja, boshqarish, Davlat korxonasi birlashmasi to'g'risidagi Xalq ta'limida xo'jalik mexanizmining asosiy qoidalari doirasidagi qonunning ayrim qoidalariga rioya qilish asosida ish yuritadi.

Indikator - bolaning ko'z bilan ko'rsa va o'lchansa bo'ladigan ko'nikma va malakalari ko'rsatkichi. Har bir talab tarkibiga kiruvchi bu komponent, mazkur talabni egallashi uchun bola nimalar qilishni bilishi kerakligini ko'rsatadi. Har bir talab bir nechta ko'rsatkichlarni o'z ichiga olishi mumkin

Istiqbol rejada 10 yoki 5 yillarga mo'ljallanadi. Bu xalq ta'limi moliyaviy ekonomiya bo'limlarda va uzoq muddatga mo'ljallangan rejalarda aks etadi.

Qobiliyat - bu shaxs faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko'nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga keladigan farqlarda namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiyatidir.

Kompleks mashg'ulotlar - bu mashg'ulot bolalar bog'chasi tajribasida keng tarqalgan bo'lib, bunday mashg'ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi.

Kuzatish atrof olam predmetlari va xodisalarini maqsadga muvofiq rejali idrok etishdir. Kuzatish murakkab bilim faoliyati bo'lib unda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etadi. Barqaror diqqat talab etiladi. Kuzatilayotgan xodisani tushuntirishda bolaning tajribasi, bilimi va malakalari muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Tabiatni bolalar bilan birgalikdla kuzatishni tashkil etar ekan, tarbiyachi bir qator vazifalarni hal etadi: bolalarda tabiat haqida bilimni shakllantiradi. Kuzatishni o'rgatadi, kuzatuvchanlikni o'stiradi, estetik jihatdan tarbiyalaydi.



Ko'nikma - insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Ko'nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qo'llay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko'nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Ko'nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko'nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy ko'nikmalar bilim olishga, uni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ko'nikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik to'g'ri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Ko'nikmalar esa ko'proq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi

Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharaoitlariga va o'quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.

Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan

ifodalanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi "Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari" orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib u davlat hujjati sifatida e'tirof etiladi.

Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.

"Maktabgacha ta'lim" jurnali - ilmiy-metodik oylik jurnal, "Sog'lom avlod uchun" jurnali ilovasi. Jurnalda maktabgacha ta'lim nazariyasi, metodikasi, amaliyoti masalalariga bag'ishlangan maqolalar, mashg'ulotlar, manbalar yoritiladi. "Maktabgacha tarbiya" jurnali 1991-yili O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi muassisligida ta'sis etilib, 1992-yil yanvardan chiqa boshlagan. 1995 yilda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan "Maktabgacha tarbiya" jurnal negizida "Sog'lom avlod uchun" jurnali tashkil etilgan. 1999 yildan boshlab "Sog'lom avlod uchun" jurnal muassisligida "Maktabgacha ta'lim" nomi bilan "Sog'lom avlod uchun" jurnalining ilova nashri sifatida chiqmoqda.

Maqsad va vazifalari: maktabgacha ta'lim va tarbiyaga doir barcha masalalarni - oila, davlat va jamiyat, jamoatchilik muassasalari darajasida o'rganish, kun tartibiga qo'yish, muhokama etish, ularning ilmiy, metodik yechimlarini topishda ko'maklashish, maktabgacha ta'lim pedagogikasi nazariyasi, ilmi, amaliyoti muammolarini keng va har taraflama yoritish, pedagog va psixolog mahorati masalalarini tahlil etish, maktabgacha ta'lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirish uchun ijodiy sa'y-harakat ko'rsatish, mulk shaklidan qat'iy nazar barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini, oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasidagi maktabgacha ta'lim mutaxassislari tayyorlash tajribasini ommalashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga ko'maklashishdan iborat.

"Maktabgacha ta'lim" ilmiy-metodik, oylik jurnal har oyda 1 marta, yiliga 12 marta chiqadi.

Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy ish hujjatlari:


  1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

  2. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Konsepsiya.

  3. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom.

  4. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun.

  5. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi.

  6. Maktabgacha ta'lim sohasida chiqarilgan farmon buyruq, farmoyishlar, ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, direktiv va me'yoriy hujjatlardir.

Maktabgacha taTim muassasalari tiplari. Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi:

  • umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasasi;

  • ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun);

  • sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo'lgan bolalar uchun).

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko'rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to'la-to'kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta'limni mukammal o'zlashtirishga, mustaqil O'zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo'lib yetishishlariga zamin xozirlaydi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:


    1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.

    2. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish.

    3. Bolalarni ma'nan rivojlantirish.

Maktabgacha ta'lim muassasasi - davlat tomonidan belgilab berilgan huquqiy me'yoriy hujjatlar va maktabgacha ta'lim muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ularga qarab turish va ularni parvarishlash hamda sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ta'lim muassasalari.

O'zbekistonda bu muassasalarga bolalar yaslisi, yasli- bog'cha, bolalar bog'chasi kiradi. MTM 2 bosqichdan iborat. 1- bosqich bolalar yaslisi bo'lib, u 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirish, nutqini shakllantirish, ularni moddiy borliq, atrof- olam bilan tanishtirish hamda gigiyena masalalari bo'yicha amaldagi tayanch dastur asosida ta'lim-tarbiya beriladi. 2- bosqich bolalar bog'chasi bo'lib, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarning nutqini rivojlantirish, ularning ma'naviy kamolotini ta'minlash, jismoniy jihatdan baquwat bo'lishlari uchun yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ham MTM mavjud bo'lib, ular maxsus dastur hamda texnik vositalar bilan ta'minlangan.



O'zbekistonda MTM ning moddiy texnika bazasi hamda metodik ta'minotini yaxshilashga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilingan. MTM uchun yaratilayotgan dasturlar va metodik qo'llanmalar pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari hamda davlat va jamiyat talablariga tayangan holda yaratilmoqda. Bugungi kunda O'zbekistonda davlat va nodavlat MTM mavjud. Ular qaysi tashkilot qaramog'ida bo'lishidan qat'iy nazar O'zR Xalq ta'limi vazirligi uni kadrlar bilan ta'minlaydi va faoliyatiga ilmiy-pedagogik jihatdan rahbarlik qiladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: - maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko'rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

  • maktabgacha ta'lim muassasasi mol niulkini <• hi" berilgan vakolatlar doirasida tasarrul el.adi;

  • ishonchnomalar beradi;

  • bank muassasalarida hisob raqamian o< liadi

  • maktabgacha ta'lim muassasasi xodiml.n in! i .Ihih i • I• iit qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, ia<| Imll.intli .iintizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tu/llwin m. Iin.it shartnomalari (kontraktlari)ni to'xtatadi;

  • o'z vakolatlari doirasida buyruqlar (Itirmoyl'.hl.u) chiqaradi;

  • maktabgacha ta'lim muassasalniininn Ishlnriiii takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkambr.li (xliml.it m ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yich.i i.iMHI.u ni Ko'rib chiqish uchun xalq ta'limini boshqarish yuqori orq.inlu.i klrll.adi,

  • bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza c|lli\hnlng :;amnrali tashkil etilishi, o'quv-tarbiya jarayoni, moliya xo'jallk laoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazaning mustahkaml.inr.ln v.i moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:

  • bolalarni yuqori professional darajadn o'qitish va tarbiyalash;

  • pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr- qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof muhitga HUiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;

  • o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish;

  • o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagoglik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasasi uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha tarbiya Davlat jamoat tizimining asosiy bo'g'imi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo'limidir. Maktabgacha ta'lim muassasasi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda ularning maktabga tayyorlashda yetakchi rol o'ynaydi.

Maktabgacha ta'lim gigiyenasi - maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning rivojlanishi va sog'lig'iga hayotiy shart- sharoitlar hamda pedagogik jarayonning ta'sirini o'rganishga qaratilgan maktab gigiyenasining maxsus tarmog'i.

Maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlar. Quyidagi bolalar:

  • I va II guruh nogironlari;

  • ko'p bolali oilalarning bolalari;

  • harbiy xizmatchilarning bolalari;

  • talabalar va pedagoglarning bolalari maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar.

Qabul komissiyasi, shuningdek ota-onalari maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika - bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istisno tarzida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta'lim muassasasi rejadagi quwati umumiy sonining 20 foizidan ortiq bo'lmasligi kerak.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar - 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni anglatuvchi tushuncha. Bu yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o'zgarishlari bo'ladi. Bola rivojlanish jarayonida o'z ajdodlari tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajribani o'zlashtiradi, atrof-muhitdagi narsalar va hodisalar bilan muloqotga kirishadi. Bu bolada faoliyat mayllarining rivojlanishi yordamida amalga oshiriladigan hatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, qobihyatlarning o'sishida namoyon bo'ladi. Bu jarayonda unga oilaning katta yoshdagi a'zolari va tarbiyachilar yaqindan yordam beradilar. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog'cha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya ularning murakkab harakatlarini o'zlashtirish, oddiy gigiyena, madaniy va mehnat ko'nikmalarini shakllantirish, nutqni rivojlantirish hamda ijtimoiy ahloq va

estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilish davridir.

Bog'cha yoshidagi bolaning ko'zga tashlanib turadigan xususiyatlaridan biri uning harakatchanligi va taqlidchanligidir.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolaning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu awalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo'lish, o'ynash ehtiyojlarining mavjudligidir.

Bog'cha yoshidagi bola nutqni bir muncha to'la o'zlashtirgani tufayli unda o'ziga yaqin bo'lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan muloqotga kirishish ehtiyoji tug'iladi. U tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga int.ila boshlaydi. U endi qo'ni-qo'shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo'lib o'ynashga harakat qiladi, hamma narsani bilib olgisi keladi, u har narsani yangilik sifatida ko'rib, buni har tomonlama bilib olishga intiladi.

Bolaning hayotida va uning ruhiy jihatidan o'sishida qiziqishlar katta ahamiyatga ega. Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolani muayyan faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan murakkab ruhiy hodisa deyish mumkin. Bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida u bilan shug'ullanishdan zerikmaydi. Bu esa, o'z navbatida, bolaning irodasi, diqqati, e'tibori hamda muhim xislatlarni o'stirishi va mustahkamlashiga yordam beradi.

Bolaning yoshi ulg'ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofidagi narsa va hodisalarga oid dunyoqarashi kengayib boradi.

U atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Bu yoshda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining haddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar qiladigan, o'zining kuchi yetmaydigan, haddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga intiladi.

Tarbiyachi bolaning qaysi hohish va talabi uning haqiqiy ehtiyojini ifodalashini, qaysi talab va istagi esa amalga oshmaydigan shunchaki talab ekanligini farq qilishi lozim. Bu talab va istaklarning birinchisini qondirish, ikkinchisini esa sekin-asta, bolaga tushuntirib rad qilish kerak. Eng yosh chog'ida bola ijtimoiy hayot me'yorlariga muvofiq kelmaydigan istak va talablar bildirishga o'rganib qolsa, katta bo'lganda bu odatini tashlashi ancha qiyin kechadi.

Bola istaklarini qondirishning birdan bir yo'li o'yindir. Shu bilan bir qatorda bu davrda bolaning rivojlanishida musiqa, rasm chizish, raqsga tushish kabi faoliyat turlari uning hissiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Bu davrda 2 yashar bolaning so'z boyligi taxminan 250 - 300 tagacha; 3 yashar bolaniki 1000 - 1500 tagacha; 7 yashar bolaning so'z zaxirasi 4000 taga yetishi kerak.

Buning uchun ota-onalar va tarbiyachilar hamkorlikda bolaning nutq boyligini o'stirish, ularda so'z ma'nolari va nutq tovushlarni bir-biridan farqlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning kundalik faoliyatlari hamda hissiy kechinmalarini muntazam rag'batlantirishlari kerak.



Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar jamoasi - muayyan o'zaro munosabatlar tizimi (o'yin, hayotiy masalalar) yoki umumiy mashg'ulot turi asosida birlashgan kichik yoshdagi bolalar guruhi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni o'qitish va

tarbiyalash davlat tilida va "Davlat tili haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida guruhlar soni muassasaning quwatidan va guruhlarning rejali to'ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan quyidagicha belgilanadi:


  1. yoshdan 3 yoshgacha - kamida - 15 bola, biroq 20 boladan ortiq emas;

  2. yoshdan 6-7 yoshgacha - kamida - 20 bola, biroq 25 boladan ortiq emas.

Ixtisoslashtirilgan va sanatoriy yo'nalishidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida guruhlarning to'ldirilishi bolalarning toifasiga va yoshiga (ikki yoshdan boshlab va uch yoshdan katta yoshdagilar) qarab belgilanadi va tegishli ravishda

quyidagichani tashkil etadi:



  • nutqi og'ir nuqsonli bolalar uchun - 10-12 bola;

  • nutqi fonetik-fonematik nuqsonli bolalar uchun faqat uch yoshdan katta yoshdagi bolalar uchun - 12-15 bola;

  • kar bolalar uchun - 8 bola;

  • yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun -10-12 bola;

  • ko'zi ojiz bolalar uchun - 6 bola;

  • yaxshi ko'rmaydigan bolalar, ambliopiyali, g'ilay bolalar uchun - 6 - 10 bola;

  • tayanch-harakatlanish a'zosi buzilgan bolalar uchun - 6 - 10 bola;

  • intellekti buzilgan (aqliy noraso) 3 yoshgacha bolalar uchun - 6 bola;

  • uch yoshdan katta yoshdagi aqli zaif bolalar uchun - 10 bola;

  • sil intoksikatsiyasi mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15 -20 bola;

  • tez-tez kasallanib turadigan bolalar uchun - 15 -20 bola;

  • murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) bolalar uchun - 8-10 bola;

  • rivojlanishida boshqacha nuqsonlari (endokrin kasalliklar) mayjud bo'lgan bolalar uchun - 15 - 20 bola.

Maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasasiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim jarayonining qatnashchilari. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota- onalar yoki ularning о'mini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta'lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida to'lov miqdori.

Bolalarning maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi uchun to'lov miqdori va uni to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. To'lov belgilangan tartibda bank muassasalarida ochilgan hisob raqamlariga to'lanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri boshlanadi.

Maktabgacha taTim muassasasining asosiy vazifalari.

Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:


  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;

  • bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;

  • bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;

  • bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

  • bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

  • bolalarni maktabda o'qishga tayyorlash.

Maktabgacha ta'lim muassasasining ish rejimi va

bolalarning u yerda qancha vaqt bo'lishi maktabgacha ta'lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi.



Maktabgacha taTimning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlashdan iborat.

Maktabgacha ta'limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog'lom va yetuk, maktabga o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish.

Maktabgacha ta'lim pedagogikasi - pedagogikaning maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qommiyatlari, prinsiplari, vositalari, shald, usul va metodlarini o'rganuvchi sohasi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi bola psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, tibbiyot, gigiyena, shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari bilan uzviy bog'liq. 19-asrning 2-yarmida umumiy pedagogikadan ajralib chiqqan. Bu bir tomondan yosh psixologiyasining rivojlanishi va ilmning alohida tarmog'i sifatida namoyon bo'lishi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan ayollarning fabrika va zavodlarga jalb etilishi natijasida bolalar muassasalarining vujudga kelishi bilan izohlanadi. Ingliz utopik sotsialisti R.Ouen birinchi bo'lib bolalarga ilk yoshdan ijtimoiy tarbiya berish g'oyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanning maxsus tarmog'i sifatida shakllandi va rivojlana boshladi. 20-asr boshlarida erkin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish g'oyasi keng tarqaldi.

Maktabgacha ta'lim pedagogikasining asosiy vazifasi - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning mazmun, shakl va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Maktabgacha ta'lim pedagogikasining metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi hamda shaxsning evolyutsion tarzda taraqqiy etish qonuniyatlari, O'zRning 1997 yildagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", o'zbek xalqining ma'naviy-axloqiy merosi hamda bola tarbiyasiga oid tarixiy tajribasi, ilg'or mamlakatlardagi pedagogik qarashlar, pedagogika psixologiya, falsafa, etika, estetika, tilshunoslik, tibbiyot, odam fiziologiyasi va gigiyenasi, antropologiya kabi fanlarning ilmiy asoslari, xulosalari hamda qonuniyatlari tashkil qiladi.



Malaka - bajarilishi yod bo'lib ketgan, takomillashgan ko'nikmalar tizimi

    1. psixologiyada - muayyan kasb, ishni yaxshi o'zlashtirish natijasida orttirilgan mahorat.

    2. Huquqda - ishni bajarish uchun qanday kasb qay saviyada egallaganligini ko'rsatuvchi daraja.

Maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o'rgatish va uning maktabning 1-sinf o'quv dastur materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.

Mashg'ulotlar - MTMda o'qitishning tashkil etish shaklidir. Ular maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiy; ular uchun dastur mazmuni belgilangan, kundalik rejimida doimiy vaqt ajratilgan, ularning qancha vaqt davom etishi tayinlangan.

Mashg'ulot tarbiyachi tomonidan bolalarga kerakli bilim va malakalarni umumiy holda xabardor qilish demakdir.

Mashg'ulotni tuzilishi:


  • bolalarni uyushtirish

  • asosiy qism

  • yakuniy qism

Metod - boshqarish usuli.

MTMlarda bolalarni maktabga tayyorlash. MTMlarda bolalarni rivojlanishi va maktabga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshadi:

  1. Bolalar nutqini rivojlantirish

  2. Jismonan rivojlantirish

  3. Ma'nan rivojlantirish

Mudira - maktabgacha tarbiya muassasasining tashkilotchisi rahbari, malakali pedagog. Uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli xal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik maqsadiga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik. Bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.

Mudiraning tashkiliy - pedagogik ishlarini rahbarligi,

Tashkiliy - pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi.


    1. Bayram ertaklarini o'tkazish va rahbarlik.

    2. Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish.

Masalan, ochiq mashg'ulot, sayrlarni kuzatish.

    1. Xalq ta'limi bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, san'at bayrami, sport bayramlarini o'tkazish.

Mudiraning ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilar:

      1. har bir guruhdagi ta'lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o'rganish va tahlil qilish guruhning ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o'tkazilgan ishlarning hisobotidir.

      2. guruhning jihozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi.

Mudira har kvartalda bir marta umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira 1 xaftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo kamchiliklar bilan bolalar tarbiyasiga oid muammolar xal etiladi.

Muammo - har qanday tizimda mavjud va zarur bo'lgan holatdan chetga chiqishni tavsiflovchi vaziyat (voqelikni)ni anglatadi.

Normativ hujjat - normalar qoidasiga asoslangan

hujjatdir.

Masalan: Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat normasi bo'yicha ishga qabul qilish, smeta bo'yicha harajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish normalari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va x.k. iborat.

Rivojlanish - bu insonning ruhiyati va organizmidagi sifatiy o'zgarishlaridir. Bu o'zgarishlar ijtimoiy muhit, uy-joy sharoitlari, uni qurshab turgan kishilarning ta'siri natijasida yuz beradi.

Rivojlanish - bu obyektiv jarayon bo'lib, tashqi va ichki boshqariluvchi omillar tomonidan miqdor va sifat jihatidan fizik va ma'naviy shakllanish, ya'ni, shaxsning fazilatlari, sifatlar va xulqlarning shakllanishi, tushunchalarning chuqurlashishi, kengayishi, osondan - qiyinga, oddiydan - murakkabga, mavhumdan - bilishga, oddiy hayot kechirish shakllaridan - oliy faoliyatga o'tish jarayonidir.



Rivojlanish sohasi (Domen) - bola shaxsi rivojlanishining jabhalari sifatida belgilanadi va odatda aniq bir yo'nalishda o'z aksini topadi. Bundan tashqari har bir alohida soha ichida ayrim aniq yo'nalishlar rivojianishiga tegishli bo'lgan bo'limga ajratiladi (masalan, "jismoniy rivojlanish, o'z-o'ziga xizmat va gigiyena yo'nalishdagi "mayda motorikani rivojlantirish bo'limi")

Stil - boshqarish uslubi - rahbar shaxsini psixologik, xarakteri orqali boshqarish.

Talab - aniq yosh davrida bolalar bilishi va bajara olishi shart bo'lgan talablar majmui.

Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruxiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi.

Ta'lim - bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta'lim jarayonida ma'lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta'lim tor ma'noda o'qitish tushunchasini anglatadi.

Ta'limga yondashuv - kattalarning bolalar bilan ta'lim jarayonini tezlashtirish va talabni egallashga yo'naltirish maqsadida, uy yoki maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiradigan faoliyat turlari. Ushbu chora-tadbirlar mazkur talabni o'zlashtirish va bajarishga yo'naltirilib, aksariyat hollarda ta'lim olish jarayoniga qiziqtirish uchun kattalar va bolalarning birgalikdagi harakatlari bo'lishi lozim.

O'qish - bilish, mashq va tajribalarni egallash orqali xulq va faoliyatning yangi shaklini paydo bo'lish jarayoni.

Hayot havfsizligi - berilgan talablar doirasida turli ko'rinishdagi rivojlantiruvchi faoliyatlar uchun xavfsiz muhitni tashkil etishga oid tavsiyalar.

Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy xodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi.

I Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi.- Т.: O'zbekiston, 1999. -29 b.

I Davletshin M.G., Sh.Do'stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyeva 'Tosh davrlari va pedagogik psixologiya" o'quv metodik qo'llanma. Т.: 2004. 118 b.

I O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". - T.:0'zbekiston, 1997

I Davletshin M.G., Sh.Do'stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyeva 'Tosh davrlari va pedagogik psixologiya" o'quv metodik qo'llanma. T.:2004. 1] 8- b.




Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish