Xulosalar
Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning to‘htovsiz o‘sib borishi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo‘lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni echish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi:
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish;
kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va
1 Bu usulning nazariy va amaliy jihatlari va uni qo‘llashning ahamiyati проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова
«Инновационние методи в преподавании экономической теории»; Sh.Shodmonov, M.Raxmatov “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining ikki chigal tuguni va uning еchimi. Monografiya. Toshkеnt: Iqtisodiyot, 2019 yil nomli kitoblarida batafsil bayon etilgan.
qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega deb bo‘lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy asosidir. U fundamental fan bo‘lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo‘naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari va kategoriyalari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni to‘g‘ri hal qilib bo‘lmaydi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashashi hamda faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining bilish, amaliy, uslubiy va g‘oyaviy- tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik, milliy g‘urur, yangilikka intilish, tejamkorlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasi g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |