mamlakatimizda tegishli qonunlar bilan kafolatlangan.
Tijorat sirini himoya qilish mexanizmi
Mamlakatimizda ochiq demokratik jamiyat qurilmoqda. Bu hamma
narsa «ochiq» bo‘ladi degani emas, Bozor munosabatlari sharoitida
erkin raqobat mavjud ekan, tijorat sirining ham saqlanib qolishi
muqarrar. Shu tufayli korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash
uchun uning tijorat sirini saqlay bilishi lozim. Bu o‘z-o‘zidan amalga
oshmaydi. Buning bir qancha mexanizmlari mavjud .
1. Tashkiliy tadbirlar. Bunda korxonaning xavfsizligini ta’minlash
uchun alohida xavfsizlik xizmati tashkil qilindi. Bu xizmat korxonaning
tegishli axborotlarining maxfiyligini saqlash chora-tadbirlarini ko‘radi.
2. «Ochiq testlar» o‘tkazish tadbirlari. Korxonaga xodimlarni
ishga qabul qilishda ishlayotganlarini esa vaqti-vaqti bilan test orqali
sinab turiladi. Bu test orqali xodimning mazkur korxonaga sodiqligi,
axborotlarga, ayniqsa, maxfiy axborotlarga e’tibori aniqlanadi.
Chunki nufuzli korxonalarga raqobatchi korxona ayg‘oqchilari, maxfiy xufiya
iqtisodiyot vakillari kirib olishga harakat qiladilar. Bu
vakillarning xodimlar tarkibiga kirib qolishi ushbu jamoada axloqiy,
ruhiy muhitni buzishga, tegishli axborotlami o‘g‘rilab olishga harakat
qiladi. Tabiiyki, bunday holat korxonaning ishini orqaga ketkizadi,
ko‘zda tutilgan foydani olish imkoni boMmaydi. Xullas, bankrotga
uchraydi. Shu tufayli «Ochiq .testlar» ushbu xavfning oldini olishda
muhim ahamiyatga ega.
tartibdagi jismoniy va yuridik shaxslar hayotida sodir bo‘layotgan
ko‘plab hodisalarni misol keltirish mumkin. Shu tufayli boshqa
korxonalar bilan hamkorlik qilingan paytda, albatta, ularga ishonch hosil
qilish uchun ulaming aholini, o‘zini tutishini tekshirib ko‘rish lozim. Biz
kim bilan, qanchagacha va qaysi muddatga shartnoma tuzilishi
lozimligini oldindan bilsak, bunday operatsiyalami amalga oshirish, har
holda, ma’lum ma’noda, ishonchli bo'ladi.
«Bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va xususiy
mulkka asoslangan lizing, sug'urta kompaniyalari, kredit uyushmalari,
mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning
qonunchilik asoslarini shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga
xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog‘liq».
Albatta, bozor munosabatlari har bir korxonani hushyor bo‘lish
bilan birga ko‘p hollarda risk (tavakkal) qilishga ham majbur qiladi.
Chunki bozor munosabatlarining tabiati shunday. Ammo tavakkal qilish
bilan birga korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli himoya
mexanizmlaridan ham foydalanish zarur.
Korxonalaming maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida
yuzaga keluvchi yo‘qotishlari umumiy ko‘rinishda quyidagalarga olib keladi:
ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-
texnika taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo‘qotiladi, ilmiy-
tadqiqot boMinmalarining yo‘nalishni o‘zgartirishlari uchun xarajatlari o'sadi;
ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lga xomashyo, texnologiya va hokazolami sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan sun’iy ravishda yaratiladi);
3.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rolo’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ish-lab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or Texnologiyalardan foydalanish,ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlaridaishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoshlashganligi va mahsulot-ning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskuna-lar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkich-lar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari; uskunalarning ishlash vaqti fondi; ishchilar soni; ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotida loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiyishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishningdarajasini aniqlaydi. Demak, ular o’rtasidagi ‘rintsi’ial farq shundaki, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlar-ning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan mazkur Chora tabirlar, ko’pincha ishlab chiqa-rish quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqa-rish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.
Mahsulotlar tannarxi kalkulyatsiyasi asosida tovar Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona nafaqat xomashyo, yoqilg‘i va boshqa mehnat vositalari bilan o‘z vaqtida hamda to‘liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa materiallarni sarflashning ilg‘or me’yorlarini qo‘llash, yaroqsiz mahsulot chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik yoki bu holatni minimumga tushirish, materiallardan faqat bevosita mo‘ljallanganligiga ko‘ra foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri qo‘llashni taqozo etadi.Sanoat korxonalari sarfining umumiy miqdorida materiallar sarfi miqdori tayyorlanayotgan mahsulotning material sig‘imiga bog‘liq ravishda muhim ahamiyat kasb etadi. Material sarfi ulushi yetarli darajada keng oraliqda tebranadi – u yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida eng yuqori bo‘lsa, kon sanoati tarmoqlarida eng past ko‘rsatkichga ega.
Materiallarni saqlash, moddiy qimmatliklarni yo‘qotish va hisobdan chiqarish, keraksiz materiallarni tashqarida sotish, yo‘qotishlar uchun aybdor shaxslardan undirish masalalari, shuningdek, moddiy qimmatliklar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish natijalari material resurslardan foydalanish tahlilida o‘z aksini topishi lozim. Bunday tahlil materiallar qanchalik samarali sarflanayotganligi va mahsulot hajmi hamda tannarxiga qanday ta’sir qilayotganligini aniqlashga imkon beradi.mahsulotning haqiqatdagi va rejalashtirilgan material sig‘imi aniqlanadi, keyin esa ular o‘rtasidagi farq topiladi. 2. Sarflardan olingan farqni tovar mahsulotni haqiqatdagi ishlab chiqarishga ko‘paytirgan holda materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfining umumiy miqdori topiladi. Hosil bo‘lgan umumiy miqdor material sig‘imi o‘zgarishining mahsulot tannarxiga ta’sirini tavsiflaydi. 3. Materiallar tejalishi yoki ortiqcha sarfi miqdorini mos ravishda tovar mahsulotning haqiqatdagi yoki rejalashtirilgan material sig‘imiga bo‘lish yo‘li bilan tejash hisobiga qancha qo‘shimcha mahsulot olinganligi yoki ortiqcha sarf hisobiga ishlab chiqarish qancha kamayganligi aniqlanadi.Ishlab chiqarish jarayonida uchta element ishtirok etadi: jonli mehnat, mehnat qurollari va mehnat ob'ektlari. Mehnat ob'ektlari - bu qazib olish sanoatidagi tabiiy resurslar (minerallar, o'simlik va hayvonot dunyosi), shuningdek ishlab chiqarishdagi moddiy boyliklar (xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya va boshqalar). Moddiy resurslar - bu asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg'i va energiya o'z ichiga olgan ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinadigan mehnat ob'ektlari. Moddiy resurslarning mohiyatini, tarkibini va tasnifini tushunish uchun ulardan oqilona va tejamli foydalanish muammosining dolzarbligini ta'kidlaydigan ba'zi nazariy va uslubiy jihatlarni ko'rib chiqish zarur. Moddiy resurslardan oqilona va tejamli foydalanish tushunchasini tenglashtirmaslik kerak. Ular noaniq va moddiy iste'molni boshqarishning ikki xil jarayonini tavsiflaydi. Moddiy resurslardan tejamli foydalanish ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy xarajatlarini kamaytirishga, har xil yo'qotishlarni bartaraf etishga qaratilgan ataylab amalga oshirilgan chora-tadbirlar tizimini nazarda tutadi. Iqtisodiyot kategoriyasi tejamkorlik kategoriyasidan farqli o'laroq, hodisaning o'lchovli, miqdoriy tomonini aks ettiradi. Bundan tashqari, tejamkorlik tejashga erishish vositasi yoki usuli sifatida xizmat qilishi mumkin. Shunday qilib, moddiy resurslarni tejash bu ma'lum bir sifat darajasini ta'minlash yoki uni yaxshilash, shuningdek, ijtimoiy va ekologik talablarni qondirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish birligi yoki hajmiga moddiy xarajatlar sarfini kamaytirishga qaratilgan (sanoat ichi, tarmoq, kamroq milliy iqtisodiy) tadbirlar majmuidir. Moddiy resurslardan oqilona foydalanish ularni takomillashtirishni va ularni ishlab chiqarish va qayta ishlashning eng maqsadga muvofiq usullarini izlashni ta'minlaydi.Moddiy resurslardan oqilona foydalanish mahsulotlarning iste'mol xususiyatlarini, uni ishlab chiqarish va iste'mol qilishning texnik, iqtisodiy va tashkiliy darajasini oshirishga va undan to'liq foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi. Bundan tashqari, materiallarni iste'mol qilishni ratsionalizatsiya qilish jarayoni tarmoqlararo va milliy iqtisodiy, kam hollarda tarmoq va ichki sanoat darajalaridagi faoliyatga asoslangan
Do'stlaringiz bilan baham: |