O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
5350100) “Telekommunikasiya texnologiyalari” yoʻnalishi talabasi
Suvonov Ahror Rixsor oʻgʻlining “Optik kirish tarmoqlarida telekommunikatsiya hizmatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
R A H B A R M U L O H A Z A S I
Mamlakatimizda keng formatli va optik texnologiyalarni joriy etish asosida telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. Aloqa tarmoqlarida “oxirgi mil” muammolarini hal qilishda abonent sektorida optik kirish tramoqlarini loyhihalashtirish va qurish masalalari ahamiyatli hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilinganlarni nazarda tutgan holda mazkur bitiruv malakaviy ishida, bitiruvchi A.R. Suvonov abonent sektorida optik kirish tarmoqlarini loyihalash masalalarini yoritdi. Xususan, bitiruv malakaviy ishida optik kirish tarmoqlarini qurishda qoʻllaniladigan texnologiyalar tahlili, Abonent sektorida optik kirish tarmoqlarini loyihalash va qurish, volos.expert dasturi yordamida abonent optik kirish tarmoqlarini loyihalash maslalari keltirdi.
Bitiruvchi A.R. Suvonov bitiruv malakaviy ishini berilgan reja asosida o‘z vaqtida bajardi. Bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida muntazam ravishda muloqotda bo‘ldi, berilgan topshiriqlarni bo‘lajak yetakchi muhandis xislatlarini namoyon etgan holda amalga oshirdi.
Soha jurnallaridan, texnik adabiyotlardan, elektron kutubxona materiallaridan va internet ma’lumotlaridan o‘z o‘rnida foydalana oldi. Bakalavr bosqichi davrida olgan bilimlarini o‘z vaqtida ko‘rsata olib, mazkur bosqichga har tomonlama mos ekanini isbotladi.
Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda ushbu bitiruv malakaviy ishini “a’lo” bahoga, uning muallifi A.R. Suvonovni esa “Telekommunikatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga munosib, deb baholayman.
«Telekommunikatsiya injiniringi»
assistsenti
|
S.S.Tursimuratov
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
(5350100) “Telekommunikasiya texnologiyalari” yoʻnalishi talabasi
Suvonov Ahror Rixsor oʻgʻlining “Optik kirish taqmoqlarida telekommunikatsiya hizmatlari)” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevral'dagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmonida, telekommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog‘idan keng doirada foydalanishini ta’minlash vazifalari keltirilgan. Bu vazifalarning echimlaridan biri sifatida telekommunikatsiya tarmoqlarida “internet ashiyolari”dan keng foydalanishni joriy etish eng samarali usullaridan hisoblanadi. Shu sababli taqriz qilinayotgan bitiruv malakaviy ishining mavzusini dolzarb deb o‘ylayman.
Bitiruvchi A.R. Suvonov malakaviy bitiruv ishini berilgan topshiriq asosida to‘liq bajarib,telekommunikatsiya hizmatlari bozorining tahlili, Zamonaviy kirish tarmoqlari texnologiyalari va ularning telekommukatsiya hizmatlari bozorini shakillantirishdagi o’rni, telekommunikatsiya hizmatlari zamonaviy bozorni rivojlanish istiqbollari faoliyati xavfsizligi savollariga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.
Bajarilgan malakaviy bitiruv ishi dolzarbligi va afzalliklariga qaramasdan quyidagi kamchilikka ega:
- BMI da berilgan ma’lumotlar boshqa tillardagi ilmiy adabyotlardan foydalanib oʻrganilishda, tarjima qilinganligi sababli ba’zi bir imloviy va stilistik xatolarni topish mumkin;
- BMI ishning II bobi da “PON texnologiyalarini qurish masalalari toʻliqroq yoritib berilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Ushbu kamchiliklarga qaramay, malakaviy bitiruv ishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmaydi. Ishni “yaxshi” bahoga, bitiruvchi A.R. Suvonov esa “Telekommunikatsiya” sohasida bakalavr darajasiga munosib, deb baholayman.
“UNICON.UZ” DUK
boʻlim boshlig‘i t.f.n. I.R.Berganov
Do'stlaringiz bilan baham: |