Mamlakatimizda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatning ilmiy hajmdor sohalarini yaratish iqtisodiyot rivojining dolzarb yoʼnalishlaridan hisoblanadi



Download 15,34 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi15,34 Kb.
#590930
Bog'liq
KIRISH


KIRISH

Zamonaviy elektronika va kompyuterlarda, ilmiy tadqiqot qurilmalarida, texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda boshqarishda, mehnat hamda atrof-muhit muhofazasida qalin qatlamli texnologiya asosida tayyorlanadigan rezistorlar va datchiklar (sensorlar) keng qoʼllaniladi. Bu texnologiyaning asosi - metall oksidlari bilan legirlangan silikat shisha boʼlib, elektr oʼtkazuvchanlik xossalari bilan u metallar va yarimoʼtkazgich (dielektrik) lardan keskin farq qiladi: 1) legirlash natijasida silikat shishaning solishtirma qarshiligi deyarli 18 darajaga (1016 Om·sm dan 10-2 Om·sm gacha) pasayadi; 2) solishtirma qarshilikning temperatura boʼylab oʼzgarishida minimum paydo boʼladi; 3) minimumdan keyin “metall” oʼtkazuvchanlik paydo boʼladi; 4) 700°S atrofida solishtirma qarshilik 5-6 martagacha, termoEYuK koeffitsienti 100 martagacha oshadi. Аmaliy jihatdan legirlangan silikat shisha asosidagi mahsulotning asosiy afzalliklari – texnologiyasi oddiyligi, xomashyo keng tarqalgani va bezararligi, turli tashqi taʼsirlarga chidamliligi. Legirlangan silikat shishadan rezistorlar tayyorlash texnologiyasi yaratilganiga yarim asrdan oshgan va bunday mahsulotlar dunyoda yiliga 100 mlrd. donadan koʼproq ishlab chiqarilsa, uning elektr oʼtkazuvchanlik xossalarini oʼrganishga mingga yaqin maqola va monografiyalar bagʼishlangan boʼlsa ham, bu materialda elektr oʼtkazuvchanlik mexanizmi yetarlicha oʼrganilgan emas. Jumladan, legirlash jarayonida silikat shisha bilan ligaturaning oʼzaro taʼsiri haqida qarama-qarshi fikrlar mavjud.


Mamlakatimizda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatning ilmiy hajmdor sohalarini yaratish iqtisodiyot rivojining dolzarb yoʼnalishlaridan hisoblanadi. Bunda yangi texnologiyalar asosida energiya tejamkorligini taʼminlash, qayta tiklanuvchan va muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish alohida ahamiyatga ega. Tashlandiq issiqlikdan elektr energiyasi olish orqali energiya tejamkorligini taʼminlashda termoelektrik generatorlar alohida oʼrin tutadi. Mavjud termoelektrik generatorlar samaradorligi past va narxi balandligidan keng qoʼllanilmaydi, va buning sababi - shu kungacha ishlatib kelinayotgan, kamyob va zaharli, texnologiyasi murakkab termoelektrik materiallar. Shunga koʼra keng tarqalgan, bezarar va texnologiyasi oddiy xomashyodan samarali termoelektrik materiallar yaratish dolzarb masala. Shunday materiallardan biri legirlangan silikat shisha boʼlib, dastlabki hisob-kitoblarga koʼra undan keng qoʼllanishga mos termoelektrik generatorlar yaratish mumkin. Аmmo bunda yuqorida koʼrsatilgan muammolarni hal etish lozim.

Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yunalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining matematika, fizika, mexanika fanlari va texnika fanlari ustuvor yoʼnalishlariga mos.


Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʼliqligi: Tadqiqot ishi xalqaro Uzb-Ind-2021-78 “Metall oksidlari bilan legirlangan silikatlarning termoelektrik xossalari va oʼz-oʼzidan tashkil boʼlish jarayonlari” loyihasi bilan bogʼlangan.


Muammoning oʼrganilganlik darajasi: Dunyo boʼylab legirlangan silikat shishadan qalin qatlamli texnologiya asosida turli rezistorlar va datchiklar yaratish boʼyicha 300 dan ortiqroq maqola, 10 ga yaqin monografiyalar bor, bu texnologiyalar asosida rezistorlar yiliga 100 mlrd donadan koʼproq ishlab chiqariladi. Respublikada qalin qatlamli texnologiya asosida turli rezistorlar yaratish va ulardagi fizikaviy jarayonlarni oʼrganish boʼyicha G. Аbduraxmanov, G.S. Voxidova, S.А. Mamatkulovalar bir necha yillar tadqiqotlar oʼtkazib, jahonda oldingilar qatoridan oʼrin olishgan, 100 dan ortiqroq ilmiy maqolalar, 1 monografiya chop etishgan, ixtiroga 5 guvohnoma, kompьyuter dasturiga 1 guvohnoma olishgan. 1 fan doktori (G. Аbduraxmanov) va 1 fan nomzodi (G.S. Voxidova) dissertatsiyalari yoqlangan.


Аmmo dunyoda legirlangan silikat shisha asosida termoelektrik materiallar yaratish boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazilmagan.
Tadqiqotning obʼekti va predmeti: Tadqiqotning obʼekti sifatida metall oksidlari bilan legirlangan silikat shisha tanlangan.
Tadqiqot predmeti – legirlash jarayonida ligatura atomlarining silikat shishaga diffuziyasi qonuniyatlari va bu qonuniyatlarning termoelektrik xossalarga taʼsiri mexanizmlari.
Kutilayotgan ilmiy yangiligi: legirlash jarayonida ligatura atomlarining silikat shishaga diffuziyasi qonuniyatlarini aniqlash orqali bu materialning termoelektrik xossalarini boshqarish yoʼllarini aniqlash keng qoʼllanishga mos arzon va samarali termoelektrik generatorlar yaratishga yoʼl ochadi.
Bajarilishi kutilayotgan taqiqot ishlari rejasi:
legirlash jarayonida ligatura atomlarining silikat shishaga diffuziyasi qonuniyatlari;
tadqiqot natijalaridan foydalanish boʼyicha tavsiyalar;
kamida 10 ta maqola va maʼruzalar, shu jumladan Scopus roʼyxatidagi jurnallarda kamida 2 maqola;
PhD dissertatsiyasi.
Download 15,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish