Xulosa va talliflar. Investitsiyalar iqtisodiyot tarmoqlarining keng ko'lamda kengayishining asosiy manbayi bo'lib xizmat qiladi. Investitsion muhiti yaxshi bo'lgan vaziyatda mamlakat hududida ichki va tashqi investitsiyaning to'g'ridan-to’g'ri kiritishga moyilroq hisoblanadi. Investitsiyalarning samarali kiritilishi inson resurslarini boshqarish, qurilish va infratuzilmalarni yaxshilash, uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsiyalarning zaruriy va samarali sohalarga kiritilishi natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
--- mamlakat iqtisodiyotining jadal sur'atlarda o'sishini ta'minlash va uning raqobatbardoshligini oshirish uchun xizmat qiladi;
--- yangidan-yangi ish o'rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikning kamayishi;
--- iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlagan holda aholi turmush darajasining yaxshilanishi;
--- texnika va texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalar natijasida mamlakatning fan-texnika taraqqiyoti tezlashadi;
Investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolarni quyidagi yo'llar bilan hal etish yuzasidan taklif sifatida kiritildi:
--- qulay investitsion muhit yaratishning huquqiy asoslarini mustahkamlash va rivojlantirish;
--- investitsion subyektlarning imtiyozlarini yanada kengaytirish;
--- qulay muhit yaratish maqsadida logistika va infratuzilmaning tizimli va yaxlit holatini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich rivojlantirib borish;
--- investitsiya tuzilmalarini rivojlantirish bo'yicha milliy maktablar va insitutlar faoliyatini keng ko'lamda shakllantirish;
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
[1]. “Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to'g'risida"gi qonun. 15-modda.
[2]. “Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to'g'risida"gi qonun. 16-modda.
[3]. “Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to'g'risida"gi qonun. 17-modda.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF4947-sonli farmoni. 7-fevral 2017 -yil.
5. Sh.Shodmonov, U.G‘ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Toshkent: Iqtisodmoliya, 2010.
6. G‘ozibekov D.G‘. Investisiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya” nashriyoti. 2013.
7. https://www.mf.uz/uz/news-mf-jx/item/2091-2091.html O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.
8. https://mift.uz Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy sayti.
9. https://stat.uz O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi.