Mamlakatimizda ayollar bandligini taminlashda olib borilayotgn ish harakatlar
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida»gi PF-5780-son Farmonida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish hamda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi dasturlarda davlat resurslaridan oqilona foydalanish, ularning maqsadliligini ta'minlash va samaradorligini oshirish maqsadida kóplagan dasturlar amalga oshirilmoqda. Xususan 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5325-son va 2018 yil 7 iyundagi «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to'g'risida»gi PQ-3777-sonli, 2018 yil 14 iyuldagi «Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3856-son qarorlari bilan respublikada kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o'zini o'zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari shular jumlasidan.[6]
Aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar samarasi o‘laroq, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan ayollarimizni zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Ana shu tizim asosida yuzlab, minglab nafar xotin-qizlar nafaqat uy-joyga, balki ish o‘rinlariga ham ega bo‘ldilar. Umuman olganda, davlat miqyosida qabul qilingan har qanday dastur yoki ish rejasi borki, ularning asosiy bandlari aynan xotin- qizlarimizning huquqlarini himoya qilish, ro‘yobga chiqarish, orzu-havaslariga qanot bo‘lishga xizmat qilmoqda.[4/1]
Konstitutsiyamizning 18-moddasida ayollarimizning teng huquqli ekanliklari e’tirof etilgan. Unda “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart” deb ko‘rsatib o‘tilgan.[1]
Konustitutsiyadagi bu tushuncha ayollarning barcha turdagi kamsitishlarining oldini oladi va ularni jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida konstitusiyaviy huquqlari e’tirof etiladi. Prezidentimiz ham o‘zlarining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomalarida “Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqeyini yana-da mustahkamlash -islohotlarimizning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biridir” deya taʼkidladi.[3]
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 37-moddasiga binoan har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.[1]
Jamiyatimizning barcha qatlamlarini tengdek muhofaza qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilinishi ta’minlanishi uchun davlatimizda “Ayollar daftari” yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu daftar ishsiz va yordamga muhtoj barcha xotin-qizlarning ehtiyojlarini taxminlashga xizmat qiladi va ularning turmush tarziga bevosita ta’sir qiladi.
“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. [5]
Xotin-qizlarning muammolarini tez, oson va sifatli hal qilish uchun ushbu muammolar tizimli hal qilinadi:
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;
- ularga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish;
-tadbirkorlikka jalb qilish;
- moddiy yordam ko‘rsatish;
- tibbiy xizmat ko‘rsatish;
- huquqiy yordam ko‘rsatish;
- psixologik yordam ko‘rsatish.
Xulosa qilib aytadigan bólsak bugungidek erkin faravon bir davirda mamlakatimizda ayollar bantligi va ularni har tomanlama qóllab quvatlash, ularning jamiyatdagi órnini yanada yuksaltirish, ularni har taraflama siyosiy, huquqiy qorǵash masalalari har bir sohada óz aksini kórsatmoqda. Shu órinda “Ayollar daftari” ning órni katta ahamiyatga ega ekanligini takidlash joiz deb óylayman.
Adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent
2 .Mo`minov A.R., Tillaboyev M.A. Inson huquqlari. – Toshkent
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2020-yil, 29-dekabr
4. Oila Institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari xalqaro ilimiy-amaliy konferensiya
(1.Shotursunova Nodira Nosirovna Oliy Majlis Senati xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi)
5.https://www.bulungur.uz/
6.https://lex.uz/docs/4231026
Do'stlaringiz bilan baham: |