Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavf- sizligi bo‘yicha obyektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
Yong‘in va portlashning sabablari
Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakka suv aralashsa, harorat 800oC gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalan-maslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilma- lardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 А tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi; ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ hamda changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.
Yonish jarayonining mohiyati
Yonish - murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, и yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o‘zaro reaksiyasi ta’sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo‘lishi uchun albatta, yonuvchi material, kislorod va yonish manbasi bo‘lishi lozim Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo‘lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo‘lganda esa tutash, burqisish yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo‘lganda esa tutash ham to‘xtaydi.
Yang‘in manbasini ikki turga ajratish mumkin, ya’ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar va b.) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adiabatik siqilishlar, ishqalanish, zarba va b.).
Yong‘inni o‘chirishning mohiyati, yuqorida ta’kidlangan uchta yonish jarayonining tashkil etuvchilarini o‘zaro ta’sirini to‘xtatish-dan iboratdir.
Haroratining o‘zgarishi natijasida materialning erishi, bug‘lanishi ro‘y beradi. Harorat oshgandan so‘ng oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta’sirida harorat tez o‘sadi. Tutoqish, o‘t olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat alangalanish boshlanadi. Bu vaqtda tashqi manba olinganda ham yonish davom etadi. Tutoqish, o‘t olish harorati yonuvchi moddaning eng past harorati bo‘lib, bunda buyumning ustida gaz va bug‘lar hosil bo‘ladi hamda ular tashqi manba ta’sirida alanga-lanadi. Lekin ularni hosil bo‘lish tezligi, manbasiz yonish jarayonini kechishi uchun kam hisoblanadi. Alangalanish haroratida esa yonuvchi material tashqi manba ta’sirisiz ham yonadi. Shu sababli, har doim o‘t olish harorati alangalanish haroratidan kichik bo‘ladi.
Materialga issiqlik (yonish manbasi) ta’sir etgan vaqtdan alan- galanish davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i induksiya davri deb ataladi.
Ayrim moddalar yoki materiallar ma’lum haroratda o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ularning bu xususiyati havoning ta’sirida, suvning ta’sirida va materiallarning (moddalarning) o‘zaro ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Alangalanish haroratiga bog‘liq holda yong‘inga xavfli suyuqliklar tez alangalanuvchi (TAS) va yonuvchi suyuqliklarga (YoS) bo‘linadi. TASlarning bug‘lari 45oC haroratda, yonuvchi su-yuqliklar esa 45oC dan yuqori haroratda alangalanadi. O‘z-o‘zidan alangalanish harorati turli xil materiallar va moddalarda turlicha bo‘ladi, masalan, kerosin 250-265oC, benzin А-66 255oC, dizel yoqilg‘isi DZ- 240oC va h.k.
Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi
Barcha qurilish materiallari yonish xususiyati bo‘yicha quyidagi uch turga bo‘linadi:
yonmaydigan materiallar - tashqi yong‘in manbasi ta’sirida yonmaydi;
qiyin yonuvchi materiallar - tashqi manba ta’sirida yonib, manba olingach mustaqil yonmaydi;
yonuvchi materiallar - tashqi yong‘in manban olingach, mustaqil yonish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug‘lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Bundan tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi ham portlashga xavfli hisoblanadi. UIar yonish va portlash xavfliligi bo‘yicha portlashga xavfli (aerozol holatida) hamda yonishga xavfli (aerogel) turlarga bo‘linadi va quyidagi to‘rt sinfga ajratiladi:
sinf - portlashga o‘ta xavfli changlar, alangala- nishning pastki chegarasi - 15 g/m .gacha bo‘lgan muhit;
sinf - alangalanishning eng pastki chegarasi 16 dan 65 g/m gacha bo‘lgan, portlashga xavfli muhit;
va 4-sinflar - alangalanishning pastki chegarasi 65 g/m dan yuqori bo‘lgan yonishga xavfli muhit. III sinfdagi changlarning alangalanish harorati 250oC, IV sinfga taalluqli changlarniki esa 250oC dan yuqori.
Yong‘inning oldini olish tizimi
Ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari
lshlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materi- allarning yonish xususiyati bo‘yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi: А, B,D,E,F,G.
Do'stlaringiz bilan baham: |