25 www.economyjournal.uz
rag‘batlantirishlar tizimi amal qilgan hudud tushuniladi. Yaratilgan shart-sharoitlar EIHga
tashqi dunyo bilan yuqori darajada iqtisodiy aloqada bo‘lish imkonini beradi, bojxona, soliq
va investitsion rejimlar ichki hamda tashqi investitsiyalar uchun qulay hisoblanadi.
2. Dunyo miqyosida EIHlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda, ularni tashkil
qilishdagi geografik chegaralar kengaymoqda, ularning shakli o‘zgarib, tashqi savdo
hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga aylanib bormoqda. Xo‘jalik
faoliyati mohiyati tovar ayirboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon, xizmat ko‘rsatishning
oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo‘lgan turlariga qarab o‘zgarib bormoqda. Ularni
o‘zida mujassamlashtiruvchi EIHlar milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi bilan
integratsiyalashuvida muhim omilga aylanmoqda.
3. Jahon amaliyotiga ko‘ra, qator davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga EIHlar kuchli
ta’sir ko‘rsatayotganligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: chet ellik investorlar EIHlarga
zamonaviy texnologiyalarni olib keladi, ishlab chiqarish jarayoniga zarur bo‘lgan yangi
bosharuv usullarini qo‘llaydi yangi ish o‘rinlari yaratiladi, malakali mutaxassislar
shakllantirilib, mahalliy ishchi kuchi zamonaviy texnikadan foydalanishi natijasida yangi
mehnat uslublarini uzlashtiradi; EIHlarga investitsiya jalb kilayotgan kompaniyalar er va
infratuzilma ob’ektlari uchun to‘lovlarni o‘z zimmasiga oladi va xizmat uchun ad tulandi;
mahalliy aholining turmush darajasi oshadi, daromadlari o‘sadi, ichki bozorning yuqori sifatli
mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘laroq qondiriladi, EIHlarda faoliyat ko‘rsatayotgan
kompaniyalar boshqalarga nisbatan yaxshiroq sharoitlarda bo‘ladi. Bunday hududlarda
ishlab chiqarish sarf-xarajatlari, xom ashyo va materiallar olib kirish bilan bog‘lik soliq va
bojlar yo‘qligi, ishchi kuchining nisbatan arzonligi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini
pasaytirib, uning raxobatbardoshligini oshiradi, hududlarda tadbirkorlik faoliyatining yanada
jonlanishi, eksport salohiyatining oshishi kabilar hisobiga iqtisosdiyotning ma’lum tarmoq va
sohalari rivojlanishiga ko‘maklashadi.
4. EIH muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjudligi
muhim jihti hisoblanadi, ya’ni mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va qulay investitsion
muhitning shakllanganligi xorijiy va mahalliy investorlarni rag‘batlantiradigan va huquqlarini
kafolatlaydigan puxta ishlab chiqilgan huquqiy bazaning mavjudligi ishlab chiqarish hamda
tijorat infratuzilmasining rivojlanganligi tabiiy geografik muhit qulay iqtisodiy kon’yunktura.
5. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiyada EIH, aksariyat hollarda, tashqi iqtisodiy
aloqalarni yanada kuchaytirish, mahalliy siyosatni amalga oshirish orqali depressiv
tumanlardagi kichik va o‘rta biznesni jonlantirishga va hududlararo rivojlanishdagi farqlarini
yuqotish, ya’ni rivojlanishdan o‘rtda qolayotgan hududlarga yordam berish maqsadida
tashkil etiladi. EIH da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga mamlakatning boshqa hududlariga
qaraganda xo‘jalik faoliyatini yuritishi uchun qator yengilliklar va sezilarli darajadagi
moliyaviy imtiyozlar beriladi. Bu maqsadlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga
qaratilmasligi bilan xususiyatlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil
qilishdan maqsad rivojlangan mamlakatlarnikidan biroz farq qilib, eng avvalo, xorijiy
investitsiyalarni, zamonaviy texnika-texnologiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, ishchi kuchi malakasini oshirish maqsadlarida tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: