Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro
kapitalni jalb qilish masalalari
Uchqun Yunusovich O’roqov
Murod Baxtiyorovich Moyliyev
Muhammadjon Maxmud o’g’li Muzaffarov
Toshkent moliya institut
Annotatsiya:
Ushbu maqolada investitsiya jozibadorligining mohiyati, uni
xorijiy investitsuyalarni jalb qilishdagi ahamiyati, unga ta’sir etuvchi omillar,
investitsiya jozibadorligini aniqlash uslubiyoti yoritilgan.
Kalit so’zlar:
xalqaro kapital, investitsiya, investitsion muhit, investitsiya
jozibadorligi, BERI indeksi, ICOR koʻrsatkichi.
Issues of attracting international capital by increasing the
country's investment attractiveness
Uchkun Yunusovich Urokov
Murod Bakhtiyorovich Moyliyev
Muhammadjon Mahmud oglu Muzaffarov
Tashkent Financial Institute
Abstract:
This article describes the essence of investment attractiveness, its
importance in attracting foreign investment, the factors influencing it, the methodology
for determining investment attractiveness.
Keywords:
international capital, investment, investment climate, investment
attractiveness, BERI index, ICOR index.
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsion muhitning modelini ishlab
chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi
vositadir. U orqali xorijiy investorga ta’sir koʻrsatuvchi omillar toʻg’risida aniq
tushunchalarga ega boʻlishi, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har tomonlama
anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo
boʻladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki
iqtisodiy munosabatlarini yoʻlga qoʻyish jarayonida chetdan kapitalni jalb qilishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsion muhit obyekt kategoriyasi boʻlib, har bir alohida olingan vaqt
doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1280
ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsion muhit faqat davlat organlarining ta’siri
ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan,
jumladan, xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy koʻrsatkichlarga
erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni
amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy
texnologiyalar bilan qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa
sohalarda tub oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga oshirish
uchun xorijiy investorlarga qulay boʻlgan investitsion muhitni yaratib berish kerak.
Investitsion muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar
bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy
jihatdan, qaysi boyliklar va yoʻnalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat
yuritishlari toʻg’risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga
nisbatan qanday munosabatda boʻlishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya
kiritishdan avval oʻsha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning
jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida koʻrib oʻtilgan omillar
oʻrganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi.
Mamlakatlarning investitsion jozibadorligi bir qancha omillarga, ya’ni siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashkiliy-huquqiy va jugrofiy omillarga bog’liqdir. Ushbu
omillardan kelib chiqib, investorlar mamlakatga investitsiyalarni kiritish yoki
kiritmaslik toʻg’risida qaror qabul qilishadi. Jahon banki tomonidan har yili e’lon
qilinadigan “Doing Business” hisobotida turli mamlakatlarning 6700 dan ortiq
ekspertlari tomonidan 189 ta mamlakatning biznesni yuritish boʻyicha (jami 10
indikatori) reytingi e’lon qilib boriladi. Jahon banki tomonidan e’lon qilib boriladigan
reytingda biznesni ochish va uni yuritish boʻyichadavlat tomonida yaratilgan ma’muriy
taomillar oʻrin olgan boʻlib, unda ham mamlakatning iqtisodiy potensialiga tegishli
boʻlgan asosiy omillar (bozor hajmi, ishchi kuchining narxi va b.), shuningdek,
potensial investor duch kelishi mumkin boʻlgan xavflar inobatga olinmagan (1-jadval).
1-jadval
Investorlar uchun investitsion muhit va mamlakatlarning jozibadorligini namoyon
etadigan reytinglar
1
Reyting
Reytingni tuzuvchi
tashkilotlar
Baholanadigan
parametrlar
Axborotlar manbai
Biznesni yuritish
Jahon banki
Biznesni yuritish uchun
huquqiy muhit
Statistik va huquqiy
axborotlar, ekspertlardan
soʻrovnomalar
1
http://www.doingbussiness.org , http://weforum.org, http://ffp.statesindex.org
internet saytlari orqali magistrantlar
tomonidan tayyorlangan
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1281
Global raqobatbardoshlik
indeksi
Butunjahon iqtisodiy
forum
Mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy parametrlari
Statistik axborotlar va
kompaniya rahbarlaridan
soʻrovnomalar
Davlatlarning
faoliyatsizlik indeksi
Tinchlik uchun
jamg’armasi
Mamlakatda istiqomat
qilayotgan insonlar va
faoliyat yuritayotgan
kompaniyalar uchun
mavjud xavflar
Axborotlarni toʻplash va
tahlil qilishning ichki
tizimi
Mazkur reytingda aks etgan barcha koʻrsatkichlarni ham mukammal deb
boʻlmaydi, albatta. Ularda quyidagi muhim omillar: makroiqtisodiy siyosat,
infratuzilmalarning sifati, ishchi kuchining malakasi, valyuta kurslarining tebranib
turishi, investorlarning fikri, korrupsiyaning xavfi va uning darajasi bilan bog’liq
omillar aks etmasdan qolgan.
Butunjahon iqtisodiy forum tomonidan e’lon qilinadigan raqobatbardoshlik
indeksida mamlakat va unda mavjud boʻlgan institutlarning oʻrta muddatli davrda
barqaror iqtisodiy oʻsishini ta’minlash imkoniyatlari boʻyicha ma’lumotlar e’lon
qilinib boriladi. Juda katta hajmdagi statistik ma’lumotlar banki va kompaniyalar
boshqaruvchilaridan oʻtkaziladigan soʻrovnomalar asosida jami 113 nomdagi
oʻzgaruvchilar boʻyicha Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global
Competitiveness Index) hisoblab chiqariladi. Umumiy foydalanish mumkin
boʻlganstatistik ma’lumotlar jami ma’lumotlarning 1/3 qismini tashkil etadi, qolgani
esa, turli xildagi anketa soʻrovnomalari asosida toʻplanadi.
2
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya
tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari
nisbatdadir. Ya’ni investitsiya muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik
tavakkali shunchalik past darajada boʻladi va bu investorlarning kirib kelishini
koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, tavakkal darajasi yuqori
boʻladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari oʻsishiga olib
keladi.
3
Investitsiya muhitining har tomonlama, chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya
tavakkali aniqlanadi. Investitsiya muhiti va tavakkal darajalari bir-birlariga teskari
nisbatdadir. Ya’ni investitsiya muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik
tavakkali shunchalik past darajada boʻladi va bu investorlarning kirib kelishini
koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, tavakkal darajasi yuqori
boʻladi. Bu esa, investitsiya qabul qiluvchi tomonning sarf-harajatlari oʻsishiga olib
keladi.
4
2
Schwab K. World Economic Forum: The Global Competitiveness Report. Geneva: World Economic Forum, 2013.
3
Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh., Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.:
«Iqtisod-moliya», 2014. – 410- b.
4
Sultonov Sh., Chinqulov Q., G‘ofurova U., Safarova N. Biznes moliyasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Iqtisod-moliya»,
2019. – 112- bet.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1282
Kuchli biznes va investitsiya muhitini qoʻllab-quvvatlaydigan siyosiy muhitni
yaratishning zaruriy omillari quyidagilar:
−
xavfsizlik;
−
xorijiy investorlar huquqlarining himoyasi va kafolati;
−
qonunchilikning barqarorligi;
−
shaffoflik;
−
korruptsiyadan holi boʻlishlik;
−
hukumatning yaxshi boshqaruvi.
5
Mazkur tadqiqotlarda davlat/hududning investitsion jozibadorligini aniqlashning
usul va vositalari keltirilgan boʻlib, foydalanilgan formulalar investitsiyalar
jozibadorligini integral baholashga xizmat qiladi (2-jadval).
2-jadval
Investitsion jozibadorlik aks etadigan koʻrsatkichlar tizimi
6
Guruh
Koʻrsatkich
Iqtisodiy jozibadorlik
Makroqitisodiy barqarorlik (mb)
Mehnat bozorining samaradorligi (mbs)
Infratuzilmalarning sifati (is)
Instutlarning sifat darajasi (isd)
Ichki bozorning imkoniyati/hajmi (ibh)
Texnologiyalarning rivojlanish darajasi (trd)
Innovatsion salohiyat (is)
Huquqiy jozibadorlik
Huquqiy nuqtai nazardan biznes qilish uchun yaratilgan qulay sharoitlar
Investitsiyalash
jarayonida risklar
Demografik bosimning darajasi (dbd)
Olib borilayotgan siyosatdan va hayotdan norozi boʻlgan aholining qatlami (nb)
Davlat tuzilmalarida avj olgan korrupsiya korrupsiya holati (dtk)
Inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlish darajasi (ihebp)
Yuqori boshqaruv guruhlarining ta’sir koʻrsatish darajasi (ybog)
Davlat xavfsizlik organlarining ta’sir koʻrsatish darajasi (dxot)
Boshqa davlat/hududlarning ta’sir koʻrsatish darajasi (bt)
Butunjahon iqtisodiy forumi iqtisodiy jozibadorlikni aniqlashda quyidagi
formuladan foydalaniladi:
IJ = mb + mbs + is + isd + ibh + trd + is (1.1.)
IJ-“Iqtisodiy jozibadorlik” boʻyicha davlatga berilgan ball.
Huquqiy jozibadorlikni aniqlashda “biznesni yuritish” reytingidan foydalaniladi.
Bu yerda, HJ-huquqiy jozibadorlik; DB-“Doing bussiness”da davlatning reytingi.
Risk=1/dbd + nb + dtk + ihepb +ybog + dxot + bt (1.2.)
Bu yerda, risk - investitsiyalash jarayonida riskning mavjudlik darajasi:
koʻrsatkich qiymati qanchalik katta boʻlsa, kapital qoʻyilmalarni joylashtirishda risk
darajasi shunchalik kichik boʻladi.
5
Best-Practice Guide for a Positive Business and Investment Climate.Organization for Security and Co-operation in
Europe (OSCE). 2018.
6
Schwab K. World Economic Forum: The Global Competitiveness Report. Geneva: World Economic Forum, 2013.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1283
Zamonaviy investitsiya muhitining oʻzgarishiga bir qancha omillar ya’ni
globallashuv, xavfsizlik, moliyaviy muhandislik, axborot va kommunikatsiya
tarmoqlaridagi inqilob sabab boʻlmoqda. Jahonda yuz berayotgan global oʻzgarishlar,
terrorizm va odam savdosi balolaridan mamlakatda yaratilgan xavfsizlik choralari,
yetuk kadrlarga boʻlgan talabning yanada oshishi hamda 20 asr moʻjizasi boʻlgan
axborot va kommunikatsiya tarmoqlaridagi shiddatli inqilob investitsiya muhitini
yanada zamonaviy va jozibador qiladi.
Xorijiy investorlar indeks ma’lumotlardan vaqtni tejash maqsadida keng
foydalanadilar. Mamlakatning indeksi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi.
Lekin investor mamlakatning investitsiya muhiti va uning jozibadorligini baholashda
boshqa omillarni ham inobatga oladi.
Investitsion muhitdagi siyosiy riskni aniqlashdagi samarali baholash usullaridan
biri, oʻzining keng qamrovliligi, aniqligi va soddaligi bilan mashhur boʻlgan “BERI”
indeksidan jahon xorijiy investorlari keng foydalanadilar.
1.4 - jadvalda har bir qoʻyilgan baho ekspertlar bahosiga koʻpaytirilib, oxirida
barcha koʻrsatkichlar qoʻshiladi va quyidagicha baholanadi:
Koʻrsatkichlar “0” dan “4” gacha: 0 – nomaqbul shartlar, 1- salbiy shartlar, 2-
oʻrtacha shartlar, 3 – yaxshi shartlar, 4 – ideal shartlar.
−
BERI ≥ 80 – qulay investitsion muhit, iqtisodiyot rivojlangan;
−
70≤BERI≥79 – yetarli darajada qulay emas va yetarli darajada rivojlanmagan;
−
55≤BERI≥69 – investitsion salohiyatga ega boʻlgan rivojlanayotgan
iqtisodiyot;
−
40≤BERI≥54 – yuqori darajadagi risk, rivojlanmagan iqtisodiyot;
−
BERI< 40 – juda yuqori darajadagi risk va investitsiya faqat istisno tarzida
kiritilishi mumkin.
3 -jadval
BERI indeksi va uning mezonlari
7
№
Mezonlar
Ta’rifi
Salmog’i, %
1.
Siyosiy barqarorlik
Kutilmagan hukumat toʻntarishlari imkoniyatlari va ularning
tadbirkorlik faolligiga ta’sirini baholaydi
12
2.
Xorijiy investitsiyalar va
foydaga munosabat
Xususiy tadbirkorlarga tegishli ijtimoiy ehtiyojlarga boʻlgan
harajatlar hajmi
6
3.
Milliylashtirish
Beg’araz ekspropriatsiya imkoniyatlaridan to mahalliy
hokimiyatlarga imtiyozlar berishgacha
6
4.
Devalvatsiya
Devalvatsiya
ta’siri,
hamda
korxona
faoliyatiga
devalvatsiyaning
ta’sirini
yumshatuvchi
choralarning
hayotiyligi
6
5.
Toʻlov balansi
Hisoblar balansi va umumiy balansga, hamda xorijiy
investorlarning daromadlariga ta’sir etuvchi omillar
6
7
Imomov H.H. “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”// O’quv qo’llanma // Toshkent-2011y. 118-119 b.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1284
6.
Rasmiyatchilik masalalari
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, bojxona
rasmiyatchiliklarini amalga oshirilishi, valyuta oʻtkazishlari va
boshqa shunday operatsiyalar
4
7.
Iqtisodiy oʻsish sur’atlari
Yillik yalpi mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarining oʻsishi
3%, 3-6%, 6-10% va 10%dan yuqori chegaralarda
10
8.
Valyutaning
konvertirlangani
Milliy valyutaning xorijiy valyutaga almashtirish imkoniyati,
hamda milliy valyutaning (korxonalarga zarur boʻlgan
darajada) valyutalar bozoridagi oʻrni
10
9.
Shartnomani amalga
oshirish imkoniyati
Shartnomaga amal qilish imkoniyati, hamda til va urf-
odatlardagi farq natijasida qiyinchiliklarning yuzaga kelishi
6
10.
Ish haqi va mehnat
unumdorligiga harajatlar
Ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi, ishga qabul qilish
tartibi
8
11.
Ekspertlar va marke-ting
xizmatlaridan foydalanish
imkoniyati
Korxonalarga yuridik, buxgalteriya, marketing boʻyicha
maslahatlar berish, texnologiya va qurilish ishlarini amalga
oshirish sohalarida maslahatlar kutish imkoniyati
2
12.
Aloqa va transportni
tashkil etish
Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va ularning filiallari
orasidagi transport yoʻllari va aloqa tizimini (mamlakat
ichidagini ham) tashkil etish va foydalanish imkoniyati.
Transport infratuzilmasini baholash
4
13.
Mahalliy boshqaruv va
hamkorlik
Boshqaruvning turli masalalarini yechishda oʻz kapitali bilan
qatnashish va hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan
mahalliy hamkorlarning soni va imkoniyatlari
4
14.
Qisqa muddatli kredit
Xorijiy hamkorlarga qisqa muddatli kreditlar berish va ulardan
foydalanish imkoniyati
8
15.
Uzoq muddatli kredit va
shaxsiy kapital
Hamkorlar tomonidan nizom kapitaliga oʻz ulushlarini
qoʻshish shartlari va milliy valyutada uzoq muddatli kredit
berish shartlari
8
Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obroʻ qozongan tashkilotdir.
Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil
qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati matbuotlar
orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya
qoʻyishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi.
Hozirda bu xizmat koʻrsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi
mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta koʻrsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball)
bilan baholamoqda.Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega
boʻlsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’siri ham hisobga olinadi.
Bir vaqtning oʻzida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar
etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot
boʻyicha investitsiyalar taqsimotining toʻg’ri yoʻnalishlarini aniqlab olishga imkon
beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio)
koeffitsienti asosiy kapitalga qoʻyilgan mablag’larning kelgusi yilda YaIMning
oʻsishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi va YaIMda investitsiyalar salmog’ining
keyingi yildagi YaIMning qoʻshimcha oʻsish sur’atiga nisbatini ifodalaydi. ICOR
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1285
koeffitsienti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi
koʻrsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik boʻlsa, shunchalik ahamiyatli hisoblanadi
va aksincha
8
.
Investitsiyalar iqtisodiy oʻsishni ta’minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash
manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning
YaIMga nisbatan ulushi YaIMning oʻsish sur’atidan 4-8 marotaba koʻp boʻlishi lozim.
Qolaversa, yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga toʻg’ri kelgan miqdorini va uning
oʻtgan yilga nisbatan oʻsish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real
baholashning muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, muayyan bir tarmoq boʻyicha
yalpi investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda joriy davrda tarmoqda band
boʻlgan kishilar boshiga nisbatan toʻg’ri kelgan oʻrtacha investitsiyalar miqdorini
hisoblash ham foydalidir.
ICOR = I : ∆YaIM (1.3)
bu yerda: I - oʻtgan yilda YaIMda investitsiyalarning ulushi; ∆YaIM - yalpi ichki
mahsulotning oʻtgan yilga nisbatan qoʻshimcha oʻsish sur’ati.
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR koʻrsatkichi darajasini quyidagi jadval
orqali koʻrish mumkin.
4 –jadval
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR koʻrsatkichlari
9
Yillar
Yalpi investitsiyaning yalpi
ichki mahsulotga nisbati, foiz
hisobida
YaIMning qoʻshimcha
oʻsish sur’ati, foiz
hisobida
ICOR
(YaIM qoʻshimcha oʻsishi-ning
kapital sig’imkorligi)
2003
19,3
4,4
-
2004
20,3
7,7
2,5
2005
19,8
7,0
2,9
2006
22,8
7,3
2,7
2007
23,0
9,5
2,4
2008
25,0
9,0
2,6
2009
23
8,1
3,1
2010
25
8,5
2,7
2011
23,9
8,3
3,1
2012
22,9
8,2
2,9
2013
23
8
2,9
2014
23,3
8
2,9
2015
23,4
7,9
2,9
2016
24,2
6,2
3,8
2017
27,5
5,2
4,7
2018
29,2
5,4
5,4
2019
37,0
5,7
6,5
2020
34,9
1,9
18,4
2021
33,3
7,4
4,5
8
Siddiqov A. Sanoat ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiya mablag’lari samaradorligi. // «Bozor, pul va kredit»,
2004. №7-8. – B. 48.
9
Jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlari asosida magistrantlar tomonidan tuzilgan.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1286
Jadval ma’lumotidan koʻrinadiki, tahlil etilayotgan davrda YaIMning kapital
sig’imkorligini aks ettiruvchi ICOR samaradorligi koʻrsatkichi 2010 yilda 2,7 ga teng
boʻlgan etdi. Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich rivojlangan
mamlakatlarda 2,4 ga teng
10
. 2019 yilga kelib bu koʻrsatkich 6,5 ni, 2020 yilda
pandemiya hisobiga YaIM oʻsish sur’atining pasayishi hisobiga bu koʻrsatkich 18,4 ni
hamda 2021 yilda 4,5 ni tashkil etdi.
ICOR koeffitsientini hisoblash uslubiyotiga asoslanib, daromad oʻsishining
kapitalga nisbati koʻrsatkichi oʻtgan yilgi yalpi investitsiyalarning (YaIMga nisbatan
foizda) joriy yildagi YaIMning oʻsish sur’atiga nisbati sifatida aniqlanadi. Loʻnda qilib
aytganda, oʻtgan yilgi investitsiyalar hajmi joriy yildagi YaIMning oʻsishida oʻz
natijasini beradi. Jahon amaliyotida iqtisodiy oʻsishning ijobiy sur’atini ta’minlash
uchun bu koʻrsatkichning nisbati 3/1 hisoblanadi.
Bu koʻrsatkich qanchalik kichik boʻlsa, shunchalik ahamiyatli (ijobiy)
hisoblanadi. Investitsiya mablag’lari samaradorligini aniqlab beruvchi koʻrsatkichlar
va ularning tizimlari talaygina. Ular ichida hisoblanishi nuqtai nazaridan qulay boʻlgan
ICOR koʻrsatkichidan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga, umuman, real sektorga
yoʻnaltirilgan investitsiyalar samaradorligini aniqlashda foydalanamiz.
Jahon amaliyotida mamlakatning investitsiya muhitini baholash borasida turli
yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar bir-biridan investitsiya muhitini tashkil
etuvchi omillarni toʻliq yoki qisman qamrab olishi bilan farq qiladi. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, «Standart & Poor’s», «Moody’s» va «Fitch ibca» jahondagi eng
yirik reyting agentliklardan hisoblanib, ular emitentning qarz majburiyatlarini
koʻrsatilgan muddatda va toʻlaqonli bajara olish imkoniyatlari va emitentlarning kredit
bera olish qobiliyatiga baho beradilar. Agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan va
tuzilgan reytinglar mamlakat investitsiya muhitini ma’lum darajada baholash imkonini
beradi. Masalan, «Standart & Poor’s» uslubiyotiga koʻra, uzoq muddatli reyting eng
yuqori «AAA» koʻrsatkichidan eng quyi «D» koʻrsatkich oralig’ida oʻzgarib boradi.
«AA» dan «CCC» koʻrsatkichigacha boʻlgan oraliq reytingi «musbat» (+) yoki
«manfiy» (-) belgilar bilan toʻldirib borilishi mumkin va ular asosiy koʻrsatkichlarga
tegishli boʻlgan oraliq koʻrsatkichlar hisoblanadi. Qarz majburiyatlarini bajarish sifati
reytingning quyidagi koʻrsatkichlari orqali baholanadi:
-
AAA
Do'stlaringiz bilan baham: |