Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 53,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi53,27 Kb.
#225952
  1   2   3   4
Bog'liq
521-сон 27.08.2020



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


MAMLAKAT IJTIMOIY HAYOTIDA FAOL ISHTIROK ETAYOTGAN YOSH OILALARNI UY-JOY BILAN TA’MINLASHNI YANADA

TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Ipoteka  krediti  mexanizmlarini  takomillashtirishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar

to‘g‘risida”  2019-yil  28-noyabrdagi  PF-5886-son  Farmoni  ijrosini  ta’minlash,  shuningdek,  mamlakat  ijtimoiy  hayotida  faol  ishtirok  etib,

alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  samaradorligini  oshirish  va  O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqi

faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga muvofiq yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan

va  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  yoshlarni  ma’naviy  va  moddiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash,  ular  uchun  munosib  uy-joy  va  ijtimoiy-maishiy

sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish belgilanganligi;

Vazirlar  Mahkamasining  tegishli  qarorlari  va  topshiriqlari  bilan  2018  —  2020-yillar  davomida  mamlakat  ijtimoiy  hayotida  faol

ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2 116 ta uy-joylardan:

350 tasi foydalanishga topshirilganligi;

296 tasi yoshlar tomonidan rad etilganligi va 556 tasining qurilishi boshlanmaganligi;

2019-yilda 558 ta va 2020-yilda 356 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.  O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqi  Markaziy  Kengashi  tomonidan  uy-joy  sharoitlarini  yaxshilashga  muhtoj  bo‘lgan  yosh  oila  sifatida

hisobga  qo‘yilgan  va  tavsiyanoma  berilgan  yosh  oilalar  uchun  2019-2020-yillarda  qurilgan  yoshlar  uylari  ro‘yxati  1-ilovaga  muvofiq

tasdiqlansin.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq uy-

joyni  ipoteka  krediti  asosida  sotib  olish  uchun  O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqi  Markaziy  Kengashining  tavsiyanomasi  (keyingi  o‘rinlarda  —

tavsiyanoma) asosida 2020-yil uchun hisobga qo‘yilgan 356 nafar yosh oilaga uy-joy ajratishda ularning talabidan kelib chiqib, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-yilda “O‘zshahar qurilish invest IK” MChJ

va  “Qishloq  qurilish  invest  IK”  MChJ  ishtirokida  shaharlarda  va  qishloq  joylarida  ko‘p  kvartirali  arzon  uy-joylar  qurishning  asosiy

parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

4.  “Qishloq  qurilish  invest  IK”  MChJ  “Qishloq  qurilish  bank”  ATB  bilan  birgalikda  Islom  taraqqiyot  bankining  kredit  liniyalari

bo‘yicha “Qishloq qurilish invest IK” MChJ hisobraqamlarida uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablag‘larni uch

kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltirsin.

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqining  asoslangan  hisob-kitobiga  muvofiq  Islom  taraqqiyot

bankining kredit liniyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish invest IK” MChJ hisobraqamlarida uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan

jamlangan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan:

2019-yilda yoshlar uchun qurilgan 558 ta uyning dastlabki badali uchun 30,0 mlrd so‘m;

2020-yilda  quriladigan  uy-joylar  uchun  356  nafar  yosh  oilaga  uy-joy  qiymati  dastlabki  badalining  65  foizigacha  bo‘lgan  qismini

moliyalashtirish uchun 11,6 mlrd so‘m mablag‘larni qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shgan holda ajratsin.

6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqi  tomonidan  yosh  oilalarga  uy-joy  qiymatining  dastlabki  badali  sifatida  to‘langan  ssudani  va  unga

hisoblangan foizlarni (keyingi o‘rinlarda — ssuda va foizlar) undirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy

apparatida Yosh oilalarga ajratilgan uy-joylar bilan ishlash bo‘yicha nazorat guruhi (keyingi o‘rinlarda — nazorat guruhi) tashkil etiladi;

O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqining  barcha  hududiy  kengashlari  (keyingi  o‘rinlarda  —  hududiy  kengashlar)ning  ssuda  va  foizlarning

belgilangan muddatlarda qaytarilishi bo‘yicha faoliyati nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi;

hududiy kengashlar ssuda va foizlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytarmagan yosh oilalarga bir ish kuni ichida Mahalla

va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan

muddat belgilagan holda, notarius orqali yozma bildirishnoma (keyingi o‘rinlarda — yozma bildirishnoma) yuboradi;

yosh  oilalar  tomonidan  yozma  bildirishnoma  talablari  bajarilmagan  taqdirda,  hududiy  kengashlar  ikki  ish  kuni  ichida  muddati

o‘tgan qarzdorlik bo‘yicha ijro xati yozib berishni so‘rab notariusga murojaat qiladi;

notarius tomonidan bir ish kuni ichida ijro xati yozib beriladi va Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmasiga taqdim etiladi;

Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmasi belgilangan tartibda muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish choralarini ko‘radi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:

bir oy muddatda nazorat guruhining ish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

yosh oilalarning ssuda va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligini undirish choralarini ko‘rishda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga

doimiy ravishda amaliy ko‘maklashsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

9.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  birinchi  o‘rinbosari  A.J.  Ramatov  va

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.




Download 53,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish