3.
Buxoro viloyati
–
–
31
4.
Jizzax viloyati
52
2491,3
–
5.
Qashqadaryo
viloyati
–
–
51
6.
Navoiy viloyati
–
–
42
7.
Namangan viloyati
–
–
12
8.
Sirdaryo viloyati
22
277,6
86
9.
Toshkent viloyati
–
–
60
10. Farg‘ona viloyati
98
5225,8
12
11. Xorazm viloyati
84
3664,5
29
12. Toshkent shahri
269
17029,3
–
Jami
558
29985,4
356
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi
521-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 37-son, 468-
modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Qayd etilsinki, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli
imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilanadi:
a) davlat dasturlarida 2019-yilda qurilishi belgilangan uylar bo‘yicha:
shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil
mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli
davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagicha miqdorni tashkil etadi:
ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 10 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz;
b) 2020-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan
hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:
shaharlarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni
yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish
shartlariga muvofiq;
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi”;
b) qarorga 1-ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qayd etilsinki, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli
imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilanadi:
a) davlat dasturlarida 2019-yilda qurilishi belgilangan uylar bo‘yicha:
shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil
mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli
davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni tashkil etadi:
ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 10 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz;
b) 2020-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan
hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:
shaharlarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni
yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish
shartlariga muvofiq;
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Yosh oilalarning kvartira sotib olish to‘g‘risidagi murojaatlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxemaga binoan ko‘rib chiqiladi”;
12-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi har yili davlat dasturlarida mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh
oilalar uchun belgilanadigan uy-joylar sonidan kelib chiqqan holda, yosh oilani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj sifatida hisobga
qo‘yadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-
quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-sentabrdagi 753-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y.,
39-son, 1045-modda):
a) 2-banddagi “2018 — 2021-yillarda” so‘zlari “2018 — 2020-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qayd etilsinki, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi o‘rinlarda ipoteka krediti deb ataladi)
berishning quyidagi shartlari belgilangan:
a) 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasida:
shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil
mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli
davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagicha miqdorni tashkil etadi:
ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 10 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz;
b) 2020-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan
hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:
shaharlarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni
yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish
shartlariga muvofiq;
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi”;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badallar va foiz to‘lovlari
“Yoshlar” uylari bo‘yicha Respublika komissiyasining tavsiyanomasiga asosan ipoteka kreditining butun davri davomida yosh oilalarning o‘z
mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
g) 5 va 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Do'stlaringiz bilan baham: