Mamasoli jumaboyev



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

SHUKUR  SA’DULLA
(1912 — 1972)


169
(1939),  „Ikki  sandiq“  (1942),  „Sen  nima  qilding?“  (1942),
„Shirin  kun“  (1946),  „She’rlar“  (1955),  „She’rlar  va  ertak-
lar“  (1957), „Pyesalar“  (1995),  „Dastyor  qiz“  (1960),  „Se-
ning  alboming“  (1962),  „Ozoda“  (1969),  „Komandirning
boshidan  kechirganlari“  (1962),  „Kachal  polvon“  (1963,
1966,  1967,  1986),  „Ism  qo‘yilmagan  xat“,  „Sening  bayra-
ming“,  „Mening  aziz  bolalarim“  kabi  kitoblari  bosilib  chiqdi.
Dramaturg  Shukur  Sa’dulla  tomonidan  yaratilgan  „Yoril-
tosh“,  „Gulxan“,  „Bizning  bog‘chamiz“,  „Dalada  bayram“,
„Vatan  ishqi“  (dramaturg  Z.  Fatxullin  bilan  hamkorlikda
yozilgan),  „Ikki  bilaguzuk“,  „Zubayda“,  „Afsona  yaratgan
qiz“  pyesalarini  tomoshabinlar  yaxshi  bilishadi.
Quvnoq  va  jo‘shqin  asarlar  kuychisi  bo‘lgan  Shukur  Sa’-
dulla  o‘zining  juda  ko‘p  she’r,  qo‘shiq,  ertak,  ertak-doston,
pyesalarini  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarga  bag‘ishlagan.
Shukur  Sa’dulla  tabiat  kuychisi  sifatida  ham  e’zozlanadi.
Shoir  so‘lim  bahorni  ko‘pgina  she’rlarida  qalamga  olib,  ay-
niqsa,  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarni  hayot  bilan  tanish-
tiradi,  ularda  olamni  tushunish  qobiliyatlarini  o‘stiradi.
Odatda,  boychechak  qor  erib-erimasdanoq  ko‘zga  tashla-
nadi.  Buni  ko‘rgan  odamlar  „Ha,  bahor  yaqinlashib  qolib-
di“,  deydilar.  Shoir  „Boychechak“  asarida  shu  fikrni  lo‘nda
qilib  chizib  beradi:
Ochildimi  boychechak,
Endi  har  yon  gul  demak,
Chunki  bahor  elchisi —
Shu  mitti  gul — boychechak.
Albatta,  boychechak  paydo  bo‘lganidan  keyin  bahor
boshlanadi,  yomg‘ir  ustiga  yomg‘ir  yog‘adi.  Yomg‘ir  tabiat
husniga  husn  qo‘shadi,  odamlar  ruhini  ko‘taradi.  Shukur
Sa’dulla  „Yomg‘ir  yog‘aloq“  she’rida  bahor  yomg‘iriga  mu-
habbat  bilan  munosabatda  bo‘ladi.  Bu  yomg‘ir  ekin-tikinlar
uchun  koni  foyda  ekanligini  yosh  kitobxon  qalbiga  yetib  bo-
radigan  darajada  quvnoq  va  sho‘x  misralarda  yaratadi:
Yomg‘ir  yog‘aloq,
Yam-yashil  o‘tloq,
Endi  ekinlar
Chiqarar  quloq¾
Yomg‘irdan  foyda
Maysaga,  donga.


170
Yurt  serob  bo‘lar,
Oq  bug‘doy,  donga.
Shukur  Sa’dulla  „Òo‘rt  fasl“  she’rida  yil  fasllarining  o‘ziga
xos  xususiyatlarini  ahamiyatli  detallar  yordamida  yoritadi.
Ularning  jozibasi,  tabiatga  alohida  ko‘rk  bag‘ishlashi,  insonlar
qalbiga  ta’siri  xususida  bolalarbop  xulosalar  chiqaradi.  Shå’rda
bahor  fasli  shunday  tasvirlanadi:
Milt  etib  chiqdi  quyosh,
Dedi: „Do‘stlar,  qish  odosh“.
Ko‘rsak,  yo‘q  qora  bulut,
Yer  yuzi  ko‘k  gilam — o‘t.
Shukur  Sa’dulla  bahorni  yaratuvchi,  insonlarga  estetik
zavq  va  mehnat  in’om  etgan  fasl  deb  ta’riflagach,  ko‘rkam
yoz  fasli  bilan  bolalarni  tanishtirishga  o‘tadi.  Yoz  kelishi  bilan
xursand  bo‘lgan  bolalarning  sevinchini  shoir  shunday  ifoda
etadi:
Keldi  ko‘klam  kabi  soz,
Bizlar  sevgan  issiq  yoz.
Shoir  Vatanimizning  boyligiga  boylik  qo‘shgan,  mehnat-
kashlar  dasturxonini  bezovchi  noz-ne’matlarni  vujudga  kel-
tirgan,  „to‘qson  xil  mevalarni  pishirib“,  „yangi  dunyolar
ochgan“  kishilarni  zo‘r  muhabbat  bilan,  ajoyib  misralarda
ulug‘laydi:
— Ekin  o‘sdi  yerlarda,
Bug‘doy  pishdi  qirlarda¾
Poliz  to‘la  bodring,
Bog‘bon,  tez  uzib  bering!
— Sabr  qiling  siz  andak,
So‘yib  beray  handalak.
Shukur  Sa’dulla  yoz  faslini  ulug‘lash  bilan  kuzning  ham
o‘ziga  xos  fazilatlarga  to‘laligini  tabiatning  oltin  davri  deb
ta’riflaydi,  kuz  faslining  o‘ziga  xosligini  quyidagi  tasvirlar  or-
qali  ochadi:
Quyosh  tushar  taftidan,
Qo‘rqib  qishning  aftidan.
Sarg‘ayadi  ko‘katlar,
Barg  to‘kadi  daraxtlar.
Hosil  yig‘ib  olinar,
Qishga  zamin  solinar.


171
Shoir  qish  faslining  ham  o‘ziga  xos  chiroyli  gashti  bor-
ligini,  kishilarda  zavq-shavq  uyg‘otishini  lirik  bo‘yoqlarda
ko‘rsatadi:
Dala-dashtda  tindi  ish,
Keldi  mehmon  bo‘lib  qish.
Qish  emas,  u — qorbobo,
Sovg‘alari  bor  bobo¾
Xuddi  yozday,  bahorday —
Iliq,  kuzgi  nahorday.
Qor  yog‘ar,  kecha-kunduz,
Suv  sovqotib  kiygan  muz.
Shukur  Sa’dulla  ikkinchi  jahon  urushi  davrida  yanada  ba-
rakali  ijod  etdi.  „Sen  nima  qilding?“,  „Ona  va  bola“,  „Sho-
hista“  to‘plamlarini  nashr  ettirdi.  Bu  davrda  shoir  she’riyatida
bolalar  kutgan  voqealar  o‘z  aksini  topganligini  ko‘ramiz.
Mavzu  rang-barangligi  shoirning  fikrlash  doirasi  kengli-
gidan,  bolalarni  jon-dilidan  sevishidan,  ona-Vatanga  cheksiz
mehr-muhabbatidan  dalolat  berib  turibdi.  Buni  „Sen  nima
qilding?“,  „Bizning  qahramon“,  „Otliqlar“,  „Mehmon  qiz“,
„Uning  hikoyasi“,  „Yetim  emassan“,  „Razvedkachi  Kolya
Kulikov“,  „Shohista“  kabi  asarlari  misolida  ochiq-oydin  ko‘-
rishimiz  mumkin.
Bu  she’lar  ichida  „Shohista“  asari  alohida  ajralib  turadi:
Ko‘k  chirog‘i  oy  so‘ndi,
Barglarga  shabnam  qo‘ndi.
Òong  oqarar  ohista,
Òurar  sakrab  Shohista.
Bu  misralarda  shoir  Shohista  ismli  jajji  qizchaning  meh-
natga  muhabbati,  g‘ayrati,  bog‘idagi  uzumlarni  qanchalik
mehr  qo‘yib  parvarishlashi,  shu  bilan  birga,  uning  frontda
odamxo‘r  yovlarga  qarshi  kurash  olib  borayotgan  otasiga  bo‘l-
gan  mehr-muhabbatini  badiiy  bo‘yoqlar  bilan  ifodalab  beradi.
Shohista  asaldek  tovlanib  pishgan  uzumidan  dadasiga  sovg‘a
hozirlaydi:
So‘ngra  pochtaga  bordi,
Dadasiga  yubordi.
Dadasi  botir  jangchi,
Shohistaning quvonchi.


172
Shukur  Sa’dulla  „Egizak“,  „Sen  menga  do‘st,  men  senga
do‘st“,  „Ulug‘  shahar“  (turkum),  „Hovlimizning  bolalari“
kabi  qator  she’rlarida  do‘stlik  g‘oyalarini  ilgari  suradi.
Shukur  Sa’dulla  „Tulki  va  g‘ozlar“,  „Lola  va  mushuk“,
„Jo‘jalar“,  „Bola  va  Turg‘un“,  „Yomg‘ir  yog‘aloq“  kabi
shå’rlarida  bolalar  hayotidan  xaraktårli  voqåalar  asosida  yosh
kitobxonni  parranda,  hasharot  va  hayvonlar  dunyosi  bilan
tanishtiradi.  Shoir  har  bir  narsa-buyumning  o‘ziga  xos  xusu-
siyatlarini  bolalar  uchun  sodda  va  qiziqarli  qilib  tasvirlaydi.
Bu  jihatdan  qaraydigan  bo‘lsak,  „Ninachi“  shå’ri  muhim
tarbiyaviy  ahamiyat  kasb  etadi:
Bog‘da uchar ninachi,
Gulni  quchar  ninachi.
Shisha  kabi  ko‘zi  bor.
Yum-yumaloq  yuzi  bor.
Yozganda  ikki  qanot
Xuddi  ko‘kda  samolyot.
Shoir  bolalar  tarbiyasiga  oid  yana  turli  mavzularda  shå’r-
lar  yozgan.  Bu  shå’rlarda  u  bolalar  tabiati  ko‘tarmaydigan
quruq  nasihatgo‘ylikdan  qochadi.  Inson  tabiatiga  xos  bo‘lgan
chinakam  his  va  axloq  qoidalarini  bola  hayotidagi  oddiy  vo-
qåalar  asosida  tashviq  qiladi.  „Kim  yaxshi?“  shå’rida  oilaning
kånjatoyi  Dildor  oiladagi  hamma  kishilarga  bir  xilda  muno-
sabatda  bo‘ladi.  Dadasini  ham,  ayasini  ham,  buvisini  ham,
akasini  ham  bir  xilda  yaxshi  ko‘radi.  Birortasini  birov  yo-
monlasa  yig‘lab  yuboradi.  Bu  shå’ri  bilan  shoir  boladagi  oilaga
bo‘lgan  ilk  muhabbatni  va  boladagi  gumanistik  hislarni  tar-
biyalaydi.
Shoir  bolalar  o‘yinchoqlari  va  ularning  bolalar  tarbiya-
sidagi  ahamiyatini  ham  to‘g‘ri  tasavvur  qiladi.  Bolaning  „o‘zi
yog‘och,  yoli  qil“  toychoqqa  minib  zavqlanishini  ham,  qiz-
chalarning  „Bolalarga  ovunchoq“  quyon  qo‘g‘irchoqqa  bo‘lgan
måhrini  ham,  ularning  „Boshchasida  shoxi  bor,  dumchasida
oqi  bor“  echki  bola  bilan  inoqligi  va  u  bilan  o‘ynashishini
ham maroqli tasvirlaydi. Bu tasvirda bola xaraktåri va xususiyati
ochiladi.  Shu  bilan  birga  shoir  bolalarni  o‘yinchoqlarga  to‘g‘ri
munosabatda  bo‘lishga,  ularni  sindirmasdan,  buzmasdan  as-
rashga  chaqiradi.  Bu  tarbiyaviy  chaqiriqning  o‘yinchoq  tilidan
bayon  qilinishi  esa  shå’rning  ta’sir  kuchini  yanada  oshirgan:


173
Buksangiz  qayrilaman,
Oyoqdan  ayrilaman.
Mayli  o‘ynang  erta-kåch,
Låkin  ozor  bårmang  håch.
Shukur  Sa’dulla  bolalarning  o‘yin  mashg‘ulotlari  haqida
ham  ko‘pgina  chiroyli,  ta’sirchan  shå’rlar  yozgan.  Bolalar
o‘yini  bilan  bog‘langan  shå’r  bolalar  uchun  qimmatli  asardir.
Bu  yårda  shu  narsani  ham  ta’kidlab  aytish  kårakki,  o‘yinlar
bola  uchun  jiddiy  ishdir.  „Tulki  va  g‘ozlar“  shå’rida  birlari
tulki,  qolganlari  g‘oz  bo‘lib,  tulkiga  tutqich  bårmay,  uning
ustidan  kulib  qochsalar,  „Måhmondorchilik“  shå’rida  qiz-
chalar  „g‘ivirlashib  hovlida“  tut  tårib  shinni  pishiradilar  va
qo‘g‘irchoqlarni  ziyofat  qiladilar.  Qo‘g‘irchoqlar  ziyofatga  qa-
ramagach,  tovuq  va  mushukni  taklif  qiladilar.  Ular  hamma
yoqni  to‘zitib,  to‘kib  kåtadilar.  Shu  bilan  „måhmondorchilik
odosh“  bo‘ladi.
Bu  shå’rlarda  shoirning  izlanishi,  bolalarga  ma’qul  o‘yin-
lar  topishi  va  uni  bolaga  moslab  bårishga  intilishi  ko‘rinib
turibdi.  Shu  bilan  birga,  bu  shå’rlarning  yana  bir  muvaffa-
qiyati  shundaki,  u  umumiylikdan,  quruq  ritorikadan  uzoq
bo‘lgan  sujåtli  va  voqåaband  shå’rlardir.
Ma’lumki,  voqåabandlik,  ayniqsa,  bolalar  asari  uchun
muhim  ahamiyatga  ega.  Bunday  shå’r  bolani  zåriktirmaydi.  U
xuddi  hikoya  yoki  ertak  kabi  bola  ongiga,  xotirasiga  oson
singadi.
Shoir  ijodida  hajviy  she’rlar  ham  bir  talay:  „Shalabbo“,
„Anqov“,  „Injiq“,  „Ivirsiq“,  „Bizning  oyi“  kabi  asarlarida
shoir  dangasa,  o‘z  ustida  ko‘p  ishlamaydigan,  o‘qish,  izla-
nishni  yoqtirmaydigan,  injiq,  ivirsiq  bolalar  ustidan  qattiq
kuladi.
„Ivirsiq“da  shoir  o‘yinqaroq,  kun  bo‘yi  koptok  o‘ynab,
uyga  berilgan  vazifasini  bajarish,  o‘z  vaqtida  uyqudan  turish
o‘rniga  qotib  uxlab,  darsdan  kech  qolgan  Siddiq  ismli  bola-
ning  maktab  o‘quvchilariga  xos  bo‘lmagan  qiliqlarini  fosh
qiladi:
Daftari  ochiq-sochiq,
Qolgan  vazifa  chala.
Soat  yurar:  chiq-chiq-chiq,
Yechilmagan  masala.


174
Yana  jiringlab  soat,
Òo‘qqizga  zang  uradi.
„Ivirsiqjon“  betoqat —
Endi  shoshib  turadi.
Shukur  Sa’dulla  xalq  og‘zaki  ijodini  sevgan  va  undan  ijo-
diy  foydalangan  shoirlardan  biri  edi.  U  „No‘xatpolvon“,
„Laqma  it“,  „Ayyor  chumchuq“,  „Chol  bilan  bo‘ri“  kabi
o‘nlab  asarlarini  ertaklar  asosida  yaratdi.  Xalq  ertaklarini  jo‘n-
gina  she’rga  solib  qo‘ya  qolmadi.  Balki  unga  ijodiy  yondashdi.
Davrimizga,  bolalarning  istak-armonlariga  moslashtirdi.
Shukur  Sa’dullaning  „Komandirning  boshidan  kechirgan-
lari“,  „Kachal  polvon“,  „Aziz  qishlog‘im“,  „Ism  qo‘yilmagan
xat“  qissalari  o‘zbek  bolalar  nasrining  yaxshi  namunalaridan
hisoblanadi.
Shukur  Sa’dullaning  g‘oyaviy-badiiy  yuksak,  bolalarbop
asarlari  umr  bo‘yi  kitobxonlar  qalbida  yashaydi.

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish