Mamasoli jumaboyev


S. Inomxo‘jayev,  A. Zunnunov



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

S. Inomxo‘jayev,  A. Zunnunov.  Ifodali  o‘qish  mashqlari.  15 — 16- betlar.


361
qollari  yoki  o‘zbåk  xalq  topishmoqlari  va  an’anaviy  doston-
larning  shå’r  tuzilishidagi  xususiyatlar  dalil  bo‘la  oladi.
„Dåvon“dagi  parchalarda  barmoq  vaznining  båsh,  olti,  yåt-
ti,  sakkiz,  o‘n,  o‘n  bir,  o‘n  uch  bo‘g‘inli  turkumlari  vazn-
lari  juda  kam.  Bundan  she’riyatda  dastlab  kichik  hajmli
turkumlar  va  vaznlar  kålib  chiqqan,  katta  hajmli  turkumlar
va  vaznlar  esa  shå’r  tuzilishi  taraqqiyotining  bundan  kåyingi
davrlariga  mansubdir,  dåb  xulosa  chiqarish  mumkin.
O‘zbåk  xalq  dostonlari  barmoq  siståmasining  vazn  va  ritm
imkoniyatlarini  bag‘oyat  kångaytiradi.  Ularda  turli  turkumlar
tasvirlanayotgan  vaziyatga  mos  holda  o‘zaro  almashinib  turgan.
XX  asr  o‘zbåk  she’riyatida  barmoq  yåtakchi  vaznga  aylandi.
Bu  ish  Cho‘lpon  va  Fitrat  singari  jadidlarning  xizmatidir.
Barmoq  vazni  sillabiq  (bo‘g‘in)  shå’r  siståmasi  hisoblanadi,
chunki  u  har  bir  misrada  muayyan  miqdordagi  bo‘g‘inlar
soni  tång  va  mutanosib  bo‘lishiga  qaraydi.
Barmoq  vaznida  ritm,  birinchidan,  bo‘g‘inlarning  sifatiga
emas,  balki  soniga,  ikkinchidan,  bu  bo‘g‘inlar  sonini  band
misralardagi  izchilligiga,  uchinchidan,  har  bir  misradagi  bo‘-
g‘inlarning  muayyan  tartibda  turoqlarga  bo‘linib  kåtiishiga,
to‘rtinchidan,  har  bir  turoq  oxirida  ritmik  pauza  (to‘xtam)
hosil  bo‘lishiga  suyanadi.
Umuman,  shå’r  ritmi  talaffuzda  bir  må’yordagi  nutq
bo‘laklarining  qonuniy  almashinib  kålishidir,  dåya  aytish
mumkin,  låkin  ritmning  xususiyati  va  ritmni  tashkil  qilish
milliy  shå’riyatda  va  undagi  shå’r  tizimlarida  har  xildir.
Barmoq  vaznida  misralar  faqat  bo‘g‘in  soniga  tayanadi:
4
5
Såvishganlar
topishgusidir,
= 9
4                      5
Jonlar  jonga
yopishgusidir, = 9
(Hamid  Olimjon,  „ Zaynab  va  Omon“)
Bu  misralarning  har  biri  9  bo‘g‘inlidir.  4 + 5  asarning  aso-
siy  vazni,  u  2 + 2 + 5  yo  4 + 3 + 2  tarzida  ichki  ko‘rinishlarga
ega  bo‘lishi  mumkin;  9  shu  shå’r  vaznining  turkumidir,  turli
vaznlar  shu  turkumdan  turlanib  chiqadi,  yåttilik,  o‘n  birlik  va
boshqa  turkumlar  ham  mavjud.


362
Barmoq  vaznida  bo‘g‘inning  sifati,  urg‘uli  yoki  urg‘usiz-
ligi  farqsizdir.
Chalasavod  Aqilmirzo  yurtga  dodxoh.
4
Yelkasida  banoras  to‘n,  boshda  kuloh.
5
(Sobir  Abdulla,  „ Aqilmirzoning  „ donishmand“liklari“)
Bu  misralarda  urg‘ular  soni  bir  må’yorda  emas,  1- misra-
da  urg‘u  soni  4  ta  bo‘lsa,  2- misrada  5  ta,  natijada  bu  urg‘u-
larning  misralardagi  joylanishida  ham  tartib  o‘zgargan.
Barmoq  vaznida  ritmni  yuzaga  kåltiruvchi  unsurlardan  biri
turoqdir.  U  bo‘g‘inlarning  misralararo  muayyan  tartibda  gu-
ruhlanib  kålishidir.  Bunday  guruhlanish  shå’rni  o‘lchovli  qila-
di.  Amin  Umariyning  „Yomg‘irda“  shå’ri  3 + 3 + 3  tarzida  gu-
ruhlangan:
    3                      3             
3
Shå’rlarim —
chåchagim,
hayotim,
= 9
3           
3           
3
Shå’rlarim —
boylikdir,
bisotim,
= 9
3                  3                  3
Yomg‘irdan
namlanmas
qanotim,
= 9
      3              3           
3
Oshaman
bulutlar,
tog‘lardan.
= 9
Turoqlar  o‘lchov  jihatidan  xilma-xil  va  uning  misralarda
tartibli  almashinib  kålishi  ham  turlichadir.  Har  bir  turoq,
eng  avvalo,  o‘z  tarkibida  nåchta  bo‘g‘in  borligi  bilan  xaraktår-
lanadi.  Turoqlar  8  bo‘g‘inli  yoki  undan  ham  ortiq  bo‘lishi
mumkin.  Turoq  bir  bo‘g‘inlidan  boshlanadi.
        4              2        1
To‘xtamadi
qonli
jang,
=7
   
4       
  2      1
Bo‘ldi  dåvning
holi
tang.
=7
          I                II      III
(Hamid  Olimjon,  „ Såmurg‘“)
Bunda  „jang“  va  „tang“  so‘zlari  misralarda  o‘ziga  xos  kuch
va  ohang  bilan  jaranglaydi.  Chunki  shu  so‘zlarning  o‘lchov  ji-
hatidan  bir  xilligi,  qofiyadosh  bo‘lib  kålib,  ritmning  misralar
oxiridagi  chågarasini  bildirishi,  xushohang  va  musiqiylikni  vu-
judga  kåltiradi.


363
Ikki,  uch,  to‘rt,  båsh  va  olti  bo‘g‘inli  turoqlar  birmuncha
ko‘p  qo‘llanadi.  Jumladan,  Hamid  Olimjonning  „Zaynab  va
Omon“  asaridagi  misralar  4 + 5  bo‘g‘inli  turoqlar  någiziga
qurilgan:
          4
    5
Bir  zo‘r  otash,
bir  zo‘r  alanga
= 9
          4                    5
Ikki  qalbga
tutashgani  rost,
= 9
          4                    5
Bir  såvgikim
jon  bårur  tanga,
= 9
              4                5
Ham  Zaynab-u
Omonlarga  xos.
= 9
Barmoq  vaznida  turoq  tugallanishi  bilan  unga  kirgan  so‘z
yoki  so‘zlar  tugallanishi  bir-biriga  mos  kålishi  lozim.
Barmoq  vaznidagi  shå’rlarni  o‘qish  chog‘ida,  odatda,  mu-
ayyan  to‘xtam,  ya’ni  sukut  (pauza)  bo‘ladi.  Bu  to‘xtam  mis-
ralar  oxiridagi  to‘xtamga  nisbatan  qisqaroq  bo‘ladi.  „Zaynab
va  Omon“  asaridan  kåltirilgan  yuqoridagi  parchaning  har  bir
misrasida  avvalgi  to‘rt  bo‘g‘indan,  ya’ni  birinchi  turoqdan
so‘ng  xuddi  shunday  ritmik  to‘xtam  bor.  Uning  takrorlanishi
ritmni  hosil  qiladi.
Barmoq  vaznida  yozilgan  shå’rlarning  misralardagi  bo‘-
g‘inlar  miqdori  tång  bo‘lsa,  sodda  vazn  yuzaga  kåladi.  Agar
bir  shå’rning  yoki  bandning  o‘zida  turli  miqdordagi  bo‘g‘in-
larga  ega  misralar  tartibli,  mutanosib  holda  mavjud  bo‘lsa,
qo‘shma  vazn  yuzaga  kåladi.  Asqad  Muxtorning  „Chin  yurak-
dan“  shå’ridan  olingan  quyidagi  parchada  qo‘shma  vaznni
uchratish  mumkin:
        4                  4
Bizni  dåya
tinch  hayotni
= 8
        4
Qurmoqdasiz.
= 4
        4
    4
Chågarada
doim  sårgak
= 8
        4
Turmoqdasiz.
= 4
Ko‘rinib  turibdiki,  bundagi  misralar  bo‘g‘in  va  turoq  soni
jihatidan  tång  emas,  bo‘g‘in  va  turoq  1-  va  3- misralarda  bir
xil  (4 + 4);  2-  va  4- misralarda  esa,  undan  boshqacha  (4);


364
bandning  birinchi  yarmidagi  4 + 4  vazni  ikkinchi  yarmida  ay-
nan  takrorlanadi  va  bu  takrorlanish  qonuniyat  tusini  oladi
1
.

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish