TO'IAN NIZOM
(1938yildatug'ilgan)
To'lan Nizomning o'qish, odob va mehnatga bag'ishlangan serjilo she'rlari, bolalarning quvonchlariga quvonch ulashadigan qo'shiqlari, dillarni rom etuvchi ajoyib-g'aroyib ertak-dostonlari uzoq yillardan beri yosh kitobxonni maftun etib kelmoqda.
To'lan Nizom asli cho'flik. Shuning uchun ham uning ijodiy ishlari cho'l-biyobonlarni bog'-rog'larga aylantirishga, bu ishlarda bolalarning faolliklari masalalariga qaratilganligi bilan ham ajralib turadi. Demak, cho'lquvar bolalar shoiri deb nom chiqargan To'lan Nizom 1938 yilda Andijon viloyatining Bo'z tumanida cho'lquvar oilasida tavallud topdi,
To'lan Nizomning sara she'rlari ham mehnat, cho'l, cho'IIarni bog'-bo'stonga aylantirayotgan cho'lquvar va ularning farzandlariga atalganligi bilan aj'ralib turadi. «Cho'pon bola», «Bo'z», «Daryo va men», «Yoshligim, qaydasan?*, «Do'stimga», «Yo'lIar», «Bolalikka qaytish», «Qaldirg'och» singari yuzlab she'riarida shu ruh bor. Mana «Cho'pon bola* she'rini olib ko'raylik. To'g'ri, o'zbek bolalar adabiyotida ham nazm, ham nasrda cho'ponlarga yordam berayotgan, cho'ponlik qilayotgan bolalar haqida o'nlab asarlar yozilgan. Ammo To'lan Nizomning bu she'ri o'zining o'ynoqi misralari bilan qalblarni larzaga soluvchi, shu kasbga kichkintoylarning mehrlarini jo'sh urdiruvchi da'vati bilan ajralifa turadi. Qarang, mana bu mehnatkash, o'z ishining fidoyisi, jonkuyari bo'lgan cho'pon bolaga berilgan ta'rif qaysi bolaga yoqmaydi deysiz:
Cho'pon bola, Chaqqon bola, u»
Yaylovga xo'p Yoqqan bola.
Qadimda Bo'z yaydoq cho'l bo'lgan. U bugun odamlar mehnati tufayli vodiyning gulzor maskanlaridan biriga aylanib ketgan. «Bo'z» she'rida shoir bu maskanni go'yo kelinchak kabi yasanib, go'zallashib, katta-kichikning ishq-havasini keltirayotganligini bor ovozda kuylaydi:
Andijonning hissasida, Ho', Marg'ilon jussasiday, Otalarning qissasida ~ Gul—chechakBo'z! Kelinchak Bo'z! Sarijo'ga qirg'og'ida,
Qumliklar-u toshlog'ida,
Asriy cho'lning quchog'ida' Yastangan Bo'z!
Yasangan Bo'z
Kel, opichlay, yelkamda qol,
Paxta misol o'Ikamda qol,
Kitobimga bir qo'shiq sol
Zargilam Bo'z! Zarginam Bo'z!
Bolalar tabiat shaydosi bo'ladilar. Tabiatni sevishga, tabiat shaydosi bo'lib kamol topishga o'rgatuvchilar asosan kattalar hisoblanadilar. Bu borada badiiy adabiyotning ham roli katta. «Manzara», «0ftob ishqi», «Ilk qor», «Shabboda», «Muz» she'rlari bilan To'lan Nizom bu masalaga yaqindan yondashganligini ko'ramiz. Tabiatni sevish, e'zozlash, ehtiyot qilish inson burchi, vazifasi. Tabiat bilan hazillashib, o'ynashib bo'lmaydi. «Manzara» asarida shoir xuddi shu g'oyani ilgari suradi. Bolalarni tabiatga qarshi bormaslikka chaqiradi, kimki tabiatga qarshi borsa uning qahr-g'azabiga duchor bo'lishi tabiiyligini uqtiradi:
bulut bosib keladi,
Hayqiriq-la bo'ron yeladi.
Cho'g'irgitib momaqaldiroq,
Xovliqadi, qah-qah kuladi.
G'azab qilsa yer ham otadi
Borliq tofon, loyga botadi.
Tabiatningjamifarzandi -
Mavjudodi to'zib yotadi...
«Oftob ishqi» asarida bolalarga xos bo'lgan soddalik, tabiatdan^unumli foydalanish istagi kichkintoylar o'y-xayollari bilan chambarchas qiiib berilganligi yosh kitobxon uchun kutilmagan voqea bo'ladi:
Kuz shamoli esadi, Haroratni kesadi.
Qizim der: «qor yoqquncha,
Tomlar sadaf taqquncha,
Suvlarimiz muzlamay,
Pechka, ko 'mir izlamay.
Qoplab olib quyoshdan,
Ishlataylik bir boshdan...»
Do'stlaringiz bilan baham: |