Mamasoli Jumaboyev



Download 0,53 Mb.
bet10/42
Sana21.06.2023
Hajmi0,53 Mb.
#952700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Suvlar shildirab oqar, -
Qo'shig'i dilga yoqar.
Bizga shodlik keltirding,
Salom senga, gul bahor.
Bolalar uchun turli-tuman qushlarning uchib kelishi ham, dala va qirlarning gul va maysaga burkanishi ham, rang-barang jonivorlarning paydo bo'lishi ham noma'lumdek ko'ringan bu hodisalarni ularga tushuntinnoqchi bo'lgan fikrini, g'oyasini ko'p hollarda bahor bilan borliq hodisalar orqali tasvirlaydi. Bu borada «Gul o'tqazdim bog'imga», «Qushlar keldi», «Boychechak», «Bulbulga», «Laylak» kabi she'rlari xarakterlidir.
Shoir qushlarga atalgan she'rlarida bolalarni qushlar olamiga olib kiradi, qushlar bahor elchisi ekanligi, qushlar bilan olam yanada go'zallashib yashnashi, ularning sayrashi bolalarga zavq-shavq bag'ishlashini jozibali misralarda tarannum etadi.
Uyg'un qish fasli haqida ham anchagina badiiy pishiq she'rlar yozgan, Bolalar hamma fasllarni, jumladan, qishni ham juda sevadilar. Chunki bu davrda bolalar o'ynaydigan o'yinning turlari ko'payadi. Ayniqsa, bolalarning eng sevimli archa bayramlari ham qishda bo'ladi. Har bir bola uchun archa bayramida ishtirok etish bir olam quvonch bag'ishlaydi. Shuning uchun shoirlarimiz bolalarga atab yozgan asarlarida archa, qorbobo, yaxmalak, chana uchish, qor o'yinini zavq bilan tasvirlaydilar. Uyg'unning «Qish», «Qorbobo», «Archa», «Xoliq qo'rqoq», «Yangi yil qo'shig'i» kabi she'rlarida ham qish fasli o'zining butun go'zalligi bilan namoyon bo'ladi.
Uyg'un adabiyotimizda tabiat manzarasi tasvirining mohir ustasi sifatida tanilgan. Bu uning bolalar uchun yozgan she'rlarida ham yaqqol ko'rinadi. Shoir «Bahor» she'rida:
Osmon tiniq fco'k shohi,
. Oq bulut kezar gohi, Gullarga ko'miladi
Qandak o 'rikning shohi,
deb Vatanimiz husniga husn qo'shayotgan bahor go'zalligini tarannum etadi va bolalar qalbida shodlik hislarini qo'zg'atadi, mehnatga bo'lgan g'ayratriniyanadaoshiradi: , . ,,: .. ... .
Suvlar shildirab oqar,
Qo'shig'i dilga yoqar, vA
Bizga shodlik keltirding,
Salom senga, gul bahor!
UygjUimijig maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga bag'ishlab yozgan she'rlaridaabiri «taylak»dir. Shoir:
Laylak keldi yoz bo'ldi,
Qanoti qog'oz bo'ldi, — deb uni yoz elchisi ekanini bolalarga soddagina tushuntiradi va laylak kelishi bilan bolalardagi tabassum, shodlik hislarini ta'sirii ifodalaydi. Shoir bolalarga laylakning butun qiyofasini quyidagicha chizishga intiladi:
Laylakning bo *yi novcha,
Tumshug'i bor tarnovcha
Lapanglaydi uchganda,
Uyasidan ko 'chganda. .
Uzun ekan oyog'i,
Xuddi chaining tayog'i,
Qanoti ola ekan, Sayrashga bah ekan.
Kichik maktab yoshidagi bolalar ko'pgina narsa, hodisalarni tushunavermaydilar, lekin ularni bilishga, tushunishga qiziqadilar. Uyg'unning «Laylak», «Guidor kapalak», «Boychechak», «Qushlar keldi» kabi she'rlari shu jihatdan xarakterlidir. Shoirning bu kabi she'rlari kichkintoylarni parrandalar, o'simliklar hayoti bilan tanishtiradi.
Shoirning «Guldor kapalak» she' ri bu jihatdan tahsinga loyiq. Ahmad dasta — dasta gullar terib, do'stlarimni xursand qiiay, deb boqqa kiradi. Ammo u o'ziga notanish hodisaga duch kelganidan hayratga tushadi: , ,
Uzaman deb qo'l cho'zuvdi
Gul to'satdan uchib ketdi. ;
Awaliga shoshib qoldi, / :
Ahmad birdan cho'chib ketdi, '
Shoir Ahmad uzmoqchi bo'lgan «gulning uchib ketganida* bolada tug'ilgan hayajon va ichki holatidagi o'zgarishni juda ustalik bilan ifodalab, kitobxonda yoqimli ruhiy kechinma uyg'otadi. Keyinchalik shoir bu voqeaning sababini bolaga tushuntirib beradi:
Keyin bilsa, gul degani — .
Gul emas, bo'lak ekan,
Cho 'p boshiga qo 'nib turgan
Guldor kapalak ekan,
Shoir «Boychechak», «Qushlar keldi» she' riarida tabiatning ajoyib go'zalligini tasvirlab, bolalarga Vatan va uning tabiatiga muhabbat tuyg'usini singdiradi:
Yo'q. boychechak, sendan ash kulmaymiz
Xotirjam bo 7, seni sira yulmaymiz •
Havas bilan yuzlaringga qaraymiz,
Bizlar seni qo 'riqlashga yaraymiz.
Shafqat bilan boshlaring silaymiz,
Senga uzoq umr tilaymiz.
Uyg'un bolalarning tabiat go'zalligiga bo'lgan muhabbatini ularning parrandalarga bo'lgan mehridan ajratib qaramaydi:
Qushlarim, hoy qushlarim, Qanoti kumushlarim, Mehmon bo'lib qolingiz, " ; Bog'imda dam olingiz.
Shoir bolalarning qushlarga bo'lgan mehribonligini «qanoti kumushlarim» deb erkalashida ko'rsatsa, ularni eng aziz mehmon sifatida ulug'laydi.
Shoir o'zining ko'pgina she'rlarida har fashiing o'ziga xos gashtini shoirona tarannum etadi. Yozning to'kin pishiqchiligini («Yoz), ko'rkam, chamanday oromgohlarda quvnab dam olayotgan baxtiyor yoshlarni («Lagerda»), quyosh nurida, suv qo'ynida yayrab-yayrab suzib yurgan sho'x bolafarni («Suv quchog'ida») qalamga olib, ularning sevinchli kayfiyatlari orqali yozning naqadar nash'ali ekanligini yozadi. Bundan tashqari, shoir yozning gashtini unumli mehnatda deb hisoblaydi. Bu jihatdan qaraydiganbo'lsak, Uyg'unning «Handalak», «Ishkomda uzum pishdi», «Terimchi qiz qo'shig'i» she'rlari o'zbek bolalar adabiyotida alohida ahamiyatga ega.
Shoir «Handalak» she' rida handalakning shakli va rangini: «Usti yo'l-yo'l, sariq-ko'k beqasamga o'xshaydi» deb bola ko'z oldida tasvirlash bilan birga uning tilni yorar shirinligini ham mohirona ifodalaydi. Ayni choqda, shirin-shakar handalakni, «sharbatlarga to'lib» toshgan uzumlarni yetishtirgan bobodehqon mehnatiga bolalarda muhabbat uyg'otadi va bunday mehnatning rohatini to'lqinlanib kuylaydi:
Olib kelib so'ygandi
Sharbati oqib ketdi
. Egan chog'da mevasi
Juda ham yoqib ketdi
Shunda toza sevindim,
: Yozda qilgan ishimga,
Uni qand, asal qilgan
Yaxshi parvarishimga...
Yolg'onchiga shu sazo
Shunga loyiqjazo! —
Xullas, Uyg'unning bolalarga atab yozgan asarlari ular xarakteri, orzu-umidlari, qiziqishlarini o'zida mujassam etishi bilan qadrli.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish