Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

TURSUNBOY  ADASHBOYÅV
(1939 — 2017)
www.ziyouz.com kutubxonasi


244
lingan  ko‘rik-tanlovda  satirik  shå’rlari  bilan  qatnashib,  ikkin-
chi  o‘rinni  egallagandi.
1959- yilning  may  oyida  Mirtåmir  „Manas“  eposini  tarji-
ma  qilish  niyatida  Qirg‘izistonga  boradi.  Råspublika  yozuvchilar
uyushmasi  „Manas“ning  variantlari  bilan  tanishish  maqsadida
Talas  va  Issiqko‘l  atroflarini  kåzayotgan  o‘zbåk  shoiriga  Tur-
sunboy  Adashboyåvni  yo‘ldosh  qilib  tayinlaydi.  Ular  ikki  hafta
davomida  birga  bo‘lishadi.  Oradan  yil  o‘tib,  Mirtåmirning  ara-
lashuvi  bilan  qirg‘izistonlik  havaskor  shoir  Do‘rmonda  o‘tgan
yosh  ijodkorlarning  såminar-kångashiga  taklif  etiladi.  Kångash-
da  u  o‘zbåk  bolalar  shå’riyatining  yirik  vakili  Qudrat  Hikmatga
shogird  tutinadi.
Tursunboy  Adashboyåv  qat’iy  ichki  intizomga  ega  odam
edi.  Bu  hol  uning  ijodi  sårmahsul  bo‘lishiga  olib  kåldi.  Shu
vaqtga  qadar  shoirning  o‘ttizga  yaqin  kitobi  bosilib  chiqqan.
Asarlari  o‘zbåk  va  qirg‘iz  bolalar  shå’riyati  antologiyalari
hamda  darsliklardan  o‘rin  olgan.  Tursunboy  Adashboyåv  tan
olingan  tarjimon  ham  edi.  U  qirg‘iz  tilidagi  yigirmadan  ortiq
kitobni  o‘zbåkchaga  ag‘dargan.  Jumladan,  „Manas“  eposini
tarjima  qilgan.  T. Qosimbåkovning  „Singan  qilich“  tarixiy  ro-
mani,  To‘qtag‘ul,  S. Eraliyåv,  S. Jusuyåv,  B. Sarno‘g‘ayåv  va
boshqa  o‘nlab  qirg‘iz  adiblarining  asarlarini  o‘zbåk  tiliga  o‘gir-
gan.  Jahon  bolalar  shå’riyatining  K. Chukovskiy,  S. Marshak,
Yan  Bjåxva,  Q. Mirza,  Q. Junushåv  singari  vakillari  ijodi  bi-
lan  o‘zbåk  o‘quvchilari  uning  tarjimasida  tanishgan.
Bolalar  ichki  dunyosini  yaxshi  bilgan  Tursunboy  Adash-
boyåv  kichiklarga  atalgan  asarlar  aql  o‘rgatishdan,  nasihatdan
xoli  bo‘lishi  kårak,  dåb  hisoblardi.  „Bolalarga  qisqa  vaznli,
kutilmagan  qofiyalarga  asoslangan,  jinday  yumor  va  falsafa
omuxta  qilingan  shå’rlar  yozish  kårak.  Qofiyalardagi  ohang-
dorlik  asarning  tåz  va  oson  yod  olinishini  ta’minlaydi“,  dårdi
shoir.  Tursunboy  shå’rlarida  få’l  qofiyalarni  kam  qo‘llagan,
imkon  qadar  ot,  sifat,  son,  hatto  yordamchi  so‘zlarni  qofiya
sifatida  ishlatardi.  Shoir  shå’r  misralarining  imkon  qadar  qis-
qa  bo‘lishiga  alohida  e’tibor  qaratardi.  Bola  qisqa  shå’rni  na-
fasi  qaytmay  o‘qiydi,  oson  yod  oladi.  Shoir  shå’rlaridagi  ra-
vonlik  asl  tuyg‘ularning  yosh  yuraklarga  tåzroq  yåtib  bori-
shiga  xizmat  qiladi.
Tursunboy  Adashboyåv  bolajon  ijodkor  sifatida  bola  o‘zini
kichik  dåb  o‘ylaganlar,  unga  aql  o‘rgatib,  yo‘l  ko‘rsatmoqchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


245
bo‘lganlar  bilan  ko‘ngillashmasligini  yaxshi  tushunardi.  U  ya-
na  bilardiki,  bola  tånglik  istaydi,  barobarlik  izlaydi.  U  o‘ziga
tång  bo‘lganlarga  el  bo‘ladi.  Tursunboy  Adashboyåv — bolafå’l
odam  edi,  bolako‘ngil  ijodkor  bo‘lgani  uchun  ham  bola  ko‘ng-
liga  oson  yo‘l  topardi.
Shoir  bolalar  tabiatidagi  yumorga  moyillikni  yaxshi  tuygan.
Shu  bois  uning  dåyarli  barcha  bitiklarida  komizm  ustuvorlik
qilardi.  Chunki  bola  olamga  kulib,  charaqlab  qaraydi,  dunyo-
ni  yorqin  ranglarda,  quvonch  og‘ushida  ko‘radi.  Shu  bois
Tursunboy  Adashboyåvning  shå’rlariga  kulgu  hamishalik  yo‘l-
dosh.  Låkin  bu  kulgu  shå’rlarning  sirtida  emas,  zamirida  bo‘-
ladi.  Shå’rning  mohiyatiga  yåtilsagina,  kulgu  qo‘zg‘aladi.  „Kim
aytadi?“  shå’rida  shoir  turli  hayvonlarning  o‘z  bolalari  borasi-
dagi  hasratlarini  tasvirlaydi.  Tulki  bolasining  „sodda,  to‘po-
riligi“dan,  olmaxon  farzandlarining  „qo‘pollarning  qo‘poli“
bo‘lib  o‘sayotganidan  yozg‘irsa,  eshak  xo‘tigining  „zotli“  eka-
ni  bilan  maqtanadi.  Yo‘lbars  esa  o‘g‘ilchasini  o‘ta  „måhri-
bon“  hisoblaydi.  Shå’rda  qissadan  hissa  chiqarilmaydi,  xulo-
sani  aytish  o‘quvchining  ixtiyorida  qoladi:
Fil  yupatib  do‘stlarin
Ko‘taradi  ko‘nglini.
Xo‘sh,  kim  aytar,  ularning
Shu  gaplari  to‘g‘rimi?
Bu  savol  o‘quvchini  o‘ylashga,  har  bir  hayvonning  gap-
lari  bilan  ularning  xususiyatlarini  solishtirishga  undaydi.  Shå’r-
da  aks  ettirilgan  holat  odamlarga  qanchalar  xosligi  to‘g‘risida
o‘ylab  ko‘rishga  chorlaydi.  Tursunboy  Adashboyåv  bolalarning
ko‘ngliga  kirmoq,  yuragini  bilmoq  istardi.  Shu  yo‘sinda  ularni
o‘zgani  his  qilish,  birovning  ko‘nglini  tushunishga  o‘rgatardi.
Ko‘ngil  hisobga  olinmasa,  yaxshilikni  ham  yomonlikka  yo‘yish
mumkinligi  „Fufayka“  shå’rida  ta’sirli  ifoda  etiladi.  Unda  sobiq
sho‘ro  maktablarida  barcha  o‘quvchilar  oldida  yåtim  bolalarga
kiyim-kåchak  tarqatilgani,  bu  esa,  o‘ksik  bolalar  ko‘ngliga  tu-
zalmas  jarohat  yåtkazgani  tasvirlanadi.  Shoir  bunday  qilish-
ning  yomonligini  aytib  o‘tirmay,  o‘zi  kåchirgan  voqåaning
ko‘nglida  qoldirgan  chandig‘i  tasviri  orqali  o‘quvchida  muno-
sabat  uyg‘otadi.  Natijada  shå’rxon  qilingan  noo‘rin  „måhri-
bonlik“  bolani  qanchalar  haqoratlab,  o‘ksitganini  to‘la  his
etadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


246
Alifboga  binoan,
O‘qilar  ro‘yxatlar:
— Abdullayåv,  Abrorov,  ¾
Ko‘zimdan  olov  chatnar.
Zich  saflarning  orasin,
Asta  surib  ochaman.
Många  navbat  yåtguncha,
Uyga  qarab  qochaman.
Chin  tuyg‘ular  tasvirlangan  asarlargina  kitobxon  e’tiborini
tortadi.  Tursunboy  Adashboyåv  mashaqqatli  kåchgan  bolaligini
samimiy  tasvirlash  bilan  shå’rxon  e’tiborini  o‘ziga  torta  bilardi.
Bolalar  tabiatini  yaxshi  bilgan  shoir  ular  bilan  papalashmay,
jiddiy  gaplashish  lozim  dåb  hisoblardi.  Bolalar  yålkasiga  o‘zla-
riga  yarasha  ruhiy-ma’naviy  yuk  ortish  mumkin  va  kårak  dåb
biladi.  Bolalarning  chågara  bilmas  xayoloti  nozik  ishoralarni
anglab  yåtishga  ishongani  uchun  ham  shå’rlarida  badiiy  effåkt
bårishi  mumkin  bo‘lgan  murakkab  ifodaviy  usullardan  båma-
lol  foydalanadi.  O‘quvchi  imkoniyatiga  ishonch  sababli  kich-
kinagina  „Sumalak“  shå’ri  katta  badiiy  ta’sir  kasb  etadi:
Boychåchaklar  nish  urib
To  turguncha  o‘rnidan,
Bahor  qishni  tarnovga
Osib  qo‘ydi  burnidan.
Shoir  ezgulik  bilan  yovuzlikning  munosabatini  yorug‘
ranglarda  ko‘rsatish  uchun  kutilmagan  murakkab  obrazlarni
kuylardi.  Obrazlar  aynan  kutilmaganligi  bois  bolalarning  esida
qoladi.  Chunonchi,  sumalaklar  boychåchaklarning  ko‘karishiga
xalal  bårmasligi  uchun  bahor  tomonidan  tarnovga  burnidan
osib  qo‘yilgan  qish  tarzida  tasvirlanishi  bolalar  yodida  chuqur
iz  qoldiradi.  Ko‘klam  bilan  qish  munosabatining  harakatdagi
bunday  tasviri  bolalar  yodida  mustahkam  o‘rnashadi.
Shunga  o‘xshash  holat  „Kuz“  shå’rida  ham  ko‘zga  tash-
lanadi.  Unda  sabab  oqibat  sifatida  bårilishi  bilan  esda  qoladi:
Ufq  esa  lolagun,
Daraxtlardan  rang  olar.
Xayrlashib  kuz  bugun
Sochar  oltin  tangalar.
Aslida  ufqning  lolagunligidan  og‘ochlar  qirmizi  tusga  kirdi
dåyilsa,  mantiqqa  muvofiq  bo‘lardi.  Låkin  shoir  bolalarning
www.ziyouz.com kutubxonasi


247
tafakkur  tarziga  binoan  daraxtlarning  olovrangi  ufqni  qizartir-
maganini  mantiqdan  dåb  bilib,  bunga  o‘quvchini  ishontirgan.
Tursunboy  Adashboyåvning  shå’rlari  kichik  kitobxonni
fikrlash,  munosabat  bildirish  va  xulosa  chiqarishga  undaydi.
„Båshta  arra“,  „Chumchuqlarga  uyadir“,  „Farqi  bitta  harf-
dadir“  shå’rlaridagi  so‘z  o‘yinlari  yosh  shå’rxonni  mustaqil
fikrlash  va  topqirlikka  o‘rgatadi.  Tursunboy  Adashboyåvning
shå’riy  jumboqlarini  yåchishga  urinish  o‘quvchilarda  ham  ori-
ginal  fikr,  ham  zukkolik,  ham  farosat  shakllanishiga  xizmat
qiladi.  „Båshta  arra“  shå’rining  so‘ngi  misrasini  o‘qimay  turib,
undagi  „karra“,  „zarra“,  „marra“,  „tarra“,  „darra“  so‘zlari-
dan,  shoir  aytganiday,  birinchi  harflar  olib  tashlansa,  qaysi
so‘z  paydo  bo‘lishi  va  u  qanday  ish  quroli  ekani  haqida  o‘ylab
ko‘rish  o‘quvchilarning  o‘qish  darslarini  qiziqarli  qiladi.  „Far-
qi  bitta  harfdadir“  turkumida:
Ziyrak,  zukko  bolajonlar,
O‘ylab  ko‘ring-chi  biroz.
Navbatdagi  yåtti  jumboq,
Sizlar  uchun  qulay,  mos, —
misralaridan  so‘ng  „Qayiq“,  „Qalqon“,  „Hakka“,  „Lola“,
„To‘ra“,  „Anor“,  „Ari“,  „Chana“  so‘zlari  kåltirilib,  „Bitta
harfni  almashtirib,  O‘zga  bir  so‘z  toping  yana“  topshirig‘i  bå-
riladi.  Bu  shå’rlar  bolalarda  mustaqil  fikrni  shakllantirishga
mosligi  bilan  diqqatga  loyiqdir.
„Ishonmasang“  shå’rida  shoir  o‘quvchiga:  „Ma’nosi  bir
so‘z  nima?“  dåya  savol  båradi  va  uni  so‘zlarning  ma’nodosh-
larini  topishga  undaydi:  „Qolgan  so‘zlarni  yozib,  mualliming
qil  rozi“.
Boshlangich  sinf  o‘quvchilari  „O‘qish“  darslarida  shoir-
ning  shunday  shå’rlaridan  foydalanishsa,  darsning  samarasi
kutilgandan  ziyoda  bo‘lishi,  sinfdagi  o‘quvchilarning  har  biri
alohida  va  barchasi  birga  ishlab  „intårfaol“  usulni  yuzaga
kåltirishi  muqarrardir.
Shoirning  „Latifboyning  loflari“  ruknidagi  hazilga  yo‘g‘-
rilgan  shå’rlari  kishi  ruhiyatiga  yångillik  bag‘ishlab,  yuzida
tabassum  paydo  qiladi.  Aqlga  sig‘maydigan,  favqulodda  voqåa-
hodisalar  tasviriga  bag‘ishlangan  bu  shå’rlar  o‘quvchi  såzim-
larini  muvozanatdan  chiqarib,  xayoliga  qanot  bag‘ishlaydi.
Ma’lumki,  bola — xayol  oshig‘i.  U  ko‘proq  xayol-u  tasav-
vur  olamida  yashaydi.  Uning  o‘ylari  tizginsiz,  bola  tasavvurini
www.ziyouz.com kutubxonasi


248
jilovlashga  urinish  shaxsligini  sindirishga  olib  kåladi.  Shoir-
ning  „Ovning  gashti“,  „Barchasi  yodimda“,  „Yugan  solib,
egar  urib“,  „Båshta  sanoch“,  „Shirmon  kulcha“,  „Poyga
zavqi“.  „Mån  o‘sha  Latifboyman“,  „Ko‘zin  ochsa“,  „Burga
tåpdi“  va  boshqa  shå’rlarida  erkin  tasavvurli  bolaning  chågara
bilmas,  chuqur  xayoloti  aks  etgan.
Tursunboy  Adashboyåvning  lof  shå’rlaridagi  o‘ziga  xoslik
shundaki,  ular  yolg‘onning  ifodasiga  bag‘ishlangan  bo‘lsa-da,
tasvir  chin  hayotiy  dåtallarga  tayangan.  Shu  bois  o‘quvchining
xotirasiga  mahkam  o‘rnashib  qoladi,  unga  malol  kålmaydi.
„Poyga  zavqi“  shå’ridagi  tafsillar  tasvirning  ingichkalashib,
lofning  aqlga  sig‘mas  tus  olishiga  xizmat  qiladi:
Poyga  zavqin  surgani,
Taqalatdim  burgani.
Ko‘nikmagan  siyog‘i,
Biroz  oqsar  oyog‘i.
Oq  qand  bårib  ovutdim,
Tårisini  sovutdim.
Yaxshi  boqdim,  tinmadim,
Båhudaga  minmadim.
Unga  o‘tgan  shanbadan,
Arpa  solib  dam-badam,
Parvarishni  do‘ndirdim.
Yo‘rg‘alashga  ko‘ndirdim.
Bu  yårda  shoir  qahramonni  faqat  lofchigina  qilib  ko‘rsat-
maydi.  Chigirtka  yoki  burga  parvarishi  borasidagi  gaplar  lof
bo‘lsa-da,  ular  Latifboyning  hayotni  bilishi,  otni  uloqqa  tay-
yorlash  jarayonidan  yaxshi  xabardorligini  ko‘rsatadi.  Shå’rlar-
ning  umumiy  ruhi  lofdan  iborat  bo‘lgani  holda  ularda  qo‘l-
lanilgan  har  bir  tafsil  g‘oyat  hayotiy  va  råaldir.
Bolalar  olamni  ko‘z  orqali  o‘rganishga  moyil.  Buni  yaxshi
bilgani  uchun  Tursunboy  Adashboyåv  aytishdan  ko‘rsatishni
afzal  sanardi.  Bola  tabiatidagi  taqlidga  o‘chlikni  bilgan  shoir
„Nabiralarimga“  shå’rida  shå’rxonlarga  o‘zini  tanishtirar  ekan,
shaxsi  haqida  axborot  båribgina  qolmay,  bolalarni  tarbiyalaydi
ham:
Lanj-u  ezma-churuklarni
Toqatim  yo‘q  ko‘rgani.
Bitta  aybim — to‘g‘riso‘zman,
Dangalchiman  bo‘lgani.
www.ziyouz.com kutubxonasi


249
Garchi  shå’rda  dangalchilik  va  to‘g‘riso‘zlik  „ayb“  dåyi-
layotgan  bo‘lsa-da,  u  bolalarga  fazilat  sifatida  ta’sir  qiladi.
Nabiralari  bilan  dillasharkan,  shoir  yozadi:
Nomardlarning  izin  o‘pib,
Yaltoqlanib  bo‘zlama.
Vijdoningni  garov  qo‘yib,
Aslo  yolg‘on  so‘zlama.
Tursunboy  Adashboyåv  ijodining  o‘ziga  xos  yana  bir  qir-
rasi  uning  o‘zbåk  shå’riyati  uchun  g‘oyat  kamyob  bo‘lgan
parodiya  ustasi  ekanidir.  Afsuski,  milliy  adabiyotimizda  paro-
diyachilik  hamon  havaskorlik  darajasida  qolib  kålayotir.  Hol-
buki,  bizniki  kabi  qadimiy  tarixga  ega  adabiyotda  parodiya
yuksak  darajada  rivojlangan  bo‘lishi  kårak.  O‘zbåk  adabiyotida
faqat  Tursunboy  Adashboyåv  bilan  Abdurazzoq  Obro‘gina  bu
janr  bilan  muntazam  shug‘ullanib  kålishgan.
Tursunboy  Adashboyåv  biror  shå’rga  parodiya  yozganda
shå’rni  ham,  shoirni  ham  masxaralab,  yårga  urishni  maqsad
qilmasdi.  Parodiyalarida  shoirning  ham,  shå’rxonning  ham
ko‘zi-qulog‘i  o‘rganib,  e’tibor  bårmay  qo‘ygan  badiiy  nuq-
sonni  yaqqol  ko‘rsatishga  e’tibor  qilardi.  Biror  shå’rga  parodi-
ya  yozish  uchun  yo  uning  ifoda  usuli,  yoxud  unda  aks  etgan
voqålikda  kulguga  loyiq  illatni  topardi.  U  o‘z  parodiyalarida
ayrim  shå’rlardagi  ana  shunday  nuqsonlarni  „sopini  o‘zidan
chiqargan“  holda  kulgiga  olardi.
Tursunboy  Adashboyåv  bir  shoirning  „O‘n  oltida  yosh-
ginam“  shå’ridagi:  „Bolaligim  qoldi  ortimda,  O‘n  oltida  yosh-
ginam  hozir“,  „Go‘zal  xotira“  shå’ridagi:  „O‘n  yåttimni  så-
vardim  juda,  Låkin  undan  ayrilib  qoldim“  misralari  asosida
yozgan  parodiyasida  har  bir  shå’r  shoirning  ichki  dardi  va
aytadigan  salmoqli  gapi  o‘laroq  yuzaga  kålishi  kårak,  aks  holda
u  badiiy  qimmatga  ega  bo‘lmaydi,  dågan  fikrni  ilgari  surgan:
O‘zimni  juda  ham  yaxshi  ko‘raman,
Erkin  parvoz  qilar  ko‘ngil  qushlarim.
O‘zgadan  farqim  shu — har  bir  yoshimga,
Båhuda  yurmasdan  shå’r  bag‘ishladim.
O‘n  oltiga  chiqqan  kåzimni,
O‘ylab  biroz  entikib  oldim.
O‘n  yåttiga  havasim  kålib,
„Attang“,  dåya  lab  tishlab  qoldim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


250
Oy-ku  etak  bilan  yopilmas,
Nahot,  qumdan  iborat  bo‘lsa.
Ma’zur  tuting  yozgan  shå’rlarim,
Qaytariqdan  iborat  bo‘lsa¾
Agar  yuqoridagi  parodiyada  ifodadagi  nuqson  tanqid  qi-
lingan  bo‘lsa,  shoir  ba’zi  parodiyalarda  qalamga  olingan  mav-
zuning  shå’rbop  emasligidan  kulgan.
Ko‘rinadiki,  Tursunboy  Adashboyåv  ijodi  nafaqat  bola-
lar,  balki  kattalar  adabiyoti  rivojida  ham  muhim  o‘rin  tutadi.
Ana  shunday  e’zozli  shoir  Tursunboy  Adashboyåv  1939- yil-
da  Qirg‘izistonning  Jalolobod  viloyatiga  qarashli  Olabug‘a  tu-
manining  Safåd  Bulon  qishlog‘ida  tavallud  topgan.  U  Toshkånt
Davlat  universitetini  hamda  Moskvadagi  Jahon  adabiyoti  ins-
titutini  bitirgan.  Uning  „Kamolning  olmasi“  deb  nomlangan
birinchi  kitobi  1967- yilda  talabalik  chog‘idayoq  nashr  etilgan.
Shundan  kåyin  Toshkånt,  Bishkåk  shaharlarida  „Biz  sayohat-
chilar“,  „Olatovlik  bo‘laman“,  „Arslonbob  sharsharasi“,  „Sur-
nay“,  „Nur  daryo“,  „Guldasta“,  „Olatog‘-lolatog‘“,  „Oqbu-
ra  to‘lqinlari“,  „Sovg‘a“,  „Arslonbob  afsonasi“,  „Sichqonning
orzusi“,  „Uch  bo‘taloq  sirli  qovoq“,  „Tanlangan  asarlar“  ka-
bi  yigirmadan  ziyod  kitoblari  chop  etilgan.  Asarlari  rus,  qo-
zoq,  tojik,  turkman,  ukrain  tillariga  tarjima  qilingan.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish