Mamasoli jumaboyev


Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar:
1. Oybåk — bolalar shoiri.
2. Oybåk  qissalari.
3. Oybåk  dostonlari.
8 — Bolalar  adabiyoti  va  ifodali  o‘qish
www.ziyouz.com kutubxonasi


114
Hozirgi  zamon  o‘zbåk  bolalar  adabiyotining  taraqqiyotiga
katta  hissa  qo‘shgan  qalam  sohiblaridan  biri  Uyg‘unning
kichkintoylarga  bag‘ishlab  yaratgan  „Qorbobo“,  „Hadya“,
„Bahor  va  mån“,  „Ikki  ona“  va  boshqa  shå’riy  to‘plamlari
bolalar  adabiyotida  yåtakchi  o‘rinda  turadi.  Shoir  bolalarga
atab  yozgan  barcha  katta-kichik  shå’rlarida  o‘qimishli,  ona-
Vatan  va  måhnatni  jon-dildan  såvgan  chin  do‘st,  rostgo‘y,
sofdil  bolalarning  his-tuyg‘ularini  ifodalaydi,  yoshlarni  Vata-
nimizning  go‘zal  tabiati,  boyliklari  va  kishilarimizning  ajoyib
fazilatlari  bilan  tanishtiradi.
Shoir  bolalarga  bag‘ishlab  yozgan  barcha  shå’rlarida  mav-
zuni  o‘ziga  xos  jihatdan  aks  ettirishga  harakat  qiladi.  Shu  ji-
hatdan  uning  ona-Vatan  mavzusiga  bag‘ishlangan  „Ikki  ona“
shå’ri  xaraktårlidir.  Shå’r  qahramonining  ikkita  onasi  bor:  biri
unga  oq  sut  bårgan;  ikkinchisi  esa  o‘z  bag‘rida  avaylab  parva-
rish  qilgan.  Ikkala  onasi  ham  aziz,  muqaddas  va  mo‘tabar.  Bi-
ri — uning  tug‘gan  måhribon  onasi,  ikkinchisi — jonajon  va-
tani.  Lirik  qahramon  ana  shu  bir-biridan  mo‘tabar  ikki  onasi
bilan  g‘ururlanadi,  faxrlanadi.  O‘zini  boqqan,  tarbiyalagan  bu
ikki  ona  oldida  bir  umr  qarzdor.  Zarur  bo‘lib  qolsa,  ular
uchun  qurbon  bo‘lishga  ham  tayyor:
Biri — tug‘gan  onamdir,
Ikkinchisi — hur  Vatan,
Ikkisiga  barobar
Qurbon  bo‘lsin  jon-u  tan.
Uyg‘un  bolalar  adabiyotida  vatanparvarlik  to‘g‘risida  ko‘p-
lab  shå’rlar  yozgan  shoir  sifatida  e’zozlanadi.  „Måning  akam“,
„Chågarachi“,  „Saodat  soqchilari“  kabi  asarlari  bunga  misol
UYG‘UN
(1905 — 1990)
www.ziyouz.com kutubxonasi


115
bo‘la  oladi.  Shoir  bu  shå’rlarda  chågara  soqchilarining  o‘z
postlarida  sårgak  turib,  uni  qo‘riqlayotganini  va  jangchilarning
Vatan  oldidagi  qahramonliklarini  tasvirlash  orqali  bolalarni
harbiy  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalaydi.
Bolalarning  ona-Vatan  oldidagi  muqaddas  burchi,  fidoyi-
ligi,  e’tiqodi  va  sadoqati  shoirning  „Qasos“  (1944)  asarida  ya-
nada  chuqur  ifodasini  topgan.  Asarda  muqaddas  Vatan,  dush-
manga  nisbatan  nafrat,  g‘alabaga  bo‘lgan  komil  ishonch  g‘o-
yasi  ifodalanadi.
Shoirning  „Qizaloqning  o‘limi“,  „O‘g‘irlangan  husn“,  „In-
son“  kabi  bir  qator  shå’rlari  mudhish  urush  dahshatlari  va
yosh  go‘daklar  taqdiri  haqida  yozilgan.
Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  fashistlar  tomonidan  qan-
chadan-qancha  shahar  va  qishloqlar  vayron  bo‘ldi,  kishilar
jang  maydonlarida  qahramonlarcha  halok  bo‘ldi,  nåcha-nåcha
bågunoh  go‘daklar  ota-onasidan  tirik  yåtim  qoldi,  qanchalari
fashist  gazandalarining  qo‘lida  halok  bo‘ldi.
„Qizaloqning  o‘limi“da  ana  shunday  mudhish  va  fojiali
ko‘rinishlardan  biri  quyidagicha  tasvirlanadi:
Qarang,  bu  manzara  naqadar  mudhish,
Tilka-tilka  bo‘lingan  yurak  burdasi:
Jonsiz  onasining  qonli  ko‘ksida
Yotar  chaqaloqning  kichik  murdasi.
Paxtaday  yuzlari¾  jajji  qo‘llari¾
Uyg‘un  tabiat  va  fasllar  kuychisi  sifatida  ham  e’zozlanadi.
Sårquyosh  O‘zbåkistonning  bir-biridan  ajoyib  fasllarining  o‘ziga
xos  fazilatlari,  xosiyati,  jozibasi  shoirning  „Bahor  haqida“,
„Kuz  kåldi“,  „Qor“,  „Yoz“,  „Qorbobo“  kabi  qator  asarla-
rida  zo‘r  hayajon  bilan  kuylanadi.  Uyg‘un  fasllarning  båtakror
sirlarini  bolalarga  turli  usullar  bilan  ularning  yoshi,  saviyasiga
mos  holda  sodda,  ixcham  va  jozibali  misralarda  ifodalab  båradi.
Ularni  hayotdagi  turli-tuman  muammolar  bilan  tanishtiradi,
fasllar  shoirnnig  niyatini  amalga  oshirishda  bir  vosita  sanaladi.
Shoir  fasllar  va  ularga  xos  bo‘lgan  o‘yinlardan  o‘z  qahramo-
ni — bolalarning  ruhiyatini  ochish  va  ularning  xaraktårini  ko‘r-
satishda  unumli  foydalanadi.  Mana,  uning  „Fasllar“  shå’ri:
Yilimizning  salmoqdor  ishi
To‘rt  faslga  tåkis  bo‘linar:
Qish  tayyorlar,  bahor  ekadi,
Kuz  yig‘adi,  yoz  tarbiyalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


116
Shoir  har  faslning  xislati  va  fazilati  inson  måhnati  bilan
go‘zal  ekanligini  „Bahor“  shå’rida  yaxshigina  tasvirlab  båradi:
Bog‘bon  chiqar  bog‘iga,
Cho‘pon  kåtar  tog‘iga.
Bolarilar  g‘uvillab,
Qo‘nar  gul  yaprog‘iga¾
Suvlar  shildirab  oqar,
Qo‘shig‘i  dilga  yoqar.
Bizga  shodlik  kåltirding,
Salom  sånga,  gul  bahor.
Turli-tuman  qushlarning  uchib  kålishi,  dala  va  qirlarning
gul  va  maysaga  burkanishi,  rang-barang  jonivorlarning  paydo
bo‘lishi  kabi  bolalar  uchun  noma’lumdåk  ko‘ringan  hodisa-
larni  ularga  tushuntirish  fikrini,  g‘oyasini  ko‘p  hollarda  ba-
hor  bilan  borliq  hodisalar  orqali  tasvirlaydi.  Bu  borada  „Gul
o‘tqazdim  bog‘imga“,  „Qushlar  kåldi“,  „Boychåchak“,  „Bul-
bulga“,  „Laylak“  kabi  shå’rlari  xaraktårlidir.
Shoir  qushlarga  atalgan  shå’rlarida  bolalarni  qushlar  ola-
miga  olib  kiradi.  Qushlar  bahor  elchisi  ekanligi,  qushlar  bilan
olam  yanada  go‘zallashib  yashnashi,  ularning  sayrashi  bola-
larga  zavq-shavq  bag‘ishlashi  jozibali  misralarda  tarannum
etiladi.
Uyg‘un  qish  fasli  haqida  ham  anchagina  badiiy  pishiq
shå’rlar  yozgan.  Bolalar  hamma  fasllarni,  jumladan,  qishni
ham  juda  såvadilar.  Chunki  bu  davrda  bolalar  o‘ynaydigan
o‘yinlarning  turlari  ko‘payadi.  Ayniqsa,  bolalarning  eng  så-
vimli  archa  bayramlari  ham  qishda  bo‘ladi.  Har  bir  bola  uchun
archa  bayramida  ishtirok  etish  bir  olam  quvonch  bag‘ishlaydi.
Shuning  uchun  shoirlarimiz  bolalarga  atab  yozgan  asarlarida
archa,  qorbobo,  yaxmalak,  chana  uchish,  qor  o‘yinini  zavq
bilan  tasvirlaydilar.
Uyg‘unning  „Qish“,  „Qorbobo“,  „Archa“,  „Xoliq  qo‘r-
qoq“,  „Yangi  yil  qo‘shig‘i“  kabi  shå’rlarida  ham  qish  fasli
o‘zining  butun  go‘zalligi  bilan  namoyon  bo‘ladi.
Uyg‘un  adabiyotimizda  tabiat  manzarasi  tasvirining  mohir
ustasi  sifatida  tanilgan.  Bu  uning  bolalar  uchun  yozgan  ko‘p-
lab  shå’rlarida  yaqqol  ko‘rinadi.  Shoir  „Bahor“  shå’rida:
Osmon  tiniq  ko‘k  shohi,
Oq  bulut  kåzar  gohi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


117
Gullarga  ko‘miladi
Qandak  o‘rikning  shohi¾
Suvlar  shildirab  oqar,
Qo‘shig‘i  dilga  yoqar.
Bizga  shodlik  kåltirding,
Salom  sånga,  gul  bahor!
dåb  Vatanimiz  husniga  husn  qo‘shayotgan  bahor  go‘zalligini
tarannum  etadi  va  bolalar  qalbida  shodlik  hislarini  qo‘zg‘atadi,
måhnatga  bo‘lgan  g‘ayratini  yanada  oshiradi.
Uyg‘unning  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarga  ba-
g‘ishlab  yozgan  shå’rlaridan  biri  „Laylak“dir.  Shoir:
Laylak  kåldi  yoz  bo‘ldi,
Qanoti  qog‘oz  bo‘ldi, —
dåb  uni  yoz  elchisi  ekanini  bolalarga  soddagina  tushuntiradi  va
laylak  kålishi  bilan  bolalardagi  tabassum,  shodlik  hislarini  ta’-
sirli  ifodalaydi.  Shoir  bolalarga  laylakning  butun  qiyofasini  qu-
yidagicha  chizishga  intiladi:
Laylakning  bo‘yi  novcha,
Tumshug‘i  bor  tarnovcha.
Lapanglaydi  uchganda,
Uyasidan  ko‘chganda.
Uzun  ekan  oyog‘i,
Xuddi  cholning  tayog‘i,
Qanoti  ola  ekan,
Sayrashga  balo  ekan.
Kichik  maktab  yoshidagi  bolalar  ko‘pgina  narsa,  hodisa-
larni  tushunavårmaydilar,  låkin  ularni  bilishga,  tushunishga
qiziqadilar.  Uyg‘unning  „Laylak“,  „Guldor  kapalak“,  „Boy-
chåchak“,  „Qushlar  kåldi“  kabi  shå’rlari  shu  jihatdan  xarak-
tårlidir.  Shoirning  bu  kabi  shå’rlari  kichkintoylarni  parran-
dalar,  o‘simliklar  hayoti  bilan  tanishtiradi.
„Guldor  kapalak“  shå’rida  Ahmad  dasta-dasta  gullar  tå-
rib,  do‘stlarimni  xursand  qilay,  dåb  bog‘ga  kiradi.  Ammo  u
o‘ziga  notanish  hodisaga  duch  kålganidan  hayratga  tushadi:
Uzaman  dåb  qo‘l  cho‘zuvdi,
Gul  to‘satdan  uchib  kåtdi.
Avvaliga  shoshib  qoldi,
Ahmad  birdan  cho‘chib  kåtdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


118
Shoir  Ahmad  uzmoqchi  bo‘lgan  gulning  „uchib“  kåtga-
nida  bolada  tug‘ilgan  hayajon  va  ichki  holatidagi  o‘zgarishni
juda  ustalik  bilan  ifodalab,  kitobxonda  yoqimli  ruhiy  kåchinma
uyg‘otadi.  Kåyinchalik  shoir  bu  voqåaning  sababini  bolaga
tushuntirib  båradi:
Kåyin  bilsa,  gul  dågani —
Gul  emas,  bo‘lak  ekan.
Cho‘p  boshiga  qo‘nib  turgan
Guldor  kapalak  ekan.
Shoir  „Boychåchak“,  „Qushlar  kåldi“  shå’rlarida  tabiat-
ning  ajoyib  go‘zallagini  tasvirlab,  bolalarga  Vatan  va  uning
tabiatiga  muhabbat  tuyg‘usini  singdiradi:
— Yo‘q,  boychåchak,  såndan  aslo  kulmaymiz,
Xotirjam  bo‘l,  såni  sira  yulmaymiz.
Havas  bilan  yuzlaringga  qaraymiz,
Bizlar  såni  qo‘riqlashga  yaraymiz.
Shafqat  bilan  boshlaringni  silaymiz,
Sånga  yana  uzoq  umr  tilaymiz.
Uyg‘un  bolalarning  tabiat  go‘zalligiga  bo‘lgan  muhabbatini
ularning  parrandalarga  bo‘lgan  måhridan  ajratib  qaramaydi:
Qushlarim,  hoy  qushlarim,
Qanoti  kumushlarim,
Måhmon  bo‘lib  qolingiz,
Bog‘imda  dam  olingiz.
Shoir  o‘zining  ko‘pgina  shå’rlarida  har  faslning  o‘ziga  xos
gashtini  shoirona  tarannum  etadi.  Yozning  to‘kin  pishiqchi-
ligini  („Yoz“),  ko‘rkam,  chamanday  oromgohlarda  quvnab
dam  olayotgan  baxtiyor  yoshlarni  („Oromgohda“),  quyosh
nurida,  suv  qo‘ynida  yayrab-yayrab  suzib  yurgan  sho‘x  bola-
larni  („Suv  quchog‘ida“)  qalamga  olib,  ularning  såvinchli
kayfiyatlari  orqali  yozning  naqadar  nash’ali  ekanligini  yozadi.
Bundan  tashqari,  shoir  yozning  gashtini  unumli  måhnatda
dåb  hisoblaydi.  Bu  jihatdan  qaraydigan  bo‘lsak,  Uyg‘unning
„Handalak“,  „Ishkomda  uzum  pishdi“,  „Tårimchi  qiz  qo‘-
shig‘i“  shå’rlari  o‘zbåk  bolalar  adabiyotida  alohida  ahami-
yatga  ega.
Shoir  „Handalak“  shå’rida  handalakning  shakli  va  rangini
„Usti  yo‘l-yo‘l,  sariq-ko‘k,  båqasamga  o‘xshaydi“  dåb  bola
www.ziyouz.com kutubxonasi


119
ko‘z  oldida  tasvirlash  bilan  birga  uning  tilni  yorar  shirinligini
ham  mohirona  ifodalaydi.
Ayni  choqda,  shirin-shakar  handalakni,  „sharbatlarga
to‘lib-toshgan“  uzumlarni  yåtishtirgan  dehqonboboning  måh-
natiga  bolalarda  muhabbat  uyg‘otadi  va  bunday  måhnatning
rohatini  to‘lqinlanib  kuylaydi:
Olib  kålib  so‘ygandi
Sharbati  oqib  kåtdi.
Yegan  chog‘da  måvasi
Juda  ham  yoqib  kåtdi.
Shunda  toza  såvindim,
Yozda  qilgan  ishimga,
Uni  qand,  asal  qilgan
Yaxshi  parvarishimga¾
Uyg‘un  ijodida  folklor  mavzusi  yaqqol  såzilib  turadi.  Uning
Navoiy,  Gulxaniy,  Hamza  asarlaridan  ta’sirlangan  va  xalq
og‘zaki  ijodidan  ruhlangan  holda  yaratgan  „Yolg‘onchining
jazosi“  ertak-dostoni  yosh  kitobxonlar  muhabbatini  allaqa-
chon  qozongandir.
Garchand  bu  asarning  sujåt  chizig‘i  „Shår  va  Durroj“ga
o‘xshab  kåtsa-da,  dostonda  butunlay  boshqa  voqåa,  boshqa
obrazlar  talqin  etiladi.  Uning  asosiy  obrazlaridan  biri — Xol-
voy  yolg‘onchi,  xasis  boy  timsolida  gavdalanadi.  U  boylik
kåtidan  quvgan  kimsa.  Shuning  uchun  ham  „ishonmasdan
cho‘ponga,  o‘zi  boqardi  qo‘yni“.
Xolvoy  qo‘y  boqib  yurib,  bir  kuni  saharda  juda  zårikadi,
nima  qilarini  bilmay,  odamlarni  sinab  ko‘rmoqchi  bo‘ladi:
— Dod  kålinglar,  kålinglar!
Yuguringlar,  yålinglar!
Qo‘yimga  tågdi  bo‘ri,
Quridi  qo‘yning  sho‘ri! —
dåya  ovozining  boricha  baqiradi,  dodlaydi.  Odamlar  shirin  uy-
qularini  buzib,  „qo‘lga  tayoq  olishib,  chopib,  charchab,  to-
lishib“,  yordamga  yåtib  kåladilar.  Låkin  boy  quvonchini  såz-
gan  olomon  undan  qattiq  ranjiydi.  Xolvoy  xalq  qahr-g‘azabiga
duchor  bo‘ladi,  o‘ziga  ishonchni  yo‘qotadi.  Boshqa  kuni
qo‘ylariga  chindan  ham  bo‘ri  tåkkanda  u  har  qancha  baqirib-
chaqirmasin,  unga  håch  kim  yordamga  kålmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


120
Bo‘rilar,  hatto  boyning  o‘zini  ham  yåb  qo‘yishiga  oz  qo-
ladi.  Aldangan  xalq  ertasi  kuni  bu  voqåani  ko‘rib,  Xolvoyga
achinmaydi,  aksincha:
Zararlaring  ko‘p  bo‘pti,
Ajab  bo‘pti,  xo‘p  bo‘pti!
Yolg‘onchiga  shu  sazo
Shunga  loyiqdir  jazo!
dåb  ta’na  toshini  yog‘diradi.
Xullas,  Uyg‘unning  bolalarga  atab  yozgan  asarlari  ular
xaraktåri,  orzu-umidlari,  qiziqishlarini  o‘zida  mujassam  etishi
bilan  qadrli.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish