Mamasoli jumaboyev



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

LÅV  NIKOLAYÅVICH
TOLSTOY
(1828 — 1910)
www.ziyouz.com kutubxonasi


344
larga  mos  tushadi.  Òolstoy  kitob  haqida:  „Mazkur  „Alifbe“
haqidagi  orzularim  ro‘yobga  chiqqanidan,  uni  rus  bolalarining
ikki  avlodi  o‘qib,  dastlabki  poetik  zavqini  shu  kitobdan  olish-
laridan  faxrlanaman.  Bu  kitobga  ko‘p  mehnat  va  muhabba-
timni  jo  qildim,  u  hayotimning  muhim  sahifasi  bo‘lishiga
aminman,“  deb  yozgan  edi.
Bu  darslik  qayta-qayta  bosildi.  Hatto  1921- yilda  ham
uning  so‘nggi  nashri  chop  etildi.
Òolstoyning  har  bir  asari  turmushning,  bolalar  hayoti-
ning  bir  tomonini  ochib  berishga  qaratilishi  bilan  muhim
ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  hayotni,  bolalarni  qattiq  sevgan
va  unga  mehr-muhabbati  juda  katta  bo‘lgan  adib  kichkintoylarga
qarata  yozilgan  har  bir  katta-kichik  asar  hayotiy  bo‘lishini
istaydi  va  o‘zining  bu  qaroriga  butun  ijodi  davomida  sodiq
qoladi.
Òolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha katta-kichik
asarlarida  oddiy  inson  qiyofasi  ko‘zga  yaqqol  tashlanib  turadi.
Buning  isboti  tariqasida  adibning  bir  qator  asarlariga  nazar
tashlab  o‘tishga  to‘g‘ri  keladi.  Bir  bog‘bon  bolalari  ishyoqmas,
yalqov  bo‘lib  o‘sayotganliklaridan  qattiq  iztirob  chekadi.  U
o‘limi  oldidan  o‘g‘illarimni  bir  aldasam,  zora  ishlab,  o‘zlarida
mehnat  ko‘nikmasi  hosil  bo‘lsa,  degan  o‘y,  xayol  bilan:
„Bolalar,  men  tok  tagiga  oltin  ko‘mib  qo‘ydim,  uni  mendan
keyin  qazib  olinglar“,  deydi.  „Bog‘bon  va  bolalar“  hikoyasidagi
bu  g‘oyani  adib  juda  qoyil  qilib  yozadi.
Ko‘chat  ekish,  bog‘  qilish  juda  og‘ir  va  mashaqqatli  ish.
Bu  bog‘bondan  og‘ir  mehnat,  sabr-toqat  talab  qiladi.  Bog‘-
bon  o‘zi  uchun,  kelajak  avlod  uchun  ko‘chat  ekadi.  Shu  nuq-
tayi  nazardan  adibning  „Mo‘ysafid  olma  ekdi“  hikoyasi  diq-
qatga  loyiqdir:
„Keksa  berilib  ko‘chat  o‘tqazar  edi.  Odamlar  uning
keksaligidan  va  qilayotgan  ishidan  kulib:
— Sizga  olma  ekish  nega  kerak  bo‘lib  qoldi?  Bu  daraxt
o‘sib  voyaga  yetguncha  bu  dunyoda  yashaysizmi  yoki  yo‘q-
mi? — deyishdi.
— Men  olmasini  yemasam  o‘zgalar  yeyishadi  va  menga
rahmat  deyishadi.  Nima  bo‘lganda  ham  olmani  ekkanim
foyda, — debdi“.
Òolstoy  ochko‘z,  faqat  o‘z  manfaatlarini  o‘ylaydigan  ba’zi
odamlarni  ko‘pgina  asarlarida  tanqid  qiladi,  ularning  ustidan
www.ziyouz.com kutubxonasi


345
ochiqdan-ochiq  kuladi.  „Odamga  qancha  yer  kerak?“  degan
hikoyaning  sarlavhasini  o‘qigan  odam  hayron  bo‘lib  qoladi.
Rostdan,  odamga  qancha  yer  kerak?  Fomaga  mulkdor  yer
beradi.  „Bugun  qancha  o‘lchasang,  hammasi  seniki,“  deydi.
Foma  yugurib-yelib,  odimlab,  kun  bo‘yi  yer  o‘lchaydi.  Oxiri
ochlik  va  charchaganidan  yiqiladi-yu,  o‘sha  joyning  o‘zida  jon
beradi.  Adib  Foma  cho‘zilib  yotgan  yerni  ko‘rsatib,  odamga
ikki  metr  yer  kerak  bo‘ladi,  xolos,  deydi.
Òolstoy  asarlari  orasida  hayvonlar,  jonivorlar,  parrandalar
haqida  yozilganlari  ham  ko‘p.  Do‘stlik,  birodarlik,  do‘stga  sa-
doqat,  mehr-oqibat  faqat  odamlar  o‘rtasida  emas,  balki  hay-
vonlar  o‘rtasida  ham  mavjud  ekanligini  biz  adibning  „Arslon
bilan  it“  hikoyasi  misolida  bilib  olamiz.
Tolstoyning  bolalarga  bag‘ishlab  yozgan  asarlari  juda  ko‘p.
Muhimi  shundaki,  bu  asarlardan  ham  o‘qituvchilar,  ham
ota-onalar  bab-barobar  foydalanishlari  mumkin.  Ular  bir
tomondan  dars  matåriallarini  boyitsa,  ikkinchi  tomondan  ota-
onalar  va  tarbiyachilarning  bolalar  bilan  qiladigan  tarbiyaviy
suhbatlarida  qo‘l  kålishi  mumkin.
Òolstoyning  „Bolalik“,  „Kavkaz  asiri“  kabi  qissalari  ham
bolalar  sevib  o‘qiydigan  asarlar  sirasiga  kiradi.
L. N. Òolstoyning  ibratli  hikoya,  ertak  va  masallari  hali
ham  o‘zining  badiiy  hamda  tarbiyaviy  kuchini  yo‘qotmagan.
Uning  bu  mavzudagi  asarlari  qator  darslik  va  majmualarga
kirgan,  alohida  kitob  holida  ham  chop  etilgan.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish