S. Inomxo‘jayev, A. Zunnunov. Ifodali o‘qish mashqlari. 15 — 16- betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
361
qollari yoki o‘zbåk xalq topishmoqlari va an’anaviy doston-
larning shå’r tuzilishidagi xususiyatlar dalil bo‘la oladi.
„Dåvon“dagi parchalarda barmoq vaznining båsh, olti, yåt-
ti, sakkiz, o‘n, o‘n bir, o‘n uch bo‘g‘inli turkumlari vazn-
lari juda kam. Bundan she’riyatda dastlab kichik hajmli
turkumlar va vaznlar kålib chiqqan, katta hajmli turkumlar
va vaznlar esa shå’r tuzilishi taraqqiyotining bundan kåyingi
davrlariga mansubdir, dåb xulosa chiqarish mumkin.
O‘zbåk xalq dostonlari barmoq siståmasining vazn va ritm
imkoniyatlarini bag‘oyat kångaytiradi. Ularda turli turkumlar
tasvirlanayotgan vaziyatga mos holda o‘zaro almashinib turgan.
XX asr o‘zbåk she’riyatida barmoq yåtakchi vaznga aylandi.
Bu ish Cho‘lpon va Fitrat singari jadidlarning xizmatidir.
Barmoq vazni sillabiq (bo‘g‘in) shå’r siståmasi hisoblanadi,
chunki u har bir misrada muayyan miqdordagi bo‘g‘inlar
soni tång va mutanosib bo‘lishiga qaraydi.
Barmoq vaznida ritm, birinchidan, bo‘g‘inlarning sifatiga
emas, balki soniga, ikkinchidan, bu bo‘g‘inlar sonini band
misralardagi izchilligiga, uchinchidan, har bir misradagi bo‘-
g‘inlarning muayyan tartibda turoqlarga bo‘linib kåtiishiga,
to‘rtinchidan, har bir turoq oxirida ritmik pauza (to‘xtam)
hosil bo‘lishiga suyanadi.
Umuman, shå’r ritmi talaffuzda bir må’yordagi nutq
bo‘laklarining qonuniy almashinib kålishidir, dåya aytish
mumkin, låkin ritmning xususiyati va ritmni tashkil qilish
milliy shå’riyatda va undagi shå’r tizimlarida har xildir.
Barmoq vaznida misralar faqat bo‘g‘in soniga tayanadi:
4
5
Såvishganlar
topishgusidir,
= 9
4 5
Jonlar jonga
yopishgusidir, = 9
(Hamid Olimjon, „ Zaynab va Omon“)
Bu misralarning har biri 9 bo‘g‘inlidir. 4 + 5 asarning aso-
siy vazni, u 2 + 2 + 5 yo 4 + 3 + 2 tarzida ichki ko‘rinishlarga
ega bo‘lishi mumkin; 9 shu shå’r vaznining turkumidir, turli
vaznlar shu turkumdan turlanib chiqadi, yåttilik, o‘n birlik va
boshqa turkumlar ham mavjud.
www.ziyouz.com kutubxonasi
362
Barmoq vaznida bo‘g‘inning sifati, urg‘uli yoki urg‘usiz-
ligi farqsizdir.
Chalasavod Aqilmirzo yurtga dodxoh.
4
Yelkasida banoras to‘n, boshda kuloh.
5
(Sobir Abdulla, „ Aqilmirzoning „ donishmand“liklari“)
Bu misralarda urg‘ular soni bir må’yorda emas, 1- misra-
da urg‘u soni 4 ta bo‘lsa, 2- misrada 5 ta, natijada bu urg‘u-
larning misralardagi joylanishida ham tartib o‘zgargan.
Barmoq vaznida ritmni yuzaga kåltiruvchi unsurlardan biri
turoqdir. U bo‘g‘inlarning misralararo muayyan tartibda gu-
ruhlanib kålishidir. Bunday guruhlanish shå’rni o‘lchovli qila-
di. Amin Umariyning „Yomg‘irda“ shå’ri 3 + 3 + 3 tarzida gu-
ruhlangan:
3 3
3
Shå’rlarim —
chåchagim,
hayotim,
= 9
3
3
3
Shå’rlarim —
boylikdir,
bisotim,
= 9
3 3 3
Yomg‘irdan
namlanmas
qanotim,
= 9
3 3
3
Oshaman
bulutlar,
tog‘lardan.
= 9
Turoqlar o‘lchov jihatidan xilma-xil va uning misralarda
tartibli almashinib kålishi ham turlichadir. Har bir turoq,
eng avvalo, o‘z tarkibida nåchta bo‘g‘in borligi bilan xaraktår-
lanadi. Turoqlar 8 bo‘g‘inli yoki undan ham ortiq bo‘lishi
mumkin. Turoq bir bo‘g‘inlidan boshlanadi.
4 2 1
To‘xtamadi
qonli
jang,
=7
4
2 1
Bo‘ldi dåvning
holi
tang.
=7
I II III
(Hamid Olimjon, „ Såmurg‘“)
Bunda „jang“ va „tang“ so‘zlari misralarda o‘ziga xos kuch
va ohang bilan jaranglaydi. Chunki shu so‘zlarning o‘lchov ji-
hatidan bir xilligi, qofiyadosh bo‘lib kålib, ritmning misralar
oxiridagi chågarasini bildirishi, xushohang va musiqiylikni vu-
judga kåltiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
363
Ikki, uch, to‘rt, båsh va olti bo‘g‘inli turoqlar birmuncha
ko‘p qo‘llanadi. Jumladan, Hamid Olimjonning „Zaynab va
Omon“ asaridagi misralar 4 + 5 bo‘g‘inli turoqlar någiziga
qurilgan:
4
5
Bir zo‘r otash,
bir zo‘r alanga
= 9
4 5
Ikki qalbga
tutashgani rost,
= 9
4 5
Bir såvgikim
jon bårur tanga,
= 9
4 5
Ham Zaynab-u
Omonlarga xos.
= 9
Barmoq vaznida turoq tugallanishi bilan unga kirgan so‘z
yoki so‘zlar tugallanishi bir-biriga mos kålishi lozim.
Barmoq vaznidagi shå’rlarni o‘qish chog‘ida, odatda, mu-
ayyan to‘xtam, ya’ni sukut (pauza) bo‘ladi. Bu to‘xtam mis-
ralar oxiridagi to‘xtamga nisbatan qisqaroq bo‘ladi. „Zaynab
va Omon“ asaridan kåltirilgan yuqoridagi parchaning har bir
misrasida avvalgi to‘rt bo‘g‘indan, ya’ni birinchi turoqdan
so‘ng xuddi shunday ritmik to‘xtam bor. Uning takrorlanishi
ritmni hosil qiladi.
Barmoq vaznida yozilgan shå’rlarning misralardagi bo‘-
g‘inlar miqdori tång bo‘lsa, sodda vazn yuzaga kåladi. Agar
bir shå’rning yoki bandning o‘zida turli miqdordagi bo‘g‘in-
larga ega misralar tartibli, mutanosib holda mavjud bo‘lsa,
qo‘shma vazn yuzaga kåladi. Asqad Muxtorning „Chin yurak-
dan“ shå’ridan olingan quyidagi parchada qo‘shma vaznni
uchratish mumkin:
4 4
Bizni dåya
tinch hayotni
= 8
4
Qurmoqdasiz.
= 4
4
4
Chågarada
doim sårgak
= 8
4
Turmoqdasiz.
= 4
Ko‘rinib turibdiki, bundagi misralar bo‘g‘in va turoq soni
jihatidan tång emas, bo‘g‘in va turoq 1- va 3- misralarda bir
xil (4 + 4); 2- va 4- misralarda esa, undan boshqacha (4);
www.ziyouz.com kutubxonasi
364
bandning birinchi yarmidagi 4 + 4 vazni ikkinchi yarmida ay-
nan takrorlanadi va bu takrorlanish qonuniyat tusini oladi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |