«Men» konsepsiyasi - bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi; refleksiv faoliyat - bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
Davlat talablari rivojlanish sohalari bo‘yicha:
Ta’lim dasturi – MTM Davlat о‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bо‘lib, u qо‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim.
Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini kо‘rsatib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |